She`rlar va ruboiylar

4719 marta o'qildi
Abdulla Avloniy she`rlari

                              BIZ, MILLAT

Na xo'rliq, na kasolat? — Doimo afgor biz, millat,

Hama gul dasta qilsa. Ne terarmiz? - Xor, biz, millat.

Jaholat qaziyasi do'ndurdi istiqboli rifatdan,

Ma'oz-illoki, na iqror, na inkor — biz, millat.

                              BIZ, MILLAT

Na xo'rliq, na kasolat? — Doimo afgor biz, millat,

Hamagul dasta qilsa. Ne terarmiz? - Xor, biz, millat.

Jaholat qaziyasi do'ndurdi istiqboli rifatdan,

Ma'oz-illoki, na iqror, na inkor — biz, millat.

Tutub selobi g'aflat mavji g'amg'a tashladi, hayhot,

Jahon Jayhunlarig'a to'mayi tayyor - biz, millat.

Tamaddunfeshalikdan o'zgalar ruhi mujassamdur,

Hayota qobil ermas, surati devor — biz, millat.

Hamailm-u hunar asbobini olmaqni istarsa,

Chafon, chalma, riyo sotmoqg'a xo'b tujjor — biz, millat.

 

Tafakkur soyasida o'zgalar shahd-u shakar ersa,

Tururmiz baqrayib har go'shada bekor — biz, millat.

May-u minosini tark aylasa ag'yor, bizlar, oh,

Ichib jomi jaholatdan, hamisha zor — biz, millat.

Hamakasb-u kamolot etsa hosil ilm-fan birla,

Shifirguchi, yamoqchi, xayrchi — ko'b xor — biz, millat.

Taqozoyi zamon, har jins kiysa jismig'a loyiq,

Qilib qof-xaltadan koimak-chopon — beor — biz, millat.

O'zi bilmas, sani dushman, sani johil bilur, Hijron,

Hayot-u ruh kerakmas — jismidan bezor — biz, millat.

 

                                     MAKTAB HAQINDA

Biling, o'g'lonlarim, sizlarni g'amdan qutqarur maktab,

Siroti mustaqim, rohi adamdan qutqarur maktab,

Maishat bobida ranj-u alamdan qutqarur maktab,

Hayot-u ruha dushman jahli samdan qutqarur maktab,

Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

 Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.

 

Taraddud birla doim dur oling daryoyi maktabdan,

Tering jon rastasig'a xo'b zabarjadhoyi maktabdan,

Topar maqsudini har kim qidirsa loyi maktabdan,

Umidum shul, jo'juqlar, uzmasanglar poyi maktabdan —

Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.

 

Cholishmaq birla doim to lahad borguncha ilm ista,

Hadisi mustafodir: Shahri Chin borguncha ilm ista,

Sihatsan to badang'a harfi mad borguncha ilm ista,

Qo'yub ohista-ohista qadam, horguncha ilm ista,

Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.

 

Jahonda barcha ne'matdan laziz ilm o'lmasa, nedir,

Hunar bog'ida tubi qad aziz ilm o'lmasa, nedir,

Nasimi mushki totori tamiz ilm o'lmasa, nedir,

Gulob, tarbiyati jahli mariz ilm o'lmasa, nedir.

Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.

 

 

Hamaxursandlikni ma'danidur ilm, ey o'g'lon,

Hamafazl-u karamni manbayidur ilm, ey o'gion,

Hamaxo'blarni xo'bin maskanidir ilm, ey o'gion.

Hamaislom elini masnadidur ilm, ey o'gion,

Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.

 

Takabburlar qatorida havog'a bo'lmasang mag'rur,

Dutor-u tanburu chang-u navog'a bo'lmasang mag'rur,

Taraddud vaqtida bazm-u kazog'a bo'lmasang mag'rur,

Bo'lib hajrida Hijron mahliqog'a bo'lmasang mag'rur,

Qo'lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,

Shahodatnomayi firdavsi g'ilmonni berur maktab.

 

          FALAK KAJRAV, YO RAB

Falak kajrav bizi ag'fola aylandurdimu, yo Rab,

Va yo xurshidi nuri ko'zlari tindirdimu, yo Rab,

Qamar qon ogiatib bizlarg'a nuqson verdimu, yo Rab,

Taajjub, yulduzi iqbolimiz g'am yerdimu, yo Rab,

Tutub abri jaholat bizni pinhon qildimu, yo Rab.

 

Zamona ahli derlar bizni fandan bexabar, hayhot,

Ziroatdan, sanoatdan xabarsiz besamar, hayhot,

Qilib tark amrini sharr ishlayurmiz, alhazar, hayhot,

Hunarda posibon hammoldurmiz darbadar, hayhot,

Bu hikmatlar biza ro'zi azaldan erdimu, yo Rab.

 

Ulum ahli bo'lub bir-birg'a zid nafsonayi sarxush,

Muallimlar usul atrofida parvonayi sarxush,

Jo'juqlar tarbiyatsiz, ilmdan begonadur sarxush,

Avomun-nos g'iybat hosili afsonadur sarxush,

Eshon, so'fi tama' jomig'a xo'randirdimu, yo Rab.

 

G'anilar himmati to'y-u tamoshog'a ketar, Hijron,

Zamona bo'stoni, fasli gul eldek o'tar, Hijron,

Faqir bechora bulbuldek vatan g'amda yotar,

Hijron, Boqing ahli basirat g'uncha dilni chok etar,

Hijron, Jaholat jismimizg'a xor o'rnashtirdimu, yo Rab.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ISTAMAS

Hech inson dunyoda faqr-u fanoni istamas,

 Hech tan o'z jonig'a ranj-u baloni istamas.

 Aylama pand-u nasihat nokasa behudakim,

Qobiliyat boimasa, sharm-u hayoni istamas.

Ilm rohidan adashgan besarupolar abas,

Bexabar kavnayndan, rohi xudoni istamas.

Mayli jannat aylamas diydoridan ummidvor,

Tolibi diydor emas, amri xudoni istamas.

Sidq ila shar'i payambarg'a amal qilmaski ul,

Ro'zi mahsharda Muhammad Mustafoni istamas.

Choriyori bosafog'a har kishi munkir esa,

 Ul Hasan birla Husayni Karbaloni istamas.

 Har kishida bo'lmasa ixlos hubbi xonadon,

Nuri chashmi Mustafo xayrul-nisoni istamas.

 Har kishini tab'ida gavharshinosi bo'lmasa,

 Qadri qimmat bilmasa, qimmatbahoni istamas.

 Kimki ummattur, biling, har ishda payravliq qilur,

Aysh-u ishratdan kechub zavq-u safoni istamas. 

Ummat ersa har kishi millatni anduhin chekur

 Kimki Hijron bo'lmasa, millat kazoni istamas.


Orqaga qaytish