Bilasizmi?

4710 marta o'qildi
Aqilli Dilfinlar

Hayvonot olamidagi g'aroyibotlar, ayniqsa, ba'zi jonzotlarning insonlarga xos «aqlli» xatti-harakatlari  doimo bizni hayratlantirib kelgan..

Hayvonot olamidagi g'aroyibotlar, ayniqsa, ba'zi jonzotlarning insonlarga xos «aqlli» xatti-harakatlari doimo bizni hayratlantirib kelgan. Jumladan, delfinlar. Bu yoqimtoy, «istarasi issiq» hayvon turining ko'rinishiyoq odamda iliq taassurot uyg'otadi. Ularning ta-biati, fe'1-atvori xususida olimlar allaqachon tadqiqot olib borishni boshlab yuborishgan.

Ko'pchilik, hatto aksariyat olimlar ham delfinlaming sayyoramizdagi ilk ongli mavjudotlar bo'lishganligi haqidagi afsonalarga ishonishadi. Bu farazni ular delfinlaming inson-lardan million yillar ilgari paydo bo'lganligi bilan bog'lashadi. Aslida delfinlar bundan taxminan 10 million yil oldingi evolutsiya jarayonidan beri shakllanib kelgan. Samimiy va xushchaqchaq fe'1-atvori bilan asrlar davomida inso-niyatga do'st tutingan delfinlar eng ongli jonzotlar sirasiga ki-radi.

Xo'sh, delfinlami ongli, deb atashimizga sabab nima?

Aniqlanishicha, delfin­laming miyasi tana hajmi nisbatiga ko'ra yirik bo'larkan va bu «xususiyat»i bilan ular insoniyatdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Tadqiqotchi olimlar yirik hajmdagi bu miya apparati ularni nafaqat ongli, balki insonlar tushuna olmaydigan "tipda so'zlashishiga ham zamin yaratadi, deb ta'kidlaydilar. Ba'zi olimlar esa delfinlarga haddan ziyod baho berilmoqda, ulaming "ong" darajasi o'z turdoshlari bilan akustik informatsiyalar almasha olishida xolos, deb uqtirishadi.

Delfinlar tovushga taqlid qilish borasada chindan ham yagona bo'lib, bu yo'l orqali ular sheriklari bilan hech qiyinchiliksiz aloqa o'mata oladilar. Delfinlar "tili" xususida qadimgi dunyo olimlari ham yetarlicha bosh qotirishgan. Aristotel "delfinlar havoda xuddi insonlardek tovush beradilar, faqat ular undosh tovushlami talaffuz qilishga qiynalishadi", deb aytgan. Bir qancha ilmiy tahlil natijalari esa delfin­laming bu muloqot usulini "til" deb atash noo'rin ekanligini ko'rsatadi.

Shunga qaramay, delfinshunos olimlar bu jonzotlarning haqiqatdan ham zukkoligini isbotlash  maqsadida bir qancha hayratlanarli dalillar keltirishgan.

Delfinlar ustida ancha vaqt izla-nishlar olib borgan olim Piter Arend Folkens shunday hikoya qiladi: "Yirik suv havzalariga tashlangan chiqindilar delfinlar uchun xavfli, agar ular bu chiqindilarni yutib yuborsa, bu jiddiy muammo tug'dirishi mumkin. Buning oldini olish \ maqsadida Afrika, AQSh suv osti dunyosining ba'zi jonzotlari baliqli mukofot evaziga suv tubidan chiqindi olib chiqishga o'rgatildi.

Bilasizmi?...

Delfmlar bolalarini 3 yoshga to'l-gunga qadar yonida olib yurishadi.

Delfinlarning ham xuddi sigirlar singari ikkita oshqozoni bor — bin ovqat saqlaydi, biri ovqat hazm qiladi.

Ba'zi delfmlar 1000 fut (lfut=30sm) chuqurlikkacha sho'ng'iy olishadi.

Ba'zi delfmlar uzoq masofaga soatiga 25 mil tezlik bilan suzishadi, bu ko'rsatkich eng yaxshi suzuvchilarnikidan uch barobar ko'p.

Garchi delfmlar o'rtacha 17 yil yashasada, ular orasida 50 dan oshgan qariyalarni ham uchratish mumkin.

Tabiatan delfmlar har 20 soni-yada nafas olib, nafas chiqaradilar, ba'zi hollarda ular 30 daqiqagacha nafas olmay turishlari mumkin.

Delfinlarda ham mehr-oqibat rishtalari kuchli. Ular oila a'zolarining hasta yoki o'lim holatlarida ruhan siqilishlari aniqlangan.

Delfinlarning bosh miyasi hajmi shimpanzelarnikiga nisbatan ancha kat-taroq.

Voyaga yetgan delfin bir kunda taxminan 10-15 kgbaliqni ko'rdim demaydi.

Delfmlar 100 ta tishi bo'lishiga qaramay, yemishni butunicha yutadi. Ular tishlaridan o'ljani og'zida tutib turish uchun foydalanishadi.

Delfmlar akrobatlikni ham qoyil qilishadi: ular suv yuzasida 5-6 metr ba-landlikkacha sakray olishadi.

Delfinlarning terisi xuddi insonlarniki kabi o'ta nafis va ta'sirchan — oson jarohatlanadi.

Eng yirik delfin Amazonka dar-yosida uchraydigan boto zotiga mansub delfindir, uning uzunligi 3-4 metrni tashkil etadi.


Orqaga qaytish