Bilasizmi?

5528 marta o'qildi
Quyosh yer yuzini qanday yoritadi?

Yer shari Quyosh atrofida tik emas, balki aylanish o'qiga nisbatan 23,5° ga og'gan holda harakat qiladi. Shuning uchun Quyosh turli fasllarda goh Shimoliy yarimsharni, goh Janubiy yarimsharni ko'proq yoritadi.

Yer shari Quyosh atrofida tik emas, balki aylanish o'qiga nisbatan 23,5° ga og'gan holda harakat qiladi. Shuning uchun Quyosh turli fasllarda goh Shimoliy yarimsharni, goh Janubiy yarimsharni ko'proq yoritadi.

Quyosh nuri 21-martda ekvatorga tik tushadi. Quyosh Shimoliy va Janu­biy yarimsharlarni bir xil yoritadi. Shu kuni butun Yer sharida kun va tun o'z-aro teng bo'ladi, ya'ni kun ham, tun ham 12 soatdan tashkil topadi.

Quyosh nuri 22-iyunda Shimoliy yarimsharning 23,5° paralleliga tik tushadi. Bu parallel Shimoliy tropik doirasi deyiladi. 22-iyunda Shimoliy yarimsharning 66,5° parallelidan shimol tomonga Quyosh nuri kecha-yu kunduz tushadi. Shu kunlari bu joylarda tun bo'lmaydi, ya'ni Quyosh botmaydi. Bu parallel Shimoliy qutb doirasi deb ataladi.

22-iyunda Janubiy yarimsharning 66,5° parallelidan janub tomonga Quyosh nuri umuman tushmaydi. Shu kunlari bu joylarda Quyosh ko'rinmaydi, ya'ni kunduz bo'l­maydi. Bu parallel Janubiy qutb doirasi deb ataladi.

23-sentabrda 21-martdagi kabi Quyosh nuri ekvatorga tik tushadi. Quyosh Shimoliy va Janubiy yarimsharlarni bir xil yoritadi. Shu kuni butun Yer sharida teng-kunlik hisoblanadi, ya'ni kun ham, tun ham 12 soatdan iborat bo'ladi.

22-dekabrda Quyosh nuri Janu­biy yarimsharning 23,5° paralleliga tik tushadi. Bu parallel Janubiy tropik doirasi deyiladi.

22-dekabrda Shimoliy yarim­sharning 66,5° parallelidan, ya'ni Shimoliy qutb doirasidan shimol tomonga Quyosh nuri umuman tushmaydi. Shu kunlari bu joylar-da Quyosh ko'rinmaydi, ya'ni kun-duz bo'lmaydi.

22-dekabrda Janubiy qutb doi­rasidan janub tomonga Quyosh nuri kecha-yu kunduz tushadi. Shu kun­lari bu joylarda tun bo'lmaydi, ya'ni Quyosh botmaydi.

Yer sharining Shimoliy tropik doirasi bilan Janubiy tropik doirasi oralaridagi mintaqa tro­pik mintaqa deb ataiadi. Bu mintaqada bir yilda ikki marta Quyosh tik tushadi.

Yer sharining Shimoliy va Janubiy qutb doiralari ichidagi mintaqa mos ravishda Shimoliy va Janubiy qutbiy minta-qalar deb ataiadi.

Qutbiy mintaqalar bilan tropik mintaqa orasidagi mintaqalar mo'tadil mintaqalar deb ataiadi. Mo'tadil mintaqalar Simoliy va Janu­biy mo'tadil mintaqalardan iborat. Bizning o'lka Shimoliy mo'tadil mintaqada joylashgan.


Orqaga qaytish