Ertaklar

5342 marta o'qildi
Ota vasiyati

Qadim zamonda bir o'ziga to'q inson o'tgan ekan. Kunlarning birida u qattiq betob bo'Iib qolib, yoniga ikki o'g'lini chaqiribdi va meroslarini ajratib, har doim totli narsalarni yenglar va shirin uxlanglar, degan so'zlarni aytib joni uzilibdi.

Katta o'g'il otasining nasihatlariga amal qilib, halol mehnat orqasidan kun kechiribdi va buning mevasini ko'ra boshlabdi.

Kichik o'g'il esa har doim eng shirin va eng totli taomlarni yeb, kunini uxlash bilan o'tkazibdi. Oqibatda qashshoqlashib qolibdi.

Bir kuni u akasining qanday yashayotganini eshitib qolibdi va unikiga mehmonga otlanibdi.

Ertasiga ikkovlon dalaga ishlagani chiqibdi, tushgacha ishlab, qorinlari ochqagach, birga tushlik qilishpibdi. Ukasi ovqatni shunaqangi ishtaha bilan yebdiki, oldin yeganlari sira bunaqa emas ekan. Keyin u akasidan qanday qilib bu kunlarga yetishganini va o'zining nega qashshoqlashib qolgani sababini so'ragan ekan, akasi shundayjavob beribdi:

— Sen padari buzrukvorimizning gaplarini noto'g'ri tushungansan chog'i, otamiz totli narsalarni yenglar va shirin uxlanglar, deganda mehnat qilib yashashni nazarda tutgan.

Nihoyat, donishmand otaning gapini kichik o'g'li tushunib yetib, xuddi akasidek unga amal qila boshlabdi.

Orqaga qaytish