Ertaklar

4934 marta o'qildi
Qoriqchining sabogi

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadimda mirishkor, mehnatsevar bir dehqon yashagan ekan. Poyoni ko'z ilg'amas dalasida kun bo'yi mehnat qilarkan. Yetishtirgan qovun-tarvuzlari-yu karamlariga bir kishining quiochi bazo'r yetarkan.

Qo’riqchining sabog’i

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadimda mirishkor, mehnatsevar bir dehqon yashagan ekan. Poyoni ko'z ilg'amas dalasida kun bo'yi mehnat qilarkan. Yetishtirgan qovun-tarvuzlari-yu karamlariga bir kishining quiochi bazo'r yetarkan.

Bir kuni tushlik qilib dalasiga qaytsa, poliziga "o'g'ri" oralabdi. O'g'ri kim ekan, deysizmi? Shu yaqin atrofdagi o'rmonda yashovchi jajji tipratikan vaquyonchalarekan. Dehqonningjahli chiqib, ularga kesak otib quvlabdi. "Xo'sh, sen qayoqqa qarayapsan?", deya o'dag'aylabdi, polizga tikilgan jonsiz qo'riqchiga qarab...

Shu yili dehqonning dalasi shudring kasaliga chalinib, bor hosili nobud bo'libdi. Uning erta bahordan kech kuzgacha qilgan mehnatlari zoye ketibdi. Xafa bo'lib yotib uxlab qolibdi va g"alati bir tush ko'ribdi. Tushida poliziga tutash o'rmonda keksa bir donishmand tipratikan yasharmish. U jajji quyonchalar va tipratikanlarni bir yerga to'plab, nasihatlar qilarmish. Karam, sabzi yegisi kelib polizga ketayotgan jonivorlarga, ekinlarni payhon qilib tashlamanglar, isrof qilmanglar, bobodehqon ranjiydi-ya, deya tayinlarmish. Dehqonning tunov kuni jahl bilan otgan kattakon kesagi mittigina quyonchaning oyog'ini mayib qilgan ekan.

"Biz axir ekinlarni payhon qilmasdan, aytganingizdek, bir   donagina   sabzini hammamiz baham ko'rayotgandik-ku", deya zorlanayotganmish quyoncha tipratikanga...

Shu payt qarshisida jonsiz qo'riqchisi paydo bo'lib qolibdi va tilga kirib:

- Dehqon bobo, Siz juda mehnatkash insonsiz. Lekin biroz ziqnaroqsiz-da. Bir
donagina sabzingizni mitti jonivorlarga rav ko'rmadingiz-a.    Oyog'i    singan
quyonchaning                         ahvolini  ko'rdingizmi? - debdi.

 

Jonsiz, hissiz bir qo'riqchidan ta'na eshitganidan dehqonrosamulzam bo'libdi...

Bu voqealar tushida sodir boisa-da, u o'ziga tegishli xulosa chiqarib olibdi. Savatchaga poliz mahsulotlaridan solib, o'rmonga eltib qo'yadigan odat chiqaribdi. Bundan buyon qo'li ochiq, saxovatli inson bo'lishga so'z beribdi.


Orqaga qaytish