Jahon adabiyoti

5540 marta o'qildi
Hans Kristian Andersen (1805- 1875)

Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805- yilda Odens shahrida dunyoga keldi.

Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805- yilda Odens shahrida dunyoga keldi.

Bolaning otasi kavushdo'z, onasi esa kir yuvuvchi bo'lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag'allar maktabiga o'qishga kiradi. Oradan uncha ko'p vaqt o'tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko'chadi. Bolaning yashash sharoiti va o'qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo'ladi. Bo'lajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga o'qishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta'lim oladi. 1828- yilda esa Kopengagen universitetiga o'qishga kiradi.

Andersen juda ko'p mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi.

Andersenning ijodi 20- yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik shc'rlar, roman, drama, yo'l ocherklari, biografik etudlar yaratadi.

„Daniyalik Xolger", „Qor malikasi", vatanparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgan „Daniya —mening vatanim", ozodlik g'oyasi mujas-samlangan „Soqchi", ,,Shiron asiri" va boshqa she'rlari poeziya janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.

Andersen o'z romanlarida („Improvizator", „0. T" bo'lgan yoki bo'lmaydi") zamonasi uchun juda muhim bo'lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.

Uning ijodi ko'p qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. „Ertaklar" (1835 - 1855), „Yangi ertaklar" (1843 - 1872) va boshqa kitob-lari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.

Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og'zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qog'ozga tushirishga harakat

qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukam-mallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarii bo'lish bilan birga, o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.

Andersen ertaklarida ko'pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o'zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo'ladilar. Uning „Qo'ng'iroqli girdob", „Kumush tanga", „Kolbasa sixidan sho'rva", „Go'ng qo'ng'iz" va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo'la oladi. Ertakchining Qo'ng'iroqli girdob" asarini olib ko'raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og'ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o'z xo'jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi.

„Bolalar gurungi" asarida hech kirn taqdirini, kichkintoy o'sib-ulg'aygach kirn bo'lib yetishishini bilishi mumkin emas-ligini, bu ko'proq o'sha bolaning o'ziga, intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq solishiga bogiiq ekanligini o'qiymiz.

Shohona qasrga to'plangan bir to'da bashang kiyingan aslzoda bolakaylar qasrni to'ldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar, kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq bo'lish uchun harakat qilishlarini kibor bilan ta'kidlar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambag'al bola tinglab, xo'rsinar, „bularga yetish bizga yo'l bo'lsin", deb qo'yar edi, o'zicha.

Yillar o'tib o'sha juldur kiyimli bola yaxshi o'qib, rassom bo'lib yetishdi, mamlakatda eng boy odamlardan biriga aylandi, o'ziga munosib bir qasr qurdirdi. „Qasr hamda uning ichidagi xazinani ko'rish"ni hamma istardi.

Ertakchining „No'xat ustidagi malika" asari ham yosh kitobxonning kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga qahr-g'azabini qo'zg'atadi.

Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini, shahar-u qishloqlarni qidirib hech qayerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir bo'lgan, tarvuzi qo'ltig'idan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.

Kunlardan bir kuni ko'z ko'rib, quloq eshitmagan mo'jiza yuz beradi:

 

„Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gulduros solibdi, yomg'ir chunonam chelaklab quyib beribdiki, dahshatning o'zginasi.

To'satdan shahar darvozasi taqillab qolibdi. Keksa qirol borib darvozani ochibdi.

Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga o'xshatish mumkin! Suv malikaning sochlari, ko'ylaklaridan sharillab oqib, to'ppa-to'g'ri boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u bo'lsa pinagini buzmay, „men haqiqiy malikaning xuddi o'ziman derdi".

Malikani sinab ko'rish ishlari ham g'alati bo'Jadi. Tunda qirq qavat ko'rpa ostiga bitta no'xatni yashirib, joy solib beradilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab o'midan turar ekan, „Qanday uxlab turdingiz?" deyilgan savolga nolish, ichki dard bilan javob beradi: „Ey, juda yomon! — deydi u. — Ko'zimni yummadim, desam ham bo'ladi. Men qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun a'zoyi-badanim ko'karib ketibdi. Naqadar dahshat!"

Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.

Bolalar, odatda, hayvonlar, parrandalar, hasharotlar haqida-gi ertaklarni sevib o'qiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda ko'pchiligi ana shu mavzuni qamrab olishi bilan ham xarakterlidir.

„Dyumchaxon", „Irkit o'rdakcha", „Botqoqlik shohining qizi", „Baqa", „Burga bilan professor" singari ertaklari o'zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan.

Xullas, Daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan beri yosh kitobxonlarga zavq-shavq bag'ishlab kelmoqda.


Orqaga qaytish