Ertaklar

5648 marta o'qildi
Eng chiroyli daraxt

Birinchi sinfda o'qiyotgan kenja o'g'lim Qobil: -Dada, mo'jizalarga ishonasizmi? -deb so'rab qoldi.

-   Ishonaman, - dedim dabdurustdan

 

Eng chiroyli daraxt

 

 

Birinchi sinfda o'qiyotgan kenja o'g'lim Qobil: -Dada, mo'jizalarga ishonasizmi? -deb so'rab qoldi.

-    Ishonaman, - dedim dabdurustdan
bergan savoliga hayron bo'lib. - Katta
bo'lganing sari o'zing ham ko'raverasan.

Javobim uni qoniqtirmaganday tuyuldi.Yananima derkan, deya qaradim. Qobiljon boshqa indamadi.

Hovliga yangi ko'chib kelganimiz uchun hali daraxtlar yo'q. Bahor kelib, kunlar iliy boshlaganda, bozordan har xil mevali daraxtlar ko'chatini olib keldim. Qo'shnimiz Sulton amaki bilan ularni chiroyli qilib ekishga kirishdik. "Men ham ekay", deb atrofimizda parvona bo'lishdi bolalarim. Sulton amaki ularni sinchiklab ko'zdan kechirib, bittasini ajratib chekkaga qo'ydi.

-    Bunisi yowoyi ekan. Tez quwatga
kirib o'sib ketadi, ammo hosil bermaydi.

Hafsalam   pir   bo'ldi,   Qobiljonning ham kayfiyati tushdi:

-     Uni   men   ekmoqchi   bo'lib
tanlagan edim, - dedi qovog'ini
uyib.

Qo'shni   amaki   kulib yubordi.

-  Voy, bog'bon bola-ey,
bu - mening daraxtim, degin.  Unda  ekaqol. Kelasi   yil   tagidan bir qarich qoldirib kesib, yaxshi navli xurmoni payvand qilib beraman.

Seni daraxting bir yilga qolmay, akalaringnikiga yetib oladi.

- Bu gapdan Qobiljon xursand bo'ldi. Amaki ko'rsatgan joydan chiroyli qilib chuqurcha qazidi, ko'chatni o'tqazdi. Rostdan ham yowoyi xurmo chidamli chiqdi. Boshqa ko'chatlarga qaraganda tez ayj oldi. Kelasi yili Sulton amaki va'da berganiday unga boshqa, serhosil navli xurmoni payvand qilib berdi. Qobiljon uni astoydil parvarish qila boshladi. Qish-qirovli kunlarda ehtiyot qilib, xashak bilan o'rab, ustiga yelim xalta to'shab qo'ydi. Bir yilga qolmay, Qobiljonning ko'chati boshqalariga yetib oldi. Uning tanasi yonidagilarnikiga qaraganda chayir, baquwat edi. Uchinchi yilga kelib esa, nishona qildi. Juda quvondik!

Hozir hovlimiz o'rtasidagi eng chiroyli daraxt   -   Qobiljonniki.   Kuz   kelib, daraxtlar barg to'kkanida uning mevalari ayvon   peshtoqidan   tushib turgan   chiroq   nurida dum-dumaloq o'yinchoqlar   bilan bezatilgan   archaga o'xshaydi.    Mo'jizaning   o'zginasi! Qobiljonning   aytishicha,   sinfdoshlarining o'z daraxtlari    bor    ekan. Sizning-chi,   o'z daraxtingiz   bormi?   Yo'q   bo'lsa, uni    ekishga shoshiling.


Orqaga qaytish