Bilasizmi?

5678 marta o'qildi
Zaharli ilonlar

Hindiston kobrasi (ko'zoynakli ilon) tanasi chiroyii va kuchli bo'lib, uzunligi 160 — 180 sm keladi.

Hindiston kobrasi (ko'zoynakli ilon) tanasi chiroyii va kuchli bo'lib, uzunligi 160 — 180 sm keladi. Boshi yirik qalqonchalar bilan qoplangan, ko'zlari kichik va yumaloq, tanasi silliq tangachalar bilan qoplangan bo'ladi. Yuqorigi jag'ida bir juft zahar tishi, ularning orqasida yana 1 — 3 ta kichik tishi bo'ladi.

Bu kobraning rangi hamma joyda har xil, umuman, sarg'ish-kul rangdan tortib, qo'ng'ir va qoragacha bo'ladi. Qorni och kul rang yoki sarg'ish-qo'ng'ir boiishi mumkin. Bo'ynining orqa tomonida ko'zoynakka o'xshash dog'i bor. Kobra xavf tug'ilganda tanasining uchdan bir qismini tik ko'tarib, boshini dushmaniga qarata gorizontal holda tutib turadi, bunda bo'yni kengayib yupqalashadi, shu holatda «ko'zoynagi» juda aniq ko'rinadi, u orqa tomonidan kelgan yirtqichlarni cho'chitadi.

Hindiston kobrasi  O'rta Osiyoning janubida,  Eronda, Afg'onistonda, Pokistonda, Hindistonda va Shri-Lankada, janubiy Xitoyda tarqalgan. Baqalar, sudralib yumvchilar, qushlar, mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi. U o'ljasini zaharli tishi bilan tishlab o'ldiradi, so'ngra yutadi.

Bilasizmi?

Hindistonda Hon o 'rgatuvchilar kobrani savatga solib, nay chalib o'ynatadilar. Bunda kobra boshini ko'tarib, nay sadosiga mos ravishda boshini tebratadi. Aslida Hon nay ovozini eshitmaydi, u o'rgatuvchining yuziga tikilib turib, o'rgatuvchi boshini tebratganda Hon ham boshini tebratadi. Bu ilonlarning zahar tishlari olib tashlangan, deganfikr ham noto'g'ri. Agar donning tishi olib tashlansa, tez orada yangisi yanada baquvvat bo'lib o'sib chiqadi, Hon ham o'zini jabrlagan kishini chaqishga harakat qiladi. 0"'rgatuvchilar esa ilonning tabiatini yaxshi bilib, uning chaqishiga sabab bo'ladigan harakat qilmayHilar.

O'rta Osiyo kobrasi {kapcha Hon) Turkmaniston janubida, O'zbekistonning janubida, Janubi-G'arbiy Tojikistonda uchraydi. O'zbekistonda Bobotog'da, Hisor tizmasining tog' etaklarida va Surxondaryo vodiysida, Qarshi choiida uchraydi. Tanasining uzunligi 170 sm ga boradi. Rangi ko'kimtir-sariq, to'q jigar rang, qo'ng'ir yoki qora bo'lishi mumkin. Qorin tomoni oq, tanasining oldingi qismida ikki-uchta ko'ndalang qora yoii bor. Kaltakesaklar, mayda qushlar va boshqa xil ilonlarni tutib yeydi. Odamga duch kelganida iniga tez yashirinishga harakat qiladi, yashirina olmasa tanasining oldingi qismini ko'tarib, bo'ynini shishiradi va qattiq vishillaydi. Shundan keyin ham odam ketmasa, ilon zaharli tishlari bilan chaqishga harakat qiladi. Odam va uy hayvonlarini juda kamdan-kam hollardagina chaqadi. Kapcha ilon zahar olish uchun ba'zan maxsus boqiladi. Uning zaharidan dori-darmonlar tayyorlashda foydalaniladi.


Orqaga qaytish