Davlat ramzlari

5462 marta o'qildi
Davlat gerbi

“O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risidagi” qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10 - sessiyasida qabul qilindi.

Davlat gerbi

“O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risidagi” qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10 - sessiyasida qabul qilindi.

Gerbning markazida tasvirlangan - qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi – baxt - saodat va erksevarlik ramzi tasvirlangan. Buyuk alloma Alisher Navoiy Xumo qushini barcha tirik jonzodlar ichida eng ezgu deb ta’riflagan.  

      Gerbning yuqori qismida Respublikaning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida yarimoy va besh qirrali yulduz ifodalangan.

      Quyosh  – O’zbekiston Respublikasi tanlagan yo’lining nurli bo’lishini va Respublikaning noyob tabiiy iqlim sharoitini ko’rsatib turadi.

      Boshoqlar – xalqning rizq-ro’zi bo’lgan g’alla timsolidir. Oppoq bo’lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g’o’za shohlari – asosiy yurtning dong’ini dunyoga taratgan asosiy boyligi ramzidir.   

      Bug’doy boshoqlari va paxta chanoqlari davlat bayrog’iga o’xshagan lenta bilan o’rab qo’yilgan. Bu Respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.


Orqaga qaytish