Davlat ramzlari

4817 marta o'qildi
Davlat madhiyasi

“O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to’g’risida”gi qonun 1992 - yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

Davlat madhiyasi

  “O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to’g’risida”gi qonun 1992 - yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
A. Oripov so’zi, M. Burhonov musiqasi.

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod! 

Naqorat
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Orqaga qaytish