O`zbek mumtoz adabiyoti

5322 marta o'qildi
BEDIL

BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod shahar - 1721, Dehli) - shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tug’ilgan. Ota-bobosi kesh (shaxrisabz)lik, turkiy barlos urugidan. Yoshligidan turli fanlarga qiziqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirzo Abdulqosim kabi olimlardan ta'lim olgan. Hindiston bo’lab ko’p sayohat qilgan, 1685 y dan umrining oxirigacha Dehlida yashagan.

BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod shahar - 1721, Dehli) - shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tug’ilgan. Ota-bobosi kesh (shaxrisabz)lik, turkiy barlos urugidan. Yoshligidan turli fanlarga qiziqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirzo Abdulqosim kabi olimlardan ta'lim olgan. Hindiston bo’lab ko’p sayohat qilgan, 1685 y dan umrining oxirigacha Dehlida yashagan. Fors tilida ijod

qilgan. Arab, fors, Hind, urdu tillarini mukammal bilgan, sharq xalqlari adabiyotini, tasavvuf va yunon falsafasini, ayniqsa Aristotel falsafasini atroflicha o’rgangan. 10 yoshlaridan badiiy ijod bilan shug’ullangan. 20 yoshida she'rlarini saralab tplashga kirishgan. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda yashab ijod qilgan shoir o’z davriga befarq qaramagan, hindlar va musulmonlarning tinch- totuv yashashligini, yurtni

obod, xalqni tinch-osoyishta, farog’atda, hamjihatlikda ko’rishni orzu qilgan. Inson erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy fikrlar bayon etgan. Uning falsafiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari ta'sirida shakllangan. Bedil dunyo qarashi tasavvufning vaxdat ul-vujud ta'limotiga asoslanadi, ya'ni olamni Allohning ko’zgusi, inson qalbini shu ko’zguning

markazi deb biladi. Inson qalbi qanchalik sayaqal topsa, u shuncha Alloh nurini aks ettiradi. Shu bois Inson buyuk va qudratlidir. Ammo buni uning

o’zi anglashi lozim, deydi.

            Bedil  120 ming misradan ortiq she'riy, ko’pgina nasriy asar yozgan. G’azal, ruboiy, qasida, qit'a, tarji'bandlarining o’zi 75 ming misrani tashkil etadi. Yirik asari "Chor unsur" ("To’rt unsur", 1703) nasrda yozilgan bo’lib, she'rlar ham ilova qilingan. Kitobning dastlabki boblarida Bedil o’z hayoti haqida hikoya qiladi. So’nggi ikki bobda esa to’rt unsur - havo, suv, yer, olov to’g’risida; o’simliklar, hayvonlar va odamning paydo bo’lishi haqida so’zlaydi. Mutlaq ruh, va narsa to’g’risida gapiradi, din hamda ruhoniylarning o’rni haqidagi o’z fikrlarini ifodalaydi. Kitobda parilar. jinlar, uyqu, tush ko’rish va boshqa haqida hikoya va afsonalar ham mavjud.

Bedil Irfon" ("Bilim". 1711 - 12;"Komdeva Mudan", "Nukot" asarlari ham shuning tarkibida) dostonida falsafa. tarix, tabiyot, adabiyot va ilohiyotning xilma-xil masalalariga to’xtalgan. Asarda borliq materiya, zarrachalar, jonli mavjudot va narsalar tabiati haqida, nabotot to’g’risida so’zlaydi. Borliq, yo’qliq, fano, baqo singari falsafiy masalalar haqida fikr bildiradi. Til va tilning xizmati, ahamiyatini talqin etadi, Hissiy

va aqliy bilish manbai, tuyg’u, tushuncha, aql haqida muhokama yuritadi. U hind falsafasidagi "ta-nosux" nazariyasi hamda islom falsafasidagi "tavakkul" ta'limotini tanqid qiladi. Tabiat hodisalarini tabiatning o’zini o’rganish yo’li bilan tushuntirish lozim deb biladi. Uningcha, dunyo

abadiy bo’lib, to’xtovsiz harakat qiladi va o’zgarib turadi. "Komde va Mudan" dostonida do’stlik. muhabbat, vafodorlik, adolat, ilm-ma'rifat masalalari aks etgan. "Nukot" ("hikmatli so’zlar") asrida esa Bedil qarashlarini yakunlab, umumlashtirgan. Bunda Bedil o’z ta'limoti asoslarini ham qisqacha bayon qilgan.

"Tilsimi hayrat" (1669), "Muiti a'zam" ("Buyuk okean". 1681), "Turi ma'rifat" ("Ma'rifat toqi", 1687), "G’azaliyot". "Ruboiyot" va bosha. asarlarida ham ijtimoiy masalalar yoritilgan. She'rlarida tarbiya, xul?-axlo? to’?risidagi o’z fikrlarini bildiradi, jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoralaydi.

Bedilning ijtimoiy masalalarga oid qarashlarida ma'rifatparvarlik. muruvvat va odamiylik asosiy o’rinni egallaydi. Asarlarining ko’pchiligi 16 jildli "Kulliyot"iga kirgan (Bom-bay,  1882).Hindiston   bilan Turkiston qadimdan iqtisodiy. siyosiy va madaniy aloqada bo’lgan. Bu Turkistonda Bedil asarlarining tarqalishiga keng yo’l ochgan, ammo turli ijtimoiy guru vakillari shoir merosidan o’z manfaatlari yo’lida foydalandilar. Bedil asarlarida            Turkiston va Hindiston xallari o’rtasidagi alo?aga doir ma'lumotlar ham ko’plab uchraydi. U "Chor unsur" asarida Jayxun (Amudaryo), Turkiston to’g’risida,Samarqanddan Hindistonga qavm-qarindoshlari kelganligi to’grisidagi ma'lumotlarni keltiradi.

Bedil  asarlari ayniqsa 19-asardan O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Ular falsafiy fikrga boyligidan Bedil Turkistonda "Abulma'oniy" ("Ma'nolar

otasi") degan nom olgan. Uning kitoblarini o’qib beruvchilar "bedilxonlar" deb atalgan. Fur?at, Muqimiy, Avaz, Ahmad Donish, Xislat va boshqa o’z ijodida Bedilning ilg’or fikrlaridan foydalanganlar. Ahmad Donish Bedilning ilg’or ijtimoiy-falsafiy g’oyalarini o’rgangan, ulardan ijtimoiy hayotdagi kamchiliklarga qarshi olib borgan kurashida foydalangan, ilg’or g’oyalarni ommalashtirishni o’z burchi deb bilgan. Furqat Bedilning fan, ma'rifat, xalqlar o’rtasidagi hamkorlik haqidagi g’oyasini o’rgangan, ulardan dunyoviy bilimlarni o’rganish, xalqni ma'rifatga chorlash haqidagi asarlarida samarali foydalangan. Bedilning ijtimoiy tuzum haqidagi qarashlari Muqimiy, Asiriy va boshqa  mutafakkirlarni ham qiziqtirgan. Ular Bedil  ijodining murakkab uslubi va

ziddiyatli tomonlari, ilg’or    jihatlariga munosib baho berganlar. O’zbekistonda Bedil  ijodi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar (G’.G’ulom, I. Mo’minov va

boshqa) olib borildi.

  

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi T.1


Orqaga qaytish