Hikmatlar

5349 marta o'qildi
Aks-sado

Ota – bola toqqa chiqishdi. Qoyalardan ketayotganlarida bola oyog’i sirg’anib ketdi. Oyog’i biroz lat yeganidan “Vooy!” deb baqirdi u.

Ota – bola toqqa chiqishdi. Qoyalardan ketayotganlarida bola oyog’i sirg’anib ketdi. Oyog’i biroz lat yeganidan “Vooy!” deb baqirdi u. Qarshi tomondan esa “Vooy!” degan aks – sado eshitildi. Ilgari bunday hodisaga duch kelmagan bola juda hayron bo’lib, “Sen kimsan?” deb baqirdi. Javob kechikmadi: “Sen kimsan?”.

 

 

 

 

 

 

Keyin jahl bilan baqirdi: “Qo’rqoq!”. Javob ham shunga yarasha eshitildi: “Qo’rqoq!”

 

Shunda bolakay hayron bo’lib otasidan so’radi: “Nima u, dada?”. Otasi javob berish o’rniga “Hamma narsa naqadar go’zal yaratilgan!” deb baqirdi. To’gning narigi tomonidan javob keldi: “Hamma narsa naqadar go’zal yaratilgan!”. Bola hech nimani tushunmadi. Otasi izoh berdi:

 

“Buni aks – sado deyishadi. Aslida u hayotning o’zginasi. Sen aytgan so’z yoki bajargan ish o’zingga aynan qaytib keladi. Dunyo sevgi va mehrga to’lsin desang, qalbingni sevgi va mehrga to’ldirishing kerak. Hayotga nimaki bersang, senga shundayligicha qaytarishini unutma!”

 

 

Ey, sokin va jo‘shqin qalb...           

Qalb kishisi bo‘lmish Rumiy nigohida ko‘ngil olami qanday jilvalanadi?!.. Buni faqat Mavlono yozib qoldirgan she’riy baytlardan bilib olsak bo‘ladi. Doktor Jaloliddin Bakir Chalabiyning “Hazrat Mavlononing asarlarida ko‘ngil” maqolasida “Devoni kabir”dan qalbga oid bir qancha satrlar berilgan.

 

Imkon qadar o‘zbek tiliga o‘girishga harakat qildik. Keling, bu satrlarga  razm solaylik; bizga nimalar haqida so‘zlamoqda...

 

 

 

Ey gönül, vuslat diyarının devletkuşusun sen; uç, ne diye uçmuyorsun? Kimsecikler tanımaz seni, ne insansın ne peri.

 

Ey, ko‘ngil, vasl diyorining davlat qushisan; nega uchmayotirsan?  Kimsa tanimas seni, na insonsan, na pari.

 

* * *

 

Sen dilbersin, gönül değilsin, fakat binlerce gönlü elde edesin de alıp götüresin diye hileyle, düzenle gönül şekline girmişsin.

 

Sen dilbarsan, ko‘ngil emassan, faqat minglab ko‘ngilni yo‘ldan ozdirib, hiyla bilan ko‘ngil qiyofasiga kirasan.

 

* * *

 

Bir an vefâlı ol da toprağa karıl; toprakla birleş, sonra bir anda kalk, Arş'tan da ferşten de, iki dünyanın sınırından da geç.

 

Bir dam vafoli bo‘lib, tuproqqa qoril; tuproqqa birlash, keyin shu onda turginu Arshdan ham, farshdan (pastlik) ham, ikki olam sarhadlaridan ham o‘t.

 

* * *

 

Can neden seni bulamaz? Onun kolusun- kanadısın sen; göz neden seni göremez? Görüşün aslısın, temelisin sen.

 

Nega jon sendan yuz o‘girmaydi? Uning qo‘lisan – qanotisan sen; ko‘z nega seni ko‘ra olmaydi? Ko‘rishning aslisan, tamalisan sen.

 

* * *

 

Tövbenin ne haddi var ki sana tövbe etsin? Haber kim oluyor ki seninle olsun da bir şeyden haberi olsun?

 

Tavbaning ne haddi sig‘arki, senga tavba etsa?  Kim xabar olmoq istasa, sen bilan bo‘lsinda, bir narsadan xabari bo‘lsin.

 

* * *

 

Kim oluyor o yoksul bakır ki, ilkbahar gelsin de ağaç gibi boy atıp tohumluktan çıkmasın?

 

Kim bilarki bir yo‘qsilning ilk bahor kelib, yog‘och kabi bo‘y cho‘zib tuxumdan chiqishini?

 

* * *

 

Kim oluyor yoksul odun ki, ateşe düşsün de kıvılcımlar saçan bir ateş koru olmasın?

 

Kim bilar bir bechoraning otashga tushib, cho‘g‘da qovjirayotganini?

 

* * *

 

Bütün akıllar, bütün bilgiler, yıldızlardır, sense onların perdelerini yırtan bir dünya güneşisin.

 

Butun aqllar, butun  ilmlar, yulduzlardir, sen esa ularning pardalarni yorib chiqqan bir dunyo quyoshsan.

 

* * *

 

Gönlüm, hem yol gösterir; hem yol keser; hem bir çengeldir, herşey ona asılır, hem herkesin ihtiyacı olan padişah altınını basar.

 

Ko‘nglim ham yo‘l ko‘rsatar; ham yo‘limni bog‘lar; ham bir changaldir, har narsa unga osiladi, ham har kimning ehtiyoji bo‘lgan podshoh oltinini bosar.

 

* * *

 

Hem feryâd eder, yolumu vurdular diye bağırır gönlüm; hem de aptal yankesicilerin yolunu vurur.

 

Ham faryod  etar, yo‘limni  to‘sdilar deb chinqirar ko‘nglim;  ham da kissavur tentaklarning yo‘lini  to‘sar.

 

* * *

 

Gâh Tanrı buyruğu gibi başlara kasd eder gönlüm; gâh başı kesilmiş kuş gibi çırpınır, Allah-Allah der.

 

Goh Tangri buyrug‘i kabi boshlashga qasd etar ko‘nglim; goh boshi kesilgan qush kabi chirpanib Alloh-Alloh der.

 

* * *

 

Gönlün varsa, gönül Kabe'sini tavaf et... anlam Kabe'si gönüldür; ne diye toprak sanıyorsun onu?

 

Ko‘ngling bo‘lsa, ko‘ngil Ka’basini tavof qil... tushuncha Ka’basi ko‘ngildir; nega uni tuproq deb ataysan?

 

* * *

 

Bir gönül incittin mi, bin kez yaya gitsen de, Kabe'yi tavaf etsen Allah kabul etmez.

 

Bir ko‘ngilni ranjittingmi, ming yerga borib Ka’bani tavof qilsang ham Alloh qabul etmas.

 

* * *

 

Malını-mülkünü ver de bir gönül al; al da o gönül, mezarda o kapkara gecede ışık versin sana.

 

Mol-mulkingni ber-da, bir ko‘ngil ol (birovni xushnud qil); olginda u ko‘ngil, mozorda, qopqora kechada chiroq bo‘lsin senga.

 

* * *

 

Allah kapısına binlerce altın torbası götürsen, Allah: "Bize bir şey getireceksen gönül getir" der.

 

Alloh huzuriga minglab oltin to‘rvasini etsang  agar, Alloh : “Bizga bir narsani – ko‘ngilni olib kel” deyar.

 

* * *

 

Çünkü der, altın gümüş kapımızda hiçbir şey değildir. Bizi istiyorsan istediğimiz gönüldür bizim.

 

Chunki, oltinu kumush dargohimizda hech narsa emasdir. Bizni istarsan, istagimiz ko‘ngildir bizning.

 

* * *

 

Senin bir saman çöpü kadar, değer vermediğin yıkık gönül, Arş'tan üstündür, Kürsî'den de, Levh'ten de, Kalem'den de.

 

Sening bir somon cho‘pi qadar bo‘lgan vayron qalbing, Arshdan ustundir, Kursidan ham, Lavhdan ham, Qalamdan ham.

 

* * *

 

Yıkık gönül, Allah'ın baktığı varlıktır; onu yapan can ne de kutludur.

 

Vayron qalb, Allohning nazargohidir; bunga erishgan jon ne qadar baxtlidir.

 

* * *

 

Allah'ın defineleri yıkık gönüldedir... Yıkık yerlerde pek çok defineler gömülüdür.

 

Allohning xazinalari xaroba ko‘ngildadir... Xaroba joylarda juda ko‘p xazinalar ko‘milgan.

 

* * *

 

Kul gibi, köle gibi gönüllere hizmet için kemer kuşan da, sırlar yolu yüzüne açılsın.

 

Qul va asir kabi ko‘ngillarga xizmat uchun bel bog‘laginki, qarshingda sirlar yo‘li ochilsin.

 

* * *

 

Sana kutluluk gerekse, devlet istiyorsan, gönüller almaya, ululuğu bırakmaya bak.

 

Senga baxt kerak bo‘lsa, davlat istasang, ko‘ngillarni olmoqqa, kattaxillikni tark etmoqqa kirish

 

* * *

 

Gönüllerin yardımı seninle atbaşı beraber giderse, kalbinden hikmet kaynakları akar.

 

Ko‘ngillarning yordami ma’lum bir darajaga yetkazsa, qalbingdan hikmat nurlari oqar.

 

* * *

 

Dilinden sel gibi, âb-ı hayat akar; soluğun Mesîh'in soluğu gibi hastalıklara ilâç olur.

 

Dilingdan sel kabi obi-hayot oqadi; nuring Masih nuridek dardlarga shifo bo‘ladi.

 

* * *

 

Yoksa varlığın,mekânın, güneşin, ayın, yerin, şu gök kubbenin vücûdu nerden olacaktı?

 

Yo‘qsa, borlig‘ing, makoning, quyoshing, oying, yering, shu ko‘k gumbazining vujudi qaerdan bo‘ldi?

 

* * *

 

Sus, her kılında iki yüz dil olsa da söylesen, gönül gene de anlatışa sığmaz.

 

Jim bo‘l, har qilingda ikki yuz dil bo‘lsa-da so‘ylasang, qonga ham anglatishga sig‘mas.

 

Turk tilidan Kavsar tarjimasi.

 

 

 

Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida           

 

Chuqur bilim, haqiqiy talant egasi o‘z kuchiga, oldinda ketayotganlarga yetib olishiga, bir safda ketayotib, hech qachon orqada qolmasligiga ishonadi. Ma'rifatsiz, talantsiz yozuvchi (yozuvchi emas) esa, birovga yetib olishga ojizlik qiladi-yu, uni chalib yiqitishga, loaqal bo‘yniga kir latta ilib ta'bini xira qilishga, yurgani xalal berishga urinadi. Haqiqiy talant egasi bir-biriga hasad emas, havas qiladi, bir-birining g‘ayratini keltiradi. Bular orasida raqobat emas, jamiyatimizni olg‘a siljitadigan kuch-musobaqa bo‘ladi.

 

 

***

Tanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dalol, shirinkomaga vijdonini sotadigan dalol bo‘lmasligi kerak.

 

***

Shunday yozuvchilar bor: umrining birinchi yarmida nom chiqaradi. U nomini boqadi. Umrining ikkinchi yarmida nomi uni boqadi. Adabiyotda bunday bo‘lmasligi kerak. Katta yozuvchini katta yozuvchi, yosh yozuvchini yosh yozuvchi, deb to‘g‘ri aytaverish kerak.

 

***

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.

 

***

Illatlarga qarshi kurashar ekanmiz, bir tomondan, illatni bahona qilib hayotimizni qoralashga urinadigan kishilarga yo‘l bermasligimiz, avvalda dimiqib qolgan  va endi ochiq havoda xursandligidan o‘ynoqlab "polizni buzadigan" kishilarni tanqid qilishimiz, ikkinchi tomondan, illatlarga qarshi kurashda bizga xalal beradigan kishilarga zarba berishimiz kerak...

 

***

Klassiklarda ham, xalq adabiyotida ham odatan yigitlar yaxshi ko‘rgan qizlarini maqtashar edi: ko‘zing undoq, o‘zing bundoq deyishar edi, hozirgi ko‘p ashullalarda qizlar o‘zlarini maqtashadi: u yog‘im bundoq, bu yog‘im bundoq deyishadi.

"Ey shoir, tashabbus erkakdan bo‘lishi kerak, bulbulning ham erkagi sayraydi-ku!" deydigan odam yo‘q.

 

***

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmapti, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman.

 

***

Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli ekaniga bog‘liq.

Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun talantning o‘zi kifoya qilmaydi, insof ham kerak.

 

***

Ko‘pgina hunarmandlar qariganda suygan hunaridan mahrum bo‘ladi: uloqchi ot chopolmaydi, surnaychi yaxshi puflolmaydi, o‘yinchi oyog‘ini ko‘tarolmay qoladi. Yozuvchi dutor yoki vinoga o‘xshaydi — eskirgan sayin ochiladi, quvvati oshadi.

 

***

Eson-omon oltmishga kirganimga xursandman. Bu to‘g‘rida birdan-bir xursand bo‘ladigan joyim bor: yozuvchilikda qirq yillik tajriba orttirdim. Bu tajriba umrimning qolgan qismini samarali o‘tkazishimda menga juda qo‘l keladi.

 

***

Ming ketmon urishga, tog‘ni qo‘porib tashlashga qodir odam bir ketmon urib qo‘yib kerilmaydi, o‘zini yelpimaydi, tahsin va ofarin kutmaydi. Bir ketmon urib, tahsin va ofarin umidida atrofga qaragan odam shu bilan ikkinchi ketmonni urishga ojizligini ko‘rsatadi.

 

***

Yozuvchi yoshligida yoshligiga rioya talab qilsa talantiga shira tushadi, erta qariydi, keyin qariligiga rioya talab qiladi-yu, umumadabiyot gazini ko‘rganda qunishadi, inqillaydi...

 

***

Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab. birinchi asari bilan yashnab kiradi.

 

***

Odam o‘zining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi bo‘lishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.

 

***

Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko‘ngildan chiqarib emas, qorindan chiqarib asar yozadi, yozuvchilik umrining oxirigacha tutaydi, hech qachon yorug‘lik chiqarib, hech kimning diqqatini jalb qilmaydi. Yozuvchilikka cho‘g‘day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnay beradi (qornidan chiqarib emas, ko‘nglining roziga aylangan narsalar haqida yonib asar yoza beradi), bunday yozuvchilar birinchi asari bilanoq adabiyot muhibining diqqatini jalb qiladi. Nihoyat, oxirida abadiy so‘nmas o‘tga aylanadi. Men adabiyot muhibiman. shuning uchun adabiyotga yashnab kirgan yoshlarni ko‘rib, quvonib ketaman, quvonchimni o‘sha yoshning o‘ziga minnatdorlik izhor qilib aytaman. Bu yashnagan cho‘g‘ni yelpish demakdir...

 

***

Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchilar hech qachon o‘z mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin o‘zini klassik hisoblaydi. Shuning uchun bularni mahalla klassiklari deb atash mumkin.

 

***

1. Tanqid adabiyotimizga katta adabiyot cho‘qqisidan qaramayotir. Mahalliy klassiklar paydo bo‘layotipti. Bu klassiklar asarlarini rus tiliga tarjima qilinmasligidan manfaatdor.

2. G’alati-g‘alati «nazariya»laro‘zi ko‘karib, o‘zi qurib yotipti. Bir vaqtlar ijobiy qahramonsiz asar bo‘lishi mumkin emas degan «nazariya» chiqqan edi, hozir komediyada ijobiy qahramon shart degan «nazariya» o‘rmalab yuripti. Bunaqa hodisalar bilan hech kimning ishi yo‘q.

3. Tanqidchilarimiz ittifoq doirasiga chiqqani urinmayotipti, «shu yerning o‘zi tinch» deyishadi.

4. Aruz sohasida tayinli bir gap yo‘q, aruz hozirgi poeziyamizning asosiy yo‘llaridan bo‘la oladimi? Aruz ko‘pincha formalizmga xizmat qilayotipti-ku!

 

***

Bolaligimda bir kartina ko‘rgan edim. Bosh rolni Charli Chaplin o‘ynagan edi, shekilli. Qahramon noshud, notavon — hech ishga yaramaydi. Nihoyat, bir qarindoshi uni o‘t o‘chirish komandasiga ishga oladi.

— Bu yerda nima ish qilaman ? — deb so‘raydi qahramon.

— Mana bu shlang,— deyishadi unga,— qaerda o‘t yo tutunni ko‘rib qolsang, dod solib suv sepaverasan.

Qahramon shu ishga yaraydi, lekin uning oldida na chirog‘ yoqib bo‘ladi, na papiros chekib—dod solib suv sepaveradi.

Farosatda shunga teng keladigan tanqidchidan xudo saqlasin!

 

***

Yozuvchini hech qachon hech kim ko‘tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlar ko‘taradi, yaxshi yozuvchi ko‘tarilib ketganini hatto o‘zi ham bilmay qoladi.

 

***

Mikrob qanchalik xavfli bo‘lsa, uni shunchalik katta qilib ko‘rsatadigan mikroskop kerak. Satira o‘tiga uchragan kishi vijdoni bo‘lsa odamlarning yuziga qarolmaydi, vijdonli bo‘lmasa og‘zidan ko‘pik sochib, yozuvchining ketidan bolta ko‘tarib yuguradi.

 

***

Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldi-rish uchun talantning o‘zigina kifoya qilmaydi, insof ham kerak.

 

***

Bolalar yozuvchisi, shubhasiz, talantli, bilimli pedagog bo‘liish kerak, lekin bularning ustiga o‘zi odamoxun bo‘lmasa qadri bir pul.

 

***

Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘lik bo‘ladi. Bundoq asarga hech qanaqa g‘oya, muhim mavzu jon kirita olmaydi.

 

***

Adabiyotga o‘g‘ri mushukday tuynukdan tushadigan odamlar ham bo‘ladi. Bular adabiyotni hunardan kasbga, ya’ni sababi tirikchilikka aylantirib olishadi. Bunaqa odamlar qadim zamonda ham bo‘lgan, hozir ham bor, ehtimol, bundan keyin ham bo‘lsa.

 

***

Hayot magnit — o‘ziga tortadi, yozuvchi shu magnitni o‘ziga yuqtira olsagina kitobxonni o‘ziga torta oladi.

 

***

Boshqa ishga yaramay adabiyotda tanqidchilik qilib kun ko‘rib yurgan tanqidchi qo‘rqoq qorovulday har sharpadan cho‘chib shaqildoq chalaveradi.

 

***

Asar qovog‘ari chaqqanday semiz...

 

***

Semiz kitobning yuragi yaxshi tepmaydi...

 

***

Xomsemiz asar ustidan asfalt qiladigan mashina o‘tka-zish kerak.

 

***

Yozuvchilikning boshqa hunarlardan farqi — yozuvchi o‘zini o‘zi operatsiya qiladi: yozganini qisqartirib tashlay oladi.

 

***

Bunga o‘xshagan yozuvchining oldidan ilxom parisi paranji yopinib o‘tadi...

 

***

Bu kitobingizdan, siz adabiyot fondi bergan pulga yarasha hayotni o‘rganganingiz shundoq ko‘rinib turibdi...

 

***

Ha, o‘qidim, lekin hazm qilib bo‘lmaydigan asar ekan. Palag‘da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb bo‘lmaydi-ku?!

 

***

Asar agar katta adabiyotga kirmasa asar emas. Bordiyu bo‘ynidan boylab olib kirilsa, u oyoqosti bo‘ladi.

 

***

Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘za ichiga qamab bera biladi...

 

***

Muhabbat dutor, ehtiyot qilib tutmasang, tob tashlaydi.

 

***

Boshqa ishga yaramay adabiyotda tanqidchilik qilib kun ko‘rib yurgai tanqidchi qo‘rqoq qorovulday, har sharpadan cho‘chib shaqildoq chalaveradi.

 

***

Bu odam yozuvchilik mehnatini faqat yozishdan iborat deb o‘ylaydi.

 

***

Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas.

 

***

Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi.

 

***

Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi.

 

***

Shunday tanqidchilar ham borki, bir yozuvchining bir asarini tanqid qilib qo‘yadi-da, keyin shu avtorning yangi asarini kutadi. U to‘g‘rida «yaxshi gap aytib, avvalgisini yuvmoqchi», bo‘ladi.

 


Orqaga qaytish