Rivoyatlar

5528 marta o'qildi
SIMCHEDON

Qadim zamonlarda dunyoda ikki mashhur odam: Nixassimi va Ten-Gami yasha-gan bo'lib, ular omadlilar qabrini izlovchilardan edilar.

simchedon

Qadim zamonlarda dunyoda ikki mashhur odam: Nixassimi va Ten-Gami yasha-gan bo'lib, ular omadlilar qabrini izlovchilardan edilar.

Bir kuni ular o'zlari uchun omadli do'nglik izlab yo'lga tushibdilar. Ular Kore-yaning Xamgiyendo qishlog'iga kelib, unga yaqin joyda baxtli tepalikni izlay bosh-labdilar, lekin qorong'i tushib qolib, uxlagani yotibdilar.

Ertasi kuni tongda uyg'onib, o'zlaridan sal narida kichkinagina «Simchedon» deb chirqilla-yotgan suv qushchasini ko'rib qolishibdi. Nixassimi va Ten-Gami so'k qaynatib, yeb olishibdi. Ular o'rinlaridan turishlari bilan haligi qushcha ham «Simchedon, simchedon» deganicha yerdan ko'tarilib, oldinda uchib boraveribdi. Qush ularni ana shu so'zlar bilan orqasidan ergashtirib tog' etagiga boshlab kelibdi. Bu yerda bir-biriga juda o'xshaydigan kampirlar kanop to'qib o'tirishgan ekan.

Yo'lovchilar yaqinlashishi bilan kampirlar berkinishibdi.

—   Bu yer haqiqatan ham omadli yerga o'xshaydi, — deyishibdi baxt izlovchilar. Endi kim o'z ajdodi xokini qayerga ko'mishini hal etish qolgandi.

Tunda ikkala yo'lovchi ham tushida ajdodlarini ko'ribdilar. Ular yo'lovchilarga shunday de­yishibdi:

—   Kimki o'z ajdodlari xokini kampirlar o'tirgan oraliqqa ko'msa, uning urug'i birinchi bo'-lib hukmdorlik qiladi va bu sulola to'rt yuz to'rt yil taxtdan tushmaydi. Kimki ajdodlari uchun pastroqdan qabr kovlasa, keyin bu sulola bilan o'rin almashadi. — Sizlar o'zaro qur'a tashlang-lar, — deyishibdi ajdodlar so'zlariga yakun yasab.

Omad izlovchilar xuddi shunday qilibdilar ham. Qur'ada omad Ni-Xassimiga nasib etibdi.

Biroq, Ni Xassimi urug'ida dastlabki to'rt avlodining hammasi majruh tug'ilibdi. Ular cho'-loq, bukri, ko'r va telba ekanlar, lekin beshinchi bo'g'inda aqlli va kuchli farzand dunyoga ke-libdi-ki, undan mashhur Ni-Ionchi tug'ilibdi. U bizning kunlarda ham hukmronlik qiluvchi Xon-Dong Ta-Uan-Ni-Si sulolasining asoschisidir.

Hukmdor mana shunday shart — sharoitlarda tug'ilgandi.

Uning otasi, shafqatsiz va qahrli imperator tomonidan shubha ostiga olinib, Ion-Xin shahri yaqinidagi Lamgiyendo qishlog'ida yashiringanligi tufayligina, qatl etilmay omon qolgandi.

Lekin xavotir tark etmagach, yaqin oradagi tog'larga chekinadi va Xon-Samoyaning mulki bo'lgan hududda yashay boshlaydi.

Bir kuni Xon-Samoya tush ko'rdi, tushida ko'k ajdarho kelib, uning qizini o'padi. Ertalab mulklarini ko'rib kelish uchun yo'l olgan hukmdor uxlab yotgan odamga qoqilib ketadi. Tu-shini eslagan hukmdor yigitning uylanmaganidan xabar topadi va qizini unga beradi. Oradan 12 oy o'tib, pahlavon Ni-shong olamga keladi.

Boshqa pahlavonlar kabi Ni-shong ham 28 yoshigacha muqaddas tog'larda, ikki dong chiqar-gan aka-uka Pak-Xachun va Tun-Duranlardan harbiy hunar o'rganib, uig'aydi. Yosh jihatdan Pak pahlavonlarning kattasi, Ni — o'rtanchasi va Tun undan bir yosh kichik bo'lib, kenjasi edi. Ni 28 yoshga to'lganida, tushiga bobosi kirib, Li va Pak afsonasidagi voqealarni unga bayon qilib beradi.

Shundan key in uchchala botir Seul shahriga yo'l oladilar.

Shahar hukmdori bu paytga kelib shafqatsizlikda chegaradan chiqib ketgandi. Odamlar uning oldiga kelib, xalqning sabr kosasi to'lgani, odamlar g'azabga kelayotgani haqida ogoh-lantirishganida, u bu gapga ishonmay, agarda ot shoxi bilan tug'ilsa yoki hakkaning boshidan oq toj o'sib chiqsagina koreys xalqi g'azabga kelganiga ishonish mumkinligini aytadi.

Lekin oradan bir necha kun o'tib, saroyga boshida oq toji bor hakka uchib keladi, biroz vaqt o'tib esa, podshohning eng yaxshi ko'rgan oti shoxli toychoq tug'adi.

Biroq imperator:

—  Xalqimning sabri tugashidan avval mana shu cho'yan ustun qulab tushadi — dedi. Qarangki, kechasi favqulotda bo'ron turib, ertalabga yaqin cho'yan ustun yerda dumalab

yotardi. Xuddi shu kuni uch og'a-ini botirlar shaharga kirib keldilar. Imperatorning lashkarlari undan yuz o'girib, pahlavonlarga peshvoz chiqdilar.

Hammaning e'tiboridan qolgan imperator tog'lar tomon yo'l oldi va o'sha yerda o'lim topdi.

Uch pahlavon poytaxtga kirib keldilar. Koreys xalqi ularga o'zaro kelishib taxtga vorislik qilishni taklif etdi.

Shunda to'ng'ich botir Pak taxtga o'tirmoqchi bo'ldi. Lekin taxt o'rindig'ining ikki yonidagi ajdarho ramzi bir-biriga yaqinlashib, o'tirgani qo'ymadilar.

Bu holat kenja botir taxtga o'tirguncha davom etdi. Ni taxtga o'tirganda, ajdarholar joyidan qimirlamadi.

Ni imperator bo'ldi, Pak esa Xamgiyendo qishlog'idagi ibodatxonaga borib, uzlatga chekin-di. Ni Pakdan qo'rqib, posbonlarini ibodatxonaga jo'natdi va buyurdi:

—  Agar Pak haqiqatan ham uzlatga chekinib, sochlarini oldirgan bo'lsa, uni tinch qo'ying, aks xolda o'ldiring!

Posbonlar ibodatxonaga kelib, Paknisochiolingan holda ko'rdilar.

Imperator Ni Pak hayotlik chog'ida har yili ibodatxonaga 150 ming pud guruch yuborib turdi.

Pakning vafotidan keyin uning tasviri muqaddaslashtirildi va hozirgacha Shoxans ibodat-xonasida saqlanadi. Ibodatxonaning yana bir fazilati shunda ediki, qaysi bir koreys ushbu ibodatxona niysiga bo'ysunmasa u xipchin bilan savalanardi. Ushbu ibodatxonaning ruhoniylari he kungacha eng qattiqqo'l hisoblanadilar va jahldorliklari bilan mashhurdirlar.


Orqaga qaytish