Rivoyatlar

5470 marta o'qildi
SUV QUNDUZI HAQIDA AFSONA

Manchjuriyaliklar va koreyslar sulolasining tarixi

O-Se-Ami qishlog'i, Xoriyen viloyati, Xon-Chion hududida Soy ismli dvory rahbari yashagandi, uning Soy-Si ismli yosh qizi bor edi.

SUV  QUNDUZI  HAQIDA  AFSONA

 

Manchjuriyaliklar va koreyslar sulolasining tarixi

O-Se-Ami qishlog'i, Xoriyen viloyati, Xon-Chion hududida Soy ismli dvory rahbari yashagandi, uning Soy-Si ismli yosh qizi bor edi.

Bir kuni qiz uyg'onib, yonida pahmoq bir jonivorni sezib qolibdi. Jonivor zahoti o'rmalab, nari ketibdi. Qiz qorachiroqni yoqibdi, lekin xonada hech zo 'q ekan. Qiz bu haqda ota-onasiga gapirib beribdi, uzoq tortishuvlardan keyin shunday qai kelibdilar. Agar hayvon yana kelib qolsa, qiz o'zini uxlaganga solib, uning oyog'iga ipak vaning bir uchini bog'lab qo'yadi.

Shunday qilib, voqea takrorlanibdi va Soy-Si uyg'onib, aytilgan vazifani bajaribdi. Toi gach, ipak kalavaning uchi Soy-Sining otasini Xan-Ton-Dze-Duti ko'liga boshlab kelibdi.

Ip suvning ichiga kirib ketgandi. Qizning otasi ipni tortgan ekan, suv yuziga qunduz « chiqibdi va darhol suvga sho'ng'ib, qaytib ko'rinmabdi, ip esa uzilib ketibdi.

Oradan 10 oy o'tib, Soy-Si o'g'il ko'ribdi. Bolaning terisi sariqligidan Norachi (s deb ism qo'yishibdi. Norachi voyaga yetibdi, biroq odam yoqtirmas ekan. Uylangach esa yashaydigan ko'l bo'yida yashay boshlabdi, chunki uning otasi suv qunduzi ekanda. U s juda yaxshi ko'rar, xuddi otasidek suvda suzib yurarkan.

Bir kuni Kong hududi, Sorboy qishlog'idan bo'lgan, Ni-Chay shajarasining dastlabki v bo'lmish Ni-Chay (hozirgi Manchjuriya sulolasining dastlabki avlodi) tushida qunduz ya turgan ko'ldan ajdarho uchib chiqqanini ko'ribdi va o'sha zahoti paydo bo'lgan oppoq ki) chol unga shunday debdi:

— Qunduz o'ldi, — debdi u. — Kimki ko'lning tubiga tushib qunduz saroyi oldidagi tarafda joylashgan uyga o'z otasining suyagini ko'msa, u Xitoy imperatori bo'ladi, kim suy chap tarafdagi uyga ko'msa, koreys imperatori bo'ladi. Uyg'ongach Ni-Chay suzishni bilmagani uchun otasining suyaklarini qunduzning saroyiga olib tushishni Norachidan iltimos qilibdi. Ayni paytda Ni-Chay Norachini aldamoqchi bo'libdi:

—   Senga bir sirni ochaman, — debdi Ni-Chay, — qunduzning saroyida ikkita xona bor. Kimning xoki o'ng xonaga ko'milsa, uning o'g'li koreys imperatori bo'ladi, suyagi chap tomon-dagi xonaga ko'milganning farzandi bo'lsa, Xitoy taxtiga o'tiradi. Sen otangning suyaklarini chap xonaga ko'maver, menga koreys toji ham bo'laveradi.

Norachi Ni-chayning aytganilarini teskarisini amalga oshiribdi. Ni-Chayning nima uchun shunday qilding, degan savoliga u shunday javob qilibdi:

—   Shunday qilsak, qabiladoshlaring uchun yaxshi bo'ladi, menga esa shunchaki o'ng to-mondagi uy yoqdi.

Ni-Chayning taqdir hukmiga bo'ysunishdan o'zga iloji qolmagandi. U Norachidan qabilalar orasida abadiy do'stlik o'rnatishni so'rabdi. Norachi bunga rozi bo'libdi.

Vaqti kelib, Norachi ketma-ket uchta o'g'il ko'ribdi. Xon ismli uchinchi o'g'il shu qadar bad-bashara ekanki, yuzini jun bosgan, agar birovga tikilsa, nigohidan qarshisida turgan odam yiqilib o'larkan. Shuning uchun u ko'zlarini yumgancha uydan tashqariga chiqmay o'tirarkan.

Vaqti kelib Ni-Chay olamdan o'tibdi. Uning o'g'li esa g'aroyib tush ko'ribdi. Tushida oppoq liboslarga o'ranib olgan bir qariya, Xan-ton-dze-duti ko'li yaqinidagi quduqda Xitoy imperato-rining qilichi yotibdi, kimki uni qo'liga kiritsa, Xitoy imperatori bo'ladi, debdi.

Ni Chayning o'g'li hayallamay ko'l tomon yo'l olibdi va quduq ichidagi qilichni qo'lga kiri-tibdi. Bashoratga ko'ra Xan Xitoyga imperator bo'ladi, deb ishongan Ni-Chayning o'g'li ushbu qilich bilan uni o'ldirmoqchi bo'libdi.

Otalarining do'st bo'lganidan foydalanib u Norachi huzuriga kelibdi va Xan bilan uchrash-tirishni o'tinib so'ray boshlabdi. Ko'ngli allaqanday xatarni sezgan Norachi uni fikridan qay-tarishga behuda urinib ko'ribdi. Ni-Chayning o'g'li oyoq tirab, turib olgach, o'rtadagi do'stlik hurmatidan uning gapini qaytara olmabdi. Lekin Ni-Chay Xanning xonasiga kirgan zahoti Xan ko'zlarini ochibdi. Ni-Chayning o'g'li uning nigohidan shu qadar qo'rqib ketibdiki, qilich­ni raqibining oyoqlari ostiga tashlab:

—   Bu qilich seniki, sen imperatorsan, — debdi.

Xan so'z aytmay ko'zlarini yumibdi, Norachi esa mehmonni xonadan tezroq olib chiqib ketishga shoshilibdi. Men o'g'limni yaxshi bilaman, — debdi Norachi, — bu yerdan tez jo'nab qol. Senga uning otini beraman, u o'g'limning oldiga ko'ldan kelgan, juda uchqur.

Ni-Chayning o'g'li hali Xan qo'lida qilich bilan xonasidan chiqmasdan, otga qamchi bosib, jo'nab qolibdi.

—  Qilichni olib kelgan odam qani? — deb so'rabdi u otasidan.

—   U ketib qoldi.

—   Uni quvib yetish va o'ldirish kerak, eldan burun ovoza qilib, ishni buzib qo'yadi.

Xan otiga minib Ni-chayning quvlamoqchi bo'libdi, lekin mehmon uning otida ketgan ekan.

—   Har bir daqiqa g'animat, uni quvib yetish kerak! — debdi Xan.

Shunday qilib, Xan o'zining Manchjur qabiladoshlarini jamlab,Pekintomon yo'l olibdi. U manchjuriyaliklar orasidan chiqqan birinchi Xitoy imperatori edi.

Xan juda ko'p qal'alar barpo etgan. Mashhur Buyuk Xitoy devori qurilishi uchun afsonaviy Natxoning o'zi Xanga dengizdan bahaybat toshlarni vetkazib turgan. Odamlar toshlar qayer-dan paydo bo'lyapti, deb so'ragudek bo'lsalar, Natxo o'zining qo'rqinchli boshini bir lahzaga suvdan chiqarib namoyish qilib qo'yarkan. Bu g'aroyib voqeaning guvohi bo'lishga ulgurib qolgan bir musawir Natxoning qiyofasini chizishga muvaffaq bo'lgan. Shundan beri uning boshi muqaddas qush — Xaj bilan birgalikda ibodatxonalar darbozalarini


Orqaga qaytish