Hikoyalar

4720 marta o'qildi
BUVAJONIMIZ

Buvam pensiyaga chiqdilar-u, uyda tinchligimiz buzilib ketganday bo'ldi. Yo'q, «buzilib ketganday» deganim uncha kelishmas. «0'zgarilib, harakat kuchayib, jonlanib ketgan­day bo'ldi» desam to'g'ri kelar. Chindanam hamma narsa boshqacha tus olib, ishlar ko'payib ketgandi. Hali mollarga, tovuq, xo'rozlarga qarash, ovqatlarini, suvini vaqtida berib, sigir-buzoq, qo'y-qo'zilarning ortiqcha ma'rashiga yo'l qo'ymaslik kerak

BUVAJONIMIZ

    Buvam pensiyaga chiqdilar-u, uyda tinchligimiz buzilib ketganday bo'ldi. Yo'q, «buzilib ketganday» deganim uncha kelishmas. «0'zgarilib, harakat kuchayib, jonlanib ketgan­day bo'ldi» desam to'g'ri kelar. Chindanam hamma narsa boshqacha tus olib, ishlar ko'payib ketgandi. Hali mollarga, tovuq, xo'rozlarga qarash, ovqatlarini, suvini vaqtida berib, sigir-buzoq, qo'y-qo'zilarning ortiqcha ma'rashiga yo'l qo'ymaslik kerak. Hali hovli o'rtasidagi ekinlarni o'tash, chopish, sug'orish kerak. Ishqilib, hech qaysimizga tinim yo'q. Buvim goho charchab ketib:

—   Buvang tinmagur chol-de, na o'ziga, na o'zgaga tinim bermaydi! — deb nolib qo'yadi.

Bu gapga mening g'ashim kelib:

—   Buvamlarni nega yomonlaysiz, buvijon! — desam, buvijonim qaytaradilar:

—   Nahotki buvangni yomonlasam, bolam. Salgina ra'yini buzsam ham baloga qolaman-ku. Javrab ta'zirimni beradi-ku. O'ziga yetguday o'jar, manman. Bizni-ku, qo'yaber, ko'chadagilargayam tinchlik bermaydi-ya!.. Buvimning so'zlarida jon bor. Ko'chadagilar buvamni Zokir oqsoqol deb hurmat qilishadi. Kattadan-kichik ular-ning maslahatlariga quloq soladi. Ularning aralashmagan ishlari yo'q.

Yaqinda tor ko'chamizda bir voqea bo'ldi. Shunda buva-jonning so'zlari qanchalik o'tkiriigini sezdim. Ko'chamiz torligidan faqat bir tomonga yo'lka tushgan. Bir qo'shnimiz yo'lkaning o'z eshigidan boshlab o'n besh qadamcha joyini (ariqni ham qo'shib) temir panjara bilan to'sib olibdi, unga gullar ekibdi. Yo'lovchilar to'siq oldiga kelganda ko'cha o'rtasiga tushib ketishi kerak. Mashinalar o'tayotgan bo'lsa yo'lovchi to'siq boshida kutib turishga, loygarchilik vaqtla-rida bo'lsa loy kechishga majbur bo'ladi. Buvam buni ko'rib qoldilar-u, darrov uy egasini chaqirdilar-da:

—  Bu qilgan ishingiz yaxshimi? — deb savol berdilar. Uy egasi — yoshgina, kelishgangina yigit xushmuomalalik bilan:

—   Ha, oqsoqol, buning nimasi yomon? Men buni ko'chamiz chiroyli bo'lsin, gulzorda gullar o'ssa, ko'rgan-larning bahri ochilsin deb shunday qilgandim.

Buvam ensalari qotib:

—    Shunaqa degin-a! O'zi ensiz ko'chani battar toraytirib, o'tkinchilar yo'lini to'sib qo'yganing-chi, shu insofdanmi, a? - dedilar.

Yigit dovdiradi. «Nima qiJgin deysiz? deganday savol nazari bilan boqib qoldi.

—  Buni olib tashlaganing ma'qul, — deb yaxshilikcha maslahat berdiiar buvam.

Yigit yeikasi qisilib, qoshlari kerilgancha, ko'zlarini pi-rillatib turarkan, buvam yanayam muloyimroq qilib:

—  Ha, shunday bo'lsin, o'g'Iim, -deb qo'ydilar-u, o'tib ketdilar.

Yigit boshqa so'z qaytarolmadi. Qaytarsa, nordonroq so'z eshitib oJishidan qo'rqdi shekilli.

Shu kuni kechga borib to'siq yo'qolgan, yo'lka asli holi-ga qaytgandi...

  Buvam pensiyaga chiqmasdan oldin ham hech tinim bil-maganlar. Maktabimizda xo'jaiik mudiri bo'lib ishladilar. Yo'lakiar, sinf xonalarini kuniga necha martalab ko'zdan kechirardilar. Qaysi bola shumlik qilib xonani bulg'atsa yoki devorgami, partagami biron chiziq chizsa, dog' tushirsa, baloga qolardi. Bolaning qulog'ini cho'zib qattiq tanbeh berish bilan qanoatlanmasdilar, ota-onasini chaqirtirardilar-da, bolasi yetkazgan zarami to'lattirardilar.  Maktabimizning yaxshigina bog'i bor. Buvam bosh bo'lib har xil ko'chatlar keltirib o'tkazdirardilar. Bir kuni o'quvchilar to'p tepishayotib bir ko'chatni sindirib qo'yish-di. Buvam buni bilib qoiib juda achindilar: «Bu axir unaqa-munaqa ko'chatmas. Shakardek-shirin luchchak shaftoli ko'chati edi-ya! Buni men, bilasanlarmi jujuqlar, daladagi bir qadrdonimdan olib kelib o'tkazuvdim-a!» deb ko'chatni sindirgan «jujuq»ni mahkam ushlab oldjlar. Qo'ymasdan  dadasini chaqirtirdilar-da, uni xuddi shunaqa ko'chat topib kelishga ko'ndirdilar. Ana shundan keyin desangiz, «jujuq»lar ekinzorga yaqin yo'lamaydigan bo'lishdi. Buvam bolalarni, ayniqsa tartibli bolalami yaxshi ko'rib, ular bilan darrov til topishardilar.  Bir kuni desangiz, ko'chamizdan bolalarning shovqin-suroni eshitilib qoldi. Katta ko'cha tarafdan besh-olti bola chuvirlashib kelishardi. Ulardan bittasining og'zi-burni qonga belangan, yig'idan o'zini to'xtatoJmasdi. Buvam bolalarni to'xtatib, nima voqea bo'lganini surishtirdilar. Burni qonab, yig'Jab turgan bolaga ko'zlari tusharkan:

—  Hoy, hoy, jujug'im, Qo'rqmasmisan, nima bo'ldi? Seni polvon deyishardi-ku, kirn xafa qildi-a?

Qo'rqmas chindanam gavdasi yo'g'on, xo'ppa semiz, lunjlari osilgan, qovoqlari qalin, ko'zlari qisiJgan bola bo'lgani uchun polvon laqabini olgandi. O'zi yo'g'on bo'lsa-da, ovozi ingichka, tomog'idan tovushi chiyillab chiqardi.

—  Yiqitishdi, — dedi chiyillab Qo'rqmas buvamlarga.

—  Senday polvon yigitni qaysi jinqarcha yiqitoldj-a? — dediiar buvam kulgilari qistab. Shu zahoti uni hovliga yetaklagandila. Qo'llaridan sirg'alib chiqqancha uyi tomon yugurib ketdi. Bolalar buvamning savollariga javob berisharkan, qo'shni mahalladagi maydonchaga borishgani, futbol o'ynashib, to'p talashib, oxirida mushtlashib qolish-ganini aytib berishdi.

— Qo'shni mahallaga sizlarni kim chaqiruvdi, jujuqvoy-lar? ~ dediiar buvam.

~ O'zimiz boruvdik, opoq ota.

—  Nima maqsadda boruvdinglar?

—  Maydonchasida o'ynagani...

—  Maydonchasi yaxshi ekanmi?

—  Yaxshi, juda yaxshi, — deyishdi bolalar.

—   Him, — dediiar buvam o'ylanib. — Maktabdan kanikulga chiqiboq uylaringga sig'may qolibsizlar, o'zla-ringcha borib qo'shnilarni bezovta qilibsizlar-da. Tag'in qo'shnilarni maydonchasiga borasizlarmi?

Bolalar miq etmay bir-birlariga qarashdi.

—   Nega damlaring chiqmaydi, tirmizaklarim? — va sal tikilib turdilar-da, so'radilar. — Mening bir roaslahatimga yurasizlarmi?

  Bolalar nima deyishlarini bilmay turishardi. Qarasam, buvamning serajin peshonalari tirishdi, oq aralash qoshlari ostida chuqur joylashgan o'tkir ko'zlari qisilib ketyapti. Jahllari chiqib qattiq gapirib yuborishlaridan cho'chidim-da, bolalar nomidan:

—    Maslahatingizga yurishadi, albatta, buvajon, — dedim.

Shundan so'ng buvam ishonch bilan gapirdilar:

—  Quloq solinglar, jujuqlarim. Endi qo'shnilar may-donchasiga borib, ularning tinchligini buzmanglar. Sizlarga o'ynaydigan joyni o'z mahallamizdan topib beramiz. Hozir uylaringizga borib dam olinglar. Men o'zim sizlarni chaqir-tiraman. Bo'ptimi? Bolalar ishonar-ishonmas bosh qimirlatishdi.  Bo'sha-

shinqirab tarqalishdi. Men buvamdan, qanaqa joy topib berasiz deb so'ragim

keldi-yu, indamaikm. Buvam jiddiy tus olib, ayvon labiga o'tirdilar. Moshkichiri bo'lgan cho'qqi soqollarini tutamlab, nimalarnidir xayoliga bordilar.Keyin shartta o'rnilaridan turib shoshilgancha ko'chagachiqib ketdilar...

Ertalab men buvamning aytganlarini qiUb bolalarni mahalla choyxonasi oldiga to'pladim.

Buvam keldilar-da, bizni choyxona orqasiga boshladilar. Biroz yurganimizdan keyin pastqam uylar tushgan joyning burchagida bir bo'shliq uchradi. Bu pasti-baland yerning hammayog'ida axlatlar qalashib yotardi. Buvam bolalarga tikilib:

—   Mana shu joyni chiqindilardan tozalab, tekislab, tuzukkina o'yin maydonchasiga aylantirsak bo’ladi. Bu ish qo’limizdan kelar deb o'ylayman-a?! Bolalar nima deyishlarini bilmay turishardi. Ularni o'z maydonchalariga ega bo'lish xo'pam qiziqtirardi-yu, ammo uni epaqaga keltirish uchun ancha urinish kerakligi cho'chitardi. Men yana ular nomidan dadillik bilan:

—  Albatta qo'limizdan keladi, buvajon! — deb javob bervordim.

Bolalarning ko'pi mening so'zimga qo'shilishib, bosh qimirlatishdi. Faqat ikki bola o'zini chetga olib, asta sirg'alib chiqib ketdi. Buni sezgan buvam:

—  Bilib qo'yinglar, jujuqlarim, bu ishni faqat sizlarga tashlab qo'ymaymiz, otalaringizniyam hasharga chaqi-ramiz, - deb qo'ydilar.

Burniga paxta tiqib olgan Qo'rqmasning:

—   Shu ish qiyin bo'ptimi, o'zimizning qoiimizdan keladi, opoq ota! — deb manqalangan ingichka ovozi chiqdi.

—  Sen chiranmasdan, awal burningni tuzatib o'zingni evlab olsang bo'lardi! — deb yonidagi o'rtog'i unga tega-jaklik qilgandi. Qo'rqmas:

—Menga nima bo'pti! — deb chirangancha gavdasini kekkaytirdi, ikki qo’li mushtini qattiq tukkancha o'rtog’iga bokschiday o'qtalib, hammani kuldirdi.

Buvam ertadan shu ishga kirishishni buyurgandilar. Bolalarning sabrlari chidamadi. Bir-ikki soat o'tmasdanoq, yelkalariga belkurakchalar, ketmonchalarni qo'yib, may-donchaga to'planishdi. Shovqin-suron, taraqa-turuq bosh-lanib ketdi. Shunda maydonning burchagidagi katta ko'k temir eshikdan yasanib olgan bir satang xotin chiqib keldi-da, bizga:

—  Hoy, tirranchalar, nima g'alva o'zi? — deb jerkidi.

—  Biz bu yerni tozalab, o'yin o'ynaydigan joyga aylan-tiramiz! — deyishdi bolalar.

—  A-a, rosa bozor qilamiz, denglar-a?

—   Bozormas, dam olish maydonchasi, tomosha joyi boiadi, xolajon, tushundingizmi? — dedi xotinning yaqini-ga borib Husan. Unda dadillik bilan, manmanlik bor edi. Uyimizda ham o'zini kenjatoyman deb taltayardi. Nimasi kenjatoy bo'pti, mendan atigi uch-to'rt soat keyin tug'ilgan ekan-da. Xullas u o'sha ayolga qattiq tikilib, qo'shib qo'ydi. — Birovlar yaxshi ish qilganda rahmat etish o'rniga yoiini to'sish yaxshimasku, xolajon!

—  Kim buyurdi sizlarga bu ishni? — dedi ayol baland kelib.

—  Buvamlar, — dedi Husan.

—  Rostan-a? Ajabmi? — dedi labini burib ayol. Buvang bilan gaplasharkanmiz-da.

- Gaplasha qoling. Hozir keladilar.

—  Buvangni oti nima?

—  Zokir oqosoqol...

—   A-a? — dedi ayol cho'zib, ko'zlarini pirpiratib. Boshqa gap aytishga tili bormasdan uyiga tomon burildi. Ketayotib, maydonni tekislayotganlar orasida yurgan o'g'ilchasini «bularga qo'shilma» deb sudrab ketdi. Dastlab maydonda sochilib yotgan termir-tersaklarni yo'qotishga kirishildi. Bularni katta ko'chaga chiqave-rishdagi maktabning yonida to'planayotgan temir-tersak-: larga oborib qo'shadigan bo'lishdi. Bu yerdan tegishli odamlar mashinalarda zavodga olib ketisharkan. Men yugurib borib uydan zambilg'altak olib keldim. Katta-kichik temir chiqitlarini unga ona boshladik. Qarasakki, zambilg'altak og'irlashib ketibdi. Yukni sal yengil-lashtirdik. Shundayam ikki kishilashib zambilg'altakni joyi-i dan jilitolmadik. Qo'rqmas o'rtaga tushdi:

—  Bilasanlarmi, — dedi u, — bu aravang oldiga arqon boylab otmi, eshakmi qo'shish kerak!

—   Hey, esing joyidami, otni yo eshakni qayerdan topamiz? — dedi Husan.

—  Eshak dema, xachir degin, — dedi boshqasi.

—  Xo'p, xachir senda bormi? — dedi Qo'rqmas.

—  Menda xachir nima qilsin!

Shu topda kelib, g'alati gaplarni eshitgan buvam:

—  G'am yemalaring, jujuqvoylar, ot ham, xachir ham o'z o'rtalaringdan topilib qolar, — deb hazil qilgandilar, bolalar hiringlashib qo'yishdi.

— To'xtab turinglar, — dedi Qo'rqmas chiqindilar ichi-dan uzungina bir sim topib. Simning bir uchini zambil-g'altakning oldi tarafidagi teshikdan o'tkazib mahkamladi. lkkinchi uchini o'zining kamariga boyladi-da, oldinga o'tib simni tarang tortgancha:

—  Mana ot qo'shildi, itarlaring aravani! — dedi bolalar o'rtasida kulgini kuchaytirib.

Dastalarni tutib turgan ikki bola kuchanganicha aravani itarishdi-yu, siljitish qiyin bo'ldi. Oldindagi «ot»ning yoni-ga yana bir bola qo'shihb simni tortishib ko'rgandi, zam­bilg'altak sal jila boshladi.

Bolalarning bu g'alati hangomalarini jilmaygancha kuzatib turgan buvam:

—  Hey, aravani to'xtatib turinglar, — dedilar-da, zambilg'altak dastasidan tutib itarishib ko'rdilar. — Darhaqiqat, yuk og'irlashib ketibdi. Uni yengillatish kerak!

Temir-tersaklarning yarmichasini pastga tushirishgan-dan keyin aravani «ot» qo'shmasdanoq ikkov zing'illatib ketdi. Keyingi safar esa yukni Qo'rqmasning bir o'zi tash-lab kelib, polvonligini ko'rsatib qo'ydi.

  Maydonchani tekislash, supurish-sidirish harakati qizib ketgandi. Bolalar ko'payishib qolgan. Ishning boshlanishida cho'chib o'zini chetga olgan bolalar ham kelib qo'shilish-gan. O'zlaricha ikki brigadaga boiinib olib, biriga Husan, ikkinchisiga Qo'rqmas o'zlarini boshliq deb e'lon qilishgan. Joyni bo'lashib olib, kim o'zar o'ynashgan, oftobda pishib ishlasharkan, goh unisi, goh bunisi oldinlab ketardi.

Buvam ham bolalarga ish ko'rsatib turish bilan tinch-lanmadilar. Qo'llariga ketmon tutib, do'nglik joylarni tekislashga tushdilar.

Men   buvamning   qo'llaridan   ketmonni   olmoqchi bo'lgandim.

— Qo'y, bolam, men ham bekor turmay, ozgina hissa qo'shay, — deb ketmonni bermadilar. Boshqa bolalar ham buvamning ketmonlariga yopishib, olisholmadi. — Nima, meni qarib qolgan, qo'lidan ish kelmaydi deb rahm qilyap-sizlarmi? Xudoga shukur, bitta yigitchalik quwatim bor. Qanday ishlashni sizlarga ko'rsatib qo'yaman...

Buvamning bu maqtanishlari hazil aralash edi, albatta. Buni men sezib turardim. Buvamning harakatlari oz-moz susayib, ketmonni chopishlari bo'shashib borardi. Yaqinda hasharga qo'shilib, bir chekkadan maydonni supurishga tushgan qo'shni qizlarning bittasiga, uyingdan choy olib chiqqin degandim. G'izillab borgancha choynakda choy olib chiqdi-da, piyola bilan buvamning yaqinlariga qo'ydi. Buvam naq suyunib ketdilar-da, qizchaning peshonasidan o'pib, barakalla deb qo'ydilar. Saldan so'ng do'nglik joyga o'tirib olib, choy icha boshladilar. Ketmonlarini olib:

—  Charchadingiz-a, buvajon? — desam, peshonalarida-gi terni yaktaklarining bariga artib:

—  Charcharli ish qilganim yo'q hali. Faqat issiqlab ket-dim, — dedilar sir boy bergilari kelmasdan.

—   Ochig'ini aytsam-chi, Husanjon bolam, ba'zi qariyalar xuddi darz ketib chegalangan chinni idishga o'xshaydilar. Ortiqcha urinsalar sinadiganday. Ha, tag'in meniyam o'shanaqa mo'rt qariyalarga o'xshatmanglar-a!?

—  Yo'g'-e, buvajon! — dedim men. Buni eshitganlar menga qo'shilishdi.

—  Sizlar charchagandirsizlar-a, bolalarim? — dedilar buvam so'nggi chiqindilarni mahalla chekkasidagi jarlikka tashiyotgan, oxirgi o'nqir-cho'nqirlarni tekislayotgan bolalarga qarab. — Endi borib dam olinglar. Bugunga yeta-di...

Bolalar ketgilari kelmasdi. Bir-birlariga imlashib, buvamdan nimanidir so'ragilari kelardi. Oxiri Husan og'zi botirlik qilib:

—  Buvajon, dor qachon quriladi? — deb so'rab qoldi. Buvam soqollarini tutamlab jilmaydilar, «aytibsan-da?»

deb menga qaradilar. Haqiqatan oldinroq buvamning shu-naqa taxminlari borligini Husanga shipshitgandim. Bolalar quloqlarini ding qilib buvamning javoblarini kutib turi-shardi.

—  Shunaqa mo'ljal-ku bor. Lekin qiyinroq ish. Yana o'ylab ko'ramiz, — dedilar buvam dudmal qilib.

Shu gapning o'zigayam bolalar shodlanib ketishdi. Buvam biron narsani ko'zladilarmi, yuzaga chiqarmasdan qo'ymasliklarini bilishardi-da.

Buvam maydonni u boshidan bu boshiga aylanib ko'rarkanlar, ko'zlari chaqnab ketdi. Chindanam maydon tekislanib, tozalangandan keyin ancha kengayib, ko'rkam-lashib ketganday edi...

Ertalab bolalar maydonchaga to'planisha boshlarkan, u yerdagi yangiliklarni ko'rib naq ko'zlari o'ynab ketdi. Buvam bir yigit bilan birga maydonning qoq o'rtasiga yo'g'on xodachalar qoqishayotgan edi.

Kattalar ikki xodachani bolta bilan yerga mahkam qoqib tiklashgandan so'ng, ularning ustiga ketmon dastasiday silliq yog'ochni mixlab o'rnatishgandi. Sim dor shaklini oldi. Yigit o'z bo'yi baravaricha ko'tarilgan yog'ochga osilib ko'rdi-da, buvamga:

— Meniki ko'tardimi, qo'sha-qo'sha bolakaylarni bemalol ko'tarishi turgan gap-a, oqsoqol? — deb chiranib qo'ydi.

Shundan keyin desangiz bolalar chuwos solib dorga irg'iy ketishdi.

Buvam, «faqat qattiq urinmasdan ehtiyot bo'lib ko'ta-rilinglar» deb maslahat bersalar ham, bolalar jon boricha urinishardi. Qo'rqmas shu yerdayam o'z polvonligini ko'rsatmoqchi bo'ldi: Kuchana-kuchana dorga qornigacha ko'tarilgandi, birdan umbaloq oshib tushdi. Taqir yerga yonboshi bilan tushgandi. Maykachan bo'lgani uchun yalang'och badani qip-qizarib ketgani ko'rindi. Og'riqqa chidolmay bir chekkaga o'tirib oldi. Dorga sakrashni ko'zlab turgan bolalar jimib qolishdi. Buvam yonlaridagi

yigitga qarab:

—   Doming tagiga biron yumshoq narsa yotqizmasak bo'lmas ekan, — deyishlari bilanoq, yigit:

—  Bo'ldi, oqsoqol, bu yerga qum to'kish kerak, — deb maslahat berdi.

—  Qumni qayerdan topamiz-a?

—  Narigi ko'chada turadigan Halimboyvachcha borku, o'sha saroy quryapti. Eshigiga tirband qilib qum tushirib qo'yibdi. Shundan so'rasak, berar deyman.

Shu zahoti buvamning buyruqlari bilan yonimga Husanni oldim-u zambil g'altakni shaldiratib Halim­boyvachcha hovlisiga bordim. Shop mo'ylovli boyvachcha havorang shoyi ko'ylagi oldidan meshday qornini chiqar-volib, imorat qurayotgan usta, mardikorlar tepasida turgan ekan. Men unga ozgina qum kerak bo'lib qolganini aytishim bilan, kimga, nimaga deb surishtirmasdanoq:

—  Bu yer qum bozorimas, boraver, — deb teskari qarab ketdi.

Men ham bo'sh kelmadim-da, ketidan ergashib:

—   Amakijon,   meni bu yerga buvam yubordilar,  —dedim.

—  Buvang kim boiadi? — dedi u qo'rslik bilan.

—  Zokir oqsoqol...

Shu so'z og'zimdan chiqishi bilanoq boyvachcha menga shartta o'girildi-yu:

—  Shunaqa demaysanmi, jiyancha, buvang qayerdalar, nima qilyaptilar — deb muloyimlik bilan so'rab qoldi.

Men maydonchani, dorni tilga oluvdimki, mo'ylovini burab, baroq qoshlarini chimirib, qiziqsindi. Boshqa gapni aylantirmasdan, chaqqonlik bilan bir mardikorni chaqirdi-da, zambilg'altakni qumga to'ldirtirdi.

— Olib boringlar. Buvangga salom aytinglar. Yana kerak bo'lsa kelinglar, — dedi.

Biz zambilg'altakni yurgizamiz desak, o'rnidan qimirla-tolmadik. Buni ko'rdi-yu boyvachcha oldimizga kelib zam­bilg'altakni bir dastasini o'zi tutdi. Uch kishilashib yukni maydonga yetkazdik.

Boyvachcha, bizni kutib turgan buvam bilan quchoqlashib ko'rishdi-da:

—   Qilayotgan yangiligingizni ko'rgim keldi. Nima harakat, oqsoqol, — deb surishtira ketdi. Hammasini eshitib bilgandan keyin, og'iz ko'pirtirdi. — Bolajonlarga ko'p ajoyib sovg'a tayyorlabsiz-da, oqsoqol. Shunaqa savob yumushlar borakan, bir og'iz aytmabsiz-da bizga. Kelib boqishvorgan bo'lardim...

Shu gapni aytdi-yu, bu yerdagi yigitga qarashib dor ostiga qumni ag'darishvordi. Qumni bir qarich qalinlikda yoyishgandi, ozgina joyni egalladi. Boyvachcha chaqqon harakat qilib, yana uch zambilg'altak qum opkeltirib to'ktirdi-da, dor ostining anchagina joyiga yoydirdi.

—   Mana endi dor o'ynash bexavotir bo'ldi, deb buvamning ko'ngillari tinchidi.

—  Yana qanday xizmatlar bor bizga oqsoqol? — dedi boyvachcha.

xavotirda yashardik. Ularning boshlarini qovushtirib, ko'z oldimizga to'plabsiz, foydali o'yinlarga jalb etib, ko'p yaxshi ish qilibsiz, oqsoqol. Sizga katta rahmat! — deb buvamni alqab ketishdi. Buvam ham maqtovlardan eridilar-da, yurakdan chiqarib:

—   Axir bu bolajonlar mening ishongan bog'larim, suyangan tog'larim-da, — degancha ho'ngrab yuborishlari-ga sal qoldi. Keyin buvam hammaga qaradilar. — Mana endi-chi, sirk tomoshasini, kurashni ham ko'rgisi kelganlar shu yerga yig'ilishaverasizlar. Bolalarimiz ichida o'yinchi, sozandalar, qo'shiqchilar polvonlar ham topiladi-a, shun-day emasmi, bolajonlarim?

—  Men dutor ting'illatishni bilaman, — dedi qizlardan biri.

—  Nog'orani taraqlatish — mendan! — deya chiranib qo'ydi Husan.

—  Mening o'g'ilcham-chi, hazil-huzul laparlar aytishga usta, — deb maqtandi bir xotin.

—  Biz-chi, sivizg'ani shang'illatvoramiz! — deb chiyil-ladi Kimsan.

—   Shang'illatasanmi, chiyillatasanmi? — deb sherigi kulgiga oldi.

Suhbatdoshlar orasida bolalarga tanish ko'k darvozadan chiqqan yasanchoq satang xotin boridi. U ham gapga qo'shilib:

—    Mening bolam-chi, nag'ma chalishni o'rniga qo'yadi, — deb kerilgandi.

Buni eshitgan Husanning ensasi qotib: «va-a» deb yubordi. Men uni turtib, jim qildim. Bo'lmasa: «Menga bolalarning shovqin-suroni yoqmaydi, degan siz emas-midingiz» deb eski gapni esga solishi, ayolni izza qilishi mumkin edi.

Otalardan biri qiziqib savol berdi:

—   Mana endi bolalarimiz dorbozlikni mashq qilib ko'zimizni o'ynatishyapti. Konsertni qachon ko'rsatishadi?

Unga javoban Qo'rqmas bilag'onlik qilib:

—  Mashqlarimiz bitsin. Bayramga ko'rsatamiz, — deb katta ketdi.

—  Juda soz, — dedilar buvam gapni yakunlab va ham-mani xursand qilib — Xudo xohlasa Mustaqillik bayrami kuni dor o'yini bilan konsert ko'rgani kelasizlar.

-  Tomoshaning chiptasi qimmatmasmi, oqsoqol -deb bittasi tegishgandi, buvam ham darrov javobni qo ndmb:

—  Sizlarga arzon! — deb qo'ydilar.

Hamma xoxolab yubordi. Ayniqsa bolalarga bu javob juda yoqib tushgandi. Husanboy «Yashang, buvajon'» deb buvamning bo'ynilariga osildi-da, yuzini soqollariga surtib oldi. Boshqa bolalar ham duv kelib, Husanning so'zini va qilig'ini takrorlashdi. Maydonni quvonchli qiyqiriq bosdi.

 

 Hakim Nazir. Oqibat.-T.,2003


Orqaga qaytish