Ertaklar

5528 marta o'qildi
Malikaning ilk tasavvurlari

Quyosh derazadan tushib, Malikaning  xonasini nur bilan to'ldirar edi. Qizcha hovliga chiqib, quyoshga salom berdi. Buvisining bog'ida har bahor gul ko'z ochar, muattar hidi hovli bo'ylab taralardi. Yasmin ochildi. Oppoq guldastaday xushbo'y gullar...

Malikaning ilk tasavvurlari

 

Quyosh derazadan tushib, Malikaning  xonasini nur bilan to'ldirar edi. Qizcha hovliga chiqib, quyoshga salom berdi. Buvisining bog'ida har bahor gul ko'z ochar, muattar hidi hovli bo'ylab taralardi. Yasmin ochildi. Oppoq guldastaday xushbo'y gullar...

Dala hovlida jonivorlar yashaydi. Malika katta yovvoyi mushukning oldiga chopib borsa, bir zumda daraxt tepasiga chiqib, torn boshiga sakradi. Kichkina derazadan uyga kirib ketdi. Buvisi Malikaga "Etik kiygan mushukcha" ertagini o'qib berdi.

-Bizning mushugimiz ham uning avlodidan, — deb qo'ydi buvisi.

- Unda qani uning etigi? - darrov savol berdi qizcha.

Buvisi kuldi. - O'zing yalang oyoq yurasan-u, jonivorga etik kiy dir moqchi mi s an ? U ovchi mushuk,o'zini o'zi boqadi. Malika kichkina hovuzcha bo'yiga borib o'tirsa, suvdan bir baqa chiqib, unga salom berishga urinardi. Qizcha undan rosaqo'rqadi. Buvisi bu baqaning qismati haqida ham ertak aytib berdi. * Aslida u malika ekan, jodugar baqaga aylantirib qo'ygan. Ertasi kuni baqa suvdan chiqqach, qizcha aytdi: - Endi siringni bilaman, sen ham menday malika ekansan, kel, dugona bo'lamiz.

Hovuzning yuziga engashganda qizcha doimo o'z aksini ko'rardi.Unga "Suv Malikasi" deb nom qo'ydi. Hovli chetidagi butazorda tipratikanlar oilasi yashar edi. Kech tushgach, uchalasi — ota, ona, bola ziyofat uyushtirardilar.Qorinlarini to'ydirib, chopqillab, bir-birini quvlab, o'yin boshlab yuborardilar.

- Ular ham sehrlimi? - deb so'radi Malika.

- Ha,sehrli. Qishda uyquga ketadilar, oylab yemay-ichmay yotib, bahorda uyg'onadilar. Ular kunduz uxlab,tun bo'yi harakatda bo'lishadi, - dedi buvisi. Qizcha rasmlar chizdi. Chunki bu bahor taassurotlarga boy bo'ldi. Ilk marta tog'lar orasidan chiqib kelayotgan go'zal Oymomani ko'rdi, gullar, daraxtlarni tanidi.

Buvisi   rasmlarni   ko'zdan   kechirib quvonib ketdi.

-   Malika,   sen   haqiqiy  rassom   bo'libsan-ku!   - dedi u. — Biz ulardan tanlab, yosh rassomar   ko'rgazmasiga  yuboramiz.  Chindan ham shunday qilishdi. S u r a t1 ar tanlovdan g'olib deb topildi!


Orqaga qaytish