Referatlar

5079 marta o'qildi
BARGDAGI FIZOLOGIK PROTSESSLAR.

MAVZU: BARGDAGI FIZOLOGIK PROTSESSLAR. O‘SIMLIK- LARNING KO‘PAYISHI, O‘SISHI VA RIVOJLANISHI.

O’zbekiston Respublikasi alq talim vazirligi Respublika bolalar kutubhonasi. Fan; Biologiya Toshkent 2011 MAVZU: BARGDAGI FIZOLOGIK PROTSESSLAR. O‘SIMLIK- LARNING KO‘PAYISHI, O‘SISHI VA RIVOJLANISHI. BARGNING ASOSIY VAZIFALARI Assimilyatsiya.Dissimilyatsiya.Traspiratsiya. 1771 yili ingliz olimi Pristli xavoda O2 borligini aniqlaydi. Pristli o‘simliklar tomonidan SO2=hazm qilishini masalasini tekshiradi. Havo tarkibida SO2=miqdori 0,03%.Ammo Pristli qaysi vaqtda o‘simliklar SO2 ni yutishini aniqlay olmaydi.Uning shogirdi Gollandiya olimi Yan Ingenxuz 1779 yilda o‘simliklar SO2 kunduzi, quyosh bor vaqtida yutilishini aniqladi. Bulardan keyin Shvetsariya olimlari Senebye, Sossyur quyosh bor vaqtida havoda SO2 kamayib,O2 ko‘payishini ,rus olimi Vinogradov SO2 o‘simlik hujayrasida O2 va karbonga parchalanib, havoga chiqib ketishini payqaydi.1860 yili nemis olimi Saks o‘simliklarning hujayrasida SO2 ning suv bilan qo‘shilishidan kraxmal (S6N10O5 )n hosil bo‘lganligini aniqladi. Kraxmal hosil bo‘lishi quyosh nuriga bog‘liq bo‘lgani uchun, bu protsess "fotosintez"deb ham ataladi. Quyosh nurining ahamiyatini K.A.Timiryazov aniqladi. Timiryazovning ko‘rsatishicha quyosh-ning 75% nurini yutadi.qolgan 25% ni o‘simlik organidan yutilmasdan o‘tib ketadi. Yutilgan 75% nurning 1-5% i fotosintezda ishtirok etadi. Ba’zan 10% ga yaqini o‘simliklar tomonidan sun’iy bug‘lantirishga sarf bo‘ladi.Timiryazov xlorofillning spektrini aniqladi. Ya’ni quyosh spektri 7 ta nurdan iborat bo‘lsa, xlorofil 3 tasini yutadi.Timiryazev ko‘rsatishicha xlorofil quyoshning V b -n S orasidagi qizil nurni, ko‘k va binafsha nurini ko‘p yutadi. O‘simliklarning bir yildagi fotosintezi uchun 162 tirillion kkal issiqlik sarf bo‘ladi. Rus olimi Vinogradov fotosintez protsessida SO2 emas, balki N2O parchalanishini isbotladi. U N2 O karbon bilan birikadi O2 esa havoga chiqib ketadi deb hisoblaydi. Ya’ni u Timiryazev ko‘rsatgan fikrni tasdiqlaydi. SO2 + N2 O ---- SN ON+O2 CO2 ildiz orqali olingan suv bilan birikib,chumoli aldegid hosil qiladi. Ortiqcha O2 havoga chiqib ketadi. SNON ning 6 molekulasi xlorofil donalarida birikib ,1 molekula shakar hosil bo‘ladi.(S6 N12 O6 ). Rus olimi Butlerov laboratoriyada chumoli aldegid SNON dan glukoza S6 N12 O6 olgan,1 molekula shakar hosil bo‘lishi uchun 674 kkal quyosh energiya sarf bo‘ladi.1 g molekula 180 g shakar. Assimilyatsiya protsessining formulasini quydagicha yoziladi. 6 SO2+6N2 O +674kkal S6 N 12 O6 +6O2 ______ xl.dona.ich. Ko‘pchilik o‘simliklarda shakar darhol xlorofill, donalari ichida kraxmalga aylanadi. S6 N12 O6 +N2 O diastaza (S6 N 10 O 5 )p _____ Shakarning kraxmalga aylanishi diastaza fermenti ta’sirida bo‘ladi. Kraxmal ba’zi o‘simliklarda : lolagullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarda(lola,piyoz,chesnok)da bo‘lmaydi. Bu o‘simliklarda oziqli modda sifatida ikkilamchi shakar va kraxmal to‘planadi. Birlamchi shakar va kraxmal qisman sarflanadi,qisman oziqli modda sifatida to‘planadi. Oziqli modda sifatida to‘plangan shakar va kraxmal "ikkilamchi" deyiladi. DISSIMILYATSIYA (nafas olish) O‘simliklar hayvon va odamlarga o‘xshash havodan O2 yutib SO2 chiqaradi. O2 achitish xususiyatiga ega, yonishga yordam beradi. O2 ta’sirida oziqli moddalar tuzilgan qismlarga parchalanadi. Natijada oziqli moddalar tarkibidagi yashirin potensial energiya ajralib chiqadi. Ya’ni kinetik energiyaga aylanadi. Kinetik energiya hisobiga organizm yashaydi, o‘sadi va taraqqiy etadi. Nafas olish protsessini mohiyatini akad.Palladin va professor Kostichevlar tekshirishgan. O‘simliklarning yosh va o‘suvchi organlarining nafas olishi odamlarning nafas olishi bilan barobar, ba’zan undan ortiq bo‘ladi. Mas:nafas olish protsessida o‘z og‘irligidan 1-2% yo‘qotadi. Unib chiqmoqchi bo‘lgan urug‘lar ham shuncha og‘ir-ligini yo‘qotadi. Xamirturish zamburug‘ning nafas olish 6 marta, bakteriyalarniki 200 martadan ko‘p. (Odamlarga nisbatan). Nafas olish protsessiga, havodagi O2 va N2O larning miqdoriga bog‘liq. 100 ko‘tarilsa,nafas olishi 2 marta kuchayadi. Ammo bu kuchayishi 400 - 500gacha boradi. 500 darajadan yuqorida nafas olish protsessi susayadi. Ba’zi o‘simliklar qishda nafas olishni davom ettiradi. Mas:lishayniklar-100 ham nafas oladi. Daraxtlarning kurtaklari xamda archa va qarag‘ayning ignasimon barglari 200 - 250 da ham nafas olishini davom ettiradi. Urug‘lar quruqlikda juda sust nafas oladi. Chunki uning tarkibida 10-15%, N2O bor. Una boshlagan urug‘larda nafas olish 10.000 marta kuchayadi.Una boshlagan urug‘larda 30% N2 O bor. Nafas olish o‘simliklarning yoshiga ham bog‘liq. Nafas olish yosh organda tez, qari organda sust roq bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklar mas:ba’zi bakteriya va zamburug‘lar O2 siz ham yashay oladi. O2 bilan yashovchi o‘simliklar Aerob deyiladi. Kislorodsiz yashovchilarni Anaerob deyiladi. O2 bilan nafas olishi oksidaza fermenti, kislorodsiz nafas olish esa Zimaza fermenti ta’sirida bo‘ladi. Ya’ni Aerob oksidaza fermenti ishtirokida, Anaerob zimaza fermenti ishtirokida nafas oladi. Aerob O2 bilan nafas olishning reaksiyasi: S6 N12 O6 +6 O2 oksidaza SO2 + 6 N2 O + 674 kkal. ______ f.isht. Aaerob-O2 siz nafas olish reaksiyasi: S6 N 12 O6 zimaza 2SO2 +2S2 N5 ON+25 kkal. ______ f.ish.t. O2 bilan nafas olishda oziqli modda to‘liq parchalanadi. Shuning uchun ham 1g molekula shakar xosil bo‘lishida ketgan energiyaning hammasi ajralib chiqadi. O2 siz nafas olishda oziqli modda qisman parchalanadi. Shakar etil spirtiga aylandi. Shuning uchun energiya ham qisman 25 kkal ajratadi. Energiya spirt tarkibida qoladi. Assimilyatsion va Dissimilyatsion protsessining qarama-qarshiligi quydagilardan iborat: 1. Assimilyatsiyada o‘simliklar SO2 yutib, O 2 ni chiqaradi. Dissimilyatsiyada o‘simliklar O2 ni yutib, SO2 ni chiqaradi. 2.Assimilyatsiyada oddiy anorganik moddalardan murakkab organik moddalar tuziladi. Dissimilyatsiyada esa,murakkab organik moddalar odatda anorganik moddalarga parchalanadi. 3.Assimilyatsiya natijasida organizm og‘irlashadi. Dissimilyatsiya natijasida organizm yengillashadi. 4.Assimilyatsiya faqat xlorofil bor xujayralarda bo‘ladi. Dissimilyatsiya protsessi hamma tirik xujayralarda bo‘ladi. 5.Assimilyatsiya faqat quyosh bor vaqtda Dissimilyatsiya esa hamma vaqtda bo‘lib turadi. 6.Assimilyatsiyada energiya to‘planadi. Dissimlyatsiyada energiya sarflanadi. Bu qarama-qarshi protsesslar har bir organizmda bo‘lib turadi. Ularning birligi ham bor. Birligi shundan iboratki, tirik organizmning yashashi,o‘sishi,taraqkiy etishidir. Bu 2 protsess to‘xtasa,organizm xalok bo‘ladi. TRANSPIRATSIYA (Suv bug‘latish) O‘simliklar suvni yerdan juda ko‘p miqdorda oladi. Ammo olingan suvlarning 99,8% ini havoga bug‘latib, chiqaradi. Faqat 0,2% o‘simlik xujayrasida qoladi. O‘simliklar yozda ayniqsa tun vaqtda suvni ko‘p bug‘latadi. Buning natijasida o‘simliklarning t0 si 40 - 60 pasayadi. Natijada o‘simliklar o‘zini issiqdan saqlab qoladi. Bir tup suli hayotida 6,8 kg suv porlatadi. Jo‘xori 150kg,kungaboqar 200 kg, 1 ga yerdagi suli 3.200000 kg suv parlatadi. 3200 tonna. O‘simliklarni ko‘payishi. O‘sishi va uning qonuniyatlari. 1.O‘simliklarni ko‘payishi. 2.O‘simliklarni vegetativ ko‘payishi. 3.Tabiiy vegetativ ko‘payish. 4.Ildizpoya,tuganak poya,piyozboshi va boshqalar-maxsus organlar orqali ko‘payish 5.Su’niy vegetativ ko‘payish-qalamcha,payvand qilib. Michurin ishlari. 6.Jinssiz ko‘payish va uning xarakteristikasi. 7.Jinsli ko‘payish.Gameta va zigota. Izogamiya. Geterogamiya. Oogamiya. 8.Jinssiz va jinsli ko‘payishni gallanishi. 9.O‘simliklarni o‘sishi.Ichki va tashqi faktorlarni ta’siri. O‘stiruvchi moddalar. O‘stiruvchi harakatlar. - geotropizm - fototropizm - magnitotropizm. O‘simliklarni ko‘payishi. Jinsli ko‘payish Jinssiz ko‘payish Vegetativ ko‘payish Jinssiz ko‘payish Tabiiy vegetativ ko‘payish Sun’iy vegetativ (ildiz poya,tuganak poya,piyozcha) ko‘payish. (qalamcha, parxesh, pay vandlash). CH.Davrin tekshirgan keyinchalik N.I.Vavilov tomonidan ishlangan. O‘simliklarni ko‘payishi uzoq evolyutsion yo‘lni bosib o‘tdi va natijada maxsus ko‘paytiruvchi organlar paydo bo‘ldi. Ildizpoya yordamida ko‘payshi. -Banan, bambuk, shakar qamish, iris, reven landsh, yalpiz, sparja va boshqalar. Bo‘ymodaron, dala qirqbo‘g‘imi-10-15sm, prey polzuchiy- 25-30 sm, saxamil grechixasi-150-300sm. Tuganak poya orqali ko‘payishi. Kelib chiqishidan tuganak poya ildiz tuganagi. - Kartoshka,zemlyanaya grusha - Georgina ildiz tuganagi. Tuganak poyada ko‘zchalari bo‘ladi. Ildiz tuganagida-zapas oziqa moddalar bo‘ladi-vetetativ ko‘payishda,ildiz tuganagida-ildiz bo‘yinchasida kurtaklar bo‘lsa ko‘payadi. Tuganak poya: .begoniya,siklamen,kartoshka ,zemlyanaya grusha. Piyozboshi bilan ko‘payish. Piyozboshi-poya metamorfozasidir. -lola -liliya -chesnok -narsiss Sudralib o‘suvchi poya orqali ko‘payish. -qulupnay -barvinok(vinka) -malina -yejevika Maxsus organlarsiz vegetativ ko‘payish. -qalamcha -parxesh Parxesh qilib ko‘paytirish. -siren -buldonesh -roz qalamcha qilib ko‘paytirish. -poya -ildiz -barg Payvand Payvand tag Payvand ust I.V.Michurin metodlari. 1.Yangi yaxshi sort mevali daraxtlarni yetishtirish. 2.Janubdan shimolga ko‘chirish. O‘simliklarni o‘sish qonuniyatlari. Poya va ildiz-uchki qismi bilan o‘sadi. Barg-asos qismi-uchki qismining tagi bilan. Poya va ildiz-hamma xayotiy davrda o‘sadi,barglari ma’lum bir o‘lchamgacha o‘sadi. Zona rosta:ildizda -1sm Poyada - 10sm havo ildizlarida -8-10 sm. Qirqquloqsimonlilardan-o‘rmon qirqqulog‘ini bargi poya ka-bi uchi bilan o‘sadi. Eniga o‘sish-kambiy yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish -Bakteriya,suv o‘tlari,zamburug‘lar,lishayniklar. Xujayrani bo‘linishi yoki sporasi bilan ko‘payadi. Ichki va tashqi faktorlarni o‘sishga ta’siri 1.Temperaturani o‘sishga ta’siri minimum optimum maksimum Bug‘doy .:minimalny 0-50 optimalny 25-310 maksimalny 31-370 Jo‘xori: .minimalny 5-100 optimalny 37-440 maksimalny 44-500 Qovoq: .minimalny 10-150 optimalny 37-440 maksimalny 44-500 Qovun: .minimalny 15-180 optimalny 31-370 maksimalny 44-500 O‘simliklarni o‘sishini formasini yorug‘likka bog‘liqligi Daraxtlar: yorug‘likni kam sevadi(yel,pixta,tis,buk,lipa) yorug‘likni sevuvchi:(qarag‘ay,akatsiya,qayin) Namlikni o‘sishga ta’siri. Protoplazmani suvga to‘yishi. Kislorodni o‘sishga ta’siri. hamma yuqori o‘simliklar-kislorod bilan hayot. qanchalik tez o‘ssa shunchalik ko‘p kislorod kerak. Fitogarmonlar(rostovye veyestva) 4 gruppa fitogarmonlar ma’lum -auksinlar. -gibberlinlar, -kininlar,ingibitorlar. (abetsizovaya kislota,kumarinlar). Jinsiy ko‘payish. Bu yo‘l bilan 2 ta xujayra-gametalar-ning qo‘shilishi ko‘zda tutiladi.Bu xujayralarning tashqi ko‘rinishi bir biriga o‘xshasa ham ichki tuzilishi o‘x-shamaydi. Bu xujayralarning birini erkak gameta, ikkinchi-sini - urg‘ochi gameta deyiladi.Ularning qo‘shilishidan Zigota hosil bo‘ladi. Zigota yangi o‘simlikning dastlabki rivojlanishi xususiyatiga ega bo‘lgan xujayradir.U o‘zida 2 organizmning gametalarining qo‘shilishi natijasida olgan irsiy belgilarini saqlab qoladi va kelgusida namoyon qiladi.Bu bilan birga yangi belgilar ham paydo qilish mumkin.Bu ko‘payishda organizm yangilanadi va asta sekin sharoitga moslasha boradi. Jinsiy ko‘payish ko‘pchilik tuban va yuksak o‘simliklarda-gulli o‘simliklarda bo‘ladi. Ayniqsa suv o‘tlarida:qizil va ko‘k yashil suv o‘tlarida ham bu xildagi ko‘payishni ko‘rishimiz mumkin. Jinsiy ko‘payishda qo‘shiluvchi xujayralarning katta kichikligiga qarab 3 turda, ya’ni:Izogamiya, oogamiya va geterogamiya ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Izogamiya ko‘payishi - ko‘rinishidan bir xil kattalikdagi hujayralar gametalar qo‘shiladi,populyatsiyalanadi. Lekin ulardan biri erkak, ikkinchisi esa urg‘ochi gameta hisoblanadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng shu zigotadan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Ulotrikslarda bo‘ladi. Geterogamiya. ko‘payishida ikkita teng bo‘lmagan gametalar qo‘shiladi. Bunda urg‘ochi gameta yirikroq bo‘lib kamroq harakat qiladi. Erkak gameta buning aksi bo‘ladi. Oogamiya. ko‘payishda urg‘ochi gameta sharsimon ko‘rinishda bo‘lib, mutlaqo harakat qilmaydi.Erkak gameta harakatchan bo‘lib mayda bo‘ladi. Qizil va qo‘ng‘ir suv o‘tlarida bunday bo‘linish sodir bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan jinsiy ko‘payishda yadrolar bir-biriga qo‘shilganda, xromosomalar qo‘shilib ketmaydi, balki juftlanadi, qo‘shilish natijasida hosil bo‘lgan populyatsiya yadrosi deb ataladi. Yadro xromosomalar soni 2 baravar ko‘payadi.Bunda yadro diploid yadro deb ataladi. GULLI O‘SIMLIKLARDA JINSIY KO‘PAYISH Yopiq urug‘li o‘simliklarda jinsiy ko‘payish gulning paydo bo‘lishiga bog‘liq. Gul o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi uchun xizmat qiladigan eng muhim organdir.o‘simliklarda gullar ma’lum tuzilishga ega, bu tuzilish yopiq urug‘lilarning har qaysi tiplarida o‘ziga xos bo‘ladi. Bizga ma’lumki gul bir necha qismdan iborat bo‘ladi: Otaliklar va onaliklar, gulkosa barg va gultoji barglaridan tashkil topgan. Gul o‘simliklarda jinsiy organi xisoblanadi. Sun’iy chatishtirish orqali, bir gul onaligiga boshqa o‘simlik changini solib, ya’ni chetdan changlatib yangi nav o‘simliklar yaratiladi. Bu soxada I.V.Michurin mevali o‘simlik xillarini yaratdi, rayonlashtirdi. Michurining ishlari seleksiyaning muhim nazariy asosi bo‘lib qoldi. Novdalardan parxish yo‘li bilan ko‘paytirish. Bunda o‘simlikdan chiqqan novdalar egilib tuproq ostiga tushiriladi va ustiga tuproq tortiladi. O‘simlik uchlari yer yuziga chiqarilib qo‘yiladi. Bir yil davomida o‘simlik novdalari ko‘karib ona o‘simlikdan oziq oladi va shu bilan birga yer ostida poyadan ildizchalar chiqadi. Kuzga borib ona o‘simlikdan ajratib qo‘yilganda ham parxish qilingan o‘simlik mustaqil yashayveradi. Bu usul bilan ko‘paytirish ayniqsa bog‘dorchilikda qo‘l keladi. Tok, tut, malina, krijov-nak, gullardan: ayrim chinnigullar, fikuslar va boshqa o‘simliklar parxish orqali ko‘paytiriladi. Payvand. Payvand yoki transplantatsiya deb yuksak o‘simlikda tirik o‘simlikning kurtak yoki kurtaklari bor qismini boshqa o‘simlikka o‘tkazishni aytiladi. O‘tkaziladigan o‘simlik payvand ust, payvandlanadigan o‘simlik payvand tag deb ataladi. Payvandni tuban o‘simliklarda va gulli o‘simliklarda o‘tkazish mumkin. Payvandtag payvand ustdan organik moddalarni olsa, o‘zi esa payvand ust uchun suv va suvda erigan mineral moddalarni yetkazib beradi. Payvandlash ko‘pchilik daraxt o‘simliklarda, buta va chala buta o‘simliklarda o‘tkaziladi. Ayniqsa, urug‘dan chiqqanda aynib ketuvchi gibrid o‘simlikda payvandlash olib boriladi. Payvandlashning yuzdan ortiq xilma xil turlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan payvandlash usullaridan: 1. Kurtak payvand. Bu payvand ko‘pincha butalar,chala butalar va daraxt payvandtag yetkazib olinishi shart. Shaftoli, o‘rik, gilos, atirgullardan kurtak payvand o‘tkaziladi. Buning uchun yuqoridagi aytilgan o‘simliklarni urug‘lari ekilib erta bahordan to avgust oylarigacha yaxshilab parvarish qilinadi. Avgust oylarida payvand qilinishi lozim bo‘lgan o‘simlik ildiz bo‘g‘izining diametri taxminan 2-3 sm ga yetadi. Avgust oylarida ulanish uchun olinishi lozim bo‘lgan kurtaklar qalamchalar ko‘rinishida tanlab kesib olinib, o‘simlik barg bandidan 1,5-2 sm qoldirib, barg plastinkasi kesib tash-lanadi. Olingan qalamchadan kurtak ohista ko‘chirib olinadi va payvandtag o‘simlikning ildiz bo‘g‘zi "T" xarfi shaklida kesi-ladi va ko‘chirilgan po‘stloq orasiga kurtak tushirilib, mahkam qilib bog‘lab qo‘yiladi. O‘simlik ulangan, ya’ni payvand qilingan joyiga tuproq tortilib, ko‘mib qo‘yiladi. Erta bahorda tuproq olinib, ulangan joyining yuqorigi qismi kesib tashlanadi. Shu vaqtdan boshlab o‘simlik kurtakdan ko‘kara boshlaydi. Bu xildagi payvand orqali juda ko‘p xildagi mevali daraxtlarni payvandlash mumkin. Ivan Vladimirovich Michurin ham o‘zining noyob mevalarini shu xildagi payvand orqali yetkazgan. 2. Iskana yoki yorma payvand. Bu payvandda payvandtag o‘simlik shoxlari yoki poyasi bo‘ladi. Daraxt o‘simlikda tanasi 3-5 sm diametrli bo‘lishi kerak. Bunda poyaning ko‘ndalangiga arralab ajratib olinadi,va shu yeri yorib uning ichiga payvand ust novda ko‘rinishida olinib, pastki qismi yo‘niladi, uchi o‘tkirlab tushiriladi va so‘ng maxkam qilib bog‘lab qo‘yiladi. Bu payvand erta bahorda bizning sharoitda fevral-mart oyining boshlarida o‘tkaziladi. Chunki bunda o‘simliklar hali uyg‘onmagan bo‘ladi. Yuqorida aytilgan har ikki payvand ham bog‘dorchilikda keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda mevali daraxtlarning hammasi ham shu payvand orqali ko‘paytirilmoqda. O‘simliklarning rivojlanish etaplari. O‘simlik rivojlanish davrida ularda konkret morfologik va fizologik belgilar paydo bo‘ladi. Mana shu belgilarni konkret o‘zgarishini etaplar yoki davrlar deyiladi. M.X.Chaylaxyan urug‘li o‘simliklarni quyidagi etaplaga bo‘ladi. 1.Embrional davri-bu o‘simlik changlangandan to zarodsh yoki murtak xosil bo‘lgungacha davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr 2 qismdan iborat: a)embrion qism- bunda ona o‘simlikda sodir bo‘lib saqlanib turadi. b)tinchlik-qismida o‘simlik urug‘i hosil bo‘lgandan to unishigacha bo‘lgan muddat 2 davr yoshlik davri-yuvenlny period bu o‘simlik urug‘i ungandan to gul organlari hosil bo‘lgungacha qadar davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘simlikda turlicha vaqt oralig‘ida o‘tadi. Mas.qisqa mud-datli efemer o‘simlikda bir necha ko‘p bo‘lsa, ayrim o‘simlik-larda bir necha oy va hatto bir necha yilgacha davom etadi. Mas. rediskada. Bularda o‘simlik ildiz mevasi yetilganda so‘ng uni olib boshqa yerga eksak yoki shu joyda turgan holda parvarish qilsak,o‘simlik poyasida gul hosil qiluvchi belgilar sodir bo‘ladi. Sabzi,sholg‘om,turp o‘simliklarida esa ikkinchi yili gullash alomati kuzatiladi.Shuning uchun ular ikki yillik o‘t o‘simliklar. Daraxtli o‘simliklarda yoki ba’zi ko‘p yillik o‘simliklarda gullaguncha bo‘ladigan davr bir necha yilni tashkil etadi. Bu davrda o‘simlikning tez o‘sishi yoki ba’zi o‘simlikda vegetativ yo‘llar bilan ko‘payishi kuzatilgan. 3. Yetuklik davri - bu davr o‘simlikda gul organlarining hosil bo‘lishi va otalaguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr ham turli o‘simliklarda turlicha vaqtda o‘tadi. 4.Changlangandan to urug‘ining to‘liq pishguncha bo‘lgan davr. Qarish davri hisoblanib, bunda o‘simlik o‘sishi bir muncha sekinroq boradi. Gullash ancha sust boradi yoki gullamaydi ham. O‘simliklarda gullash turlicha bo‘ladi. Mas.ba’zi o‘simliklar har yili gullab, har yili meva beradi, ba’zilari esa hayot davomida bir marta gullab qurib ketadi. Mas. sholg‘om, turp, sabzi, rediska o‘simliklari o‘z hayot davomida bir marta gullaydi. Bu xildagi o‘simlikni monokarpik o‘simlik deyiladi. O‘t o‘simlikdan qulupnay, qo‘ypechak, g‘umay va boshqa ko‘pchilik buta va chala buta o‘simliklar-atirgullar va boshqa daraxtlar har yili gullaydi va meva beradi. Bunday o‘simlikni polikarpik o‘simlik deyiladi. 3. O‘simlik organlarida o‘sish protsessi. O‘sish-o‘simlik xayotining aniq ifodalangan xususiyatlaridan biridir. U o‘simlik organizmining ma’lum darajagacha kattalashishidan iborat bo‘lib, hujayra va to‘qimalarda sodir bo‘ladigan ichki protsess va o‘zgarishlarga hamda tashqi sharoitga bog‘liq. O‘sish protsessida o‘simlik hujayralarining soni va o‘lchami ortishi bilan yangi organlar va yangi elementlar hosil bo‘ladi. O‘sish hujayralarning ko‘pa-yishi va o‘simliklar tarkibidagi moddalarning qayta taqsimlanishiga ham bog‘liq. O‘sish tashqaridan qaraganda juda sekin borayotganga o‘xshaydi. O‘suvchi o‘simlik o‘z tanasini rostlab ildiz sistemasi tuproqqa mahkam o‘rnashadi, poya o‘zida shox shabbalarni tutib turadi,ayrim o‘simliklarda ilashuvchi, chiqaruvchi organlar orqali poya mustahkamlanadi. O‘sish protsessini oddiy protsess deb bo‘lmaydi, chunki bunda o‘simlik o‘z organlari shaklini faqat yiriklashtirib qolmasdan u o‘z formasini ham o‘zgartirishi mumkin. Mas.1 o‘simlikda bir xildagi barg hosil bo‘lmasada ular turlicha shaklda bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘simlikda shakli o‘zgargan barglar yoki poyalar xosil bo‘ladi. O‘sish protsessida hujayralarning muttasil bo‘linishi va shu bilan birga bu xujayralarning cho‘zilishi, yiriklashishi ko‘zda tutiladi. Bu protsess o‘simlik ildiz uchlarida va poyaning uchki meristemasida sodir bo‘ladi. O‘simlik organlarining o‘sishida oziq moddalarning, yorug‘likning yetarli bo‘lishi va shu bilan birga o‘sishiga salbiy ta’sir qiluvchi faktorlar,xavoning qattiq isib ketishi yoki sovib ketishi, qattiq shamol va xokazo, juda katta ahamiyatga ega. O‘simlik o‘sishi uchun ta’sir etuvchi faktorlar ekologik faktorlar deb ataladi. Temperatura. Temperatura ham asosiy faktorlardan hisoblanadi. Har bir o‘simlik ma’lum issiq yoki sovuq temperaturada unib chiqadi. Temperatura ekiladigan o‘sim-liklarni unib chiqishi, tuproq temperaturasiga bog‘liq. Mas.makkajo‘xori erta bahorda ekiladi va tuproq tempera-turasi 100 atrofida unib chiqadi. Chigit esa kechroq ekiladi, chunki u 120-140 temperaturani talab qiladi. Demak, o‘simlik-lar ma’lum temperaturada unib chiqadi. Buni optikal temperatura deb ataladi. Ayrim begona o‘tlar anchagina past temperaturada o‘sishiga moslashgan. Namlik,suv. O‘suvchi o‘simlik urug‘i temperatura bo‘lgani bilan namlik bo‘lmasa u unib chiqmaydi. Urug‘ o‘ziga suvni shimib oladi, bo‘kadi. Bunda urug‘ning hajmi va vazni-og‘irligi ortadi. Urug‘ o‘z og‘irligiga nisbatan bir necha barobar og‘irlikdagi suvni shimib olishi mumkin. Suv o‘simlik urug‘iga kirgandan so‘ng u yerda fiziologik protsesslar ketadi. Urug‘dagi kraxmal parchalanadi. Urug‘dagi ildizcha va bargchalar o‘sa boshlaydi. Yer yuzida o‘simliklarning tarqalishiga qarab ayrim o‘simliklar suvda o‘sadigan o‘simliklar -gidrofitlar deyiladi. Mas., nimfa-nilufar yoki kuvshinka. Namlikni yaxshi ko‘ruvchi o‘simliklar mezofitlar deyiladi asosan tog‘da o‘suvchi o‘simliklar. quruqda issiqni yaxshi ko‘ruvchi o‘simliklar, hayoti davomida suv tanqisligiga yantoq va boshqa o‘simliklar bardosh beradi. Yorug‘lik. O‘sayotgan o‘simlikka yorug‘likni normal tushib turi-shi juda katta ahamiyatga ega. Aks xolda unib kelayotgan o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi. Yorug‘lik natijasida o‘simlikda fotosintez protsessi ketadi va asta sekin o‘simlik avtotrof oziqlanishiga o‘tadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki o‘simliklarni yorug‘likka bo‘lgan talabi turli xildagi o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Agar o‘simlik uchun yorug‘lik yetarli bo‘lmasa bargda ustunsimon xujayralar yaxshi taraqqiy etmaydi, poyada mexanik to‘qimalar ham yaxshi taraqqiy etmaydi. Mas.qalish,zich ekilgan makkajo‘xori yoki g‘o‘za o‘simliklari o‘zini tik tuta olmasdan tez yiqilib yotib qoladi. Bulardan tashqari g‘o‘za o‘simligi o‘sish davrida yuqori uzun kunlarni talab qiladi. Yozning o‘rtalarida bizning iqlimda kunduz kuni uzoq bo‘ladi. Shuning xisobiga tez o‘sadi va shonalab gullashga o‘tadi. Shamol. Bu faktor ham o‘simliklarni o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega. Ma’lum darajada shamol bo‘lib turishi o‘simlikni havo olishiga va shu bilan birga suv parlatishiga yordam beradi. Mas.4 tomoni devor bilan o‘ralgan tor joylarda mevali va mevasiz daraxtlar yuqoridagi faktorlar yetarli bo‘lsa ham yaxshi o‘smaydi va yaxshi shoxlanmaydi. Mutassil shamol bo‘lishi ham o‘simlikka salbiy ta’sir etadi. Shoxlar sinishi.... O‘simlik organlarining bir tomonlama harakatlanishiga tropizm deyiladi. Geotropizm. O‘simliklarda ildizning doimo vertikal yer ostiga kirib borishiga geotropizm deyiladi. O‘q ildiz doimo yer ostiga qarab kirib boradi. Geotropizmga salbiy ta’sir etuvchi omillar past temperatura,oziq moddalarning tuproqda yetishmasligi namlikning yetishmasligi va boshqalar. Fototropizm. O‘simliklar doimo yorug‘likka intiladi. Yuksak o‘simliklarning poyasi qorong‘ilikdan qochib yorug‘likka tomon harakatlanadi. Bu xodisaga fototropizm deb ataladi. Bunda o‘simlik yorug‘lik energiyasidan to‘liq foydalanadi. Yorug‘lik tushib turuvchi tomonda o‘simlik organlari shoxlanadi va barglar hosil bo‘ladi. Oftob tik tushgan tomonda mevalar ham chiroyli bo‘lib pishadi. Mas.uzum,olma,nok va boshqalar. Xemotropizm. Kimyoviy birikmalar o‘simlikning bir tomonlama harakatlanishiga yordam beradi. Bunda ayniqsa ildizlar qayerda oziq modda ko‘proq bo‘lsa, shu tomonga qarab harakatlanadi. Gidrotropizm. Bunda o‘simlik ildizlarining suvga yoki namlikka qarab o‘sishi kuzatiladi. Magnitropizm. Bunda o‘simliklar tuproqda ma’lum metallar ko‘p bo‘lgandagina o‘sishi va shu joyni egallab olishi kuzatilgan. Shunga qarab turib yer ostidagi ma’danlarni-rudalar topilmoqda. Mas. artemiziyalar-shuvoqlarning ba’zi turlari tuproqda oltin elementi-ko‘p yerlarda keng tarqalgan. Ba’zi o‘simliklar sho‘r tuproqlarda keng tarqalgan. Bunda tuproqda K,M elementlari tuzlari ko‘proq protsentda bo‘ladi. Bunday o‘simliklarni gallofit o‘simliklar deyiladi. Yorug‘likning davriyligi.1920 yilda amerika olimi Garneri Allar o‘simlik gullarini yorug‘likka bog‘liqligini aniqla-dilar.Ular tamaki,soya va xrizantema o‘simliklarini yorug‘lik uzoq muddat tushuvchi kunlarida gullash protsessi bo‘lmasligi-ni aniqladilar. Agarda qorong‘ilik bilan almashtirilganda ularning gullashi kuzatiladi. O‘simlikda rivojlanishning kun va tunga bog‘liqligini yorug‘likning davriyligi deb nomladilar. Qisqa qilib aytganda kun bilan tunning almashinishi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga bog‘liqdir. Demak, o‘simlikning o‘sishiga va rivojlanishiga yorug‘lik va qorong‘ilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Shunga qarab turib biz o‘simliklarni qisqa kunli va uzun kunli o‘simlikga bo‘lamiz va shu bilan birga neytral o‘simliklar (uzun kunda ham,qisqa kunda ham rivojlanish protsessi sodir bo‘ladi) Kuzda yorug‘lik tushishining kamayishi natijasida o‘simlikda maxsus ingibitorlar hosil bo‘ladi. Kurtaklarda kislota va fenol birikmalari hosil bo‘lib,ular o‘sish protsessini sekinlashtiradi. Bu moddalarning yo‘qoli-shi o‘simlik o‘sishini tezlatadi. Shu bilan birga hujayralardagi yog‘simon moddalar o‘simlikni sovuq urushidan saqlab sovuqqa chidamliligini oshiradi. Rivojlanish protsessiga ta’sir etuvchi omillar. Rivojlanish protsessi o‘simlikning vegetativ oranglarining o‘sgandan so‘ng generativ organlari hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2 ta faktor ta’sir etishi mumkin. Ulardan biri temperatura va ikkinchisi yorug‘likdir. Rivojlanishning temperaturaga bog‘-liqligini yarovizatsiya deyiladi. Bunda o‘simlik urug‘lari yoki vegetativ organlari ma’lum temperaturada ma’lum muddat ushlab turilishi kerak. O‘simlik urug‘larida buni tinchlik davri deyiladi. Mana bu tinchlik davri turli o‘simliklarda turlicha vaqtni egallaydi. Mas. ba’zan o‘simliklarda bir necha kun bo‘lsa, boshqa o‘simliklarda bu bir necha oy yillarni tashkil qiladi. Tinchlik davrida turgan o‘simliklarni ekologik faktorlar orqali uyg‘otish yoki ko‘kartirish mumkin. Ayrim o‘simliklarda urug‘ po‘sti qalinlashib unish xususiyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishi mumkin. Ular tashqaridan ta’sir bo‘lgandagina ko‘karib chiqishi mumkin. Bu narsa o‘simlik urug‘ining uzoq muddat saqlanganda turlarining saqlanib qolishiga yordam beradi. Rivojlanish. Gulli o‘simlikda chang onalik tugunchasiga tushgandan so‘ng otalanish protsessi sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng zigota hosil bo‘ladi. Mana shu zigota hosil bo‘lgandan so‘ng o‘simlikning o‘sib, gullab va yana zigota hosil bo‘lgungacha o‘tgan vaqtda o‘simlikning ontogenezi deyiladi. Har bir o‘simlik o‘z ontogenez davrida o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu 2 xususiyat bir biriga bog‘liq, aloqador va shu bilan birga biri ikkinchisiz sodir bo‘lmaydigan protsessdir. O‘stirish garmonlari. O‘simlik hujayralarini va organlarini o‘sishini ta’minlov-chi moddalarni garmonlar deb ataladi. Garmonlar o‘simlik organizmida hosil bo‘ladi. Bunday garmonlarni fitogarmon-lar deb ataladi. Garmonlar o‘simlikni o‘sishini, rivojlani-shini va shu bilan birga o‘simlikni sharoitga moslashishini ta’minlaydi.Fitogarmonlarning 4 turi ma’lum. 1.Auksinlar-Bindoliluksus kislota 2.Gibbirinlar- 3.Kaninlar 4.O‘stiruvchi ingibitorlar Yuqorida ko‘rsatilgan o‘stiruvchi moddalar bilan ishlangan o‘simlik organlari intensiv-tezroq ko‘karadi. Ularda ildiz-lar chiqishi tezlashadi. Shuning uchun ham ko‘pchilik qalamcha-lar auksinlar bilan ishlanadi. Ba’zi auksinlar o‘simlik gullaganda ishlatiladi, bunda o‘simlik urug‘i yetilmaydi, urug‘ hosil bo‘lmaydi. Aks xolda etli meva yetilishi mumkin. Lekin mevada shakar moddalar yuqori protsentda bo‘ladi. Mas.3 xlorfenoksi sirka kislotasining 50 mg/p eritmasi. Ayrim kimyoviy birikmalar o‘simlik urug‘ini unishini tezlatadi.

Yuklab olish Yuklab olish


Orqaga qaytish