Jahon adabiyoti

4487 marta o'qildi
FIRDAVSIY

Abulqosim Tusiy (taxminan 934 - Tus  shahar - 1030) - fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur o’rgangan.

FIRDAVSIY Abulqosim Tusiy (taxminan 934 - Tus  shahar - 1030) - fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur o’rgangan. O’z davrining qomusiy olimi bo’lib yetishgani uchun ham uni Hakim deb ulug’lashgan. U Eron, Turon, Yunon va Xindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor bo’lgan.

Firdavsiy yoshligidanoq she'rlar mashq qila boshlagan. Bu haqda ma'lumotlar bo’lsa-da, she'rlarining o’zi yetib kelmagan. Uning "Yusuf va Zulayho" nomli doston yozganligi ham haligacha munozarali. Firdavsiy otasidan qolgan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Ba'zi manbalarda uning uzoq yillar sarbozlik xizmatida bo’lgani ham aytiladi.

 Firdavsiyning yoshlik yillari somoniylar davlatining gullab-yashnagan davriga to’g’ri keladi. Bu davrda Eron va Turon xalqlarining nafaqat ijtimoiy-siyosiy, balki madaniy-ma'naviy hayotida ham bir ko’tarilish bo’lgan. O’zining kimligini anglash va uni boshqalarga ham ko’rsatish maqsadida ular Eron va Turonning shonli tarixini tiklashga intiladilar. Shu maqsadda qadimiy afsona va rivoyatlar, buyuk shohlar va bahodirlar tarixi to’planadi va yoziladi. Bu boradagi intilishlarni somoniy hukmdorlar qo’llab-quvvatlab turganlar va to’plangan ulkan materialni she'rga solishni Abu Mansur Daqiqiydan so’raganlar. Lekin shoir endigina ming bayt ijod qilganda, fojiali ravishda o’ldirilgach, Buxoro amiri Nuh ibn Mansur Somoniy Firdavsiyni huzuriga chorlab, unga chala qolgan "Shohnoma"ni nihoyasiga yetkazishni buyuradi. Bundan maqsad shonli tarixi va buyuk sha'n-shavkatiga ko’ra forsiy xalqlarning arablardan kam emasligi, balki ustunligini ko’rsatish va ularga qarshi kurashda foydalanish edi. Vatanga va uning buyuk tarixiga muhabbat ruhida tarbiyalangan, bolalikdan

qadimiy afsona va rivoyatlar, qahramonlik qissalari, jangnomalarni jon qulog’i bilan tinglab ulHaygan Firdavsiyning o’zi Ham xalH ichida yurib.

ularni yozib olgan, ko’plab og’zaki va yozma materiallar to’plagan.

Eron va Turon xalqlarining qariyb 4 ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan "Shohnoma" ustida Firdavsiy 30 yildan ortiq mehnat qilgan. Tadqiqotchilar asarni 3 qismga bo’ladilar: 1-bo’limda "eng  qadimiy afsonalar qayta ishlanib, nazm ipiga terilgan bo’lsa, 2-bo’limda xalq qahramonlari haqidagi rivoyatu qissalar badiy talqin qilinadi, 3-bo’limda tarixiy shohlar hayoti tasvirlangan. "Shohnoma" eng qadimiy davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlanadi. "Shohnoma" xajmi (60 ming baytni o’z ichiga oladi), mavzu ko’lami, obrazlar olami, qahramonlarning ko’p va xilma-xilligi, g’oyaviy motivlari va ko’tarilgan masalalar jihatidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asar. 100 dan ortiq dostonlardan gashkil topgan bu asarda mingdan ziyod katta-kichik personajlar ishtirok etadi.

"Shohnoma" garchi shohlar kitobi deb atalib, 50 podshohlikdan iborat 4 sulolaning tarixini tadrijiy ravishda yoritgan bo’lsa-da, barcha kurashlar va qahramonliklar xalq  ichidan chiqqan bahodirlar tomonidan amalga oshirilgan. Asarda Vatan va xalq yo’lida jonini tikkan yuzlab fidoyi qahramonlar obrazi yaratilgan. Podshohlar bahonasida xalq, uning tarixi, qadriyatlari, qahramonliklari ulug’langan. Ayni jihatdan "Shohnoma" - xalq zakovati va jasoratiga qo’yilgan o’ziga xos nazmiiy  haykal.

"Shonoma"ning asosii g’oyasi - vatanni  ulug’lash, xalq qudrati va zakovatini ko’z-ko’z qilish, millat farzandlarini  vasf etish va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlnk, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat.

"Shohnoma"dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar, "Zol va Sudoba", "Bijan va Manija" dostonlarida chinakam baynalminallik g’oyalari ilgari surilgan. "Isfandiyor", "Shog’od", "Un ikki muhoraba" dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu

sarkardalar keskin qoralanadi. "Siyovush" dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.

"Shohnoma" chinakam xalq kitobiga aylanib, xalq orasida keng tarqalgandan so’ng muayyan o’zgarishlarga ham uchragan, Shuning uchun temuriy shahzodalardan Boysunqur Mirzo uning 40 dan ortiq nusxalarini o’zaro qiyoslab mukammal matnini tuzdirgan. Fanda "Shohnoma"ning Boysunqur nusxasi sifatida mashhur bu matn asarning ishonchli nusxalaridan biri hisoblanadi. "Shohnoma"ning tanqidiy matnlari ichida eng mo’tabari Ye.E.Bertel's va Abdulhusayn No’shin tahriri ostida SSSR FA Sharqshunoslik instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan 9 jildlikdir.

Shoir jasadi otasidan qolgan bog’ning bir chekkasiga ko’milgan. 1934 yilda Firdavsiy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan shoir qabri ustiga maqbara qurilgan va u shoir muxlislarining muqaddas ziyoratgohiga aylangan.

Sharq mamlakatlarida shohnomaxonlik bir an'ana tusini olgan. Firdavsiy qahramonlari o’zbek xalqi orasida ham qadimdan mashhur. "Kitobi Jamshid", "Kitobi podshoh Afrosiyob", "Shoh Tahmurasp" nomli xalq kitoblari, "Rustam va Suhrob", "Doro va Iskandarbek" kabi xalq ertaklarida "Shohnoma" ta'siri yaqqol ko’zga tashlanadi.

"Shohnoma" dunyoning ko’plab tillarga tarjima qilingan. Jumladan, 13-asr boshida arab, 15- 16-asrlarda turk va gurji, 19-asrda esa fransuz, ingliz, nemis, ital'yan va rus tillariga o’girildi. "Shohnoma" o’zbekchaga Shoh Hijron, Xomushiy (18-asr), Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy (19-asr), Sh. Shomuhamedov, Hamid G’ulom. Nazarmat, J. Jabborov (20-asr)lar tomonidan tarjima qilingan bo’lsa-da, bu tarjimalarning birortasi to’liq emas.

"Shohnoma" syujetlari asosida "Zahhoki Moron", "Siyovush", "Rustam va Suhrob", "Faridun" singari sahna asarlari yaratilgan.

 

 

 

 

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi T.9


Orqaga qaytish