Rivoyatlar

5079 marta o'qildi
Mangu yoshlik oroli

Kishilar ko'zidan yiroqda joylashgan, olis, tumanli ufqlar ortida mangu yov oroli mavjud. Sharqiy Yaponiya dengizining qoyali qirg'oqlari bo'yida yash xalqning aytishicha, yilning ma'lum vaqtida dengiz to'lqinlari bilan birga ko'ti degan afsonaviy daraxtni ko'rish mumkin. Bu Fuzanoo tog'i cho'qqisidagi o'l daraxtning o'zidir.

Mangu yoshlik oroli

Kishilar ko'zidan yiroqda joylashgan, olis, tumanli ufqlar ortida mangu yov oroli mavjud. Sharqiy Yaponiya dengizining qoyali qirg'oqlari bo'yida yash xalqning aytishicha, yilning ma'lum vaqtida dengiz to'lqinlari bilan birga ko'ti degan afsonaviy daraxtni ko'rish mumkin. Bu Fuzanoo tog'i cho'qqisidagi o'l daraxtning o'zidir.

Garchi bu daraxt bir lahzaga namoyon bo'lsada, uning shoxlariga ko'zi tushgan kishini erta tongda shirin tush ko'rgan kabi o'zini baxtiyor sezadi. Orolda mangu bahor hukm suradi, havosi toza, shifobaxsh, hamisha tiniq, feruza osmondan daraxt va gullar yaprog'iga  shudring ularda mangulik sirlarini namoyon etadi.

Oroldagi daraxtlarning nozik yaproqlari hech qachon o'z ko'rkamligini yo'qotmaydi, pushti rang lolalar va gullar hech qachon so'limaydilar.

Turfa gullar daraxtlar shoxlarini go'zallikka burkaydilar; norjil daraxtining mevalari hech qachon o'zining xushbo'yligini yo'qotmaydi va so'lish bilmaydi.

Sariq va gunafsharang gullar ko'l atrofini o'rab olgan bo'lsa, ko'l yuzini nilufarlar  turadi. Orol qushlari har kuni muhabbat va shodlik haqida kuylaydilar, bu yerda g'am — tashvishga o'rin yo'q, o'lim esa begona. Orol ruhi har yili go'yo shivirlab, turli mamalakatlarda bahorni uyg'otadi, shu bois orolning o'zida hamisha bahor.

Juda ko'p jasur dengizchilar bu orolni izlab topishga uringanlar, lekin uning qirg'oqlariga yetib borish hech kimga nasib etmagan. Ko'p dengizchilar halokatga uchrab, g'arq bo'lganlar, ko'plari Fuzi-yama cho'qqisini Fuzano tog'ining siri deb o'ylaganlar.

O'sha zamonlarda Xitoyda qattiq qo'l bir imperator hukmronlik qilgan.

U shu darajada beshafqat ediki, hatto shaxsiy tabibi Io-Fukining hayoti doimo xavf ostida bo'lgan. Bir kuni Io-Fuki hukmdoriga shunday debdi:

— Menga kema bering, mangu yoshlik oroliga borib, hayot giyohlarini terib kelaman. Shunda siz davlatingizni abadiy boshqara olasiz.

Zolim hukmdor tabibning gaplarini mamnuniyat bilan tinglab, aytganlarini hozir qilibdi. Tabib yaxshi jihozlangan, qurollangan kemada Yaponiya qirg'oqlariga suzib kelib, to'g'ri sehrli daraxt tomonga yo'l olibdi. Kunlar, oylar, yillar o'tibdi, ammo orolni ko'rishni iloji bo'lmabdi. Kemada suzib borarkan, Io-Fukiga dengiz cheksiz-chegarasiz tuyulibdi. Nihoyat, uzoqdan quruqlik ko'rinibdi. Io-Fuki qirg'oqqa yaqinroq borib, cho'qqi ustidagi daraxtga ko'zi tushibdi va u manzilga yetganini anglabdi.

Io-Fuki tush ko'rayotgandek, qirg'oqqa qadam qo'yibdi va shu zahotiyoq imperatorga bergan va'dasini unutibdi. Oroldagi hayot shu qadar g'aroyib ekanki, Io-Fuki uni tark etishni xayoliga ham keltirmabdi.

O'sha zamonlardaNagasakiyaqinida Vazo Biove degan odam yashardi. U kuni bo'yi ochiq dengizda, kichkinagina qayiqchasida baliq tutishni hamma narsadan afzal ko'rardi. Yaponiyada sakkizinchi oy oylar ichida eng ajoyibi sanaladi. Aynan ana shu oyda Vazo Biove uzoq safarga jo'nashga qaror qildi. U qayiqqa chiqib, dastlab sohilni aylanib chiqdi va tik tushgan qoyalarni zavq bilan tomosha qildi. Kutilmaganda quyuq, qora bulutlar paydo bo'ldi. To'fon ko'tarilib, Jala quya boshladi.

Uch kecha-yu uch kunduz to'fon tinmadi. To'rtinchi kunga kelibgina dengiz tinchlandi. Vazo Biove yulduzlarga nazar solib, ona vatani Yaponiyadan ancha uzoqlashib ketganini tushundi. Shunda u suv ma'budiga iltijo qilib, rahm — shafqat qilishni so'radi. Vazo Biove bir necha oy mobaynida dengiz baliqlarini tutib, kun ko'rdi. Eshkak eshaverib, sillasi quridi, umidlari so'ndi. Kutilmaganda mayin, xushbo'y shamol uning joniga aro kirdi. U yana shahd bilan eshkak esha boshladi. Ko'p o'tmay Vazo Biove Xoraitsan, ya'ni mangu yoshlik qirg'og'iga qadam qo'ydi.

Orolda xush kayfiyat va charog'on kun hukmron edi. Chigirtkalar va ninachilarning shiddat bilan chirillashlari hamma yoqni tutib ketgan, qarag'aylar o'sayotgan tepaliklardan esa muattar hid ufurardi.

To'satdan bir odam unga yaqinlashdi. U Io Fuki edi. Io Fuki Vazo Biovega hatto ba'zi ma'budlar ham bu xilvat go'shani maskan tutganliklarini, unda kunlarini musiqa, kulgu va qo'shiqlar bilan o'tkazishlarini aytib berdi.

Vazo Biove mangu yoshlik orolida mamnun va xursand yashay boshladi. U hatto vaqt o'lchamini ham sezmasdi. Chunki tug'ilish va o'lim chegaralanmagan joyda vaqt o'tishi sezilmasdi.

Biroq, orolda rohat-farog'atda o'tkazilgan bir necha asrdan keyin nagasakilik bu donishmand yashashdan charchab, o'limni orzu qila boshladi. Ammo Xoraitsan qirg'og'ida qora bo'ron esmay qo'ygandi. Uning ko'zlari orolni tark etib, osmonga parvoz qilayotgan qushlarga havas bi­lan boqar va ular to nuqtaga aylangunlaricha, ulardan ko'zini uzmasdi. Kunlarning birida u oppoq bir turnaga shunday dedi:

— Men bilaman, bu orolni faqat qushlargina tark eta oladilar. Shunday bo'lsada, sendan vatanim Yaponiyaga olib borib qo'yishingni so'rayman. Vatanimni bir bor ko'rib, so'ng o'lishni xohlayman.

Donishmand so'zlarini eshitgan turna oppoq qanotlarini keng yozib, u bilan osmonga ko'tarildi. Turna Vazo Bioveni ko'tarib, bahaybat odamlar, pakanalar va oqtanlilar yashaydigan begona yurtlar ustidan uchib o'tdi. Nihoyat ular Yaponiyaga yetib keldilar. Donishmand man­gu yoshlik orolidan olib kelgan apelsin niholini Vatani tuprog'iga avaylab ekdi.

Hozirda Yaponiyadagi eng katta ushbu apelsin daraxti Mikado vodiysida o'sadi.


Orqaga qaytish