Jahon mamlakatlari

5531 marta o'qildi
ARGENTINA

(ArgentinaRespublikasi)

Maydoni 2800000 kvadrat kilometr.

Aholisi 36100000 kishi.

ARGENTINA

(ArgentinaRespublikasi)

Maydoni 2800000 kvadrat kilometr.

Aholisi 36100000 kishi.

 Janubiy Amerikani ispanlar 16-asrda bosib ola boshladilar. Ular bu yerda oltin va kumush topish ishtiyoqida edilar. Shu sababli qit’a janubidagi mamlakatniArgentina– “kumushli” deb atadilar.

Biroq Argentinada na oltin, na kumush topildi. Bir necha asr davomida bu mamlakat Ispaniyaning Janubiy Amerikadagi qoloq va chekka mustamlakasi bo‘lib qoldi. Katta maydondagi unumdor yerlarda hech kim yashamas va ulardan deyarli foydalanilmas edi.

Ammo yuz yilcha muqaddam ahvol butunlay o‘zgardi. O‘sha vaqtga kelib dengiz yo‘llari barcha materiklarni bir-biriga tutashtirib bo‘ldi. Yevropada sanoat gurkirab rivojlanib ketdi, shaharlar tez sur’atlar bilan o‘sdi. Yevropaning o‘z oziq-ovqati yetishmay qoldi. Shu davrda Argentinada qishloq xo‘jaligi, ayniqsa chorvachilik tez rivojlana boshladi. Argentina­dan Yevropaga go‘sht keltirila boshlandi.

Argentinaga Yevropa mamlakatlaridan, asosan Ispaniya va Italiyadan yuz minglab kishilar ko‘chib bordi. Eng yaxshi yerlar va yaylovlarni zamindorlar, amerikalik va angliya­lik sanoatchilar egallab olishdi. Yirik kushxona va go‘sht kombinatlari barpo etildi.

Argentinaning mehnatkash xalqi o‘z huquq­lari uchun, mamlakat ozodligi uchun kurash olib bordi. Ko‘p narsaga erishildi: temiryo‘llar, bir qancha sanoat korxonalari, elektr stansiya­lar mamlakat ixtiyoriga berildi.

Mamlakat poytaxti Buenos-Ayres – endilik­da dunyodagi eng yirik shahar va portlardan biri. Shaharda va unga tutashgan qo‘shni shaharlarda mamlakat sanoat mahsulotining 3/5 qismi ishlab chiqariladi. Argentinada avtomobil, traktor, stanoklar ishlab chiqaradigan yirik zavodlar barpo etilgan. Yangi elektr stansiyalar qurilgan.

Poytaxtning chekkasidan pampa (dasht) boshlanadi; bu Argentinaning asosiy qishloq xo‘jalik  makonidir. Makkajo‘xori, bug‘doy, moyli ekinlar ekiladi. Chorvador xo‘jaliklarda behisob qo‘y, sigir, cho‘chqa, echki va yilqi boqiladi. Bunday xo‘jaliklarda asosiy shaxs cho‘pon – gaucho.

Argentinabilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1993-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan. 

 

(Bolalar ensiklopediyasidan) 


Orqaga qaytish