Rivoyatlar

5528 marta o'qildi
LI SULOLASI

Besh yuz yil avval ham, hozir ham Koreya taxtini «Li» lar sulolasi egallab kelgan.

Bu sulolaning tarixi quyidagicha.

Konj viloyatining Xanyun qishlog'ida ikki urug': Li va Pak urug'lari yashagan-

lar. Li — Sorbon, Pak — Nambon qishlog'ida yashagan. Pak ham, Li ham pahla-vonlardan edi.

LI  SULOLASI

 

Besh yuz yil avval ham, hozir ham Koreya taxtini «Li» lar sulolasi egallab kelgan.

Bu sulolaning tarixi quyidagicha.

Konj viloyatining Xanyun qishlog'ida ikki urug': Li va Pak urug'lari yashagan-

lar. Li — Sorbon, Pak — Nambon qishlog'ida yashagan. Pak ham, Li ham pahla-vonlardan edi. Mengsan — sorgi tog'i va ayoldan tug'ilgan odamni pahlavon deyishgan. Ya'ni Muqaddas sorgi tog'i nuri ayolning vujudiga singib, 12 oydan keyin pahlavon tug'ilgan. Pahla-vonlar tug'ilib, o'sha zahotiyoq uchib ketganlar, chunki ular qanotli tug'ilganlar. Pahlavonning ota-onasi uning tug'ilishini sir saqlashi lozim bo'lgan, aks holda u urush paytida asqotadigan kurash mashqlarini o'rganadigan muqaddas tog'da bir umrga qolib ketardi. Kichik pahiavon ko'rinmas holatda kelib onasini emib ketar, onalar buni sezmasdilar ham.

Tanchen shahridagi bir nodon ayol pahiavon o'g'il tug'ilganida uning qanotini kesib tash-lagan.

O'g'il ulg'ayib tengi yo'q bahodir bo'lib chiqdi, u ho'kizni dast ko'tara olar, lekin o'zi ham ho'kiz kabi befarosat edi, chunki osmonga ko'tarilishgina pahlavonga chinakam pahlavonlik taqdirini berar ekan.

Xalq o'ziga yangi hukmdor sulolani saylash harakatida bo'lib turgan bir paytda Li va Pak nomli pahlavonlar dunyoga keldilar hamda voyaga yetdilar. Bir kuni pahiavon Lining tushida otasi kelib unga shunday dedi:

— Uch kundan keyin oy chiqqan paytda Sok-chi-nun ko'lida biri ko'k, ikkinchisi sariq ikki ajdarho kurashadi. Sen ko'k ajdarhoga qarab nayza ot, chunki u Pakning otasi, sarig'i esa men bo'laman.

Li otasi aytganday qildi. Shunda yarador ajdarho Tumangan ko'liga o'zini tashladi, sarig'i esa, hozirgacha Sok-chi-nun ko'lidan Tumanganga quyiladigan Sok-chi daryosi bo'ylab yuqo-riga suzib ketdi.

Shunday qilib pahiavon Li Pakni yengdi va Lilar sulolasining birinchi imperatori bo'ldi.

Sorbon va Nambon qishloqlarida hozirgacha ikki bahodirning haykallari saqlanadi. Bu haykallar cherepitsa bilan yopilgan pavilonlarda turadi, pavilonlardagi marmar ustunlarga pahlavonlarning o'z qo'li bilan ularning dovrug'i taratgan ishlari yozib qo'yilgan.

 


Orqaga qaytish