Hikoyalar

5080 marta o'qildi
Kozlarni xira bosganda

Bironta ona bormiki, bolasi qayerdadir hayallab qolsa xavotir olmaydigan bo'lsin. Yoqutxon ham keyingi kunlar-da eshikka  ko'p termiladigan bo'p qoldi.   O'zi kuyun-chakkina emasmi, ichi toshib, qo'li ishga bormay qoladi. O'g'ilchasi Ochil esa bunga parvo ham qilmay, maktabdan alla-pallada qayladi. Oyisi: «Muncha kechikding, bolam?» desa,   u   «lshlar ko'payib  ketdi»  deydi.   «Qanaqa  ishlar ekan?»   desa,   to'garaklar   mashg'uloti,   kitobxonlik,   im-tihonlarga tayyorgarlikni pesh qiladi. Yoqutxon, kattalarga gap   qaytarmaydigan,   royishgina   o'g'lini   qattiq   koyib o'rganmagan, dilini hech og'ritgisi kelmaydi. Xuddi yalinganday bo'lib deydi:

Ko’zlarni xira bosganda…

    Bironta ona bormiki, bolasi qayerdadir hayallab qolsa xavotir olmaydigan bo'lsin. Yoqutxon ham keyingi kunlar-da eshikka  ko'p termiladigan bo'p qoldi.   O'zi kuyun-chakkina emasmi, ichi toshib, qo'li ishga bormay qoladi. O'g'ilchasi Ochil esa bunga parvo ham qilmay, maktabdan alla-pallada qayladi. Oyisi: «Muncha kechikding, bolam?» desa,   u   «lshlar ko'payib  ketdi»  deydi.   «Qanaqa  ishlar ekan?»   desa,   to'garaklar   mashg'uloti,   kitobxonlik,   im-tihonlarga tayyorgarlikni pesh qiladi. Yoqutxon, kattalarga gap   qaytarmaydigan,   royishgina   o'g'lini   qattiq   koyib o'rganmagan, dilini hech og'ritgisi kelmaydi. Xuddi yalinganday bo'lib deydi:

— Bolajon, vaqtliroq kelib uy ishlariga boqishsang bo'lardi. Axir oying bilan singlinga achinmaysanmi! Kuniga dadang: ekinlarga qarab qo'yinglar, deb tayinlab ketadilar. Ularga nima deyman? O'g'lingiz quloq solmayapti desam yaxshi bo'ladimi, a?

Hovlining o'rtasida gullar, rayhon, piyozlar o'sib yotibdi.  Vaqtida  qaralmasdan,  o't bosgan,  chanqab  qolgan.Yoqutxon ba'zan qizchasi Lola bilan ekinlarga qaragan bo'ladi-yu, ammo yolchitib parvarishlay olmaydi. Eri buni ko'rib   ranjish,   jerkishni   qo'ymaydi.   Oxiri   Yoqutxon,o'g'lining   uy   ishiga   qarashmayotganini   ochiq   aytishga majbur   bo'ldi.   Buni   eshitgan   Jo'raboy   o'g'lini   tergab

qo'ymoqchi,   biroq   uni   uchratolmaydi.   Chunki   o'zibozordagi xizmatiga tong otar-otmas jo'nab, qosh qorayganda, ko'pincha bolalar uyquga yotganda qaytadi.Jo'raboy bugun barvaqt turib, o'g'li bilan bafurja so'zlashmoqchi boigandi. Ochil nari-beri choy ichiboq ko'chaga otildi. Adasining: «Hoy, qayoqqa shoshasan?» degan savoliga, maktabda dars tayyorlaymiz, adajon. Tezda qaytaman, deganicha ketdi. Jo'raboy o'zini tutolmay, qisiq ko'zlarini pirillatib, xotiniga zarda qildi:

Bironta ona bormiki, bolasi qayerdadir hayallab qolsa xavotir olmaydigan bo'lsin. Yoqutxon ham keyingi kunlar-da eshikka  ko'p termiladigan bo'p qoldi.   O'zi kuyun-chakkina emasmi, ichi toshib, qo'li ishga bormay qoladi. O'g'ilchasi Ochil esa bunga parvo ham qilmay, maktabdan alla-pallada qayladi. Oyisi: «Muncha kechikding, bolam?» desa,   u   «lshlar ko'payib  ketdi»  deydi.   «Qanaqa  ishlar ekan?»   desa,   to'garaklar   mashg'uloti,   kitobxonlik,   im-tihonlarga tayyorgarlikni pesh qiladi. Yoqutxon, kattalarga gap   qaytarmaydigan,   royishgina   o'g'lini   qattiq   koyib o'rganmagan, dilini hech og'ritgisi kelmaydi. Xuddi yalinganday bo'lib deydi:

— Bolajon, vaqtliroq kelib uy ishlariga boqishsang bo'lardi. Axir oying bilan singlinga achinmaysanmi! Kuniga dadang: ekinlarga qarab qo'yinglar, deb tayinlab ketadilar. Ularga nima deyman? O'g'lingiz quloq solmayapti desam yaxshi bo'ladimi, a?

Hovlining o'rtasida gullar, rayhon, piyozlar o'sib yotibdi.  Vaqtida  qaralmasdan,  o't bosgan,  chanqab  qolgan.Yoqutxon ba'zan qizchasi Lola bilan ekinlarga qaraganbo'ladi-yu, ammo yolchitib parvarishlay olmaydi. Eri buni ko'rib   ranjish,   jerkishni   qo'ymaydi.   Oxiri   Yoqutxon,o'g'lining   uy   ishiga   qarashmayotganini   ochiq   aytishga majbur   bo'ldi.   Buni   eshitgan   Jo'raboy   o'g'lini   tergab

qo'ymoqchi,   biroq   uni   uchratolmaydi.   Chunki   o'zi bozordagi xizmatiga tong otar-otmas jo'nab, qosh qorayganda, ko'pincha bolalar uyquga yotganda qaytadi.Jo'raboy bugun barvaqt turib, o'g'li bilan bafurja so'zlashmoqchi boigandi. Ochil nari-beri choy ichiboq ko'chaga otildi. Adasining: «Hoy, qayoqqa shoshasan?» degan savoliga, maktabda dars tayyorlaymiz, adajon. Tezda qaytaman, deganicha ketdi. Jo'raboy o'zini tutolmay, qisiq ko'zlarini pirillatib, xotiniga zarda qildi:

—    Bu qandoq bo'ldi! Bolani j-ja manmansiratib yuboribsiz-ku?

—  Manmansiratib yuboribmiz, deng! — dedi Yoqutxon zaharxanda bilan. Keyingi vaqtlarda o'g'lingiz yoshi ulg'aygan sari o'zboshimcha boiib, gapimizga quloq sol-may qo'yyapti. Ota bo'lib, mundoq darslariga qaramasan-giz, qayerlarda nimalar qilib yurganini surishtirmasangiz!

—  Axir ota xizmat bilan qattiq band bo'lganda, bolaga ona ko'z-quloq bo'lib turishi kerak emasmi?

Men ertadan kechgacha sizlarni g'am-tashvishlaringiz bilan bo'lsam. Ro'zg'or but bo'lsin, orzu-havaslaringiz bita qolsin desam. Sizlarni deb o'zimni o'tga-cho'qqa ursam-da, tag'in rahmat o'rniga dashnom eshitsam...

—  Nima, boshqa odamlar ham ro'zg'or tashvishi bilan bo'lib, farzandlari yurish-turishini o'ylamay qo'yibdimi?

—   Nahotki, o'ylamay qo'ygan bo'lsam-a? Muncha vahimaga berilasiz! Bizdan nojo'ya bola chiqarmidi? O'g'il degan otaga tortsa kerak, deyman.Chindanam Jo'raboy o'z o'g'lidan hech qanday xavotiri yo'q, unga qattiq ishonar, ulfatlariga: «Bizzi o'g'ilcha o'rta ma'lumotli bo'lyapti, erta-indin oliy maktab talabasi bo'ladi» deya faxrlanib yurguchi edi. Bu qilig'i xotiniga uncha o'tirishmasdi. Hozir ham shunga ishora qildi:

—   O'zingizni yupataverasiz. Otdan tushsangiz ham egardan tushmaysiz!.. Axir biron marta: «0'giim qanday o'qiyapti, o'zini qanday tutyapti», deb maktabiga borma-ganingiz to'g'rimi? Axir sinf rahbarining o'zi kelib aytib ketganda ham bormayapsiz. Yaxshi bo'ldimi shu-a?

  Bundan bir haftacha burun sinf rahbari kelgan, Yoqutxon bilan jiddiygina suhbatlashgandi. Sinf rahbari xiyla sinchkov, to'g'riso'z yigit ekan. Ochilning baholari pasayib ketganidan nolidi. Yoqutxonning va erining farzandlar tarbiyasi yo'lida nimalar qilishayotganini bittalab surishtirgan. Hatto Yoqutxondan o'g'lining darslardan olgan baholarini so'ragan, aytib berolmagani uchun uyaltir-gan. Bolaga uyda dars tayyorlashiga tegishli sharoit yaratil-magani uchun sazo bergandi. Bu dono, tajribali muallim-ning o'gitlari hamon Yoqutxonning qulog'i ostida jaranglar-di: «Yaxshi ota-onaning vazifasi o'z bolalarini yedirish-ichirishdangina iborat emas. Bolalar tovuqning jo'jalari emaski, ularga faqat don-dun sepib, moddiy oziqlantirish-ning o'zi kifoya qilsa. Bolalarimizning qanday ma'naviy oziq olayotganini, qanaqa odam bo'lib yetishayotganini ham sinchiklab kuzatib borishimiz kerak. Faqat uydagi ish-laridanmas, maktabdagi, ko'chadagi ishlaridan ham xabar-dor bo'Hb turaylik. Ayniqsa o'spirin yoshiga yetgan bolada har narsaga chalg'ish ko'payadiki, bunga sergaklik bilan qaramasa bo'lmaydi!*.   Sinf rahbari o'z bolasiga  sergak nazar bilan qaramagan ota-onalarning  noqulay ahvolga tushib qolishlarini aylib, bunga yaqinda bo'lgan bir hodi-sani  misol  keltirdi.   Shu  maktab o'quvchilaridan bittasi o'zini zo'ravon ko'rsatib, sinfdoshlariga aytganini qildirib yurarkan. «Zo'ravon» bir kuni yangi o'yin o'ylab chiqarib-di. Ota-onasining ko'zlarini shamg'alat qilib, o'z uyidagi videoni olib chiqibdi-da, ko'chada bo'lar-bo'lmas ko'ri-nishlarni suvratga ola boshlabdi. Kassetasi tamom bo'lgan-dan   keyin,   «Kasseta   topib   kelasanlar»   deb  o'rtoqlarini majbur qilibdi. Bolalardan faqat bittasi shimining cho'ntak-larida  besh-oltita   kasseta  keltirib,   o'zining  topog'onligi bilan  chiranadi.   «Zo'ravon»  ham:   «Ish  bundoq bo'pti, qoyil!» deb uni maqtab turganda,  militsiya kelib bolani mahkam tutadi-da, kassetalari bilan birga uni olib ketadi. Malum bo'lishicha, bu bola kassetalarni yaqindagi bir magazindan o'margan ekan. Bu ko'ngilsiz voqea maktabda qancha shov-shuvga sabab bo'lgan. Xunuk ishlarni boshla-gan bolalarning ota-onalariga ham:  «0'z bolalarini egri ishga qo'l urishiga yo'l qo'yganlar»  degan  sharmandali

tamg'a yopishtirilgan...

Yoqutxonning kuyib-pishib aytgan gaplarini tinglarkan, Jo'raboyning dami ichiga tushdi. Yigit yoshiga kelishmagan to'mtoq soqolini iyagi aralash qattiq changallagancha qisiq ko'zlarini pirpiratib, xayolga cho'mdi. Keyin bilagidagi oltin soatiga ko'z tashladi-yu, dik etib o'rnidan turdi, ishi-

ga shoshildi.

—   Ha, dadasi, bugun ham maktabdan xabar olmas

ekansiz-da?

—  Yo'ldan kirib o'taman.

—   Bo'pti. Ishxonangizdan menga qo'ng'iroq qiling!.. Nihoyat eri Ochilning taqdiriga qiziqsinib qolganidan Yoqutxonning   ko'ngli   xiyol   taskin   topganday   bo'ldi.

Nazarida o'g'lining ishlari yurishib ketadiganday tuyuldi.

Bir tomondan o'g'lining qaytib kelishini, erining qo'ng'iroq qilishini kuta boshladi. Odatda kuniga nonushtadan keyin bu chevar xotin hech narsaga alahsimasdan, o'zining tikuv mashinasi yoniga o'tirib, kiyimlar tikishga kirishib ketar edi. Bugun esa qo'li ishga bormadi. Tiq etsa eshikka qarar, hayal o'tmay ko'chaga chiqib o'g'lini poylardi. Shu orada eri qo'ng'iroq qilib qoldi. Uning aytishicha, maktabda hech kim uchramagan. Kechadan o'qishlar tugagan, ertadan esa imtihonlar boshlanar ekan. Demak, o'g'lining maktabda bolalar bilan imtihonga tayyorlanamiz degan gapi bekor bo'lib chiqdi. Buni Yoqutxonning ko'ziga chalingan deraza tokchasidagi papka ham tasdiqladi. Papka kitob, daftarlarga to'la, ularni olib ketmagan. Yoqutxon dafatan papkaning do'mbayib turgan ichki cho'ntagida sellafon xaltachaga solingan bir dasta pulni ko'rib, ko'zlariga ishonmadi. Olib sanasa, yuz so'm, ellik so'mlikdan yigirmatacha. «Pullar qayerdan tushib qoldi bunga-a?» Ajablangancha yoqasini ushladi. Xuddi shuning ustiga o'g'li kirib qoldi-yu, onasiga qarab, alang-jalang bo'ldi. Shoshilib papkaga qo'l uzatar ekan, onasi uning qo'lini qaytardi.

Bu pullarni qayerdan olding? — dedi Yoqutxon o'zini arang bosib.

Ochil dovdiradi, sariq betlari lovillab, ko'k ko'zlari pir-pirab ketdi.

—  Bu... haligi... — dedi dudug'lanib. — O'rtoqlarim-niki...

—  Nega sen olib yuribsan?

—  Anavi... — tiliga gap kela qolmadi. Keyin ming'irla-di. — Bittasini tug'ilgan kuniga to'plangan...

—  Ichingdan to'qiyapsanmi deyman a? Ochig'ini ayta qol. Shunaqa qiliqlaring qayerdan chiqdi-a? To'xtab tur-chi, dadang kelsinlar. O'zimga aytmasang, dadangni hozir chaqirtiraman!

Yoqutxon umrida birinchi daf a o'g'lini qattiq sarhisob qilishi, niqtashi, tergashi edi. Ochildan sado chiqmagach, telefon dastasiga qo'l uzatgandi, Ochilning kapalagi uchib.

—  Chaqirmang, oyijon, qo'ying! — deb jon-jahdi bilan oyisining qo'liga yopishdi, qo'ng'iroq qilishiga yo'l qo'ymadi. Bu beso'naqay qilig'i esa onadagi shubhani bat-tar kuchaytirdi, g'azabini qo'zg'atdi. Nogahon qarg'ish aralash o'g'lining yuziga qattiq shapaloq tortib yuborganini o'zi bilmay qoldi. Shu ongacha boiasini qarg'ash, siltabkoyish u yoqda tursin, hatto unga shamolni ravo ko'rmagan onaga o'zining bu harakati notabiiy, yowoyi bir qilmishday tuyulib ketdi, alamidan ho'ngrab yubordi. Yig'idan o'zini bosolmay ikki kaftini yuziga bosganicha narigi uydagi kara-votga yotib oldi. Ochil esa, onasining chiqib ketganidan foydalanib, papkasidan pullarni oldi-yu, cho'ntagiga tiqib, jo'navordi...

Uyda boshlangan bu g'alva ertasiga borib zo'rayib ketdi.

Ochil ertalab odatdagidan ham oldinroq papkasini qoitiqlab «imtihonga» deganicha chiqib ketgandi. Ko'p vaqt o'tmay, maktabdan bir bola Ochiini so'rab keldi. Bu Yoqutxonga tanish — Ochil o'qigan sinfning boshlig'i edi. Yoqutxon, o'g'lining imtihonga ketganini aytsa, bola yelka-sini qisib:

—  Bugun nimadan imtihon bo'lishini bilarmidi? O'zi keyingi kunlarda maktabda kam ko'rindi-ku?

—  Nechuk kam ko'rinsin? — dedi Yoqutxon hayrat-lanib, o'spirinning da'volariga uncha ishonqiramay, — «imtihonlarga tayyorlanamiz» deb erta ketgancha kech qay-

tadi-ku?

—  Qaydam, opoqi, Ochilga «Nega kam kelasan» desak, bir safar «oyim kasal bo'ldila, ularga qaradim» degandi...

—  Himm, — dedi Yoqutxon nafasi ichiga tushib. Biroq Ochilning bu bahonasi g'irt yolg'on ekanligini aytib, o'g'lining sirini ochib tashlashga tili bormadi.

Xullas bola tayinli bir ma'lumotni ololmasdan, noumid iziga qaytdi.

Yoqutxon mushkul bir avholda qolib, erining ishxonasi-ga qo'ng'iroq qildi. U yoqdan: «Jo'raboy akam qattiq band-lar, bozor boshqarmasida taftish ketyapti» degan mujmal javob oldi. Nima qilarini bilmay turgandi... Birdan eshik oldi olag'ovur bo'lib qoldi. Chiqib qarasa, shu tor ko'cha-ning narigi boshida turuvchi qo'shni ayollardan uch-to'rttasi chuvirlashib turishibdi. Yonverlarida churvaqalar g'ujg'on o'ynashyapti. Yoqutxon eshikdan bosh chiqarishi bilanoq, ayollar qurshab olishib, chekka-chekkadan savol yog'dirishdi:

—   Hoy   Yoqutxon,   uying  tinchmi?   Bolangga   nima

bo'ldi?

—  Hoy, kelinoyi, xunuk gap eshitdik. To'g'rimi?

—  Singiljon, nima ko'rgulik bu? O'g'ilchang...

Yoqutxonning tengdoshi bo'Igan barvasta bir ayol esa ko'zlaridan duv-duv yosh oqizgancha:

—  Xabaring bormi, dugonajon, sho'rimiz quribdi-ku! — deya Yoqutxonning bo'yniga osilardi.

Kutilmagan xunuk xabarlar, vajir-vujurlar Yoqutxonni esankiratib qo'ydi. Kimga nima deb javob berishini bilmas, hadeb:

—  Hoy, hoy, nima ko'rgilik bo'pti, bolalarimizga nima qilibdi? — deb javrardi.

—  Xabaring yo'qmi hali-a? Oborib tiqib qo'yishibdi-ku bollarimizzi! — deya chinqirvordi dugonasi.

—   Qayerga? Nima sababdan? Tushuntirib gapirsang-chi, baqiroq?

«Baqiroq» yig'i aralash o'z sarguzashtini tushuntira ketdi:

—   Bolam bultur o'qushni bitirgandan buyon bekor laqillab yurganidi. Yaqinda «Ishga joylashdim» dedi-da, erta ketib kech keladigan bo'ldi. Goho qo'limga ming so'm yarim ming so'm pul ham keltirib berardi. Nima ish qilishini aytmasdi. Surishtiraverganimdan keyin «pochta-longa pomoshnik» deb kuldi. Pochtalonga xat tashishda yordam berarmish. Men o'lgur laq etib ishonib yuribman. Mana endi tagi ochildi. Bu qurib ketmagur landovur bolalarimiz odamlarning uylariga... anaqa... xatlar tar-qatishga yollangan ekan. Bilasanlarmi, u qog'ozlarda nimalar bitig'lik? Sodda, laqma odamlarni miyasini zahar-Iab yo'ldan ozdiruvchi fisq-u fasod, ipirisqi kalimalar bitig'lik ekan... Bolalarimizzi shu xarom yumushga yollab, ularga choychaqa qistirib turuvchi go'rso'xta ham shu atrofdan chiqibdi.

—  Kim ekan-a u go'rso'xta? — chekka-chekkadan savol yog'ildi.

—  Anavi... bir payt xudoyiga yig'ilgan pullarni o'marib qo'lga tushgan soxta so'fi boridi-ku... O'shaning o'g'li bu...

—   E, to'xtanglar, — dedi ayollardan biri, — narigi ko'chada turgan so'fining o'giini men ko'rgandim. Boshiga oq surup do'ppi, eniga taqimidan pastgacha osig'liq ovg'oncha oq ko'ylak kiygan so'laqmon...

—    Men ham eshitganman. Axir u yolg'ondaka taqvodor, aslida ayyor tovlamachi ekan-ku! — dedi bir ayol.

— Xullasi tushunarli, — dedi Yoqutxon, o'z bolasi bilankeyingi kunlarda bo'lib o'tgan ko'ngilsizliklarni ko'z oldiga keltirib. — Bolalarimizning ahvoli nima kechdiykin? Qayoqqa olib ketganikin ularni?

Ayollar qay tarafga borishlarini bilolmay turishganida, oldilariga uchastka militsioneri keldi. Undan bor gapni eshitganlaridan keyin, Yoqutxon dugonasi bilan tuman mi-litsiya idorasi tomon yugurishdi. Ularga bozor tarafdan gupchakday yo'g'on gavdasini arang sudragancha halloslab, terlab-pishib kelayotgan Jo'raboy qo'shildi.

Militsiya idorasiga kirish uchun ijozat olish oson emas ekan. Dugonalar maxtal bo'lib qolishdi. Bir payt yo'lakka militsiya leytenanti formasidagi xotin chiqib qolgandi, du­gonalar   unga   yopishib,   o'z   bolalarini   surishtirishdi. Leytenant, bulaming kimliklarini so'rab olgandan so'ng, bolalari gunoh ish qilib qoiga tushganlarini lo'nda qilib bildirdi. Shu on Jo'raboy gapga tushdi va bolasining yomon ishga qo'l urishi mumkin emasligi, kimlardir uni laqillat-ganligi, o'zini esa g'aflat bosganligini aylib, bolaning guno-hini kechirishlarini o'tina boshladi. Leytenant esa yumshoq muomala bilan arz-dodlarga nuqta qo'ydi:

— Aslida-ku, sizlarni g'aflat bosmagani ma'qul edi. Bolangizini har qadamini ziyraklik bilan kuzatib turgan-laringiz durust bo'lardi. Bo'lar ish bo'ldi, endi katta bir sinovdan   o'tasizlar.   Sabr-toqat   tilayman   sizlarga...   — Leytenant, ikki qoiini qozonday qorni ustida qovishtirgan-cha, qalin qovoqlari ostida qisilgan xira ko'zlarini pirillat-gan holda javob kutayotgan Jo'raboyga ochiq chehra bilan boqdi:    —    Aytganlarim   sizgayam   tegishli,    mullaka. Chamamda ko'zlaringiz bozor havosida  xira bosganday ko'rinadi. llohim ko'zlaringiz xiralashmasin!..

Hakim Nazir Oqibat. T.2003.

 


Orqaga qaytish