Hikoyalar

5533 marta o'qildi
Insho

Til-adabiyot muallimasi oltinchi sinf o'quvchilariga yozma ish topshirdi. Mavzuni: «Odam uchun eng katta boylik nima? Bu boylikni qanday qo'lga kiritish mumkin?» deb belgiladi. Bu erkin insho bo’lib, maqsad o'quvchilar-ning mustaqil fikrlash, kitob mutolaasidagi qobiliyatlarini sinash edi. Muallimaning: «Shu ishga bir hafta yetarlimi?» deb bergan savoliga ba'zi bolalar: «Yarim haftayam yetadi, ustoz!» deyishdi. Muallima, topshiriqning muhimligini hisobga olib, bir hafta muhlat berdi.

Insho

( Voqeiy  hikoya)

 

     Til-adabiyot muallimasi oltinchi sinf o'quvchilariga yozma ish topshirdi. Mavzuni: «Odam uchun eng katta boylik nima? Bu boylikni qanday qo'lga kiritish mumkin?» deb belgiladi. Bu erkin insho bo’lib, maqsad o'quvchilar-ning mustaqil fikrlash, kitob mutolaasidagi qobiliyatlarini sinash edi. Muallimaning: «Shu ishga bir hafta yetarlimi?» deb bergan savoliga ba'zi bolalar: «Yarim haftayam yetadi, ustoz!» deyishdi. Muallima, topshiriqning muhimligini hisobga olib, bir hafta muhlat berdi.

Muhlatning oxiriga yetganda faqat besh-olti bolagina ishni bitkazib keldi. Muallima bu ishlarni tezda ko'rib chiq-di-yu, ko'ngli to'lmadi. Har safar biron ishni topshirganda hammadan oldin bajarib keladigan o'quvchilardan bittasi Yulduz edi. Ha, Yulduz chaqqonligi bilan tanilgandi. So'zdayam, ishdayam. Muallimalar uning hozirjavobligi, dadilligini yoqtirishardi. Shu xislatidan foydalanishardi ham. Mabodo darslarda og'irroq savol chiqib, bolalar qiy-nalishganda, Yulduz darrov qo'l ko'tarib, javobni o'rniga qo'yardi. Bordi-yu bolalar o'rtasida biron anglashilmovchi-lik yuz berib, tortishuv qo'zg'aldi deylik. Yulduz aralashar-di-yu, orani ochiq qilardi qo'yardi. Uning to'g'ri so'zligi, dangalligi ba'zilarga yoqmasayam, tan bermay ilojlari yo'q edi. Yulduzning bu ishdagi sustkashligi muallimani hayron

qoldirgandi.

—    Nega   sen    ishingni   topshirmayapsan,   Yulduz qizim? — deb so'radi.

Hamisha chehrasi ochiq, o'zini bardam tutadigan biy-ron qiz negadir hiyol xijolat tortganday, chiroyli ko'zlarini mo'ltiratganicha:

— Ishimbitgani yo'q, ustoz, — deb to'mtoq javob qildi.

—    Shunaqami? Qani, yozganlaringni bir ko'rsam bo'ladimi?

Yulduz tortinibgina sumkasidan qog'ozlarini olib berdi. Muallima ikki sahifa toiatilgan yozuvlarga sinchiklab ko'z yugurtirdi-yu, qoniqish bilan:

—   Tuppa tuzuk yozibsan. Asosiy fikrlarni qog'ozga tushurgansan.Faqat nima yetishmaydi o'zingcha?

—  Xulosa! — dedi ishonch bilan Yulduz.

—  Xulosani o'ylab ko'rdingmi?

     Yulduz o'ylab ko'rgan bo'lsa-da, lekin yana bitta kitob-ga qarab olmoqchi bo'lganini bildirdi. Muallima qanaqa kitobligini so'raganda. Yulduz «Mahbubul qulub» kitobini aytdi. Yulduz yozgan inshosi bilan buvisi tanishgan ekan, buvisi shu kitobni ham o'qib chiqsang bo'lardi deb maslahat beribdi.

—  Yaxshi maslahat, — dedi muallima. — O'sha kitob-da sen tilga olgan mavzu ustida qimmatli fikrlar bor. Kitobni qayerdan olasan?

    Bu kitob buvisini uyidagi kutubxonasida bor ekan-ku, hozir qo'lda ekan. Buvisining qo'lida. Buvisi esa Samarqandga safarga chiqibdi. U yerda qurilgan Imom Buxoriy yodgorligini ziyorat qilgani qo'shni xotinlarga bosh bo'pdi. «Yoida shu kitobni o'qib ketaman» — deb olib ketibdi.

—  Buvinglar qaytishlari bilan o'sha kitobni o'qiysan-da, bu yozganlaringni tag'inam pishiqlab, boyitasan. Keyin menga topshirasan, — deb uqtirdi muallima. Shu bilan ustoz yana bir ishni tayinladi. — Sinfdoshlaringdan ba'zilari bu vazifani bajarishda qiynalib qolishibdi. Shulargayam ozgina yordaming tegsa yaxshi bo'lardi-da. Ho'pmi?

Yulduz bu kutilmagan topshiriqqa javob aytishdan ikkilanib qoldi.

—  Kimlarga, ustoz? — deb so'radi Yulduz.

—  Qiynalganlardan bittasi Dildor o'rtog'ing, dedi mual­lima.

   Bu so'zni eshitiboq Yulduzning qovurg'asi qayishib ketdi. Buning sababi boridi. Dildor, to'g'rirog'i o'zi qo'yib olgan ismi bilan aytilganda Dilya bilan Yulduz o'rtasidagi o'rtoqlikka putur yetgandi. Awalo bu ikki qizning fe'li bir-biridan farq qilardi. Yulduz qanchalik ochiq, sodda muomalali bo'lsa, Dilya shunchalik kalondimog', katta og'iz edi. Ha desa o'z uyidagi allambalo qimmatbaho asbob-uskunalar, rango-rang asil kiyim-kechaklar, taqinchoqlar bilan chiranishni xush ko'rardi. Kuniga yangi, ola-bula, yaltirab ko'zni qamashti-radigan sarpolarda bezanib kelib, qizlarning ko'zlarini o'ynatguvchi edi. Oddiy, yupungina kiyimlarda yuradigan qizlarni, shular qatori Yulduzniyam nazari ilmasdi.

Buginamas, o'qishda yo’l qo'ygan xatolarini hech bo'yniga olgisi kelmasdi. Yulduz bo’lsa bir-ikki marta to'g'riso'zlik qilib uning kamchiliklarini ko'rsatdi-yu, baloga qoldi. «Sen kim bo'psanki, menga aql o'rgatasan, avvalo o'zingni evla!» deb naq jerkib uni kamsitmoqchi bo’ldi. Bu bilan birga yaqinda u o'zining tug'ilgan kunini uyda katta ziyofat qilib o'tkazgan, ziyofatga qizlarni terib chaqirganda, yaqin qo'shnisi bo’laturib Yulduzni chaqirmagan.Yulduzda gina-kudurat, shikoyat qilib yurish odatlari yo'q. Shunday bo'lsa-da, Dilyaning g'alati qiliqlan o'rtaga sovuqchilikni tushirib qo'ygandi. Bu hollardan albatta muallima bexabar. Unga bunaqa mayda xarxashalarini yetkazib ham bo'lmaydi. Ammo uning topshirig'ini parvo-siz qoldirish mumkinmasda. Yulduz qattiq o'yga toldi. «Dilyaning meni ko'rgani ko'zi yo'q-ku, qandoq qilib uning ishiga aralashaman?» «Men bilan ishing bo'lmasin, sening yordamingga zormasman!» deb siltab solsa-chi? Unga ro'para kelishga Yulduzning yuragi betlamay yurgan-di. To'satdan ko'chada uchratib qoldi. Yulduz qo'shnisi-ning betiga tik boqolmadi. Uning ola-bayroq nusxa jem-periga ko'z tashlagancha tavakkal qilib gap boshladi:

—  Inshoni yozib boidingmi?

Dilya ham xuddi shuni kutib turgan ekanmi, dimog'-firoq qilib o'tirmadi, o'zini zo'rakilik bilan Yulduzga yaqin olib, dedi:

—  Bilasanmi, ozgina yozdim-u, u yog'ini kelishtirolmay turibman-da.

—  Ustoz so'rab qolsalar, nima deysan?

—    So'radilar. Ulargayam shunaqa devdim. Undoq bo'lsa o'rtoqlaringdan maslahat olgin dedilar.

—   Kimdan maslahat olmoqchisan? — dedi Yulduz o'smoqchilab.

—  Qaydam endi... o'zing... — dedi u yog'ini aytolmay, dami ichiga tushdi.

Dilyaning chaynalishidan Yulduzning miyasiga: «Balkiustoz, yon qo'shning bilan maslahatlashgin degan boisalar-chi?» degan fikr keldi. Dilyaning so'zlarida va avzoyida oldingi kerilish alomatlari pasayganday edi.

—  Bo'lmasam-chi, hey, — dedi Yulduz o'zini majbur qilib, o'sha yozgan qog'ozingni opchiq!

Yulduzning uyida o'tirib, inshoni o'qiy boshlashdi. Yozuvning boshini eshitiboq, Yulduz o'zini tutolmay hi-ringlab yubordi.

—  Ha, nega kulasan? — deb Dilya o'qishdan to'xtadi. Yulduz to'xtamay kulardi.   Keyin arang o'zini bosiboldi-da:

—  O'qi, uyog'iniyam — dedi.

—   Sen nima uchun kulganingni aytasan, bo'lmasa oqimayman, — dedi noz qilib Dilya.

—   O'zing ustoz bergan savolning birinchi qismini eslagin: «Odam uchun eng katta boylik nima?» deb aytilgandi-a? — Sen unga «pul» deb javob beribsan. Albatta kulgili-da bu javobing.Dilya yelkasini qisgan, quyuq qoshlari ostidagi shahlo ko'zlarini baqraytirgan, qip-qizil lo'ppi betlarini bujmaytir-gancha baqrayib qoldi. Yulduzning so'zlarini hech hazm qilolmagandi.

—  Bo'lmasa nima? — dedi Dilya zarda aralash.

—  O'ylab ko'radigan joyi shu yerda-da!

—   Nimasini o'ylaydi? Axir puli ko'p odam hamisha hamma narsani... — dedi-yu Dilya u yog'ini aytolmay tur-gandi. Yulduzning tili qichib qoldi:

—  Sotib olsa boiadi, degin? Shunaqa demoqchisan-da, a? Unaqa boisa, demak pulga aqlniyam, bilimniyam sotib olsa bo’larkanda, a?

Yulduz bu so'zlari bilan insho mavzuiga berilgan asosiy javobga yaqinlashib kelgandi. Dilyaga bu yetib bora qolmadi. Shundan keyin Yulduz o'rnidan turdi. Ichkari uydagi buvasining kutubxonasidan bir kitobcha ko'tarib chiqdi.

—   Mana shoir pulni nima deb ta'riflaganini eshitib ol, — dedi-da varaqlab, kerakli joyini topdi. Kula-kula o'qidi:

Puldan chiqar g'avg'olar,

pul o’lisina — pul o’lsin! Pastu baland da'volar,

pul o’lsina — pul o’lsin!

 

Yaxshi, yomon ma'nolar,

pul o'lsina — pul o'lsin! Pul deb oqar daryolar,

pul o'lsina — pul o'lsin! Ag'dar-to'ntar dunyolar,

pul o'lsina — pul o'lsin! Qalay ekan, bo'Idimi?..

Yulduz ma'noli boqdi. Yuzlarida zo'raki jilmayish hosil bo'lgan Dilya:

—   O'qiyver u yog'iniyam, — deb qo'ygandi Yulduz dedi:

—  Uyog'iyam qiziq pulga mukkasidan ketgan odamlar nima ahvollarga tushishi, pul olish-berishdan chiqadigan alomat hangomalar, ana shunaqa...

Dilya og'ir xayol surib qoldi. Yulduz esa unga do'stona maslahat bergan bo'lib:

—  Agar inshoda yozgan javobing noto'g'riligini tushun-gan bo'lsang, endi yaxshilab bosh qotirib ko'rasan. Kelishdikmi? O'ylanib qolgan Dilya nimanidir so'ramoqchi bo'lib turdi-da, o'z xatosini bo'yniga olganday, dedi:

—  O'zing bilsang aytib bera qolgin!

Yulduz esa bo'sh kelmasdan, to'g'ri so'zligini qildi:

—   Agar senga aytib bersam-chi, yaxshilik qilgan bo'Imayman. Ustozning nima deganlari yodingdan ko'tarilibdimi: «Har bir o'quvchi tayyorga ayyor bo'lmasdan, o'zi miya ishlatishni, mustaqil fikrlashni o'rgansin» demaganmidilar? Sen savolga asosiy javobni topsang. qolganiga yordam berishim mumkin edi.Dilya shalpaygancha chiqib ketdi. Muallima o'zi bergan muhlatni sal o'tkazgandan so'ng, inshoga yakun yasamoqchi bo'ldi. Dastlab u topshirgan vazifasining tuzuk bajarilmaganidan afsuslanganini yashir-madi. Ko'pchilik bolalar insho savolini yaxshi tushunma-gani, ba'zilarning javoblari poyintar-soyintar, ma'nosiz chiqqanini aytib, misollar keltirdi.

   Ayniqsa ba'zilar bosh savolga «pul», deb javob berish-ganini aytarkan, bolalarga qo'shilishib o'zi ham kulvordi. Bolalar o'sha savol egasini bilishmoqchi bo'lishgandi mual­lima bildirishni lozim ko'rmadi.

Insho yozuvlaridan bittasi ustida aiohida to'xtaldi.

Mavzu to'g'ri yoritilganidan mamnun bo'lganligini bildirdi. Bunda o'quvchi odam uchun eng katta boylik bu lcitob debdi. Bu boylikni to'la qo'lga kiritish yo'llarini topib aytibdi. Muallima bu inshoning ayrim joylarini o'qib berdi: — Mana eshitinglar: “Bizning eng yaxshi, dono, ishonchli hamrohimiz, do'stimiz kitob hisoblanadi. Kitob-xonlikka berilsangizchi, aqlgina charxlanadi. Bilimingiz, dunyoqarashingiz boyiydi. Kitobxonning gap-so'zi-yu, yurish-turishiyam odamlarga yoqimJiroq bo'la boradi”. Qalay, o'xshatib aytibdimi?

Bolalarga bu so'zlar moyday yoqib, maroq bilan tinglab turisharkan, muallima ham to'lqinlanib:

— Bu o'quvchimiz kitoblarni o'qish-o'rganishdan zerik-maganligi ko'rinib turibdi, — deb so'zini davom ettirdi. U Navoiyni o'rganib, hazratning «Bilmaganni so'rab o'rgan-gan — olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim» degan so'zlarini ham dadil keltiribdi. «Kitob bebaho xazina, yo'lchi yulduz deb bekorga aytishmaydi» degan so'zlar bilan yakunlabdi inshoni... Agar-chi, bolalar odamning foydali fikrlari bo'lsa-yu uni kelishtirib aytib berolmasa — bekor. Biz tanishgan inshoda-chi, foydali fikrlar juda o'xshatib aytib qo'yilibdi. Bu gaplarni o'rniga qo'ygan kim deb o'ylaysiz?

Bolalar quloqlari ding bo'lib, savol nazari bilan tikilib qolishgandi.

—  Bu Yulduz Islomova bo'ladi, — dedi muallima yerga qarab o'tirgan qizchaga ishora qilib. Ketidan qo'shib qo'ydi: «Uning shu ishiga a'lo baho bersak arziydi-a?»

Bolalar Yulduzga o'girilgancha chapak chalib yuborish-di. Yulduzdan yozgan ishini o'qib berishni so'rashgandi, muallima:

—   Biz buni maktab devoriy gazetasida chiqaramiz, o'shanda to’la o'qib olasizlar, — deb javob berdi.

Hakim Nazir Oqibat. T.2003.


Orqaga qaytish