Bilasizmi?

5655 marta o'qildi
BORI

Bo’ri— itsimon yirtqichlarning eng baquvvat va yirigi bo'lib, gavdasining uzunligi 1,5 m gacha, dumi 35—50 sm ga, og'irligi 70—80 kg gacha bo'ladi. Junining rangi yashaydigan sharoitga qarab turlicha bo'ladi.

Bo‘ri zararlimi yoki foydalimi? Aslida bunday savol berish noto‘g‘ri, chunki ko‘pgina hayvonlar bir vaqtning o‘zida ham foydali, ham zararli bo‘lishi mumkin.

Uy hayvonlariga hujum qiladigan bo‘ri odamlarga ziyon yetkazadi. Xuddi mana shu bo‘ri o‘rmonda yoki tundrada ko‘pincha nimjon, kasalmand bo‘lib qolgan hayvonlarga hujum qiladi, chunki bunday hayvonlarni tutib olish­ oson-da. Kasal hayvonlarni qirishi natijasida bo‘ri o‘rmonga va unda yashaydigan jonivorlarga foyda keltiradi. Uni mana shu xizmatlari uchun o‘rmon sanitari deb atashadi.

Biroq, bo‘rilar faqat kasalmand hayvonlargagina hujum qilmaydi. Ehtiyotkor, epchil va ayyor bo‘lmasdan podadan qolib ketadigan yoki hali kuchga to‘lmagan hayvonlar ham ­uning o‘ljasiga aylanadi. Ko‘rinib turibdiki, bo‘rilar ov qiladigan o‘rmonda, asosan, epchil, chaqqon, kuchli va ayyor hayvonlar omon qoladi.

Bo‘rilar o‘rmonda hayvonlarning haddan ziyod ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar o‘rmonda hayvonlar ko‘payib ketadigan bo‘lsa, ularga oziq yetishmasligi tufayli, nimjon bo‘lib o‘sadi, kasallanib halok bo‘la boshlaydi. Bo‘rilar ana shunday nimjon hayvonlarni yeb, boshqa jonivorlarni ochlikdan va kasal bo‘lib qirilib ketishdan saqlab qoladi. Mana shuning uchun ham bo‘rilarni yovvoyi hayvonlarning qorovul — cho‘poni ham deb atashadi.

Nima qilish kerak — bo‘rini qirib tashlash kerakmi yoki uni himoyaga olish zarurmi? Bu savolga bir xilda javob berib bo‘lmaydi.

Bo‘rilar ko‘payib ketib, uy hayvonlariga ziyon­ yetkazadigan hududlarda ularni otib, soni kamaytiriladi. Bo‘rilar unchalik ko‘p bo‘lmagan o‘rmonlarda ularga boshqacharoq munosabatda bo‘lish lozim. Bo‘ri nihoyatda ayyor va aqlli hayvon. U o‘zi ta’qib qilinayotganligini darhol sezib, xatarli joyni uzoq vaqt tark etadi. Shuning uchun ba’zida bo‘rini yaxshilab qo‘rqitib qo‘yishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Bo‘ri yashirinishga usta, juda ehtiyotkor hayvon. Ba’zan hatto eng tajribali ovchilar ham bolalarini katta qilayotgan urg‘ochi bo‘ri uyasini topa olmaydilar. Xavf-xatarni sezgan bo‘ri o‘z bolalarini boshqa joyga ko‘chirib, yaxshilab yashirib qo‘yadi. Kuzga borib bo‘ri bolalari voyaga yetadi va ota-onasi bilan birgalikda qishki safarga otlanadi. Ovchilar qordagi izlardan bo‘ri to‘dasi qachon o‘tganligini darrov aniqlashadi, lekin bu tezkor va ehtiyotkor to‘dani qidirib topish oson bo‘lmaydi. Qishda bo‘rilar odamlardan chetroqda yuradi, qopqon qo‘yilgan va xatarli joylardan aylanib o‘tadi. Ko‘pincha ular to‘satdan paydo bo‘lib, odamlarni esankira­tib qo‘yadi va og‘ildagi qo‘yni olib qochadi.

O‘rta Osiyoning cho‘l, dasht va tog‘oldi hududlarida cho‘l bo‘risi, Pomir tog‘laridatibetbo‘risi yashaydi. Ba’zan qora bo‘ri ham uchrab turadi.

 

Bolalar ensiklopediyasidan.

 

 

Bo’ri— itsimon yirtqichlarning eng baquvvat va yirigi bo'lib, gavdasining uzunligi 1,5 mgacha, dumi 35—50 sm ga, og'irligi 70—80 kg gacha bo'ladi. Junining rangi yashaydigan sharoitga qarab turlicha bo'ladi. Bo'rilar ichida kulrang bo'ri ko'p tarqalgan va kuchlisidir. Asosan Yevropa va Osiyoda, Hindistonda, Shimoliy Amerikada uchraydi. Siyrak o'rmonlarda, choi va dashtlarda, tog' etaklarida, tundrada yashaydi. Sut emizuvchi yowoyi hayvonlar va chorva mollari bilan ovqatlanadi. Ko'pincha to'da bo'lib yuradi. To'daga kuchli va yirik bo'ri boshchilik qiladi. O'zbekistonda chorvachilik rayonlarida ko'p uchraydi. Asosan kechasi ov qiladi, bizda kunduzi ham qo'y podalariga hujum qiladi. Juda ochko'z va hushyor yirtqich. Ikkita bo'ri birgalikda bitta qo'yni yeya oladi. Har yili 6—8 ta, ba'zan 12 tagacha bola tug'adi.

Bilasizmi?

Bo'ri bolasini 4—6 hafta emizadi, bu vaqtda erkagi ovqat topib keladi. Bolalarini dushmandan muhofaza qilish uchun bo'ri uyasidan 5—7 km narida ov qiladi. Bo'g'izlangan qo 'yni yelkasiga olib, baland devordan ham oshib ketadi. 5—10 kun ovqatlanmaganda ham kuchi va chaqqonligi kamaymaydi. Bo'ri uvillab o'lja borligi, o'z maydoniga boshqa bo 'rilar kelganligi haqida bir-biriga xabar beradi.

 

Hayvonot olamiga besh sayohat kitobidan

 

 


Orqaga qaytish