Jahon adabiyoti

5656 marta o'qildi
Nikolay Alekseyevich Nekrasov

Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseyevich Nekrasovning bolalik yillari Volga bo'ylarida — o'zi tug'ilib o'sgan joylarda o'tgan edi.

Nikolay alekseyevich nekrasov   (1821)

Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseyevich Nekrasovning bolalik yillari Volga bo'ylarida — o'zi tug'ilib o'sgan joylarda o'tgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta bo'lga'n. Shu bois u keyinchalik „Ona" poemasini onasiga bag'ishlab yozgan edi. O'g'lining dehqon bolalari bilan o'ynashi, yayrab yurishini xohlagan ona — Yelena Andreyevna bo'lajak shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib o'sishiga munosib hissa qo'shgan edi.

Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan sug'orilgan ajoyib ertaklar aytib, bo'lajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu-shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. O'z Vatanining dala va o'rmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi „yashil shovqiniga" muhabbat bog'Iadi.

Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas bo'lganligi uchun dovyurak, botir va jasoratli bola bo'lib   o'sdi. Bo'lajak shoir 10 yoshga to'lganda uniYaroslavlgimnaziyasiga o'qishga berishadi. O'qituvchilar bilimga havasmand, iste'dodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil o'qishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser bo'lib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga o'qishga yuboradi. Lekin ilm-fan cho'qqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga o'qishga kiradi. Ammo otasi o'g'lining o'zboshimchaligidan tajang bo'lib, moddiy yordam bermay qo'yadi. Biroq maqsad yo'lida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar sharoitida yashash va olg'a harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy odamlar turmushi og'ir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida to'lib-toshib kuylaydi.

Nekrasov dehqonlar to'g'risida, ayniqsa, ko'p she'rlar yozadi. Bu she'rlarni o'qir ekansiz, go'yo dehqonlarning o'zlari o'z og'ir mehnatlari va qayg'u-alamlari haqida so'zlab bera-yotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik yaxshi bilar, ularni o'ziga shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning she'rlari go'zal, ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni uYaroslavlguberniyasidagi qishloqda o'tkazgan bolalik yillarida o'rgangan edi. U dehqonlar tilini juda yaxshi bilardi, bu uning she'rlarida ham shunday oddiy, tabiiy va ravon jaranglaydi. Biz uning:

Mollar o'rmon tomon qadam tashladi,

Ona-javdar boshoq tuga boshladi, —

deb yozganlarini o'qir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini ko'ramiz. Bu o'rinda dehqonning zoriqib kutadigan boshoqlarga bo'lgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki so'z: ona-javdar qanday yaxshi keltirilgan! Dehqon bu boshoqiarni o'zining bir parcha yerida qunt bilan mehnat qilib o'stirgan-da!

Nekrasov poeziyasida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda ko'p. U javdar boshoqlari haqida shunday deydi:

Boshoqlar to'lishgan payt,

Zar ustinday sip-silliq,

Boshlarida oltin toj.

Hozirgina yerdan sug'irib olingan lavlagi haqida esa:

Poyma-poy qizil etik Yotganday egatlarda, —

deydi. Bir to'p sho'x bulut bilan qurshab olingan bahor quyoshi haqida Nekrasov shunday deb yozadi:

Bahor chog'i, kichik nevaralar kabi,

Lola yuz quyoshbobo bilan

O'ynar bulutlar.

Bu o'xshatishlarning ba'zilarini u xalq topishmoqlari, maqollari va ertaklaridan olgan. Zabardast bahodir, afsungar Ayoz-hukmdoming ajoyib obrazini ham u xalq ertaklaridan topgan:

Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam,

Yaxlagan qo'llardan qarsillab o'tar,

Paxmoq soqolida yarqirab ketar...

Nekrasov, ayniqsa, samimiy, cho'ziq, xushohang, mayin rus xalq qo'shiqlarini juda yoqtirgan. Bu qo'shiqlarni rus xalqi asriar davomida yaratgan. Nekrasov yoshlik chog'laridan boshlab xalqning bu qo'shiqlarni qanday kuylashini tinglaydi va o'zi ham shunday go'zal qo'shiqlar yaratishni o'rganadi. „Soldat qo'shig'i", „Hovli qaroliningqo'shig'i", „Notavon qashshoq qo'shig'i", „Rus", „Yashil shovqin" va boshqa ko'pgina qo'shiqlar shunday tilda, shunday hijoda yozilganki,  xuddi xalq o'zi  yaratgan qo'shiqlar deysiz.

„Dehqon bolalari", ,,0'zi mitti — juda miqti", ,,Bolalar yig'isi" kabi she'rlarida bolalarning turli-tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini, ularning mehnatkash tabiati va og'ir qismatini chuqur xayrxohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek flkr yuritishi kishini hayratga soladi:

Nonxo'rlar yetgulik, ishlovchi kam,

Faqai ikki erkak: otam bilan man!

Nekrasovning she'rlari go'zal, ohangdor, mazmunan boy va ayni zamonda sodda tilda yozilgandir.

Nekrasov o'zining dam olish kunlarida ko'pinchaKos­troma,Yaroslavl,Novgorodo'rmonlariga borar, ov qilish bilan kunini o'tkazar edi.Kostromao'rmonining Maliye Veji degan qishlog'ida yashovchi Mazay bobo uning eng yaqin do'stlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan ko'p ajoyib voqealarni maroq bilan eshitadi. Shular asosida „Mazay bobo va quyonlar" nomli she'rini yozadi.

„Daraxt kesish"da xalq boyligi — o'rmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshchikka pul kerak bo'lib qolsa, o'rmonni sotib yuborishi, puldor boy esa o'rmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap emas, u zumrad o'rmonlarning yo'qolib ketishidan shoir singari qayg'urmaydi. Shuning   uchun Nekrasov:

Bir vaqtlar asriy o'rmonlar

Shovullagan katta maydonlar,

Endi o'sha bepayon bo's ton

Bo'm-bo'sh, jim-jil, go'yo qabriston! —

 

deb alam chekadi. „Temiryo'l" nomli she'rida Peterburg bilan Moskva o'rtasidagi temiryo'l qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib beriladi. Buning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va e'tiborini zamonning muhim ijtimoiy masalalariga — xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni chuqur tushunishga, o'ylashga undaydi.


Orqaga qaytish