Rivoyatlar

5461 marta o'qildi
ALEKSANDR VA JANINAR

Bir er-xotin yashagan ekan. Uzoq vaqt ular farzand tirnog'iga zor bo'libdilar. Nihoyat xudo ularga rahm-shafqat qilib, qo'chqordek ikki o'g'il ato qilibdi. Kattasini Aleksandr, kichkinasini Janinar deb atashibdi. O'g'illar kichkina bo'lgan paytda otalari o'lib ketibdi. Ularni boqish uchun onalari tilanchilik qilishga majbur bo'libdi. Qiynalsa ham onalari ularni oq yuvib, oq tarab tarbiyalabdi.

                                ALEKSANDR VA JANINAR

 

Bir er-xotin yashagan ekan. Uzoq vaqt ular farzand tirnog'iga zor bo'libdilar. Nihoyat xudo ularga rahm-shafqat qilib, qo'chqordek ikki o'g'il ato qilibdi. Kattasini Aleksandr, kichkinasini Janinar deb atashibdi. O'g'illar kichkina bo'lgan paytda otalari o'lib ketibdi. Ularni boqish uchun onalari tilanchilik qilishga majbur bo'libdi. Qiynalsa ham onalari ularni oq yuvib, oq tarab tarbiyalabdi.

O'g'illar o'sib-ulg'aygach, onalari ularni cho'ponlikka beribdi. Ular ikki yilcha begonalarning echkilarini boqib yurishibdi. Bir kuni kechasi aka-uka o'zaro til biriktirib, shunday qarorga kelibdilar:

- Uzoq o'lkalarga baxtimizni izlab ketaylik. Peshona-mizga umr bo'yi birovning molini boqish bitmagandir. Har birimiz baxtimizni sinab ko'raylik. Ular tong saharda uyg'onib, uzoq safarga tayyorgarlik ko'ra boshlabdilar. Onasi bunday ayriliqqa chidolmay, zor-zor yig'lab so'rabdi:

-   Bolalarim, qayoqlarga  ketayapsizlar?  Sizlarsiz

mening holim ne kechadi?

-   Bizni o'ylab qayg'urma, onajon! - debdi ular, -yorug' olamni kezib, yana uyga qaytamiz.

O'g'illar onasi bilan o'pishib xayrlashibdilar. Aleksandr janubga, Janinar sharqqa tomon qarab ketibdilar. Nihoyat Aleksandr kattakon bir shaharga yetibkelibdi.

Bunday qarasa, quduq yonida bir xotin o'tirgan emish.

Xotin unga:

-  Hoy yigit! - deb chaqiribdi.

-  Qulog'im sizda, ~ deb javob qilibdi yigit.

-  Menga xizmatkor bo'lmaysanmi?

Aleksandr diqqat bilan xotinni boshdan-oyoq ko'zdan kechirib chiqibdi. Xotin judayam go'zal ekan.

-  Sening o'zinggami? - qayta so'rabdi Aleksandr.

-  Ha! - deb javob qilibdi xotin.

-  O'zing kim bo'lasan? - deb so'rabdi yigit.

-  Men mana shu shahar hokimining qizi bo'laman, -

debdi xotin.

-  Kimlar bilan yashaysan? - so'rabdi yana yigit.

-  Erim o'lgan. Yolg'iz qizim bilan turaman, - javob

qilibdi xotin.

-  Unday bo'lsa, men roziman, - debdi Aleksandr. Shunday qilib Aleksandr shahar hokimining qizinikida

yashay boshlabdi. Ammo xotin unga sira ish buyurmas ekan. Toqati toq bo'lgan Aleksandr bir kuni xotindan

i  so'rabdi:

-  Nima uchun menga ish buyurmaysan?

-   Faqat bog'imni sug'orib yursang bo'ldi, boshqa qiladigan ishing yo'q, - debdi xotin.

Shu kundan boshlab Aleksandr har kuni xotinning rbog'ini sug'orib, keyin yotog'iga qaytarkan.

Bir kuni xotinning qiziga sovchi kelibdi. Onasi:

-  Qizim hali yosh, - deb ko'nmabdi. Ammo Aleksandr maslahat beribdi: - Qizingni erga ber, shunda g'am-tashvishsiz, tinchgina yurasan.

Xotin uning maslahatiga quloq solib, qizini erga beribdi. Hovlida faqat Aleksandr-u uy bekasi qolibdi, xolos. Aleksandr odatdagicha bog'ini sug'orib, keyin yotog'iga qaytarkan.

-  Kel, ikkalamiz garov o'ynaymiz! - debdi bir kuni xotin.

-  Nimadan? - deb so'rabdi yigit.

-   O'tkir maydan ichamiz, agar sen birinchi masf bo'lsang, men senga tamg'a bosaman. Agar men birinchi mast bo'lib qolsam, sen menga tamg'a bosasan.

Yigit so'rabdi:

-  Tamg'ani qayerga bosish kerak?

-  Orqaga.

-  Mayli, roziman, - debdi yigit.

Xotin may keltiribdi. Ikkalasi rosa ichibdilar. Birinchi bo'lib xotin mast bo'lib qolibdi. Xotin:

-  Men yutqazdim shekilli, - debdi.

-   Avval tamaddi qilib olaylik, keyin bir qarorga kelarmiz, - debdi yigit.

Ovqatlanib bo'lishgach yigit tamg'ani qizdira boshlabdi.

-  Keragi yo'q! - qichqiribdi xotin.

-  Nima uchun? - so'rabdi yigit.

-  Qizigan temir tamg'adan juda qo'rqaman. Undan ko'ra boshqa birorta narsa top, - debdi xotin.

-  Mayli, axtarib ko'raman, - debdi yigit. Maydan sarxush bo'lgan xotin yotib qolibdi. Bu kechani

Aleksandr u bilan birga o'tkazibdi.

-  Sen yutding! - debdi ertalab unga xotin. - Ont ichaman-ki, bundan keyin sendan boshqaga tekkandan ko'ra o'lganim yaxshiroq!

Aleksandr avvalgidek bog'da ishlab yuraveribdi. Bir kuni bekasiga:

-  Uzoq mamlakatlarni kezib kelish uchun safarga i chiqmoqchiman. Keyin yoningga qaytaman, - debdi.

Aleksandr otga minib, uzoq yurtlarga jo'nab ketibdi. Kechga yaqin allaqanday bir xarobazorga yetib kelib, shu yerda tunash uchun to'xtabdi. Tevarak-atrof ko'm-ko'k o'tlar bilan qoplangan ekan. U xarobazor oldidagi o'tloqqa otini o'tlatgani qo'yib yuboribdi.

Tong otib, quyosh yer yuzini qattiq qizdira boshlagan paytda ham Aleksandr uxlab yotgan ekan. Nihoyat yigit uyqudan uyg'onib, tamakidonga tamaki solib, cheka bosh­labdi. Atrofga alanglanib qaragan ekan, sichqon iniga ko'zi tushibdi. Indan bir ko'rsichqon sudralib chiqibdi. Panjalari bilan tuproqni kavlab, har tomonga socha boshlabdi. pIskandar sichqonni kuzatib turganida u to'satdan inigai kirib ketibdi-da, bir ozdan so'ng bitta tilla tanga chiqarib,' o'yilgan joyga (chuqurlikka) qo'yibdi. Tag'in iniga kirib ketib, yana bitta tilla tanga olib chiqibdi. Shunday qilib sichqon yer tagidan 500 ta tilla tanga olib chiqibdi. So'ngra iniga kirib ketganicha, qaytib ko'zga ko'rinmabdi.

Aleksandr tilla tangalarni barini yig'ishtirib, to'rvasiga solibdi. Kalta va serbar qilichi bilan sichqon uyasini kavlay boshlabdi. Sichqon inining avra-astarini chiqarib, kavlab tashlasa ham sichqonni topa olmabdi, chunki sichqon yerto'laga o'tib yashirinishga ulgurgan ekan. Aleksandr ham yerto'laga tushib, chog'roqqina bir xonaga duch kelibdi. Xonaning ichida 20 dona olmos yaraqlab turganmish. Ularning yonidagi kattakon bir xum tilla tangaga to'la emish.

Aleksandr bu qimmatbaho buyumlardan o'zi bilan birga ozgina olib, yerto'ladan chiqibdi-da, kirish joyini tuproq bilan berkitib, sakrab otiga minibdi-yu, shaharga qarab yelibdi. Shahardan to'rtta xachir va ikki qatli to'rtta qop sotib olib, sichqonning iniga qaytib kelibdi. Aleksandr o'sha joyni topib, ichkariga kiribdi. Qarasa, ichkarida ko'zi I ko'r barzangi odam turganmish.

- Hoy, senga bu yerda nima kerak? - deb qichqiribdi ko'r barzangi uni payqab.

Aleksandr javob bermabdi. Shunda haligi barzangi uzun qo'llari bilan paypaslab uni axtara boshlabdi. Ular  bir-birlariga tashlanib, qattiq olisha boshlabdilar. Ular bir kecha kunduz olishsalar ham bir-birlarini yenga olmabdilar. Qorong'i tushishi bilan har tomonga tarqalib, dam olishga o'tiribdilar. Aleksandr tamakidonni to'ldirib chekmoqchi bo'Iib turgan ekan, shu payt yerto'laga bir qiz ko'r barzangiga ovqat olib kelibdi. Qizning ustidagi liboslari oltin-u kumushdan, husnini tasvirlashga til ojiz ekan. Bir qarashdayoq Iskandarning qizga bo'lgan muhabbati o't olib, es-hushidan ayrilishiga sal   qolibdi.

«Yo xudo! Shunday qizni qanday qilib ko'r barzan­gining ixtiyoriga tashlab ketolaman!» deb xafa bo'Iib ketibdi yigit.

     Huriliqo qiz ovqatlarni xo'jasining oldiga qo'yib, o'zi' sekingina yigitni o'pish maqsadida uning yoniga kelibdi. Ammo xo'jasining oldida   bunday qilishga jur'at qilolmabdi.

Barzangi qorni to'yguncha mazza qilib ovqatlanibdi, Aleksandr bo'lsa och qolibdi. Qiz o'rnidan turib, yana ovqat olib kelibdi. U shippaklarini yechib, oyoq uchida Aleksandrning yoniga ovqatni qo'yib, undan nariga uzoqlashibdi.

Aleksandr bilan qiz jimgina bir-birlariga tikilgancha miyig'ida kulib o'tiribdilar. Biroq Aleksandr ovqatlana boshlagan ekan, barzangi so'rabdi:

-  Ovqatni qayerdan olding?

-  O'zim bilan olib kelgandim, - deb javob qilibdi Aleksandr.

-   Unday bo'lsa mayliga, - deb to'ng'illab qo'yibdi barzangi.

Ovqatdan so'ng ular yotib uxlabdilar. Tong otishi bilan yana olisha ketibdilar. Uzzu-kun yoqalashib, tag'in bir-birlarini yenga olmabdilar.

Kechqurun barzangi qizni chaqiribdi. Bu safar qizning liboslari avvalgidan ham boshqacha bo'Iib, Aleksandrning ko'ziga yanada go'zalroq ko'rinibdi. Ular bir-birlariga jimgina tikilib, jilmayibdilar. Ko'r barzangi qizga:

-  Eng lazzatli taomlardan keltir! - deb buyuribdi. Qiz «yaxshi» deb chiqib ketibdi. Ammo ovqatlarni qo'ya turib, qiz barzangining kosasiga bir chimdim zahar, ^solib beribdi. Zaharlangan ovqatni yegan barzangi bir chayqalib, yerga uzala tushibdi. Aleksandr o'rnidan sapchib turib, qilichi bilan uni bo'laklab tashlabdi. Keyin fonus yoqib, maxsus yo'l orqali pastga, g'orning ichiga tushibdi. U yerda qiz to'shagida yotgan ekan. Yigitdan so'rabdi:

-  Bu yerga kirishga qanday jur'at qilding?

-   Men  sening  qulingman.  Ko'r  barzangini  esa o'ldirdim, - debdi.

-  Yo'q, yo'q, uni men o'ldirdim, - deb javob qilibdi qiz. Ular yonma-yon o'ltirganlaricha, xushchaqchaqlik bilan suhbatni davom ettiribdilar. Shundan so'ng Aieksandr qizga:

-  O'rningdan tur! Bu yerdan ketamiz, - debdi.

-  Qayoqqa? - deb so'rabdi qiz.

-  Seni o'zim bilan olib ketaman, - debdi yigit. To'satdan qizning og'zidan bir ilon o'rmalab chiqa

boshlabdi.

-  Uni o'ldir! - deb qichqiribdi qiz.

Aieksandr qilichi bilan ilonni mayda-mayda qilib chopib tashlabdi-yu, qizdan so'rabdi:

-  Bu ilon qanday paydo bo'ldi?

-  Bu ilon ko'r barzangining muhabbati, - deb javob beribdi qiz, nima uchun uni o'ldir, deganimning boisini bilasanmi? Agar u yerga tushsa bormi, qudratli va dahshatli ajdarhoga aylangan bo'lardi. Ana endi yo'limiz bexatar bo'ldi.

Huriliqo qiz g'ordan chiqibdi. Aieksandr shu yerdagi xazinadan oltin-kumush tangalar, olmoslar va qimmat-baho buyumlardan xohlaganicha olib, xachirlarga yuklabdi. Qizni ham otiga mingashtirib yo'lga tushibdi. Tezda ular bog' bekasi yashaydigan shaharga kirib kelishibdi. Aieksandr xachirlardan qimmatbaho yuklarni tushiribdi. Shahar hokimining qizi huriliqo go'zalni ko'rib, hayratga tushibdi, Ichida qattiq yonib, kuyibdi:

- Onangning qornidaligingdayoq nobud bo'lib ketsang

bo'lmasmidi, yaramas!

Bog' bekasi ovqat tayyorlabdi, hammalari birgalikda ^^ovqatlanibdilar. Aieksandr bu yerda bir hafta turgach,  uy bekasiga:

- Hoy xotin! Biz bilan birga ketasanmi? - deb so'rabdi.

-  Qayoqqa? - deb so'rabdi xotin. -  O'z yurtimga qaytaman, - deb javob beribdi yigit.

-  Men roziman, - debdi xotin ham.

-   Unday bo'lsa, yo'l harakatingni ko'r. Tezda bu yerdan jo'naymiz, - debdi Iskandar.

Xotin shahar hokimi - otasining oldiga borib, shunday debdi:

-  Aziz va mehribon otajon! Aleksandrga turmushga chiqib u bilan ketmoqchiman. Bog'ni senga qoldirayapman.

-  Istaging shu bo'lsa, mayli, - debdi otasi ham. Shunday deb xotin uyiga qaytibdi. Hokimning yoshgina

b'g'li ham bor ekan. Otasi unga:

-  O'g'lim, onang bilan opangnikiga borib, xayrlashib kel. Ertaga tong payti u jo'nab ketadi, - debdi.

Shahzoda onasi bilan opasinikiga kelibdi. U yerda yigit huriliqo bir qizni ko'ribdi. Aleksandr undan bir qadam ham nari jilmasmish. Shahzoda bir qarashdayoq go'zal qizni sevib qolibdi. Shosha-pisha otasining huzuriga boribdi.

-  Otajon! - debdi shahzoda, - Aleksandrning yonida bir huriliqo qizni ko'rdim. Uylansam, faqat o'shanga uylanaman. Agar shu qizni olib bermasang, oiganim bo'lsin!

Hukmdor qizni ko'rish uchun Aleksandrning oldiga jo'nabdi. Qizning benazir go'zalligiga maftun bo'lib, Aleksandrga shunday debdi:

-  Bu qizni o'g'limga xotinlikka ber! Aleksandr bu gapdan g'azablanibdi:

-   Nahotki sen meni shu qizni biror kishiga beradi, deb o'ylaysan?

-  Agar yaxshilik bilan bermasang, kuch bilan tortib olaman, - debdi hukmdor.

-  Men otlarni egarlab, shahardan chiqib ketaman.1 Sen meni quvib yetib qizni kuch bilan olishing mumkin!

Aleksandr yuklarini xachirlarga ortib, ikkala xotinini ham otlariga mindirib, shahardan chiqib ketibdi. Shahar hokimi askarlarini otlantirib, Aleksandrni quva ketibdi.

Buni ko'rgan go'zal qiz sevgilisiga:

1 Shahar ichida  Aleksandrga  hujum qilish mehmondorchilik udumini buzish hisoblanadi. -   Mtma bu ko'ylakni kiyib, qo'rqmasdan jangga kirishgin. Dushmanlarning har qanday quroli bu ko'ylakdan o'tmaydi, - debdi.

Aleksandr ko'ylakni kiyishi bilan o'q o'tmaydigan kishiga aylanib qolibdi. U qahramonlarcha olishib, dushmanning barcha askarlarini qirib tashlabdi.

Xullas, Aleksandr yurtiga qaytib, qadrdon uyining ostonasiga oyoq qo'yibdi. Onaizori uni quvonch bilan kutib olibdi. Katta o'g'lining tirik va sog'-salomat qaytganidan onasi cheksiz baxtiyor ekan.

Aleksandr safarga ketayotganida xarobagina loysuvoq kulbachada yashar ekan. Onasi ham haligacha shu kulbachada istiqomat qilarkan. Aleksandr eski uyehani buzib, kattakon, yangi imorat sola boshlabdi. Tez orada yigirmata mehmonxonasi bor qasr qurdiribdi, har biriga qandil o'rniga olmos o'rnatibdi. Olmoslarning yaraqlashi-dan tunlari ham qasr ichi xuddi kunduzgidek yop-yorug' bo'larmish.

Bir kuni Aleksandr onasiga:

-   Ukam Janinardan biron darak bormi? - deb so'rabdi.

-   Ukang dom-daraksiz ketgan. Uning g'amida yig'layverib ko'zlarim ko'r bo'lsa kerak, o'giim, - deb javob beribdi onasi.

Aleksandr sehrli ko'ylagini kiyib, sakrab otiga minibdi-da, onasiga:

-  Men uzoq o'lkalarga ketaman. Ukamni topmagu-nimcha uyga qaytmayman, - debdi.

Aleksandr sharq tomonga yo'l yurib, noma'lum bir shaharga yetib kelibdi. Ammo bu shaharning aholisi bilan ularning ona tilida gaplashibdi.

Shahar juda katta va seraholi, odamlari chumoli uyasidagi chumolilardan ham ko'p ekan. Yerga igna tashlasa, odam ko'pligidan igna yerga tushmas ekan. Aleksandr choyxonaga borib, xilvatgina bir burchakka ,o'tirib olibdi. Kifara chalib, qo'shiq aytayotgan bir qo'shiqehiga ko'zi tushib qolibdi. Qo'shiqchining ko'zlari-dan tinmay yosh oqarmish. Bu g'amgin qo'shiqni tinglagan Aleksandr qattiq ta'sirlanib so'rabdi: -  Hoy, qo'shiqchi! Bu qo'shiqning haqiqiy ma'nosini tushuntirib berolmaysanmi? Evaziga qimmatbaho sovg'a olasan.

-  Ey, xo'jam! Bu qayg'uli voqea haqida gapirish oson emas.

-  Qiynalsang ham baribir aytib ber. Shunday qilib qo'shiqchi hikoya qilib beribdi:

-  Janinar degan bir kishi bor edi. U bir kuni ko'rlar mamlakatiga1   borib. go'zallarning go'zali bo'lgan ikki qizni xotinlikka oldi. Jahongashtalikda men unga hamroh edim. Janinar mana shu shaharga kirib kelganida uni shu shaharning hokimi tutib olib, shunday dedi: «Yaxshilikcha xotinlaringni menga berasan yoki men seni bu yerdan hech qayerga chiqarib yubormayman». Mana, sakkiz yildan beri Janinar tutqinlikda azob chekmoqda.

-  Meni u bilan uchrashtira olasanmi? - deb so'rabdi Aleksandr.

-  Mayli, - debdi qo'shiqchi.

~ Tezroq bo'la qol! Men uning tug'ishgan akasiman.

-  Ishonmayman!

-  Qasam ichib aytaman-ki, so'zlarim rost.

- Bu juda g'aroyib-ku! - hayajonlanib ketibdi qo'shiq­chi. - Demak, sen Aleksandrning o'zisan?

-  Ha, men Aleksandrman.

-  Bu shahar odamlarining aytishicha, sen butun bir qo'shinni tor-mor qilgan emishsan.

Aleksandr sehrli ko'ylakni kiyib, qo'shiqchi bilan shahar hokimi yoniga borishibdi. Aleksandr hokimga:

-  Zindonda azob chekib yotgan odamni ozod qilgin, -debdi.

-   Yo'q, uni tutqunlikdan chiqarmayman, - debdi shahar hokimi.

-  Bilmasang bilib qo'y, men - Aleksandrman, bandi esa mening tug'ishgan ukam bo'ladi, - deb o'zini tanitibdi Aleksandr.

Bu nomni eshitishi bilan shahar hokimi tipirchilab qolib, mirshablarga buyruq qilibdi:

-  Darhol bandini ozod qilinglar. Axir manavi kelgan kishi Aleksandrning o'zi-ku!

Shunday qilib Janinar zindondan ozod bo'libdi.

-  Bu shaharga nimalar va kimlar bilan kirib kelgan eding? - deb so'rabdi Aleksandr ukasidan.

-  Ikkala xotinim-u, yigirmatacha xachirga yuklangan mol-mulkim bilan kelgan edim. Barcha qimmatbaho narsalarimni hokim o'ziga oldi. Ikkala xotinimni esa ikki-jr^ o'g'liga nikohlab xotinlikka berdi.

Jahli chiqib ketgan Aleksandr qilichini qinidan sug'urib oriyatsiz hokimni chopib tashlabdi. Keyin ukasining ikkala | xotini-yu, barcha mol-mulklarini xachirlarga ortib, orqasiga qaytibdi. Shahar hokimining qizini ham o'zi bilan birga olib ketibdi. Shunda qo'shiqchi Aleksandrga murojaat qilibdi:

-   Hoy, Aleksandr! Mening ham arzimni tingla! Hokimning qizini menga xotinlikka ber. Hamisha sening sodiq xizmatkoring bo'lay.

Aleksandr uzoq o'ylab turmasdan, hokimning qizini qo'shiqchiga beribdi. Qo'shiqchi ham ikki shoxli Aleksandr1 va uning g'aroyib kuch-qudrati, jangdagi qahramonliklari haqida ajoyib qo'shiq yaratibdi.

Shundan buyon Aleksandrning nomi butun dunyoga mashhur bo'lib, hamma uni Aleksandr Makedonskiy deb atay boshlabdi.


Orqaga qaytish