Rivoyatlar

5529 marta o'qildi
ALEKSANDRNING DUSHMANLARIDAN QASOS OLISHI HAQIDA

Bir zamonlar Mirzo degan kishi yashagan ekan. Uning xotini bir kuni o'g'il ko'ribdi.

-  Bolamizga qanday ism qo'yamiz? - debdi xotiniga Mirzo.

-  Otini Aleksandr qo'yamiz, - debdi xotini.

 Xalq rivoyatlarida naql qilinishicha, Aleksandr dushmanlarini boshiga shox shaklida mahkam bog'langan qilichlari bilan ayovsiz \ qirar ekan. Bir kuni Mirzo ovga ketsa, uni qo'shni qishloqning odamlari o'ldirishibdi. Mirzoning o'limi haqida xabarni eshitib, xotini achchiq-achchiq yig'labdi.

ALEKSANDRNING DUSHMANLARIDAN QASOS OLISHI HAQIDA

 

Bir zamonlar Mirzo degan kishi yashagan ekan. Uning xotini bir kuni o'g'il ko'ribdi.

-  Bolamizga qanday ism qo'yamiz? - debdi xotiniga Mirzo.

-  Otini Aleksandr qo'yamiz, - debdi xotini.

 Xalq rivoyatlarida naql qilinishicha, Aleksandr dushmanlarini boshiga shox shaklida mahkam bog'langan qilichlari bilan ayovsiz \ qirar ekan. Bir kuni Mirzo ovga ketsa, uni qo'shni qishloqning odamlari o'ldirishibdi. Mirzoning o'limi haqida xabarni eshitib, xotini achchiq-achchiq yig'labdi.

Qishlog'idan ikki erkakni yordam berish uchun so'rattirib oldiribdi-da, erining murdasini xachirga ortib, uyiga keltiribdi. Ammo erining qotilini bilolmabdi.

Oradan bir oy o'tgach, erini qaroqchi Atmon oidirgan-ligi haqidagi gap-so'zlar xotinning quiog'iga ham yetib kelibdi. Ammo xotin bu haqda miq etib hech kimga og'iz hmabdi.

Aleksandr kun sayin emas, soat sayin o'sa boshlabdi. Bir kuni u onasiga shunday debdi:

-  Tegirmonga bug'doy eltib, un torttirib kelaman.

-  Hali bunday ishlarga kuching yetmaydi, o'g'lim, -debdi onasi.

-   Yo'q, yo'q, onajon! Bunday ishlarni bemalol qila olaman, - debdi o'g'li.

Qo'shnisining yordami bilan Aleksandr bir qop bug'doyni eshakka ortib, tegirmonga jo'nabdi. Yarim yo'lda yukning og'irligidan eshak qoqilib yiqilibdi-yu, qaytib o'rnidan turolmabdi. Aleksandr eshakni yukdan xalos qilib, o'rnidan turg'azibdi. Ammo yaqin orada hech kim yo'qligidan qopni qayta eshakka orta olmabdi. Aleksandrning oldiga uch qaroqchi kelib (bular qaroq-chilar ekanligini Aleksandr bilmas ekan) undan so'rashibdi:

-  Qayoqqa ketayapsan?

-  Tegirmonga.

-  Nima uchun qoping yerda yotibdi?

-  Eshagim qoqilib yiqildi.

- Qopni ortish uchun senga yordamlashib yuboramiz, - deyishibdi ular.

Aleksandr quvonib ketganidan qaroqchilarning birovi bilan qopga yopishibdi. Biroq u engashishi bilan qolgan ikki qaroqchi unga tashlanibdi. Aleksandrning belida xanjari osig'lik turgan ekan. Xanjarni qinidan chiqarib, hujumchilardan birini o'ldiribdi. So'ngra qolgan ikkala, qaroqchini ham qattiq olishib yengibdi.

Qaroqchilarni tinchitgach Aleksandrning o'zi qopni dast ko'tarib (unga to'satdan kuch qo'shilib qolgan emish) eshagiga ortibdi. Tegirmonga borib, bug'doyini torttirib, bir qop un bilan uyiga qaytibdi.

Uyda onasiga uchta qaroqchini yengganini aytib beribdi.

- Xudodan shuni iltijo qilaman-ki, ilohim o'shalarning biri otangni o'ldirgan qaroqchi bo'lib chiqsin, - debdi onasi.

-  Otamni kim o'ldirgan? - deb so'rabdi Aleksandr.

-  Atmon qaroqchi.

-  U qayerda yashaydi?

-  Qo'shni qishloqda.

-  Men uniyam tinchitaman!

-   Qo'y, unga kuching yetmaydi, o'g'lim! U seni o'ldiradi.

Aleksandr qilichini qiniga solib, xanjarini beliga osibdi-yu, qo'shni qishloqqa ravona bo'libdi. Odamlar darvozasini ko'rsatib qo'yibdilar.

-  Sen kimsan? - deb so'rabdi Atmon.

-  Ajnabiyman, - debdi Aleksandr.

Atmon qaroqchi uni tanimas ekan. Shuning uchun ham bu yigitni gaplariga ishonibdi.

-  Bu yerga nima maqsadda kelding?

-  Yer haydash uchun qo'shchi ho'kiz sotib olmoq-chiman.

-  Menda senbop bitta ho'kizim bor. Ertaga ertalab kelsang ko'rsataman.

-  Mayli, roziman, - debdi Aleksandr.

Ammo yarim tunda xanjar bilan bir urib, otasining qotilini o'ldiribdi-da, hech kimga sezdirmasdan uyiga qaytib kelibdi.

Ertalab o'ldirilgan Atmon qaroqchini ko'rib, odamlar bir-biridan so'rarmish:

-  Uni kim o'ldirdi?

-  Buni hech kim bilmaydi-ya!

-   Uning kechagi ajnabiy mehmoni qayoqqa gum bo'ldiykin-a?

|    - Izsiz g'oyib boigan.

-  Demak, Atmonni o'sha o'ldirgan.

Bir oydan keyin Atmonni Aleksandr o'ldirgani ma'lum bo'libdi.

Atmon yashagan qishloq ahli Aleksandrning ustidanMosulshahriga shikoyat yozib yuborishibdi.Mosulshahri hokimi beshta xizmatkorini tezlik bilan Aleksandrni huzuriga olib kelish uchun jo'natibdi.

-  Aleksandr!Mosulhokimi seni huzuriga tezlik bilan yetib borishingni buyurdi, - deyishibdi xizmatkorlar.

-  Nima uchun?

-  Ustingdanu shikoyat tushgan.

-  Kim shikoyat qilibdi?

-  Atmon yashagan qishloq odamlari berishibdi.

-   Borib hokimingizga ayting, men uning oldiga bormayman.

Xizmatkorlar qaytib borib, hokimga Aleksandrning so'zlarini yetkazishibdi. Hokim bu safar o'nta xizmatkorni jo'natib, ularga qattiq tayinlabdi:

-   Aleksandrning qo'1-oyog'ini bog'lab, huzurimga keltiringlar!

Xizmatkorlar yetib kelib, Aleksandrning qo'1-oyog'ini bogiamoqchi bo'lgan ekanlar, u hammasini har yoqqa kuchukbachchalardek itqitib yuboribdi. Bir amallab zo'rg'a qochib qutulganlari hokimning oldiga kelib, bo'lib o'tgan barcha hodisalarni oqizmay-tomizmay aytib beribdilar.

Shundan so'ng shahar hokimining o'zi bir guruh lashkarlari bilan Aleksandrni olib kelish uchun jo'nab ketibdi. Ammo qishloq ahli Aleksandrni lashkarlar tutib olmasin, deya ko'kraklarini qalqon qilib, uni qattiq himoya qilibdilar. Ular lashkarlar bilan qahramonlarcha olishib-dilar. Hokimning lashkari qo'rqib qochib ketibdi. Aleksandrning o'zi esaMosulshahrining hokimini to shahar darvozasigacha quvib boribdi.

G'azablangan hokim maslahatchilariga:

-  Men bu haqda sultonga murojaat qilaman! - debdi. Shundan beri Aleksandrning dovrug'i el-u yurtga

taralibdi.

Bir kuni Aleksandr:

- Uch arg'umoq sotib olmoqchiman, - debdi.  Bir joyda dunyodagi jamiki otlarning eng yaxshisi, ajoyib bir tulpor bor, - deyishibdi.

-  U qayerda ekan?

- Bag'dodning orqa tarafida yashaydigan ko'chmanchi qabilalarning boshlig'ida.

-  Men o'shani sotib olmoqchiman.

-  Egasi uni sotmaydi.

-   Agar o'sha otni qo'lga kiritmasam, menga ming la'natlar bo'lsin! - debdi Aleksandr.

Keyin qurollanib, qilich, xanjarini kamariga osib, badaviylar qabilasiga ravona bo'libdi. Ulardan qaroqchi qabilalarning qayoqqa ko'chganligini bilib olibdi.

-  Bu yerdan yanada pastroqqa tushishing kerak, -deb badaviylar Aleksandrga yo'l ko'rsatib qo'yibdi.

Aleksandr ko'chmanchi qabilaning manzilgohiga yetib kelib, qabila boshlig'ining o'tov qaysi ekanligini so'rabdi.

-  Mana bu o'tov o'shaniki, - deb ko'rsatibdi ko'ch­manchi qaroqchilar.

Aleksandr qabila boshlig'ining o'toviga boribdi.

-  Sen kimsan? - deb so'rashibdi undan.

-   Mehmoningizman. Sizlarga xizmat qilsam, degan niyatim bor, - debdi Aleksandr.

-  Bizga jasur yigitlar kerak, - deb tunagani unga joy berishibdi.

Kechki ovqatdan keyin Aleksandr otlarni ko'zdan kechirayotib, uchqur arg'umoqni bir pasda tanibdi. Ammo bu kecha otni olib qocholmay, ertangi tunni kutishga majbur bo'libdi. Ertasiga kechki ovqatdan keyin Aleksandr hech kimga sezdirmay o'rnidan turibdi-da, otni egarlab, bir sapchib minib olibdi. O'tovga kiraverishda yerga sanchib qo'yilgan nayza bor ekan, shuni sug'urib olib, shamoldek uchib ketibdi.

Kechasi Aleksandr badaviylar qabilasiga yetib kelibdi.

-  Qayoqdansan? - deb so'rashibdi undan.

-  Uzoq-uzoqlardan kelyapman.

-  Qayoqqa ketyapsan?

-   Xotinim qochib ketgan, shuni axtarib yuribman. Mabodo birortangiz qochoq xotinimni ko'rmadingizmi?

-  Yo'q, ko'rganimiz yo'q. Aleksandr otini choptirib ketibdi. U Bag'dod bilanMosulo'rtasidagi yo'lda ketayotganida tong yorisha boshlabdi. Ko'chmanchilar uni izma-iz quvib boribdilar. Ular xuddi qushdek uchib kelayotgan emishlar. Aleksandr orqasiga o'girilib qarasa, ular unga yetay-yetay deb qolibdilar.

Shunda Aleksandr otining boshini burib, ular tomon tengsiz jangga kirishibdi. O'ttiz oltita otliqni yengibdi. Biroq o'zi ham nayza tegib, yarador bo'Iibdi. Aleksandr yarasini ro'molchasi bilan bog'Iab, jangni davom ?ttiraveribdi.Yanasakkizta otliqni yer tishlatibdi. Shun-ian keyingina ko'chmanchilar orqalariga qaramay qocha boshlabdilar. Aleksandr tag'in yo'lda davom etibdi. Biroq tezda yana quvg'in boshlanibdi.

- Otni baribir undan tortib olamiz, - deb baqirarmish uni ta'qib qiluvchilar.

Aleksandr yana otining jilovini burib:

-   Men Aleksandrman! Eshitayapsizlarmi, men Aleksandrman! - deb qichqiribdi.

Buni eshitgan ko'chmanchilar har yoqqa tumtaraqay qochib ketibdilar. Ammo Aleksandr qaroqchilarning birovini tutib olib, nayza bilan sanchibdi-yu, tepaga dast ko'taribdi. Shu turishda u qishloqqa kirib kelibdi. Buni ko'rgan qishloq ahli hayratdan yoqa ushlashibdi:

-   O'zing shafqat qilgin, yo xudo! Mana shunaqa botirlar bo'lar ekan! - deyishibdi.

Odamlar bu voqeadan uzoq vaqtgacha ta'sirlanib yuribdilar. Nihoyat Aleksandr uyiga yetib kelibdi.

-  Otni qanday qilib qo'lga kiritding? - deb barcha hang-u mang emish.

-  Uni olib qochdingmi yoki sotib oldingmi? Aleksandr bo'lib o'tgan voqealarni ipidan ignasigacha

aytib beribdi. Hammalari quvonib ketib, Aleksandrni o'zlariga oqsoqol qilib saylabdilar.

yon

g'

m ti

Bir kuni odamlar Aleksandrga:                                      

-   Oting judayam ajoyib. Endi shunga munosib bir zo'r qilich ham topishing kerak, - deyishibdi.

-  Bunaqa qilichni qayerdan topsam bo'ladi? -   Qoratoshdin qaroqchidan topasan. Uning qilichi dunyodagi jamiki qilichlardan ham zo'r. Biroq u bilan tenglashib o'tirma.

-  Nima uchun?

-  Qoratoshdin bahodir juda ko'p odamlarni o'ldirgan.

-  Uning oldiga boraman. Yo halok bo'laman, yo o'sha qilichni qo'lga kiritaman.

- Unikiga bora ko'rma, - deb odamlar uni bu fikrdan qaytarishga urinibdilar, - u baribir seni o'ldiradi!

-   Qaroqchi ko'chmanchilar orasida ham bo'ldim Qo'rqqanga qo'sha ko'rinar, deydilar. Ammo men hech narsadan qo'rqmadim. Nahotki kelib-kelib qandaydir bir Qoratoshdin botirdan hayiqib o'tirsam. Non-tuz haqqi qasam ichaman-ki, men u bilan kuch sinashaman.

Aleksandr bir sapchib otiga minibdi. Qilichini yoniga osib, nayzasini yelkasiga tashlaganicha, yo'lga otlanibdi. Barcha yo'lida uchragan kishilardan Qoratoshdin botir-ning uyini so'roqlab ketaveribdi.

Tezda Aleksandr bir qishloqqa yetib kelibdi. Quduq yonida qo'lida chelagi bor bir qizga ko'zi tushibdi. Qiz g'oyatda go'zal ekanligidan Aleksandrning unga muhabbati jo'shib ketibdi. Qiz ham unga hayrat bilan tikilibdi.

-  Otimga bir chelak suvingdan ber, - deb so'rabdi Aleksandr qizdan.

-  Jonim bilan, - debdi qiz va otning oldiga bir chelak to'ldirib suv qo'yibdi.

-  Sen qayerdan kelayapsan?

-  Ajnabiyman.

-  Mabodo Aleksandr emasmisan?

-  Yo'q, men Aleksandr emasman, - deb yuzini pana qilibdi yigit.

-  Atmonni o'ldirgan o'sha Aleksandrmi, deb so'rayap-man-da.

-  Agar Aleksandrni ko'rishga muyassar bo'lganingda ,uni tanirmiding?

-  Yo'q. Xudo haqqi qasam ichaman-ki, uni tanimay-man. Ammo u haqida uyimizda otamdan ko'p narsalarni eshitganmiz. -  Otangning oti nima?

-  Metrusbek.

-  Yo'q, men Aleksandr emasman.

- Doimo xudodan bir narsani, ya'ni faqat Aleksandrga turmushga chiqishni iltijo qilaman.

Shunda yigit:

- Xudo haqqi qasamyod qilaman-ki, men Aleksandrman. Qiz yugurib borib yigitning oyog'ini quchoqlabdi-da,

shunday debdi:

-  Otdan tush-chi!

-  Nima uchun?                                                                           

-   Hozir men bilan birga biznikiga borasan. Men otamga: «Mana Aleksandr! Faqat shunga turmushga chiqaman», deb aytaman.

-  Isming nima?

-  Farishta Xotun.

-  So'zlarimga quloq sol, hoy yaxshi qiz! Xudo haqqi qasam ichaman-ki, sen mening xotinim bo'lasan. Hozir esa meni yo'ldan qoldirma. Eng zo'r qilichni tortib olish uchun Qoratoshdin botirning oldiga ketayapman. Keyin qaytib kelib senga uylanaman. Mabodo u meni o'ldirsa, sen ozodsan, boshqa kishiga turmushga chiqishing mumkin.

-  Hozirgina Qoratoshdin botir biznikiga sovchi bo'lib kelgan edi, ammo men uni rad qildim. Unga xotin bo'lishni aslo xohlamayman!

-  U qayoqqa ketdi?

-  To'g'ri g'arb tomonga ketdi.

Aleksandr shosha-pisha Qoratoshdin botirni izlab ketibdi. Farishta Xotun uyiga kelib, achchiq-achchiq ko'z yoshi to'kibdi. Otasi buning sababini so'rabdi:

-  Nimaga bunchalik zor-zor yig'layapsan, qizim?

-  Yuragim tars yorilib ketay deyapti, otajon!

- Nima bo'ldi axir, gapirsangchi, qizim. Ko'pam xafa bo'lib yig'layverma, men seni yaxshi yigitga uzataman.     ^

-  Menga Aleksandrdan boshqa hech kimning kerag,     -» yo'q!

-  Aleksandrni men qayerdan topaman, qizim?

-  Kuyovni bizga xudo o'zi yuboradi, otajon! Bu payt orasida Aleksandr Qoratoshdin botir yashay-digan qal'aga yetib kelibdi. Qal'aning oldi o'tloq ekan. Aleksandr otini o'tlagani temir ustunga bog'lab qo'yibdi. Nayzasini yerga sanchib, qasr ichiga kiribdi. Uni ko'rgan Qoratoshdin botir so'rabdi:

-  Qayerdansan, hoy yigit?

-  Ajnabiyman, - debdi Aleksandr.

Qoratoshdin botir boshdan-oyoq Aleksandrni kuzatib

chiqqan ekan, birdaniga uni vahima bosibdi. Hech narsa

rbo'lmagandek Aleksandrga:

-  Kel, o'ltirgin, - debdi.

-  Yo'q, o'ltirishga vaqtim yo'q.

-  Nima uchun?

-   Men sening qilichingga keldim. Agar qilichni bermasang, unda ikkalamiz kuch sinashamiz.

- Mayli, kel, olishaylik. Agar sen meni yengsang, qilich seniki. Agar men seni yengsam, qilich menda qolaveradi, - debdi Qoratoshdin.

Shu payt Qoratoshdinning xotini chiqib qolib, Aleksandrga ko'zi tushibdi-yu, yigitga nisbatan yuragida muhabbat o'ti lovullab ketibdi.

Shunda Qoratoshdin botir yigitdan:

-  Kimsan o'zing, isming nima? - deb so'rabdi.

-  Men Aleksandrman.

Bu nomni eshitgan xotin eriga:

-  U bilan olishgin. Bu yigit botirlarning botiri. Ammo sening ham botir degan noming bor. Sizlar bir-biringizga munosib g'animsizlar. Qaysi biringiz g'olib bo'lsangiz, men o'shanikiman, - debdi.

Xotinining bu so'zlaridan Qoratoshdin botir qattiq g'azablanibdi. Shaht o'rnidan turib, Aleksandrning boshiga bostirib boribdi. Aleksandr bir-biriga chirmashib, olisha ketibdilar. To'satdan Aleksandr dushmanning ko'kragini kuch bilan bir siqqan ekan, ko'zlari kosasidan chiqib ketay debdi.

- Qo'yib yubor! - deb bo'kiribdi jon achchig'ida Qora­toshdin botir.

- Yo'q, yo'q, qo'yib yubormayman, - debdi Aleksandr va uni yerga yiqitib, ustiga chiqib o'tirib olibdi.

- Qilichimni keltir, - deb qichqiribdi Qoratoshdin botir xotiniga.

Xotin qilichni qinidan sug'urib, Aleksandrga beribdi.

-  Qilichni menga ber! - tag'in baqiribdi Qoratoshdin.

-  Endi senga bu qilichning sirayam keragi yo'q, -debdi xotini. - Aleksandr seni yengib, ustingga minib oldi, uni o'ldira olmading-ku!

Aleksandr Qoratoshdin botirni o'ldirib, uning qilichini olibdi-yu, otiga qarab yo'nalibdi.

-  Meni ham o'zing bilan birga olib ket! - debdi Qora-toshdinning xotini unga. - Senga sodiq xotin bo'laman.

-  Sen menga kerak emassan.

-  Nima uchun?

-  Chunki sen qaroqchi Qoratoshdinning bevasisan!

- Uyim kuydi, voydod! - deb qichqirib yuboribdi xo­tin, - senga bo'Igan muhabbat o'ti ko'zlarimni ko'r qilib qo'ydi. Nima uchun bu qilichni Qoratoshdinga bermay, senga berib qo'ydim?

- Agar sen qilichni unga berganingda ham Qoratoshdin menga bas kelolmasdi, - deganicha Aleksandr otiga minib ketib qolibdi.

U uyiga qaytgach, hammalari hayron qolibdilar:

-  Baribir qo'lga kiritibsan-da!

-  Ha.

-  Qoratoshdinni o'ldirdingmi?

-  Ha.

-  Nima uchun uning xotinini olib kelmading? Axir u go'zallarning go'zali-ku!

-  Uni boshimga uramanmi? Keragi yo'q.

-  Xotining go'zal bo'lishini istamaysanmi?

-  Men o'zimga qayliq topib qo'yganman.

-  Kimni?

-  Javalining begi Mesturbekning qizini.

-  U bu yerdan uzoqda turadimi?

-  Qoratoshdin qal'asining yonida. Bu paytda Farishta Xotun yuqori qavatdagi xonasida o'tirib, o'zicha o'y-xayolga borgandi: «Aleksandr qaytib kelmadi, demak Qoratoshdin botir uni o'ldirgan». Shularni o'ylagancha qiz shashqator ko'z yoshlarini oqizaverdi. Ammo Aleksandr bu payt yo'lga chiqqan edi. Yigit tezda Mesturbekning yerlari chegarasiga keldi. Durbin orqali derazadan kuzatib turgan Farishta Xotun kelayotgan otliqqa ko'zi tushib, uning Aleksandr ekanligini bildi. Qiz faqat bir narsaga hayron bo'ldi: «Juda g'aroyib- I ku! Ketishda Qoratoshdinning oldiga g'arbga qarab ketgan edi, endi esa sharq tomondan kelayapti».

Aleksandr qal'a ichiga kirib kelibdi. Qiz unga peshvoz ^    chiqib, otasining huzuriga  boshlabdi. Otasi barcha mulozimlari qurshovida o'tirgan ekan.                                

Aleksandr hammalari bilan salomlashib chiqibdi. Hamma o'rnidan tursa ham faqat qizning otasi Metrusbek turmabdi. Aleksandr xafa bo'libdi, ammo Metrusbek bu | kelgindining kim ekanligini bilmagan ekan-da.

-  Aleksandr, sen ham o'z o'rningni egalla! - debdi qiz. Aleksandrning nomini eshitgan Metrusbek darhol

o'rnidan turibdi. Aleksandr Metrusbekdan ham yuqo-riroqqa borib o'tiribdi.1 Qizg'in suhbat boshlanibdi. Qah-va tortilgach, hammalari emin-erkin qahva ichib o'tirib-

dilar.

- Qayerdan kelding, hoy yigit? - deb so'rabdi bekning

qizi.

-  O'z uyimdan keldim.

-  Atmonni o'ldirgan senmi? Aleksandr to'planganlarning barchasiga qanday qilib

otasining qotilidan o'ch olganini, tegirmonga bug'doy tor-tishga borayotganda hujum qilgan uchala qaroqchini tinchitganini, uchqur ot va eng keskir qilichni qanday qilib qo'lga kiritganini aytib beribdi. Aleksandr bu voqea-larni hikoya qilib berguncha, qiz undan ko'z uzmabdi. |  Keyin odamlar Aleksandrdan:

-  Bu yerga nima maqsadda kelding?

-  Bu haqda Farishta Xotunning o'zidan so'ranglar, -

debdi yigit.

-       ' Qiz o'rnidan turib, ularning birinchi uchrashuvi va bu haqda o'zaro kelishib olganliklarini aytib beribdi.

-  Men faqat Aleksandrga turmushga chiqaman! - deb tugatibdi hikoyasini qiz.

Metrusbek ham qiziga:

- Yaxshi, yaxshi! Seni Aleksandrga beraman, - debdi. Metrusbek katta to'y-tomosha boshlabdi. Mehmonlar

uchun yuzta qo'y so'yishni buyuribdi. Shu tariqa Farishta Xotun Aleksandrga tegibdi va ular baxtiyor yashay -boshlabdilar.

Oradan bir oz o'tgach, Metrusbek qiziga ot sovg'a qilib, Aleksandr bilan jo'natib yuboribdi. Xayrlashayotib Aleksandr qaynatasiga shunday debdi:

- Agar kim-ki yurtingga lashkar tortib kelsa, bu haqda tezlik bilan meni ogoh et! Dushman, albatta qirib tashlanadi. Bu tomondan ko'nglingni xotirjam qilgin!

Aleksandr uyiga qaytgach. tag'in to'y-tomosha qilib, katta ziyofat beribdi. Hamma kelinni ko'rib:

-   Sening xotiningdan go'zalroq xotin bu dunyoda boshqa yo'q, Aleksandr! - deyishibdi hayrat bilan.

Aleksandr o'ziga juda chiroyli qal'a quribdi. Uning shon-shuhrati butun olamga yoyilibdi. U boshiga shoxga o'xshatib, ikki qilichini mustahkam bog'lab olganicha, dushmanni ayovsiz qirib tashlagani uchun ham odamlar «Aleksandrning shoxi bor» deb, uni Aleksandr Makedonskiy deb atabdilar. Shundan beri u butun jahonga «Ikki shoxli Aleksandr» degan nom bilan mashhur boiibdi.


Orqaga qaytish