Ertaklar

5534 marta o'qildi
Usta Teshavoy

Qadim zamonda Teshavoy degan usta o'tgan ekan. Uning daraxtlari juda ko'p ekan. Teshavoy kun bo'yi turli-tuman yog'ochlardan chiroyli buyumlar yasar ekan.

Qadim zamonda Teshavoy degan usta o\'tgan ekan. Uning daraxtlari juda ko\'p ekan. Teshavoy kun bo\'yi turli-tuman yog\'ochlardan chiroyli buyumlar yasar ekan. \"Daraxtlar borgan sayin ko\'payishning boisi usta Teshavoy bitta daraxt yiqitsa, o\'rniga ikkita ko\'chat ekadi\", deb o\'ylashar ekan odamlar, ammo boshqa muhimroq siri ham bor ekan. Bu sirni usta o\'g\'illariga aytishni niyat qilib yurar ekan. Teshavoyning uch o\'g\'li birin-ketin voyaga yetishibdi. O\'g\'illari ulg\'aygan sari usta qarib, madordan qola boshlabdi. Bir kuni o\'g\'illarini qoshiga chaqirib, shunday debdi:

- Har biringiz o\'rmonga borib, birorta buyum yasashga arzimaydigan yog\'och topib kelinglar.

Birinchi bo\'lib katta o\'g\'il o\'rmonga yo\'l olibdi. Qing\'ir-qiyshiq yog\'ochni tezgina topibdi. Yog\'ochning g\'o\'la qismi bug\'ining tumshug\'iga o\'xshagan, ikkita o\'lkan shoxchasi o\'sha jonivorning shoxlariga juda o\'xsharkan. Bundan na imorat, na eshik, na xontaxta yasashda foydalanish mumkin, deb o\'ylabdi u o\'zicha.

- Mana, - debdi u o\'sha yog\'ochni sudrab kelib.

- Hech narsaga yaramaydiganini topdim. O\'rmonda bunaqa shox-shabalar qalashib yotibdi...

Usta Teshavoy yog\'ochni ko\'rib, negadir quvonib ketibdi.

- Sen eng noyob buyum bo\'ladigan yog\'ochni keltiribsan-ku, - deb istehzoli kulibdi tong\'ich o\'g\'liga. - Axir bundan zo\'r omoch yasash mumkin. Teshavoy qo\'liga teshani olib ishga kirishibdi. Tarvaqalangan shoxlarini tartibga keltiribdi, ular chiroyli dasta bo\'libdi. Bug\'ining tumshug\'iga o\'xshash qismini yo\'qib silliqlabdi-da, ichiga kuraksimon temir qoqibdi. O\'g\'illarining ko\'z oldida juda alomat omoch paydo bo\'libdi.

Navbat o\'rtancha o\'g\'liga yetibdi. U ham bo\'mag\'ur yog\'och izlab o\'rmon o\'ralabdi. Har xil tarvaqaylab o\'sgan daraxt-u shox-shabalar orasidan buyum bo\'lishga arzimaydigan eng bo\'lmag\'urini izlay boshlabdi. Ko\'p o\'tmay, o\'rmonning quruq joyidan bitta yog\'ochni tanlabdi. Yo\'g\'onligi bilakdek keladigon bu yog\'och shunaqa buralib-buralib o\'sgan ekan-ki, undan biror narsa yasash mumkinligiga o\'rtancha o\'g\'lining ko\'zi yetmabdi. O\'sha yog\'ochni uyiga sudrab ketibdi. Uni ko\'rib otasining chehrasi yorishibdi.

- Men ko\'pdan beri izlab, topolmay yurgan yog\'ochni keltiribsan-ku, - deb o\'rtancha o\'g\'lini maqtagan bo\'libdi.

- Akang omochbop yog\'ochni keltirgandi. Sen bo\'lsang xo\'kizning bo\'yniga bo\'yunturoq bo\'ladigan yog\'och topibsan!... Chol tag\'in ishga kirishibdi. Hash-pash deguncha juda mustahkam bo\'yinturoq yasalibdi-da:

- Bu narsani ham tabiiy shakllanib o\'sgan daraxtdan yasagan ma\'qulroq, - deb qo\'shib qo\'yibdi. 
Buyum bo\'lishga arzimaydigan yog\'och topib kelish gali kenja o\'g\'liga yetibdi. U ham akalari singari o\'rmonga yo\'l olibdi. Hadeganda qaytavermabdi. Shu ketgancha uch kecha-kunduz daragi bo\'lmabdi. Ohiri uyiga xorib-charchab qaytibdi.

- Xo\'sh, sen qanaqa yog\'och keltirding? - deb savolga tutibdi otasi. Kenja o\'g\'il vazmin bosh chayqab, javob beribdi:

- Butun o\'rmonni kezdim. Turli-tuman yog\'ochlar juda serob ekan. Biroq, ular orasidan buyum bo\'lishga yaramaydiganini topa olmadim...

- Barakalla, - debdi chol kenja o\'glining yelkasiga qoqib, - sendan haqiqiy usta chiqishiga ishonsam bo\'larkan. Chindan ham, yog\'ochlarning buyum bo\'lmaydigani yo\'q. Bu, yolg\'iz ustaning maxoratiga bog\'liq! Daraxtlarimiz yil sayin gulkirab o\'sishining sirini payqagan bo\'lsang kerak: ya\'ni men hech qachon biror buyum yasash uchun duch kelgan daraxtni kesmayman. Hatto, oddiy cho\'pniyam huda-behuda yo\'ndirib tashlamayman, isrof qilmayaman! Avvalo, yasaydigan buyumga yarasha yog\'och izlayman, eng maqbulini tanlab, song ishga kirirshaman.


Orqaga qaytish