Hikoyalar

5532 marta o'qildi
UCH ISMLI BOLA

Uning ismlari ham o'ziga o'xshash alomat edi. Nechuk «ismlari» dedik? Axir bitta odamda bitta ism bo'ladi-ku. Shoshmang, buning sabablarini bilib olasiz. Lining asli ismi Tilaboldi. Ammo bolalar aytish qiyinroq bo'lganidanmi, boshqa  sababdanmi, jo'ngina qilib o'zgacha ot  qo'shib olishgan.   Nima   deysizmi?   Shoshmang,   awal   birinchi ismining tarixini eshiting. Onasi Farog'at uzoq vaqt farzand ko'rmagan.

UCH  ISMLI  BOLA

     Uning ismlari ham o'ziga o'xshash alomat edi. Nechuk «ismlari» dedik? Axir bitta odamda bitta ism bo'ladi-ku. Shoshmang, buning sabablarini bilib olasiz. Lining asli ismi Tilaboldi. Ammo bolalar aytish qiyinroq bo'lganidanmi, boshqa  sababdanmi, jo'ngina qilib o'zgacha ot  qo'shib olishgan.   Nima   deysizmi?   Shoshmang,   awal   birinchi ismining tarixini eshiting. Onasi Farog'at uzoq vaqt farzand ko'rmagan. Tirnoqqa zor bo'Ub, kecha-yu kunduz xudodan farzand tilagan. Doktorlarga boqizgan. Har xil ayollarning maslahatlariga ko'ra folbinlarga uchrashgan, duoxonlarga o'qitgan. Qilmagan irim-sirimlari qolmagan. Nihoyat yoshi allaqanchaga borganda peshonasi yarqirab bola ko'rgan. O'g'il bola! «Tilaboldi» ismi berilishi ana shundan. Tag'in bu ism adasining Sotvoldi ismiga mos tushgani hammaga yoqqandi. Ota-onasi bu arzandani shunaqangi mehr bilan ardoqlab  parvarishladiki, bola tezda emaklab, g'oz-g'oz turib, ko'zga ko'rindi.  Sho'xlikda ham o'ziga yetguday, yerga ursa ko'kka sapchiydigan boidi. Maktabga borgan-dayam bolalarni ko'zini o'ynatdi: onasi uni bag'riga bosib, har xil kiyimda to'y boladay yasantirib oborardi-da. Uning ismi ham bolalarga alomat eshitilgan, aytishga o'ng'aysiz tuyulgandi. Shu sabab qaysi bir qiziqchi bola uni jo'ngina qilib, «To'laboy» deb chaqiradigan, boshqalar ham shuni ilib olishgandi.

       Bu ikki ismi yetmaganday, ko'p o'tmasdan u uchinchi ismni orttirdi. Buni endi o'qituvchi qo'ygandi. Sabablarini so'raysizmi? Bu biqqa semiz, sinfdagi eng quvnoq, pitir-pitir, besaranjom bolalardan bo'lib chiqqandi.O'yinqaro-liqda undan o'tib tushadigani yo'q. Qo'liyam tinmaydi, jag'iyam tinmaydi. Faqat bo'sh vaqtlardamas, dars soatla-ridayam lik-lik qilib qiytanglayveradi. Goh oyog'i bilan polni, goh qo'li bilan partani taka-tum qilvoradi. Ba'zida boisa lunjlarini shishirgan holda barmoqlari bilan urib do'mbira chalvorishini ayting. Tanaffuslarda-chi, koridorbo'ylab umbaloq oshishi, oyoqlarini osmonga ko'targan holda qo'llari bilan yo'rg'alashi-chi! Shunday paytlarda hammani xoxolatib, o'qituvchilardan gap eshitib olishi bor. Ko'proq matematika muallimi Berdiyevdan dakki yeydi. Uning darsiga ortiqcha qiziqmaydi. Topshiriqni bajaray deb tuzukroq bosh qotirganini ko'rmaysiz. Kundaligida «ikki», «uch»lar qatorlashib yotibdi. Berdiyev ancha talabchan muallim. Hech kimga yon bermaydi. Biron jiddiy sababsiz darsni qoWirgan bolaning hech qanday uzrini qabul qil-maydi. Beparvo, o'yinqaroq o'quvchilarga qattiq turadi. Ayniqsa, Tilaboldiga. Undan: «Xo'sh, sen nega darsni tayyorlamading?» — deb so'rasa, Tilaboldi «vaqtim boi-madi — deydi. «Nega vaqting bo'lmadi?» desa, Tilaboldi tortinmay-netmay «ishim ko'p» deb javob beradi. «Qanaqa ish ekan?» desa, «zarur ishlar» deb ishshayadi. Shu qilig'ini qaytaraverganidan keyin, Berdiyevning undan xafsalasi pir bo'ladi. Nomini aytishga ham tili bormay qoladi. Bir kuni ensasi qotgan holda, kesatiq aralash: «Sen valakisalangni-chi, unaqa-munaqa bolamas, Tillo bola desam bo'ladi!» deb yuboradi. Tilaboldi hiringlab, yelkasini qisadi. Muallimga og'iz ocholmasa-da, bolalarga ming'illadi: «Tillo bola deganlari-ku mayli-ya, valakisalang nima deganlari-a?..»

Bolalardan biri esa:

—  Shuniyam tushunmadingmi? «Valakisalang» degani-chi? Menimcha, «beg'am, beparvo, ishyoqmas» degani! — deb tushuntirgan bo’ldi.

Tilaboldi esa hingirlagancha «vish-sh» deb hushtak chalvordi.

... Shu-shu Berdiyev unga sovuq muomala qiladi. Biron gap so'raydigan boisa, «Hoy, Tilla bola!» deb chaqiradi. Bu bilan bolalarga yangi ermak topilgandi. Ular endi sinfdosh-larini uch xil nom bilan yuritadigan bo’lishgandi.

     Albatta, maktabdagi bu mashmashalardan Tilaboldining uyidagilar hozircha xabar topishmagandi. Adajonisi, ayniqsa, oyijonisi uni haddan tashqari erkalashar, «arzan-daginam, toychoqqinam» deb boshlariga ko'tarishardi. Nimani ko'ngli tusasa, darrov muhayyo qilishardi.

Bir kuni nimayam boidi-yu adajonisi ko'chadan avzoyi buzilib kirib keldi. Dabdurustdan:

—  O'g’lingiz qani? — deb baroq qoshlari chimirilgan, ola ko'zlari chaqchaygan holda.

—   Yaqinda o'rtoqlari bilan chiqib ketuvdi-ya. Nima ishingiz boridi, adasi? — dedi muloyimlik bilan Farog'atxon.

—   Meni nomusga o'ldirdi! — dedi zardasi qaynab Sotvoldi aka. Uning aytishicha, ko'chada Berdiyev duch. kelib, Tilaboldidan shikoyat qilibdi. Uning darsidan bola yomon o'qiyotgan, hech gapga quloq solmayotgan emish. Bola o'zboshimcha, dangasa emish. Sotvoldi aka bo'g'ilib dedi: «Men-ku o'z ishlarim bilan ko'milib, bolaning o'qishiga yaxshi qarayolmadim. Siz qarasangiz bo'lmasmi-di! Siz ham yurimsaklikdan bo'shamaysiz!»

       Farog'atxonning eridan birinchi marta shunaqa dash-nom eshitishi edi. «Yurimsak» degani unga qattiq tegib ketdi. Chindan Farog'atxonning tanish-bilishlari to'y-xa-shamlar, ziyofatlarga chaqirib turishardi. U tuzukkina dutor chalib, xonish qilish, o'rni kelganda raqsga tushib davrani qizitishga usta edi. Orqavarotdan ba'zilaruni «yallachi» deb: ham ta'riflaguvchi edi.

—   Ba'zi bir qadrdonlarinikiga borib xizmat qilishim sizga «yurimsak» bo'lib ko'rindimi?! — dedi u zarda aralash. — «Uyamas, buyamas, bolamni ko'rolmaydiganlarl bor. O'zi o'jarroq, labi tezroq-da, shunisi yoqmagandir muallimgayam. Innaykeyin, bitta matematikadan past boisa, boshqa fanlardan yomonmas-ku!»

— Yomon bo'lmasa yaxshi hammas-da! — Sotvoldi aka o'kinib gapirdi. — O'giimiz tuzukroq odam bo'lib chiqsinj deyman-da. Tushuning, erkalatverish ham evi bilan. Shu ahvolda ketsa durustroq odam bo'lib chiqishi qiyin. Axir mening undan umidim boshqacha-ku!

—  Umidingizni katta qilavering, dadajonisi! Hali bundan shundoq ishbilarmon chiqsinki..!

—  Ishbilarmonmi, ishbuzarmonmi?! — dedi labini bu-rishtirib, qo'lini siltab Sotvoldi aka.

  U bitta fermada hisobchi bo'lib ishlaydi. O'g'lim kelajakda qo'limdan hunarimni olsa deb ko'z tutardi. Bolasining matetmatikadan yomon baho olgani ayniqsa alam qilar edi.

   Xullasi, Tillo bola hammani tashvishga solib qo'ygandi. O'zi-chi zarrayam bezovtalik sezmasdi. O'qishdan bo'sh vaqtlari ikki-uch o'rtog'i bilan o'quvchilar saroyidagi badiiy havaskorlik to'garagiga qatnab turardi. Buni oyisiga bildirsham, dadasidan berkitardi. Adasi, «0'qishdan chalg'ima-> deb yo'lini to'sishi mumkinligini bilardi.

Shunday qilib, «Tillo bola* u yoqda muallimi, bu yoqda adasidan gap eshitib, ikki yoqlama tergov ostida qoldi. Qanday qilib, ularning tergovidan qutulishi, ularni g'azab-dan tushirishi yo'lini bilmasdi...

Odamni junjituvchi sovuq qish kunlari o'tdi. Iliqqina shabadasi esib tan-joningizni yayratuvchi, tevarak-atrofin-gjzni ko'm-ko'k jonli liboslarga burkovchi bahor kunlari keldi. Ana shunday yoqimli kunlarning birida Tilaboldi ko'chadan ochilib-sochilib kelib, oyisining bo'ynidan quchdi.

—  Bir yangilik aytsam maylimi?

—  Qani, qanaqa yangilik ekan?

—  Aytaman-u, lekin adamga bildirmaysiz-da? Xo'pmi, oyijon?... Uch-to'rt kundan keyin-chi, Navro'z bayrami bo'larkan. Katta tomosha qo'yilarkan.

—  Qayerda, bolajon?

—  Mustaqillik maydonida. O'shanda-chi biz ham qat-nasharkanmiz.

—  A-a? Tomoshabin boiibmi?

—  O'yinchilar qatorida...

—  Voy, hazilingni qo'ysang-chi bolam! Sen nima o'yin ko'rsata qolarding?

—    Ko'rsatasan deyishyapti-ku! — Tilaboldi o'ziga ishongan holda gapirayotgandi. Shu zahoti oyisini yana ogohlantirib, bu haqda adasiga og'iz ochmaslikni qattiq tayinladi.

Farog'at opa bu yangilikni ichiga sig'dira ololmasdi. Eriga aytgisi kelardi-yu, o'g'lining qayta-qayta ogohlan-tirishini eslab, tilini arang tiyardi.

Nihoyat, Tilaboldi tomosha bo'ladigan kunni va joyni bildirarkan, oyisi hayajonga tushib:

—  Bo'ldi, men ham boraman! — dedi.

O'g'il esa, oyisini bormaslikka ko'ndirmoqchi bo'lardi.

Mustaqillik maydoni. Kattakon sahna. Atrofda esa o'tir-gan tomoshabinlarning son-sanog'i yo'q.

Baland yangragan musiqa sadolari ostida sahnani o'yin­chilar to'ldirishgan. Ashula,  raqs va  xilma-xil  harakatlio'yinlar boshlangancha bir-biriga ulanib ketadi. Ko'pchilik ishtirokidagi bayram konserti qizigandan qizib boradi. Ijrochilar orasida qizlar, yigitlar qatori bolalar ham uchrab turadi. Bularning dikong-dikong o'yinlari-yu, yangroq qo'shiqlarini tomoshabinlar alohida qiziqish bilan kuza-tishadi. Ayniqsa, bulardan sirk artistlariga taqlid etuvchilar, muallaqchilar, qiziqchilar, masxarabozlarning chiqishlari odamlarnirosakuldirib, qarsaklarning keti uzilmasdi.

Konsert   tugallanib,   odamlar   tarqalisha   boshlaganda olag'ovur yuz berdi. Tomoshabinlar ichidan: « Tilaboldi! Hoy To'laboy!» degan ovozlar chiqdi. Bular ichida Farog'at opaning ovozi ham bor edi. Sahna ichkarisidan shoshilib chiqib  kelayotgan  Tilaboldini  onasi  mahkam  achomlab oldi-yu, sahnada o'ynayverib qizarib ketgan yuz-ko'zlari-dan cho'lp-cho'lp o"pdi. Uning yonida adasi turardi. Adasi ham ajablanganidan  ishshayib,  og'zi tarvaqaylab:  «Hey, o'zingmisan-a?!» deganicha o'g'ilchasining yelkasiga qo'pol panjasi bilan shap etkizib qoqib qo'ydi. Ayni choqda ola-mon ichidan bir to'da bola yorib chiqib: «Qoyil, To'laboy! Yashavor!» deya tabriklay ketishdi. Ulaming ketidan xuddi osmondan tushganday Berdiyev paydo boidi-yu:

— Durust, ancha hunar orttiribsan! Senga «Tillo bola» deb nom qo'yganim bekor ketmabdi! — deb bolalarni kuldirdi. Buni u yumshoqroq qilib, aftini burishtirmasdan aytdi. Tilaboldi esa, shu yaqin oylar ichida muallimining birinchi marta chiroyi ochilib gapirganidanrosahayratga tushgandi...

Hakim Nazir. Oqibat.-T.,2003

 


Orqaga qaytish