Hikoyalar

5528 marta o'qildi
SHODIVOYNI KIM CHALG'ITDI?

     Shodi keyingi kunlarda o'qishdan kechikib qaytadigan bo'lib qoldi. Roziya opa dastyorga zor bo'lib, o'g'lini kut-gani kutgan. Ikki kichik bolasidan qo'li bo'shamaydi. Uy-joygami, qozon-tovoqqami, boshqa yumushlargami qaray desa, kichkintoylar har xil o'yin, xarhashalari bilan onani band qilganlari-qilgan. Mana bugun ham Shodi qorong'i tushishga yaqin qip-qizarib kirib keldi.

 SHODIVOYNI  KIM  CHALG'ITDI?

     Shodi keyingi kunlarda o'qishdan kechikib qaytadigan bo'lib qoldi. Roziya opa dastyorga zor bo'lib, o'g'lini kut-gani kutgan. Ikki kichik bolasidan qo'li bo'shamaydi. Uy-joygami, qozon-tovoqqami, boshqa yumushlargami qaray desa, kichkintoylar har xil o'yin, xarhashalari bilan onani band qilganlari-qilgan. Mana bugun ham Shodi qorong'i tushishga yaqin qip-qizarib kirib keldi.

—    Hoy, bola, namuncha hayallamasang? Vaqtida qaytib, ukalaringa qarab tursang bo'lmaydimi-a? — dedi zorillab oyisi.

Shodi esa har kungi gapini qaytarib:

—   Maktabda hashar bor dedim-ku! — deb qo'ydi. Uning gapicha, maktabning uchastkasida sabzavot ekinlari bo'lib, shularni o'toq qilishayotganmish. Bu ishga muallim bosh bo'layotganmish.

Roziya opa o'g'lining ovozida va harakatlarida qanday-dir horg'inlik alomatlarini sezganday bo'ldi. Yaqindan ti-kildi. Shodining oriqqina betlari qizarib terchiraganday ko'rindi. Onaizor-da, yuragi achinqiradi.

— Axir munaqa ishlashda toliqib qolasan-ku, bolam! — deb uning oldiga ovqat keltirdi.

Shodi esa «qornim to'q» deb ovqatga qaramadi. Maktabda hasharchilarni ovqatlantirishganini aytdi.

Roziya opaning yuragiga qandaydir g'ashlik tushdi. Ertasi kuni ishdan qaytsa, yon qo'shnisi bir xat tutqazdi. Xat maktabdan ekan. Sinf rahbari: «Xatni olishingiz bilan yetib keling» debdi. Kunduz soat birdan oshib qolgandi, Roziya opa, hozir borsam u kishini uchratarmikinman deb ikkilanib turdi. «Baribir boshqa kunlariyam azonda ishga ketib, peshin vaqtlari qaytaman-ku» dedi-da, tavakkal qilib yo'lga chiqdi. Ne xayollarga borib, yuragini g'ulg'ula bosganicha maktabga kirib borarkan, uni tanish muallim ochiq chehra bilan qarshilagach, sal o'zini bosib oldi.

Muallim so'zini:  - O'giingizdan bir-ikki marta ayttirib yuboruvdim. Kelolmadingiz. Balkim vaqtingiz bo'lmagandir, — deb muloyimlik bilan boshladi, uning so'zida gina ohangi sezil-madi. Biroq keyin Roziya opaning o'ylab tushiga kirmagan narsalarni esga soldi. Nima bo'pdi deng: tuzukkina o'qib turadigan Shodining baholari keyingi vaqtlarda pasayib ketibdi. Buni eshitarkan, Roziya opa hayratga tushib, nima deyarini bilmay qoldi. Lop etib esiga «hashar» tushdi. Bolasining o'qishda sudralib qolganiga birdan-bir sabab — shu hasharga qatnashib, dars tayyorlamay qo'ygani deb bil-gandi. Ammo buni aytishga qanday tili borsin. Bordi-yu o'sha hasharga boshchilik qilayotgan muallim shu bo'lsa-chi! Muallim, Shodining o'qishni bo'shashtirib, darslarini tayyorlamasdan kelayotganini aytib, shuning sabablarini ochishga qiziqdi. Roziya opa nima deyarini bilmay, baqray-gancha o'tirib qoldi.

—  O'g'lingizning uyda dars tayyorlashiga sharoit yaratib berilmaganmi? Yoki unga ko'p yumush qildirasizmi?

Yoshi anchaga borgan, soch-u qoshlariga oq oralagan bu nuroniy domlaning savolini javobsiz qoldirish ilojsiz edi. Ortiqcha maxtal qilib o'tish ham behurmatlik bo'lardi.

—  Bilasizmi, domlajon, o'g'lim negadir keyingi vaqtlar­da maktabdan uyga kech qaytadigan bo'p qoldi, — dedi Roziya opa ochig'iga ko'cha boshlab.

—  Kechikib qaytishi sababini surishtirmadingizmi?

—  Surishtirdim, — dedi Roziya opa nafasi ichiga tushib.

—  Nima deb javob qildi u?

Bu yog'ini aytishga tili bormagan Roziya opa:

—   A-anovi... m-maktabda... — deganicha u yog'iga o'tolmadi.

—  Nimani istihola qilyapsiz? Aniqroq qilib aytavering, opajon!

—  H-haligi h-hashar bor, deydi.

—  A-a? Qanaqa hashar ekan? — dedi hayratga tushib muallim.

Roziya opa qattiq xijolat chekib bo'lsa-da, o'g'Iining sabzavot o'tog'i to'g'risidagi gapini aytarkan. muallimning kiftlari ko'tarilib, qoshlari kerilib ketdi. Shu choqqacha o'zini bosib, xotirjam suhbatlashayotgandi, yo'sini o'zgaril-gan holda dedi:

—    Nahotki   o'quvchilarga   shunaqa   ish   qildirilsa?  Maktab hovlisining bir chekkasiga qorovul ozgina po-mildori, piyoz ekkan. Ularga qarash qorovulning o'zidan ortmaydi-ku! O'g'lingiz bu gapni qayerdan, nima sabab-dan to'qidi ekan-a?

Muallim shartta o'rnidan turib yo'lakka chiqdi-da, bir bolaga «Shodini chaqirib kel-> degandi, bola Shodining oxirgi darsga kirmasdan ketib qolganini aytdi. Muallim Roziya opadan qat'iy iltimos qildi:

— O'g'lingizni tezda topib, oldimga keltirsangiz. Men kutaman...

Roziya opa uyi tomon tez-tez yurib borarkan, ko'zlari alang-jalang bo'lib, har yoqqa besaranjom jovdirardi. Katta ko'chaning narigi tomonida bir yelkasiga kitob, daftarlar solingan jildini, bir yelkasiga kattagina xaltani ortmoqlagan bola ko'rindi. Bola qizg'ish ko'ylagi-yu sariq shimi, pildirab yurishi bilan Shodiga o'xshab ketardi. Ha, ha o'shaning o'zi! Roziya opa to'satdan:  «Shodivoy!» deb baqirvordi. Bola eshitmadi. Keyin Roziya opa shosha-pisha ko'chani kesib o'tdi. Shodi uyi tomongamas, orqa tomonga qarab ketmoqda edi. Roziya opa yana bir ovoz berdi. Ketma-ket o'tib  turgan   mashinalar shovqinidan   Shodi   eshitmasdi. Shundan   keyin   Roziya opa indamasdan  uning ketidan ergashdi. O'gii yelkasidagi yuk bilan qayerga borayotgani-ni bilmoqchi  bo'ldi.   Shodi bir ko'chaning burilishidagi guzarga borib to'xtadi. Xaltasini o'z oldiga turli mevalar, sabzavotlarni   yoyib   o'tirgan   keksa   baqqolga   topshirdi. Xuddi  shu  tobda  yoniga  borib  to'xtagan  oyisiga   ko'zi tusharkan, Shodi naq dovdirab qoldi. Oyisining: «Ha, nima qilib    yuribsan?»    degan    savoliga   javob    topolmadi. Baqqolning yonida turgan novcharoq bola Roziya opaning avzoyi buzilganini ko'rib, o'rtaga tushdi:

—  Opoqijon Shodini urishmang. U bizga qo'shnichilik qildi, — deb qo'ydi.

Roziya opa baqqol bilan bolaning shu mahalla etagida-gi qo'shnilar ekanini bilib turardi. Ammo ko'ziga bular be-gonadan battarroq ko'rinib ketishdi.

—  Tuzuk, — dedi kesatib, — qo'shnidan foydalanish yo'lini topibsizlar...

—  Kechirasiz, kelin, biz bolangizni majbur qilganimiz yo'q. Baraka topkur o'z ixtiyoricha maktabdosh o'rtog'iga ko'maklashib yuribdi-da.   —  Ko'maklashganiga qarshi emasman, — dedi Roziya opa zo'raki muloyimlik bilan va iltimos ohangda so'radi: — Siz menga aytingchi, amakijon, qachondan beri ko'mak-lashyapti?

—   Shu bir-ikki hafta bo'p qoldi shekilli-a? — deb baqqol bolasiga qarab oldi.

Roziya opa bular bilan ortiq adi-badi aytishib o'tirishni lozim ko'rmadi-da, o'g'lini yoniga olib qaytdi. Yo'lakay o'zini arang bosganicha so'radi:

—  Aytgin-chi, bularga faqat yuk tashishda yordam ber-dingmi, yo boshqa ishlardayammi?

Shodi damini chiqarolmay borardi. Oyisi o'zini bosib, yaxshilikcha so'rayvergach, ming'illab javob qildi. Uzuq-yuluq aytgan gaplaridan shu narsalar anglashildi: Shodini o'rtog'i kuniga o'qish tugar-tugamas uyiga olib ketarkan. Bozordan keltirilgan ko'k piyoz, ukrop, kashnichlarning kattakon bog'larini mayda-mayda bog'chalarga ajratib bog'lash, sabzi archish-to'g'rashda qarashtirarkan. Bu narsalar tayyor bo'lgandan keyin xaltalar, savatlarga solib baqqolga yetkazisharkan.

Shodi bu gaplarni qanchalik qiynalib aytgan bo'lsa, oyisi shunchalik g'ijinish bilan tingladi. Bextiyor xayoliga shu savollar keldi: Shodi ularga nima sababdan bunchalik elakishib qoldiykin?

—  Balki u bola senga o'qishda yordam berayotgandir-a?

—  Yo'q! — dedi Shodi qat'iy qilib. — Uning o'zi past bahoda o'qiydi.

—  Bo'lmasa o'zing nima maqsadda ularga qarashyap-san? Ehtimol senga biron narsa va'da qilishgandir-da?

Shodidan sado chiqmadi. Roziya opaning shubhasi yanada oshdi. O'g'lining maktabdagi hashar to'g'risida oldingi aytgan gaplari yolg'on ekanligi anglashilgandi. Shunday bo'lsa-da, sinamoq niyatida hashardan so'z ochmoqchi bo'ldi. Uyga kelishgandan so'ng o'g'lini ayvon-ga o'tqazib qo'yib, bosiq tovushda so'radi:

—  Aytgin-chi, o'g'lim, o'rtog'ingga shuncha yordam lashib, yana maktabdagi hasharga qanday vaqt top ding-a?

Shodining rangi quv o'chib ketdi. Javob o'rniga kutil maganda   tomog'iga   bir   nima   tiqilganday   ihrab,   so' big'illab yig'lab yubordi. Xayoliga kelmagan hodisa     bergandi.  Qattiq achinish bilan termilib turgan onasiga biron og'iz so'z aytishga tili ojiz, o'zini yo'qotgandi.

—  Sen nodon bola, oyim hamma kamchiligimni kechir-sayam, yolg'onchiligimni kechirmas deb o'ylamayapsan-a? Agar o'ylaganingda bor gapni mendan yashirmasding! Gapir!

O'g'lidan sado chiqavermagach, ona oxirgi fikrini bildirdi:

—  Bo'pti, maktabga boramiz. O'qituvching seni kutyap-ti. Unga hamma gapni aytib berasan.

—  Qo'ying, bormang, oyijon! — deb tomdan tarasha tushganday shovqin solvordi Shodi va big'illab yig'lagan ko'yi oyisining bo'yniga osildi. — O'qituvchimga bildirmang!..

—  O'zingni bos, bola! Qilg'ulikni qilib qo'yib, bekorga ayyuhannos solma! Oyingaki sir aytmadingmi, ustozin-gayam aytmay ko'r-chi!

Roziya opa shuni aytdi-yu nari ketdi, hovlida shovqin-suron ko'tarilib koptok tepishayotgan bolakaylami tinch-lantirishga tushdi. Shodi esa, xuddi hoziroq oyisi maktabga borib o'qituvchiga hamma gapni aytib qo'yadiganday cho'chib tushgandi. Yugura borib oyisiga yopishdi. Roziya opa uni yetaklab uy ichkarisiga olib kirdi-da:

—  Qani aytadiganingni ayta qol meni qiynamay! — deb undan qattiq talab qildi.

Yig'isini zo'rg'a bosib olgan Shodi entikib, tutila-tutila gapga tushdi. Uzuq-yuluq so'zlaridan chiqqan lo'nda xulosa shu edi: Shodi baqqolga bekordan-bekorga qarash-magan. Baqqol ikki bolaga sherik bo'lib minish uchun velosiped obermoqchi bo'lgan. Shu bilan birga kuniga issiq somsa oberib Shodining qornini to'yg'azib turgan. Bu gaplar Roziya opaning g'ashini keltirib, asabini buzib yubordi. Bolasining shunchalik past ketganiga o'ksib, yura-gi siqilib ketdi. «Nahotki bolamning arzimagan havasini ham darrov qondira qolish qo'limdan kelmasa-ya. Otasi hayot bo'lganda shunga yo'l qo'yarmidi» degan og'ir alam qalbini o'rtab o'tdi.

—  Sen laqma shu anchayin va'dalarga uchib o'qishing-ni bo'shashtirib yuboribsan-da.Yanatag'in buyog'ini yashirib, hasharni to'qib chiqarganing, o'qituvching oldida meniyam subutsiz qilib qo'yganing-chi! Bu qilg'uligingni       nima  deb  atash  kerak-a?   G'irt  yolg'onchilik-ku!   Kim o'rgatdi senga bu bo'lmag'urodatni, a?                               

Shodi yana piqillay boshlagandi. Roziya opa qattiqqina jerkidi:

—  Meni yig'lab yengmoqchi bo'lma, bola! Bu ayblaring uchun kechirim so'rashing kerak. «Ikkinchi bunaqa noma'qulchilikni qilmayman!» deb va'da berishing zarur! Bo'masa-chi...

Oyisining qattiq avzoyi buzilganini sezgan Shodi titroq tovushda:

—  Kechiring, oyijon, endi qilmayman! — deb ming'irladi.

Sal o'tib xiyol taftidan tushgan ona, dastro'moli bilan tantiqqina bolasining ko'z yoshlari-yu, burnini artib qo'ydida, yotig'i bilan o'git berdi:

—  Maktabda mualliming sendan bezovta. Unga ham bor gapni aytasan-da, kechirim so'raysan. Xo'pmi?

Shodi cho'chib tushdi. Javob kutayotgan oyisiga:

—  Qanday qilib?.. — dedi-yu, boshqa so'z aytolmadi.

—  Menga qanday qilib aytib bergan bo'lsang, ustozin-gayam shunday qilib... Ha, mard odam xato qilib qo'ysa,   | shu xatosini bo'yniga olib kechirim so'rashdan qochmaydi. Bordi-yu ustozingga o'zing aytishga qiynalsang, men aytib bera qolaman.

—  Yo'q, aytmang, jon oyijon!..

Shodivoy o'n ikki yoshhkkina umrida birinchi dafa shunday og'ir, mushkul ahvolga ro'para kelgandi...

Hakim Nazir Oqibat. T.2003.


Orqaga qaytish