Hikoyalar

5019 marta o'qildi
OQ O'RIK

Uning otini bekorga G'ayrat deb qo'yishmagan ekan. O'zi ushoqqina, qizchalarday nozikkina bo'lsa-da, harakatlari chaqqon, hozirjavob bola. Oyisi aytgan ish-larni galga solmasdan, o'sha zahotiyoq o'rniga qo'yadi. O'rniga qo'yolmasa, ochiqchasiga iqror bo'ladi. Oyisi biron narsa uchun ko'chaga chiqmoqchi bo'lsa, G'ayrat darrov: «Ayting, men borib kela qolay!» deb turib olishi ham bor.

OQ    O'RIK

Uning otini bekorga G'ayrat deb qo'yishmagan ekan. O'zi ushoqqina, qizchalarday nozikkina bo'lsa-da, harakatlari chaqqon, hozirjavob bola. Oyisi aytgan ish-larni galga solmasdan, o'sha zahotiyoq o'rniga qo'yadi. O'rniga qo'yolmasa, ochiqchasiga iqror bo'ladi. Oyisi biron narsa uchun ko'chaga chiqmoqchi bo'lsa, G'ayrat darrov: «Ayting, men borib kela qolay!» deb turib olishi ham bor.

Xurshidaxon kechasi aloq-chaloq tush ko'rib chiqdi. Azondan o'zini betinch sezdi, yuragi g'ash tortdi. G'ayrat oyisining kayfiyati buzuqhgini sezgach, darrov :

—  Ayajon, nimaga diqqatsiz? — deb so'roqqa tutdi.

—  Buvijoningni mazalari boimay yotuvdilar. Ahvollari qanaqaykin-a? Kecha oldilariga borolmadim. Bugun ishdan keyin boray desam, sabrim chidamayapti. Bitta dori olib qo'yganman. Shuniyam yetkazishim kerak edi.

—  Unaqa bo'lsa men bora qolaman, ayajon, o'qish vaq-timgacha! — deb G'ayrat tayyorligini bildirdi.

—   Yo'q endi, kechroq o'zim boraman, — dedi Xurshidaxon.

—  Unaqa demang, ayajon, men hozir boraman. Qani, dorini bering! — deb G'ayrat qattiq turib oldi.

Oxiri Xurshidaxon ko'ndi. Qog'ozga o'ralgan dorini o'g'ilchasi qo'liga tutqazdi, buvisiga aytadigan gaplarni uqtirdi.

G'ayrat yo'lga chog'lanarkan:

— Yananima oboraman buvijonimga? — dedi ayasiga savol nazari bilan boqib. (Odatda ayasi kampirni ko'rgani borganida kasalga yoqadigan biron narsa ko'tarib borguvchi edi-da.)

—  Sen shundoq boraverasan, — degan javobni olarkan, G'aratga bu yoqinqiramay, yelkasini qisgancha chiqib ketdi...

Shu   kuni   kechga   tomon   ona-bola   uyda   uchra-shisharkan, bir-birlariga hayrat bilan boqib qolishdi. G'ayrat ayasiga qanday gap boshlashni bilmay turgandi. Ayasi o'rtadagi o'ng'aysizlikni yo'qotish uchun:

—  Sen buvijoningni ko'rgani borib xursand qilibsan, — deb gap boshladi. — Innaykeyin sovg'ayam olib boribsan-mi?

G'ayrat o'zini noqulay sezib, tutilib turgach:

—  Sovg'am buvijonga yoqmabdi-ku, — deb ochig'iga ko'chdi.

—  Nima sovg'a oborganding-a? — dedi o'smoqchilab oyisi.

G'ayrat javob o'rnida shundoq ayvon labidagi likopcha-da turgan mevaga ishora qildi.

Xurshidaxon yaqinroq borib, oq o'rikni qo'liga olib ko'rarkan:

— Voy, buni kim opkeldi? — dedi ajablanganday bo'lib. Hali buvijoningga oborgan sovg'ang shumidi? Yaxshi o'rik-ku, nega yoqmadi ekan-a?

G'ayrat uyog'ini aytolmay aftini bujmaytirib turaverdi. Xurshidaxonning toqati toq bo'ldi-da:

—  Aytishga tiling bormasa, o'zim aytib qo'ya qolaymi, a? Sen ana shu o'riklarni ko'ylaging ichiga, cho'ntagingga tiqib oborgansan-da, buvijoning oldiga to'kib solgansan. Buvijoning bu qilig'ingga hayron qolib: «Bularni qayerdan opkelding?» deb so'raganlarida «bitta joydan» degansan-u, anig'ini aytmagansan. Shundan keyin buvijoning bu ishing-dan xavotirga tushganlar-da, «o'riklarni qayerdan olgan bo'lsang, o'sha joyga oborib topshirgin» deb qaytarib berganlar. Shundaymi?

G'ayrat: «Him» deganday, bosh qimirlatib qo'ydi.

—  Menga ochig'ini ayta qol, o'g'lim. Bu o'riklarni qa­yerdan oluvding-a?

—  Anuv... Yo'ldagi... — deb dudug'landi G'ayrat.

— Tushuntirib gapir-chi, o'g'lim. Qaysi yo'ldagi? — deb ayasi surishtirishini qo'ymadi.

G'ayratning uzuq-yuluq javoblaridan Xurshidaxon shu joyni ko'z oldiga keltirdi: bular turishadigan tor ko'chaning narigi muyulishida Salim cho'loq degan cholning mevazor maydonchasi bor. Shu maydoncha devoridan mevalarning shoxlari ko'chaga osilib yotibdi. G'ayrat shundan foydalan-gan ekan...

—  Birovning mevasini so'ramasdan olish nima deb ata-ladi, o'g'lim? Gapir-chi. Aqling yetar deyman? To'rtinchi sinf o'quvchisisan-ku!

G'ayrat o'sha o'rikdan o'tgan-ketgan odamlar qoqib yeyishganini aytib, o'zini oqlamoqchi bo'ldi.

—   Agar bilsang, so'ramasdan olingan narsa harom hisoblanadi. Ha, buni halollash kerak bo'ladi, — dedi-da, Xurshidaxon uyga kirib, yuz so'mlik pul olib chiqdi. Pulni o'g'liga tutqazib, tayinladi: Bilib qo'ygin Salim ota mevalarini sotib tirikchilik qiladi. Oldiga borgin-da: «Otaxon, hali o'rigingizdan qoqib olib ketuvdim. Shuning haqini oyim berib yubordilar* degin-da, pulni berib kelgin.

G'ayrat bu kutilmagan topshiriqdan dovdirab turdi-da, keyin o'zining sharttakiligini qilib:

—  Bo'miydi! — deb yubordi.

—  Nega bo'lmas ekan?

—  Urishib beradi!

—  Urishmaydi, — dedi Xurshidaxon. — Qaytaga-chi, xursand bo'lib, duo qiladi.

Xullasi G'ayrat oyisining aytganini qilishga majbur bo'lib, chiqib ketdi.

Xiyol o'tmay, og'zi qulog'ida bo'lib qaytib keldi. U borib, otaga: «0'rigingizdan olib ketganidim, shuning puli-ni opkeldim» deb pul uzatgan ekan. Choi: «0'rigimdan olib yegan bo'lsalaring roziman» debdi-da pulni qaytaribdi. G'ayrat esa: «Qaytarib oborsam, oyim urishadilar» deb pulni uning oldiga tashlabdi-da, qochib kelibdi.

—  Yaxshi qilibsan, o'g'lim. Ana endi meva bizga halol bo'ldi, yesak bo'ladi, — dedi, o'rikni vodoprovod suviga chayib kelib, o'rtaga qo'ydi. Shirin-shakar oq o'rikni mazza qilib yeyishdi.

Ertalab Xurshidaxon o'g'li bilan nonushta qilib o'tir-gandi. Eshik taqilladi. Chiqsa, boshiga ko'k matoni salla qilib o'ragan, bir qo'lida hassa, bir qo'ltig'ida savat ko'tar-gan oppoq soqolli chol turibdi. U, quyuq salom-alikdan so'ng, oq o'rik to'la savatini yerga qo'ydi-da, bir idish so'radi. Xurshidaxon iymanibgina bir likopcha olib chiqqandi. Choi uni liq to'latib o'rik solib berdi. Ketidan xushmuomalalik bilan:

—  Qachon meva yegilaring kelsa, oldimga chiqinglar. Xudoga shukur, bog'imda mevalar serob, — dedi-da sava-tini qoitig'iga olib, hassasini do'qillatgancha oqsoqianib guzar tomon yoi oldi.

Xurshidaxon    likopcha    to'la    o'rikni    xontaxtaga qo'yarkan:

—   Buni endi buvijonga olib borsang, xursand bo'lib yerdilar-da, — degan edi, G'ayrat:

—  Bo'pti! — deb o'midan qo'zg'aldi.


Orqaga qaytish