Hikoyalar

5345 marta o'qildi
Shoshilinch xat

Xat tashuvchi eshikda o'ynab yurgan Ra'noning qo'liga bir konvert tutqizib ketdi.

Ra'no hovliqib uyiga chopqilladi:

—  Xat, oyijon! Adamdan xat! — deb chinqirganicha oshxonada turgan oyisiga konvertni uzatdi. Lining dadasi uzoq safarda, uni kutishayotgandi.

Shoshilinch xat

 

  Xat tashuvchi eshikda o'ynab yurgan Ra'noning qo'liga bir konvert tutqizib ketdi.

Ra'no hovliqib uyiga chopqilladi:

—  Xat, oyijon! Adamdan xat! — deb chinqirganicha oshxonada turgan oyisiga konvertni uzatdi. Lining dadasi uzoq safarda, uni kutishayotgandi.

Layloxon konvertni olib, ustidagi «Mahmudovaga» degan o'z familiyasini ko'rarkan, quvonib ketdi. Konvertni ochmoqchi bo'lganda ko'zi uy nomeriga tushdi-yu ochish-dan to'xtadi. Nomer boshqa. Ha, bu xat familiyasi bir bo'lgan qo'shnisi Qumri opaga tegishli.Yanaunda «Shoshilinch» degan so'z ham bor edi. Bu so'z Layloxonni o'ylatib qo'ydi. Ko'chaning narigi boshida yashovchi Qumri opaga xatni darrov yetkazish kerak, Shuni aytib ko'chaga chiqmoqchi bo'lganda, Ra'no:

—  Menga bering, oyijon. O'zim oborib beraman! — deb oyisi qo'lidan konvertni yulqib oldi-yu, chopqillab ketdi.

Ra'no shu ketganicha uzoq qolib ketdi.

Layloxon kuta-kuta toqati-toq boidi. «Balki bu go'dagim Qumri opanikini bilmasa qidirib yuribdimi* degan xayol bilan ketidan yugurdi. U yerda Ra'no yo'q. Ko'chaning u yoq-bu yog'iga alangladi—ko'rinmaydi. «Shu qizcham o'zi boshqacharoq chiqyapti-da. O'yinqaroq. Yerga ursa ko'kka sakraydi. Biron yoqqa boshi og'ib, o'ynab ketgan bo'lsa-chi!?» deb qattiq xavotirga berildi. Hali olti yoshga yetmagan qizaloqqa shu ishni ishongani uchun o'zini koyidi.

Uyidan narigi ko'chadagi militsiya punktiga qo'ng'iroq qildi. Militsiyaning savoliga javoban qizchasining yoshi, afti-basharasini, ustidagi kiyimlarini aytib berdi.

Uyda o'tirolmasdan o'ziyam axtarishga tushdi.

Ko'chama-ko'cha sarson bo'lib yurganda, bir to'y usti-dan chiqib qoldi. O'sha to'yxonadan Qumri opa bilan Ra'no chiqib kelishayotgan ekan. Qumri opa o'zida yo'q    xursand, Ra'noni achomlab olganicha shoshilib kelayot-gandi.

Ra'no  oyisini   ko'ra   solib,   harsillaganicha   chiyild tovushi bilan maqtanishga tushdi. Aytishicha, Qumri opan' qidira-qidira   nechtayam   qo'shninikiga   kirib   chiqibdi. Birlari u yoqni ko'rsatishibdi, birlari bu yoqni. Axiyri yugu ra-yugura to'yxonadan topib olganiga juda vaqti chog'.

Qumri opa esa bu shoshilinch xat o'z vaqtida qo'liga yetib kelganidan sevinchi ichiga sig'mas, Ra'noni cho'lpil-latib o'pardi.

— Xatni o'g'lim armiyadan yozibdi. Bir yildan beri qat-tiq sog'inib yuruvdim. Kelmoqchi ekan. Tezda pul yuboring debdi. Yaxshiyamki shu shakaringiz umri uzoq bo'lgur, baraka topkur meni qidirib vaqtida topibdi. Shunday chaqqon qizni tarbiyalagan sizga rahmat. Agar xat to'xtab qolsa-chi, u yoqda o'g'ilginam mahtal bo'p qolarkan.

Qumri opa hoziroq pochtaga chiqib, o'g'liga pul jo'natvorishga shoshildi...


Orqaga qaytish