O`zbek mumtoz adabiyoti

4974 marta o'qildi
MAHMUD KOSHG'ARlY

XI asrda Markaziy Osiyo tuprog'ida qoraxoniylar davlati hukmronlik qilgan. Bu davlat Sharqiy Turkistondan tortib Hazar (Kaspiy) dengizigacha bo'lgan ulkan maydonni o'z ichiga olgan. Markazlashgan qoraxoniylar davlati o'z tasarrufidagi xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida mislsiz yuksalishlarni vujudga keltirdi. Xuddi mana shu davrda turkiy xalqlar shuhratini butun olamga yoygan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») va  koshg'arlik qomusiy  bilim egasi  Mahmud  Koshg'ariyning «Devonu   lug'otit   turk»   («Turkiy   so'zlar   devoni»)   asarlari yaratildi.

MAHMUD  KOSHG'ARlY (XI asr)

«Devonu lug'otit turk»dagi qadimiy qo'shiqlardan namunalar

 

 Eshitib ota-onangning,

 So'zlarini qadrla.

 Molu mulking ko'paysa,

 Mag'rurlanib quturma.

 

O'rgan aning biligin,

Kunda angar bam.

Qutqiliqin taping'il,

 Qo'zg'il kuvaz nam.

 

Mazmuni:

 

         Agar bilimdon odamga yo'liqsang, har kuni unga bor,

         yaxshi muomala bilan uning ilmu hikmatlarini o'rgan,

         takabburlikni tashla.

 

MAHMUD KOSHG'ARlY VA UNING

«DEVONU  LUG'OTIT TURK»

ASARI HAQIDA

 

             XI asrda Markaziy Osiyo tuprog'ida qoraxoniylar davlati hukmronlik qilgan. Bu davlat Sharqiy Turkistondan tortib Hazar (Kaspiy) dengizigacha bo'lgan ulkan maydonni o'z ichiga olgan. Markazlashgan qoraxoniylar davlati o'z tasarrufidagi xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida mislsiz yuksalishlarni vujudga keltirdi. Xuddi mana shu davrda turkiy xalqlar shuhratini butun olamga yoygan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») va  koshg'arlik qomusiy  bilim egasi  Mahmud  Koshg'ariyning «Devonu   lug'otit   turk»   («Turkiy   so'zlar   devoni»)   asarlari yaratildi.

«Devonu lug'otit turk» hijriy 469, milodiy 1076—1077 yillarda yozib tugallangan.

Mahmud Koshg'ariyning asl ismi Mahmud Ibnulhusayn ibn Muhammadil Koshg'ariy bo'lib, uning bobosi Qashqarda tug'ilgan bo'lsa ham, ammo u asosan Bolasog'unda yashagan.

Mahmud Koshg'ariyning tug'ilgan yili aniq emas. U o'z asari ustida uzoq yillar ishladi, ko'p yillar yurtma-yurt kezib material jamladi: yuqori Chin (Qashqar)dan tortib Movarounnahr, Buxoro, Xorazm, Farg'ona va uning atroflarida yashovchi qabila hamda urug'larning kasb-kori, turar joyi, turmushi va tilini o'rgandi, qo'shiq, maqol hamda boshqa madaniy boyliklarini to'pladi. U o'zi to'plagan bu materiallradan u yoki bu urug', qabila tilidagi muayyan so'zlarni izohlash maqsadida foydalandi. Shuning uchun «Devonu lug'otit turk»da she'riy asarlar yaxlit holda emas, balki ayrim so'zlarni izohlash ehtiyoji tug'ilgandagina kcltirilgan.

«Devonu lug'otit turk»dagi she'riy parchalarda turkiy xalqlarning sevgi, mehnat, tenglik, hunar o'rganish, bilim olishga intilish, erkin hayot hamda tabiat va jamiyat haqidagi orzu-o'ylari, o'ziga xos falsafasi o'z ifodasini topgan.

«Devonu lug'otit turk»dagi she'riy parchalarning ko'p qismi pand-nasihat, o'gitlardan iborat. Ularda ilmning fazilati, olimlarga hurmat, mehmondo'stlik, xushxulqlik targ'ib etiladi. Molparastlik, baxillik va xiyonat kabi illatlar qoralanadi. Bu narsa qadimiy qo'shiqlardagi pand-nasihat (didaktik) mavzuining turkiy xalqlar adabiyotida, ayniqsa she'riyatida juda qadim zamonlardan davom etib kelayotganligidan dalolat beradi.

Juda ko'p shoiru olimlar molparastlik, manfaatparastlikni qoralab, bu xildagi illatlardan yiroq bo'lishga da'vat etganlar. «Devonu lug'otit turk»da xuddi shu mazmundagi qo'shiqlarning namunalari kcltirilgan. Bu qo'shiqlarni yaratgan bizga noma'lum shoirlar mol-mulkka havas qo'ymaslik, agar molu davlat oshib-toshib ketsa, unga mag'rurlanib ketmaslik lozimligini alohida uqtirib o'tganlar. Ular farzandlarga ota-onalarning bu haqdagi so'zlarini doimo yodda saqlash lozimligini ta'kidlaydilar. Chunki ota-onalar o'z farzandlarini faqat yaxshilikka, ezgulikka o'rgatadilar. Mahmud Koshg'ariy o'z asarida kcltirgan quyidagi qo'shiq xuddi ana shu mazmunda yaratilgan:           

                     

Eshitib ota-onangni,

So'zlarini qadrla.

Molu mulking ko'paysa,

Mag'rurlanib quturma.

 

Mol-mulk halol mehnat orqali qo'lga kiritilgan bo'lsa, unga mag'rurlanib ketmaslik kerak. Mabodo, mol-mulkka biror zarar yetsa, ortiqcha kuyinish ham kerak emas. Chunki haqiqiy inson mol-mulkka mehr qo'ymasligi, unga befarq munosabatda bo'lishi lozim. Qo'shiqdagi da'vatga ko'ra, haqiqiy inson hamma vaqt, har qanday holatda ham ota-onaning o'gitlariga amal qilishi lozim. Ana shunda uning hayoti mazmunli, turmushi farovon o'tadi.

«Devonu lug'otit turk»da keltirilgan pand-nasihat she'rlar faqat real hayot ko'rinishlariga baho berish emas, balki ayrim hayotiy lavhalar orqali inson urnrini, uning hayoti mazmunini qadrlashga chorlashdan iborat.

Bu xildagi qadimiy qo'shiqlar turkiy xalqlarning uzoq ajdodlari tomonidan yaratilgan bo'lib, ular nasllardan-nasilarga o'tib, sayqal topib kelgan. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asari orqaligina ular bizning zamonamizga yetib kcldilar va yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb et-moqda.

 

 

 

O’zbek adabiyoti 5 sinf.

 


Orqaga qaytish