Ota-onalar uchun

5372 marta o'qildi
FARZANDingizning ko'z nurini asrang

Yurtimizda milliondan ortiq bolajonlar turli koz kasalliklaridan aziyat chekadilar. Axir odam 90% malumotni korish orqali oladi-ku. Endi oylab koring, kozi yaxshi kormaydigan bola atrof-tevarakni, dostlari, odamlarni qanday tasavvur qiladi?

FARZANDingizning ko'z nurini asrang

Yurtimizda milliondan ortiq bolajonlar turli koz kasalliklaridan aziyat chekadilar. Axir odam 90% malumotni korish orqali oladi-ku. Endi oylab koring, kozi yaxshi kormaydigan bola atrof-tevarakni, dostlari, odamlarni qanday tasavvur qiladi? Shuning uchun ota-onalar FARZANDlarining sogligiga befarq bolmasliklari, vaqtida shifokor nazoratida bolib, bolalarining kozlarining tiniqligi va otkirligiga ahamiyat berishlari juda muhim. Ayniqsa, koz nuri haqida gap ketganda, vaqtida davolash ota zarur.

Profilaktika

- oftalmologning profilaktik tekshiruvi

FARZANDingiz yetti yoshga tolgunga qadar kamida 5 marta oftalmolog nazoratida bolish kerak (6 oylik, bir yosh, uch yosh, besh yosh, yetti yosh); keyin har ikki yilda. Tekshirish jarayonida shifokor qovoq va koz yosh ajratuvchi yollar, koz qorachigi holati, ularning joylashuvi va harakati, hamda bolaning ranglarni ajratish qobiliyatini tekshirib koradi.

- kozlar uchun moljallangan mashqlar

FARZANDingizning korish qobiliyatini yaxshilash uchun bir necha mashqlarni oyin tarzida amalga oshirsa boladi. Ularni doimiy ravishda takrorlab tursangiz, korish qobiliyatini yaxshilaydi va charchoqni oldini oladi.

1) kozlaringiz bilan geometrik shakllarni chizishni mashq qiling tortburchak, aylana, oval, uchburchak.

2) kozingizni ongga, keyin chapga buring (boshingizni qimirlatmang).

3) bir necha sekund oldinga diqqat bilan qarang, keyin sekin burningizni uchiga qarang.

4) korsatkich barmogingiz bilan asta-sekin kozingizni atrofini yengil harakatlar bilan uqalang.

- bolalarga moljallangan vitaminli preparatlar

FARZANDingizga biror vitamin sotib olayotganingizda uning tarkibida beta-karotin borligiga ahamiyat bering. Shuningdek, chernika ekstrakti ham korish qobiliyatini kuchaytiradi, koz qon tomirlarining devorini mustahkamlaydi, kozdagi charchoqni oladi.

- ovqatlanishiga ahamiyat bering

FARZANDingizning taomiga ahamiyat bering. Baliq, yongoq, shaftoli, olxori, bulgor qalampiri (bolgarskiy), ismaloq (shpinat), fasol kabi mahsulotlar koz nurini oshiradi.

Xavotirli belgilar:

- nimanidir yaxshilab korish uchun bola nafaqat kozi bilan intiladi, balki boshini ham u tomonga buradi;

- istagan narsasini olayotganda kozini pirpiratadi;

- bitta kozi yaxshi ochilmaydi;

- qomatini tikka ushlamaydi (qaddini tik tutmaslik natijasidagi bosh miyadagi qon aylanishining yomonlashishi korish bilan bogliq muammolarni keltirib chiqaradi);

- oqishdan tez charchab qoladi;

- bosh ogriydi yoki kozi ogriydi.

Korish qobiliyatining yomonlashuviga nimalar tasir qiladi?

- virus va infeksiyalar;

- nasldan-naslga otuvchi faktorlar;

- boshning tugruq paytida shikastlanishi (shuningdek, kichkinaligida olingan shikastlar);

- yaxshi bolmagan ekologik sharoit;

- ortiqcha bosim (televizor, kompyuter, oqish)

Davolash

Bolaning korish qobiliyati doimiy ravishda rivojlanib borgani sababli unga tashxis qoyish uchun avval diqqat bilan tekshirish lozim. Tashxisga qarab davolash usuli tanlanadi. Bazan lazer yordamida davolash mumkin, bazan tabletkalar yordamida shifo topishingiz mumkin.

Muallif: Nargiza Pulatova


Orqaga qaytish