Jahon adabiyoti

4930 marta o'qildi
Kornev Ivanovich Chukovskiy

Kichkintoylar va ularning adabiyotini umr bo'yi ardoqlagan Korney Chukovskiy 1882- yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Tez orada Chukovskiylar oilasi Odessaga ko'chadi.

 Kornev Ivanovich Chukovskiy (1882- 1969)

 

Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotining ulkan daholaridan biri Korney Chukovskiy yirik yozuvchi, shoir, taniqii olim, mohir tarjimon sifatida tanilgan so'z ustasi edi. U o'z asarlarida bolalarga xos ajoyib xislatlarni — rahmdillik va insoniylik, do'stlik va birodarlik, yovuzlikka nisbatan shafqatsizlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni targ'ib etadi.K. Chukovskiy bolalar uchun asarlar yaratish, ijod qilishni o'zi uchun katta baxt deb biladi.

Kichkintoylar va ularning adabiyotini umr bo'yi ardoqlagan Korney Chukovskiy 1882- yilda Peterburg shahrida dunyoga keldi. Tez orada Chukovskiylar oilasi Odessaga ko'chadi. Bu yerda ona ming mashaqqat bilan o'g'lini gimnaziyaga joylaydi. Bu baxt uzoqqa cho'zilmaydi. „Oshxona xizmatchisining o'g'li" bo'lganligi uchun K. Chukovskiy gimnaziyadan haydaladi.

Korney oilaga ko'maklashish, tirikchilik o'tkazish maqsadida turli yumushlarni bajarishga majbur bo'ladi. Shunga qaramay, u bo'sh vaqtlarida mustaqil o'qishga, Pushkin, Nekrasov, Chexov asarlarini mutolaa qilishga harakat qiladi.

Chukovskiyning dastlabki „San'at nima?" maqolasi 1901-yilda „OiteccKMe hobocth" gazetasida bosilib chiqqan. 1903- yilda u gazeta muxbiri sifatida Angliyaga boradi. Londonda xizmat qila boshlaydi. Lekin bu yerdagi faoliyati uzoq davom etmaydi. Gazeta unga maosh to'lamay qo'yadi. U Britaniya muzcyiga ishga kirib. tirikchilik o'tkazishga majbur bo'ladi.

1905- yilda K. Chukovskiy Odessaga qaytib keladi va bu yerda „SignaI" degan jurnal chiqara boshlaydi. Jurnal sahifalarida chor hukumati siyosatiga qarshi materiallar bosilganligi uchun uni sud qilishadi.

Keyingi yillarda u bolalar adabiyoti to'g'risida ko'plab maqo-lalar yozadi. 1907- yilda „Bolalar tili" asari maydonga keladi.

K. Chukovskiy dastlab M. Gorkiy hikoya qilib bergan sujet asosida bugungi kunda o'z ahamiyatini yo'qotmagan, badiiy baquvvat „Timsoh" ertagini yozdi. 1918- yilda esa „Archa" nomli to'plami bosilib chiqdi. O'sha yili „Jahon adabiyoti" nashriyotiga ishga kirdi. 1919- yilda N. A. Nekrasov asarlarining to'la to'plamini nashr ettirdi.

Shu yillarda uning mashhur „Moydodir", „Suvarakxon" ertaklari, „Kichik bolalar" kitobi bosilib chiqdi.

„Pashsha —xarxasha", „Barmaley", „Telefon", „Fedorao't-kazgan alam", ,,0'g'irlangan quyosh", „Doktor Voyjonim", „Filinisa kitob o'qir", „Kirpilar kuladi" asarlari Korney Chu-kovskiyning nomini olamga yoydi, kitobxonlar hurmatini qozondi.

Korney Chukovskiyning ertak-poemalarida ezgulikning yovuzlik ustidan g'alabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin kurash bo'rtib turadi. Masalan, shoirning „Moydodir" asarida bolalarning odobli, ozoda, har doim to'g'ri so'z bo'lishi va tozalikka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan.

Asar qahramoni qator fazilatlarga loyiq. Lekin bir aybi bor, faqat kir-chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xizmat qiluvchi barcha narsalar ish tashlaydi, undan yuz o'girib qochib ketishadi. Bola voqeaga tushunmay, xafa bo'lib turganida joniga yuz-qo'l yuvgich — Moydodir oro kiradi.

Yosh kitobxon hamisha hayvon, jonivor va hasharotlar haqidagi voqea-sarguzashtlarni sevib o'qiydi. K. Chukovskiyning „Suvarakxon" asari ham kichkintoylarning sevimli asarlaridan hisoblanadi. Asarda shoir hayvon, hasharot va yirtqichlarning tuzilishlari, fe'1-atvorlari, dovyuraklik va qo'rqoqliklari to'g'risida bahs yuritadi:

Sho'rlik, baxtsiz hayvonlar

Bo'kirib, dodlab yig'lar!

Har bir uyada G'or-u qiyada

Ochko'z yovga Tiz cho'kar.

Ana shunday vaziyat tug'ilib turgan paytda paydo bo'lib qolgan chumchuqning tadbirkorligi, ishbilarmonligi, chaqqonligi qo'l keladi, u suvarakni tiriklayin yutib yuboradi. Shu zaylda chum-

chuq o'rmon-u quruqlikda yashaydigan qushlar, jonivorlar, hayvon va yirtqichlarni ozodlikka, erkka, baxtli va totli hayotga olib chiqadi. Bu voqea esa bolalarning cstetik didlarini oshiradi, hayvonot olamiga nisbatan qiziqishlarini shakllantiradi, ona-Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatlarini kamol toptirishda yetakchi omil hisoblanadi.Shoirning „Doktor Voyjonim" asari bir umr bolalarga shodlik-quvonch bag'ishlab kelmoqda. Doktor Voyjonimning oqko'ngilligi, mehribonligi, jonkuyarligi, hayvonlar bilan inoq, do'stligi ibratomuz chizib berilgan.

Hayotda nimalar bo'lmaydi deysiz? Hayot ajoyib-g'aroyib voqealarga boy. K. Chukovskiy mana shunday voqealar ba'zi befahm, farosatsiz bolalar bilan ham sodir bo'lib qolishi mumkin, deydi. Mura o'y o'ylamaydigan, fahm-farosat bilan ish ko'rmaydigan qizcha. U bilan juda kulgili voqea yuz beradi. Shoir ..Muraga „Ajoyib-g'aroyib daraxt" ertagini o'qib berishganida, u nima qildi?" she'rida o'ylamay, aql ishlatmay tuflisini bog' maydoniga ekib, ostini yumshatib, suv quyib, kulgili ish qilganligini tanqid qiladi:

Mura yechib tuflisin,

Bog'ga ko'mib, der sekin:

O's, o'saqol, tuflicham,

Bo'y cho'zaqol, tuflicham!

Endi jajji tuflicham

O'z qo'limdan suv ichar.

Niholcham bo'lar daraxt,

Ulkan, g'aroyib daraxt.'

Pishib bosonojkalar

Daraxt sari yo 'I olar,

Qip-qizil sapojkalar:

—  Yulib oling'.—deb qolar.

Shoirning „Mechkay" asarida ham shunday kulgili, ta'sirli mavzu yotganligini ko'ramiz. K. Chukovskiy ta'kidlab o'tganidek, ba'zi bolalar bo'ladiki, yaxshi o'qish, ozoda bo'lish, yuvinib-taranib yurish o'rniga ko'proq ovqat yeyish niyatida yuradilar. Haddan ziyoda ko'p ovqat iste'mol qilish odamni kam o'ylaydigan qilib qo'yishini, yaxshi o'qish, ibratomuz ishlarni amalga oshirishda unga pand berishi mumkinligini tushunmaydigan bolalar onda-sonda uchrab turishini boplab tanqid qiladi:

Teshik kulcha juda soz

O'ttiz bog'lamin showoz,

Bir-bir yutay deb yechgan.

To 'rt xumcha sutni ichgan.

So'ng urib qirq to'rt quymoq

Singlim xo'p ozgan, biroq

Ko'plarni hayron etgan,

Eshikka sig'may ketgan.

Korney Chukovskiy sevimli shoir, iste'dodli adib, shuning-dek, yirik adabiyotshunos olim bo'libgina qolmay, bilimdon tarjimon ham edi. Lining „Ikkidan beshgacha" nomli mashhur tadqiqotida kichik yoshdagi bolalarning xarakter xususiyatlari, nutqi va ruhiyati xususida qiziqarli hayotiy ma'lumotlar beriladi.

Ulkan so'z san'atkori Korney Chukovskiy bolalar qalbini to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan kitoblar muallifi sifatida hurmatga sazovor. E'zozli muallifning umri, bosib o'tgan hayot yo'li ham xuddi kitoblari singari e'zozlanadi.


Orqaga qaytish