Rivoyatlar

5657 marta o'qildi
XITOYDA

Biz yo'limizda davom etib, bir mamlakatga yetib keldik. Bu yerda baland tog' bor ekan. Uning etaklaridan sersuv daryo oqib o'tarkan. Odamlar bizga: «Bu tog'da xudoning o'zi yashaydi, tog'ning turish-bitishi yoqutdan iborat», deyishdi. Men lashkarlarim bilan tog' tepasiga chiqdim. Bu yerda juda ko'p zilol suvli buloqlar-u, suv havzalari bor ekan. Yerlik aholi menga:

-  Bu tog'da bamaylixotir yurmanglar, chunki uning xudolari qudratlidir, - deyishdi.

 XITOYDA

 

Biz yo'limizda davom etib, bir mamlakatga yetib keldik. Bu yerda baland tog' bor ekan. Uning etaklaridan sersuv daryo oqib o'tarkan. Odamlar bizga: «Bu tog'da xudoning o'zi yashaydi, tog'ning turish-bitishi yoqutdan iborat», deyishdi. Men lashkarlarim bilan tog' tepasiga chiqdim. Bu yerda juda ko'p zilol suvli buloqlar-u, suv havzalari bor ekan. Yerlik aholi menga:

-  Bu tog'da bamaylixotir yurmanglar, chunki uning xudolari qudratlidir, - deyishdi.

Xudolarga qurbonlik qilishga buyruq berdim va ularga ta'zim qildim. Shu ondayoq tog' qa'ridan sehrli va g'aroyib musiqa ohanglari tarala boshladi. Shunda xudolarga ikkinchi marta ta'zim qildim. Shu payt tog' qa'ridan tovush sasi keldi. Ovoz yunon tilida edi va men quyidagi so'zlarni eshitdim:

- Shoh Aleksandr! Yo'lingda davom etishni xayolingga ham keltirma! Xuddi mana shu yerdan bir mamlakat boshlanadi-ki, uning odamlari orttirgan boy tajriba va mislsiz jasoratlari tufayli ko'pgina dushman lashkarlarim qirib tashlaganlar.

Men ovozga javoban dedim:

-  Hoy, xudolar! Sizlar shunchalik iltifot bilan meni xavf-xatardan ogoh qilayapsizlar. Aytinglar-chi, agar men lashkarlarimsiz o'sha mamlakatga borsam, orqaga tirik* qaytib kela olamanmi?

-  Boraver, Iskandar! - deb javob berdi xudolar. Chunki sen u yerda ibratli va saboq bo'ladigan ko'p narsa-larni bilib olasan.

Men tag'in savol berdim:

-  Qanday ibratli narsalarni ko'rar ekanman?

-  Hoy, podshoh! Sen bu yerda qanday qilib kichkina va kamtarona narsalardan buyuklik va go'zallik yaratili-shini ko'rasan.

Bu so'zlarni tinglagach men shu tog'ning tepasiga shahar qurdirib, uning ichida bronza haykal o'rnatish, undan keyin bu shaharni «Togiar malikasi - Aleksand-' riya» deb nomlashga buyruq berdim.

Lashkarlarimga bu mamlakatda dam olish uchun to'x-tash joyi - manzilgoh qildirib, o'zim yigirma sodiq do'st-larim bilan Katon' nomli mamlakatga jo'nab ketdim. Bu yerda biz uch kun bo'ldik. U yerdan chiqib tag'in yo'li-mizda davom etdik va tiniq suvli buloqlarga boy tog'li yerlarda o'n kunlab kezib yurdik. Nihoyat Xitoyga yetib kelganimizda men o'zimni podshoh Aleksandrning elchisi Pifaos deb tanishtirdim. Hoqon saroyi darvozalariga yaqin-lashgach hoqonga mening kelganligimni yetkazinglar, deb odamlardan so'radim. Hoqon saroyiga kiritishdan avval meni so'roq qilishga buyuribdi. Hoqonning bosh lashkar-boshisi Gundafar Xitoyga nima maqsadda kelganim sabablarini surishtirdi. Men javob qildim:

-  Men podshoh Aleksandrning elchisiman. Gundafar qayta-qayta sinovchan surishtiraverdi:

-  Bu yerga kelishdan maqsading nima? Shuni ayt! Men javob qildim:

- Podshoh Aleksandr meni Xitoy hoqonining huzuriga jo'natdi. O'zim bilan kelgan nomani shaxsan hoqonning o'ziga topshirishim kerak.

Shuning uchun ham men bu haqida senga hech narsa aytolmayman. Gundafar hoqon huzuriga kirib, bu haqida unga axborot beribdi. Shundan keyin hoqon saroyini bezatib, hamma yoqqa ipak pardalar osish va oltin taxtni tayyorlashni buyuribdi. Keyin Hoqonga ro'para bo'lgach, unga ta'zim qilmadim. U mendan so'radi:

-  Qayoqlardan va qaysi yurtlardan kelding? Javob berdim:

-  Podshoh Aleksandrning elchisiman. Hoqon so'roqni davom ettirdi:

-  Aleksandr deganing kim? Men javob berdim:

-  O'zi makedoniyalik, butun jahonni egallagan, Eron va Hindistonga hukmdor podshoh.

Hoqon tag'in:

-  Makedoniya degani qanaqa mamlakat o'zi? - deb so'radi.

Men javob berdim:

-   Mening hukmdorim Aleksandr xudolarning marhamati bilan yer yuziga hukmdor bo'ldi. Seni uning huzuriga olib borish uchun bu yerga keldim. Shuningdek, senga Aleksandrning quyidagi so'zlarini yetkazish menga topshirilgan. «Qudratli xudolarning xohishi va marhamati bilan men yer yuzidagi jamiki podshohlar ustidan yagona hukmdor boidim. Shuningdek, barcha toj-u taxt voris-larining ham hukmdori va bosh xo'jayini bo'lib tayinlandim. Kimki o'z xohishi bilan mening hukmdorligimni tan olsa, o'z mamlakati ustidan hukmdorlik qilish huquqini saqlab qoladi. Kimki mening hukmronligimni tan olmasa, unda o'z mamlakatidan va saltanatidan mahrum bo'ladi. Agar menga ishonmay sen so'zlarimdan shubhalansang, Osiyo podshohi Doro butun dunyoda qanchalik shuhrat va martabaga erishganiga qaramay, ne qismatga duchor bo'lganligini eshit. U juda ko'p urushlarda g'olib chiqib, qahramonlik ko'rsatgan. Ammo keyinchalik menga bo'ysunishni istamagani uchun saltanatdan ajralib, halokatga uchragan. Hindiston shohi Porning1 ham taqdiri shunday tugagan. Por ham avvallari juda buyuk va qudratli shoh bo'lgan, ayyorligi bilan shon-

' Por — Hindiston shohi. Eramizgacha 327- yilda hind shohi Porning lashkarlarini A.Makedonskiy askarlari qirib tashlagan. Og'ir yarador bo'lgan Por esa asir olingan, uning ikkala o'g'li jang paytida o'ldirilgan. meni chaqirishga odam, yubortiribdi. shuhrat qozongan, harbiy mahoratda cheksiz tajriba ega bo'lgan. Hamma odamlar u faqat odamlarnigina em balki xudolarning ustidan ham hukmdor, degan o's Por endilikda taxtdan ajralib, paymol qilingan. Uni qismati qanchalik qayg'uli tugagan-a! Bularning ban sabab,  menga  bo'ysunishni  xohlamagani-da!  S haqingda:   «Katta  hayotiy tajribaga ega, juda  aq donishmand kishi», degan gaplarni eshitganman. Shuni; uchun ham xuddi dushmandek son-sanoqsiz askarlari ilan ustingga bostirib bormoqchi emasman. Aksinch sening huzuringga xuddi do'stim oldiga yuborgandek, ( elchimni jo'natayapmanki, sen ham o'z xohishing bih huzurimga kelgin va men sening o'z og'zing bilan aytgi bitmas-tugamas bilimlar xazinasi boimish aqlli va doi so'zlaring mevasidan bahramand bo'lay. Agar maml; katingda diqqatga sazovor narsalar bo'lsa, menga ha: olib kel, ularga qarab lazzatlanay!»

Xitoy hoqoni so'zlarimni tinglab bo'lgach:

-  Aleksandrning ko'rinishi qanaqa? Judayam balan bo'yli bo'lsa kerak-ov? - dedi.

Men javob berdim:

-  Aksincha, u kishi pakana bo'yli! Hoqon menga:

-   Elchilik  taomiliga  ko'ra  bugun seni saroyd qoldiraman. Javobini ertaga olasan, - dedi.

Tushlik vaqti bo'lganda hoqon meni dasturxonnin eng chekkasiga o'tqazishni buyurdi. Tushlikdan so'ng meni saroy xonalaridan biriga joylashtirishni buyurdi. Me shu xonada tunab qoldim.

G'ira-shira tong qorong'isida meni uyg'otib, hoqoi huzuriga olib borishdi. Men unga ta'zim qildim.

Hoqon unga ta'zim qilganimni ko'rib, mening chindai kim ekanligimga shubhalanib qoldi.Yanaqaytadai sinchiklab so'roq qilishni buyurdi. Nomani xudd avvalgidek takrorlaganimdan keyin u shunday dedi:

-   Hozir o'qib bergan nomang xuddi kechagininj akrori. Ammo qiliqlaring bugun o'zgacha. Bugur

kechagidan ko'ra o'zingni boshqacha tutayapsan. Shunda men unga: So'zlaring chin haqiqat, hoqon hazratlari! Kecha men o'z nutqim bilan senga Aleksandrni eslatgan edim. Sen ham menda faqat Aleksandrni ko'rgansan. Bugun esa men uning elchisiman, xolos.

Shunda hoqon men uchun yelkasiga tashlab yuriladi-gan yengsiz kiyim keltirishni buyurdi va dedi:

-  Aleksandrning bo'yi qanchaligini ko'rsatib ber-chi?

-  U mening bo'yim bilan baravar, - dedim.

- Sendan sal-pal balandroqdir, - so'roqni davom ettirdi hoqon.

-  Yo'q, yo'q, - dedim men. Keyin hoqon mening bo'yimga mos ravishda kiyim

bichishni buyurdi. Libos tayyor bo'lganda uni o'rab, muhrlattirdi. Keyin menga:

-  Hoy, Pifaos! Borib mening javobimni Aleksandrga yetkaz! Unga quyidagi so'zlarimni aytib ber. «Sening shon-shuhrating, jasurliging va baxtli qismating haqida eshitganman. Shoh Doro ustidan qozongan g'alabang, Porning mamlakatida qilgan zafarli yurishlaring, shuningdek, boshqa bir qancha xalqlarni o'zingga bo'ysundirganing, ya'ni ko'pchilik ustidan g'alaba qozonib, ustunlik qilishing, mening fikrimcha, senga baxt kulib boqqanidan yuz bermagan bo'lsa kerak. O'ylashimcha, bunday bo'lishiga boshqalarning omadsizlikka duchor bo'lganliklari sabab bo'lsa kerak. Yer yuzida nimalar yuz berishi faqat qismatga bog'liqdir. Ko'rinishdan, Doro va Por mahrum bo'lgan baxtli omad sening peshonangga bitilgan ekan, shekilli! Umuman, haddan tashqari taqdirga ishonmaslik kerakligini bilib qo'ysang yomon bo'lmasdi. Kuni bitib, halokatga mahkum bo'lgan odamlarning jallodi bo'lishing uchun shunchalik qattiq jang-u jadal qilishing shartmidi? Axir insoniyatning jallodi degan nom orttirishning o'zi buyuk sharmandalik-ku! Nomangda aytilgan men sening huzuringga borish masalasiga kelganda esa mana ko'r, men sen bilan elching Pifaos tilida gaplashayapman. Mening so'zlarimni, u albatta mening tilimdan senga yetkazadi. Huzurimga kelmadi, deb mendan g'azablanma! Bizning mamlakatimizga urush qilgani bostirib kelma! Chunki bizlar hech qachon va hech kimga bo'ysunmaymiz! Men bu gaplarni biz sendan kuchliroqmiz, degan maqsadda aytayotganim yo'q. Men bu gaplarni sening foydangni ko'zlab aytayapman. Mabodo sen bizlarga urush e'lon qilib, taqdirning taqozosi bilan qo'ling baland kelib, xuddi Doro va Porni yengganingdek ustimizdan zafar qozonsang, unda hammamizni o'ldirib, iallodlikni bo'yningga olishingga to'g'ri keladi. Chunki mening xalqim qullik zanjirini toki tirik ekan. qabul qilmaydi.Yanabir narsani yodingda tut! Agar baxt sendan yuz o'girib, .ashhur bo'lib ketgan noming-u, cheksiz saltanating taqdir' qozosi bilan tubanlikka qarab ketib qolsa, inqirozga yuz tutsa-chi, chunki taqdir aldamchi, baxt qushi boshqa boshga qo'nishi mumkin! O'zimiz insonmiz-u, ammo bor kuch-g'ayratimizni o'zimizga o'xshaganlarni qirib tashlab, ko'pgina mamlakatlarni bosib olishga sarflaymiz. Keyin-chalik barcha narsalarni bizlarning xohish-irodamizga qaramasdan qo'ldan boy berib qo'yamiz. O'zimiz bosib olgan ko'pgina mamlakatlar, egallab va bo'ysundirib olgan katta-katta yerlardan mana shu kiyim kattaligidek bir-ikki quloch tuproq qoladi, xolos!»

Hoqon shu ondayoq menga o'zimning bo'yimga moslab tikilgan kiyimni berdi. Bundan tashqari u menga olmos qadalgan oltin toj, marvaridga liq to'la bo'lgan kattakon jom, o'n ming bo'lak ipak va besh ming bo'lak zar gazlama, ikki yuzta qamishdan to'qilgan naqshli bo'yra, yuzta bo'yalgan teri, mingta hindiy qilich. beshta yovvoyi ot va boshqa ko'p narsalarni tortiq qildi.

Xitoy hoqoni men bilan xayrlashayotib, shunday dedi:

- Bu sovg'alarning barini eltib Aleksandrga topshirgin.

Avvaliga tuhfalarni olmoqchi emasdim, keyin fikrim-dan qaytdim. mabodo sovg'alarni rad qilsam, shubhalanib. meni Aleksandrning o'zi ekan, degan qarorga kelmasin deb qabul qildim.


Orqaga qaytish