Hikoyalar

5648 marta o'qildi
VASIY

Bu yillar davomida Marg'uba Hakimjondan keyin to'rtta erga tegdi, beshovidan ham yolchimaganidan keyin hammasidan o'ch olish uchun har biridan qolgan yuq-uzuk bilan o'zidan besh yosh kichik, tabiatan xotin olishdan ko'ra, mol-dunyolik xotin bo'lsa tegishga moyil Javlon degan yigitga tegib oldi. Uning o'lgan xotinidan Muattar degan qizi bo'lib, bolalar uyida ekan. Buni Marg'uba ikki yildan keyin bildi. Bular bir-ikki yil binoyidek turniush qilishdi, keyin Javlon qiliq chiqardi: bir joyda ko'p ishlamaydigan, tez-tez ichadigan, xotin-xalajga aylanishadigan bo'ldi.

VASIY

 

(davomi)

 

Bu yillar davomida Marg'uba Hakimjondan keyin to'rtta erga tegdi, beshovidan ham yolchimaganidan keyin hammasidan o'ch olish uchun har biridan qolgan yuq-uzuk bilan o'zidan besh yosh kichik, tabiatan xotin olishdan ko'ra, mol-dunyolik xotin bo'lsa tegishga moyil Javlon degan yigitga tegib oldi. Uning o'lgan xotinidan Muattar degan qizi bo'lib, bolalar uyida ekan. Buni Marg'uba ikki yildan keyin bildi. Bular bir-ikki yil binoyidek turniush qilishdi, keyin Javlon qiliq chiqardi: bir joyda ko'p ishlamaydigan, tez-tez ichadigan, xotin-xalajga aylanishadigan bo'ldi. U ba'zan ko'cha-ko'yda yiqilib qolar, Marg'uba uni goh birovlarning qaznog'idan, goh birovlarning karavoti ostidan sudrab chiqarar edi. Shifokor Murod Aii singlisi Marg'ubadan allaqachonlar yuz o'girgan edi. Anvarning onasi qazo qilgan kunlarda yuz ko'rishdi-yu, biron oydan keyin ko'chirtirib keldi. Bunda Murod Ali bir tomondan yolg'izligini o'ylagan bo'lsa, ikkinchi tomondan, jigarchilik ekan, singlisiga achinib, Javlon bu yerda biroz bo'lsa ham tiyilarmikan, degan xayolga borgan edi. Biroq Javlon tiyilmadi, qayta Marg'ubaning bir dardi ikki bo'ldi: bir toikkinchi tomondan, qon yutib yurganini Murod Alidan yashirishi kerak edi. Uyda tovush chiqarmaslik uchun Marg'uba tishini tishiga qo'ygan sayin Javlon haddidan oshaverdi. Ichkisi kelsa o'zini Marg'ubadan farzand bo'lmaganidan alamzada ko'rsatar, biron xotinga aylanishsa Marg'ubaning qariligini yuziga solar, hatto birovlarning oldida ham uning betini so'rib tashlangan husayni uzumga o'xshatar, "bir qop saksovulday g'ichirlamay-shiqirlamay o'l", deb kular edi. Avvalo Hakimjonning kulgisiga, undan keyin Murod Ali va qolaversa, qavm-qarindoshning ta'nasiga qolmaslik uchun Marg'uba Javlondan ajralishni xayoliga ham keltirmas, aksincha, uning oyog'iga ming bir kishan solish yo'lini ko'zlar edi. Uning oyog'iga solingan hamma kishanlar vaqt-soati bilan zangladi, parchalandi, endigi yangi, hali-veri zanglamaydigan kishan Murod Alidan qolgan hovli-joy, mashina, kassadagi naqd pul, Anvarning onasidan qolgan bir dunyo taqinchoqlar edi. Anvarning boshi ochiq, Muhayyo bilan munosabat paydo qilishi boshqa hamma dahshatlardan tashqari mana shu kishanning zanglay boshlashi, vaqti kelib parchalanishi xavfini tug’dirar edi.

Marg'uba yuragi hovliqib, Anvarning kelishini ham kutmadi, odatdagidan kamroq va tezroq parvoz qildi: havorang shohi ko'ylagini, baland poshnasi orqaroqqa ketgan amirkon tuflisini kiydi, taqimiga tushadigan uzun, lekin ingichka ulama sochini soldi, bo'yniga qizil marjon, qulog'iga sariq baldoq taqdi, yuziga upani qalin surkab yanog'idagi ko'k xolini ko'mdi, gajaklarini chakkasiga tupuk bilan yopishtirdi, chamandagul do'ppini sap-sariq farqi ustiga qo'ndirdi, nafarmon ro'molchaga atir sepib ko'kragiga tiqdi-da, Muhayyoning onasi Muborakxonni qidirib ketdi. Muborakxonim omonat kassada ishlar ekan. Marg'uba yog'och panjaraning darchasidan boshini tiqib, salom yo'q, alik yo'q, sayrab ketdi: "Megajin qizingizni yig'ishtirib olasizmi yo'qmi! Bitta yigitning shoxini sindirganlaring yetmasmidi, endi mening jiyanim qoldimi!.. Go'ristonda qo'ymasa, ko'chada qo'ymasa!.."

Muborakxonim Marg'ubani ilgari ko'rmagan, lekin eshitgan edi, hushi uchib ketdi, mijozlar va xizmatchilardan xijolat bo'lib darrov uni ko'chaga olib chiqdi, xilvat darvozaxonaga mondan Javlonning jafosini tortsa, olib kirdi; Marg'uba Muhayyo to'g'risida aqlga sig'maydigan, og'izga olib bo'lmaydigan gaplarni gapirayotgan bo'lsa ham qarshi so'z aytsa shovqin solib odam to'plashidan qo'rqib og'irlik qildi, tezroq jo'natish payidan bo'ldi; lekin nomuslarga o'lib bo'ldi. Uyga borib Muhayyoning terisiga sornon tiqish uchun ishining tamom bolishini kutdi.

Marg'uba Muborakxonimni "loyday qilib" hordig'i chiqqandan keyin "Endi qizini tergasa ham teigaydi, tergamasa ham tergaydi", deb xotirjam bo'ldi-yu, bu haqda Anvarga indamay qo'ya qoldi.

Shu kuni kechki ovqatdan keyin ko'cha eshigi taqilladi. Anvar chiqdi. Eshik oldida sochlari to'zg'igan, ko'ylak yoqasi yirtilgan o'sha qiz qon-qon yig'lab turar, nuqul: "Bu qandoq gap! Bu qandoq bedodlik!" d'er, boshqa so'z aytgani o'pkasini sira bosolmas edi. Anvar ne mashaqqat bilan uni sal yupatib gap so'radi. Qiz onasiga Marg'uba aytgan gaplarni, ilon po'st tashlaydigan tuhmatlarni aytib berdi va "Hozir ammangiz bilan bo'lganimcha bo'laman" deb ichkariga intildi. Uning ahvolini ko'rib Anvar ham yig'laguday bo'ldi, lekin yo'Iini to'sdi, bu gaplarning tagiga yetishni va'da qilib, avtobus bekatiga eltib qo'ydi.

Anvar qaytib kelganda ammasi asabiy kayfiyatda titroqi nafas chiqarib choy puflar edi.

-  Ha, muncha hayallading, kim ekan?- dedi. G'azab vujudini tish og'rig'iday qaqshatayotgan Anvar biron dag'al gap aytib   qo'ymaslik uchun darrov javob bermadi, borib radioning qulog'ini burar ekan, do'ng'illadi:

-  O'sha o'zingiz bilgan qiz...- dedi. Marg'uba zag'chaday shaqilladi:

-  Shunaqami, juvon o'lgur senga ham qizman dedimi? Anvar baqirib berdi:

-  Menga hech narsa degani yo'q, - dedi va o'zining tovushi o'ziga erish tuyulib biroz tushdi,- men uni ikki marta ko'rdim xolos... Otini ham bilmayman!.. Lekin bekor boribsiz, amma! Shunaqa gumoningiz bor ekan, avval o'zimdan so'rasangiz bo'lmasmidi?

Marg'uba kelib uning yoniga o'tirdi va guvillayotgan radioni o'chirdi.

-  Men sendan hech narsa so'ramayman, hammasini ota-onangdan so'rab qolganman! Ota-onang seni menga topshirib ketgan. "Otasidan hovliyu mashinadan boshqa yana nimalar qoldi ekan?" deb atrofingda hid olib yurgan bitta shu megajin emasdir! Ahmoq bo'lma! Men senga bo'ladigan savdoni aytib qo'ya qolay! Sening peshonangga Muattar yozilgan, Muattarning peshonasiga sen yozilgansan! Anvar hayron bo'ldi.

-  Qanaqa Muattar?

-  Muattar bitta - Javlon pochchangning o'gay qizi! Otang yotib qolmaganda allaqachonlar fotiha qilar edik, balki to'ylaring ham bo'lar edi!

Anvar qizarib ketdi.

-   Bo' magan gapni qo'ysangiz-chi!

-  Otangning vasiyati bo'lmagan gap, bir megajinni taksilarda olib yurishing, u megajin kuppa-kunduz kuni eshigimizni taqillatib kelishi bo'ladigan gapmi? Muhayyo qanaqa narsa ekanini bilasanmi o'zing?

Marg'uba Anvarning ikkala bilagini mahkam ushlab o'tirib Muhayyo to'g'risidagi mish-mishlarga o'zidan bir talay qo'shib gapirib berdi, shunday gaplarni aytdiki, Anvar bu gaplarni eshitgani yuzi chidamay o'z bo'Imasiga kirib ketdi. Marg'uba vahimaga tushdi: "Muhayyo o'lgur buning boshini aylantirib qo'yganga o'xshaydi-ku", deb uning ketidan kirdi, o'rnini tuzatib bergan bo'ldi, lekin chiqib ketishga shoshilmadi: Anvar Muhayyo to'g'risidagi gapga quloq solmayotganini ko'rib Muattardan so'z ochdi. Anvar Muattarning internatda o'qiganini, keyin chet tillar institutiga kirganini bilar, lekin ko'rganida hech qachon e'tibor qilmagan edi. Marg'ubaning aytishicha, Muattar hind bo'limida o'qir, imtihonlarini "a'lo"ga topshirib, amaliy mashg'ulot uchun bir necha qiz bilan Hindistonga ketayotgan ekan. Marg'uba "Muattarga xat yoz" demoqchi bo'lib gapni ko'p aylantirdi, uning so'nggi xatini, xatga qo'shib suratini keltirib berdi. Anvar uni imtihonlarini "a'lo"ga topshirgani bilan tabriklab, Hindiston safariga oq yo'l tilab xat yozadigan bo'ldi-yu, ammasining shaqillashidan qulog'i orom oldi. Marg'uba xat bilan suratni qo'yib chiqib ketdi.

Anvar suratni qo'liga oldi. Marg'ubaning maqtovlaridan keyinmi yo o'zi ilgari duruustroq e'tibor qilmagani uchunmi, Muattar ko'ziga xunukroq ko'rindi.   Uning ko'z oldiga Muhayyo keldi. Muhayyoning oldida esa Muattar ancha xunuk, suratda cho'chigan kalamushday pisib, baqrayib turar edi. Anvar shu damgacha Muhayyoga durustroq e"tibor qilmagan ekan, Muhayyo hozir, ammasi boshiga shuncha tosh-tuproq yog'dirgandan keyin ham yerga toptalgan oltinday yarqirab turar edi. Uning ko'z oldiga dadasi dafn qilingan kuni Muhayyoning yig'idan shishib ketgan qovoqlari, boya eshik oldida yig'lab turgani keldi, qulog'iga o'sha kuni "Mard bo'ling, Anvarjon" degani, taksi kutishganda yetimlikka ko'nikish, odamning taftini odam ko'tarishi, o'rtoqlik va do'stlik haqida aytgan gaplari eshitilib ketdi.

Anvar o'tirib Muattarga xat yozdi, tabrikladi, oq yo'l tiladi va xatning oxirida: "Ammam menga bir xil gaplarni gapirdilar, shundan xabaringiz bormi?" dedi. Konvertni yopishtirganidan keyin ko'ngli to'lmadi-yu, bir parcha qog'ozga: "Men hali yoshman-ku", deb yozdi-da, buklab-buklab konvertning chekkasidan tiqib yubordi.

Uch kunga qolmay Muattardan shamol-to'polon ko'tarilib uzundan-uzoq xat keldi. Muattar hiyla betga chopar qiz ekan, xatda Marg'ubani tuproqqa qorib tashlabdi: "Men erga tegadigan bo'lsam dallolning keragi yo'q", debdi. Marg'uba o'zini yerga ko'tarib urdi, yuzini yuldi, buni "pandavaqi Anvarning eti bilan terisi orasiga kirib olgan" Muhayyodan ko'rdi.

Ertasiga Anvarni institut yoshlar tashkilotining kotibi Rahimjon chaqirtirdi va kecha ammasi "Muhayyoning dastidan dod", deb kelganini aytdi. Marg'uba qaysi kuni kechasi Muhayyo to'g'risida Anvarga nimalar degan bo'lsa ortig'i bilan Rahimjonga to'kib solibdi va Anvarni "Muhayyo balosidan" qutqarib berishini yoshlar tashkilotidan taiab qilibdi.

                      Rahimjon Muhayyo va uning otasini yaxshi bilar, Muhayyoning eri bilan ajrashgani va buning sababidan xabardor ekan, Marg'uba qalashtirib tashlagan gaplar boshdan-oyoq bo'hton ekanini aytib, taassuf bildirdi. Anvar bo'lgan voqeani to'liq aytib berdi. Rahimjon Anvarning kimga uylanishi to'g'risida otasi vasiyat qilganiga mutlaqo ishonmadi. "U kishi bunaqa odam emas edilar", dedi. Marg'ubaning jag'ini tiyish haqida choralar ko'rish niyati borligini aytdi.

            Anvar bu tuhmatlardan xuddi o'zi qutulganday xursandligidan yeru ko'kka sig'madi, kotibning so'zlarini aytib Muhayyodan suyunchi olgani shoshildi; adresini olib yugurganicha ketdi va hovliqqanicha eshikni taraqlatib ochdi-yu, hovlining o'rtasiga borib qolganini o'zi ham bilmay qoldi. Muhayyoning onasi Muborakxonim tandirning oldida borib-kelib non yopayotgan ekan, Anvarni ko'rib hayron bo'lib qoldi. Anvar yosh boladay quvonib: "Men... men Anvarman! Yoshlar tashkiloti kotibi".

Muborakxonim harchand hovuridan tushgan bo'lsa ham, Anvarni ko'rib yana lovillab ketdi-da, qo'lidagi uchi tutab turgan kosovni baland ko'tarib: "Hu ammang boshingni esin!" deb bir quvladi. Anvar kirgan eshigini topolmay, oshqovoq palagi bosib yotgan devordan oshib ketdi.

 

                                                                                                                                                                                                                        Abdulla Qahhor.  Anor .- T.,2005


Orqaga qaytish