Ota-onalar uchun

5463 marta o'qildi
Farzandingizni semirishdan asrang

Bola salomatligining eng yaxshi korsatkichi, katta bolgan sari tana ogirligining bir tekis orta borishidir. U qatiy belgilangan chegarada bolishi lozim.

FARZANDingizni semirishdan asrang

Bola salomatligining eng yaxshi korsatkichi, katta bolgan sari tana ogirligining bir tekis orta borishidir. U qatiy belgilangan chegarada bolishi lozim. Kam qoshilsa yomon, kop qoshilgani yana ham yomon. Semizlik zarar, vaznning ortiqligi doimo yurakka ogir tushadi. Organizmga doim ortiqcha ogirlikni olib yursihdan tashqari, yog toqimalarini qon, kislorod, oziq moddalar bilan taminlash haqida qaygurishiga togri keladi. Yogning ortib ketishi, toqimalarda suv turib qolishiga sabab boladi. Demak, yurak suyuqlikni koproq haydashiga togri keladi.

Qorin boshligidagi ortiqcha yog diafragmalarining qisqarishiga xalal beradi, binobarin, kokrak qafasi ham nafas olayotganida qonni sorolmay qoladi, natijada yurak beixtiyor ravishda qoshimcha mehnat qilishga togri keladi. U goyo qon aylanishda paylardan ajralib qoladi. Yogsimon moddalar tomirlarning qayishqoqligini yoqotib, uning devorlariga yigilib qoladi. Bu ham yurak faoliyatini qiyinlashtiradi. Semirish (yog bosish) yassi tovonlikka, umurtqa pogonasining qiyshayishiga olib keladi, arterial qon bosimining kotarilishiga olib keladi.

Semirganda ichki sekresiya bezlarining faoliyati buziladi, modda almashinuvi sustlashadi, nerv sistemasida bir qator ozgarishlar boshlanadi, jinsiy rivojlanish kechikadi, organizmda shamollash va yuqumli kasalliklarga qarshilik kamayadi, qand kasalligiga moyillik paydo boladi. Asta-sekin gavdaning formasi ozgara boshlaydi, son va yelkalar yumaloqlashadi, qorin, tos va kokrak atrofida yog qatlami osadi. Bola otirganida qorin devorida qalin yog ajinlari paydo boladi. Bunday bolalar lapashang, pok, besonaqay bolib osadilar. Katta bolganlarida esa boshqalardan kora koproq qon bosimi kasali, yurak va miya tomirlarining aterosklerozi, qand kasalligi bilan ogriydilar, tez qariydilar, ishga yaramay qoladilar. Semizlik har doim ozida kutilmagan xavflarni saqlaydi.

Kuzatishlardan malum bolishicha, semizlik asta bola psixologiyasini ozgartira boradi. U lapashang, harakatli oyinlarga, ochiq havoda sayr, ommaviy oyin-kulgilarga befarq bolib qoladi. Bunday bolalar, odatda, otirib bajariladigan mashgulotlar rasmlar korish, rasm solish, narsa yasash ishlarini maqul koradilar. Semiz bolani divandan turgizish, kochaga chiqarib yuborish, jismoniy kuch bilan boshqariladigan biror ish bilan mashgul qilish qiyin.

Bolalarni semirib ketishining birinchi va eng muhim sababi ishtahaning ochilib ketishi bilan bogliq bolgan ota toyib ovqatlanishdir. Kelgusida bu holat psixologik jihatdan ham mustahkamlanadi. Bunday bolalar uchun ovqatlanish oziga xos huzurlanish manbai bolib qoladi. Bolaligidan hosil bolgan ovqat stereotipi kelgusida ham saqlanib qoladi.

Semirishga kundalik menyuga kiritiladigan muayyan mahsulotlar ham imkon beradi. Semiz bolalar oq nonni, botqa va xamir taomni, yogli gosht, quyuq qaymoq, turli shirinliklarni juda yaxshi koradilar. Bu mahsulotlarda kislotasimon tuzlar ota kop miqdorda boladi. Ular organizmga tushib, moddalar almashinuvini sustlashtiradi, suvning tutilib qolishiga, boshashishning ortishiga va albatta semirishga imkon beradi. Tola bolalarning taom tanlash istagiga yol qoyib bolmaydi, chunki ularda odatda uglevod va oqsildan yog hosil qilish qobiliyati kuchli boladi.

Buni davolash uchun birinchi navbatda haddan ortiq toydirib yubormay va och qoldirmay bir maromda shifobaxsh ovqatlantirishni yolga qoyish kerak, yani kam-kam va tez-tez ovqatlantirish lozim.

Bunday bolalarni sutka davomida 6-7 marta ovqatlantiriladi. Bu ishtahani kamaytiradi, chunki navbatdagi ovqat porsiyasi oshqozonni toldiradi, oldingi ovqatga goyo yetib oladi. Ahyon-ahyonda ovqatlanish xavfli hisoblanadi. Bunda kishi beixtiyor oziga keragidan ortiqcha yeb qoyadi. Ana shunda ortiqcha kaloriya yogga aylanadi.

Ovqat shoshilmay yeyilishi kerak. Bu ham ishtahani bogadi. Bunda gap ovqatni maydalash va chaynashdangina iborat emas. Eyilgan ovqatning kopgina turi kopchish, ichga tushib semirish xususiyatga ega boladi. Ovqatlanish oxirida bunday ovqat kopchib, oshqozonni shishirib, tolganlik yoki toyib ketganlikni his qilishga olib keladi. Bu ovqatning tola porsiyasini oshqozon olganligi va hazm bolish akto boshlanganligi haqidagi fiziologik signaldir. Tez ovqatlanilganda nisbatan yirik, chaynalmagan bolaklardan oshqozon ota tolib ketadi va ovqat kopchiganda ogirlik sezgisi toyganlikdan ustun keladi. Shunday qilib, tez ovqatlanish ikki hissa zararli hisoblanadi. Birinchidan, ovqat yetarli maydalanmay, uning hazm bolishi choziladi, ikkinchidan, tez ovqatlanish har doim ortiqcha yeb qoyishga olib keladi.

Kuch sarflashni oshirmay turib tana vaznini kamaytirish haqida gapirish ortiqcha. Bunday turmushni, odat va maylni tubdan qayta qurish talab qilinadi. Bolani ozi yoqtirmagan ishni qilishga va oldin organib qolgan odatini qilmaslikka orgatish kerak. Yurish, sayr, jismoniy tarbiya, uyda qilinadigan jismoniy mehnat tola bolalarning deyarli butun vaqtini egallashi lozim.

Muallif: Nargiza Pulatova


Orqaga qaytish