Bilasizmi?

4489 marta o'qildi
Bedana

Kuzda bedapoyadan o‘tayotganingizda, ko‘pincha, kichkina kulrang qushning oyog‘ingiz ostidan shiddat bilan «parr» etib ko‘tarilib pastlab uchib ketgani sizni cho‘chitib yuboradi.

Kuzda bedapoyadan o‘tayotganingizda, ko‘pincha, kichkina kulrang qushning oyog‘ingiz ostidan shiddat bilan «parr» etib ko‘tarilib pastlab uchib ketgani sizni cho‘chitib yuboradi. Bu qush bedanadir. Narining pati ustki tomondan sarg‘ish-qo‘ng‘ir bo‘lib, ko‘ndalangiga ketgan qoramtir-qizg‘ish va uzunasiga ketgan oqimtir-sarg‘ish yo‘llari bor. Og‘iz burchagidan oqish yo‘l o‘tgan. Bo‘ynining old tomoni zang rangida yoki to‘q qo‘ng‘ir; bo‘yni bilan jig‘ildonining orasidan ko‘ndalangiga ingichka oq yo‘l ketgan. Bo‘ynining ostidagi patlari qizg‘ish-sariq bo‘lib, oq dog‘lari bor. Modasining rangi naridan boshqacharoq: bo‘ynining oldingi qismi oqimtir, keyingi qismi qora yoki qizg‘ish mayda xolli. Tanasining ikki yonida uzunasiga ketgan yo‘llardan tashqari yana qizg‘ish-och qo‘ng‘ir rangli ko‘ndalang yo‘llari bor.

Bedana tez yo‘rg‘alaydi. Oziq qidirib yerni panjalari bilan titadi. Tuproqqa ag‘anashni yaxshi ko‘radi. Tunda va qosh qorayganda serharakat bo‘ladi, kunduzi esa dam olib yotadi.

Bedanalar aprel–may oylarida to‘da-to‘da bo‘lib qishlov joylaridan uchib ketadi. Bedana­lar kunduzi oziqlanib, kechasi uchgani uchun ko‘zga kam tashlanadi. Ular avgustdan boshlab noyabrgacha uchib keta boshlaydi. Shu davrda bedapoyalar, paxtazorlar, poliz ekilgan joylarda, cho‘llar va daryo qayirlari va to‘qaylarda bedanani ko‘plab uchratish mumkin. Ayrim bedanalar O‘zbekistonning janubiy rayonlarida qishlab qoladi. Ko‘pchilik bedanalar esa Shimoliy Afrika va Hindistonda qishlaydi.

Bedanalar o‘t-o‘lanlar qalin joylarga xas va cho‘plar to‘shab uya quradi. Uyaga 9 tadan 20 tagacha noksimon shakldagi tuxumlarini qo‘yadi. Tuxumlarni modasi 15–17 kun bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan jo‘jalar juda mayda bo‘lib, og‘irligi 5–6 gramm keladi. Lekin ular tez o‘sa­di va bir oy ichida og‘ir­ligi kattalariga teng­la­shib qoladi. Yoz bo‘­­yi jo‘­ja­­­­lar onasi bilan birga yuradi, qish­lov joylariga ham birga uchib ketadi.

Bedana­lar o‘sim­lik­lar­­ning urug‘i va yosh nov­dalari bilan oziqlanadi. Yozda ba’­zan hasharotlar va umurtqasiz hayvonlarni ham terib yeydi. Bedananing go‘shti juda mazali bo‘ladi.

O‘rta Osiyo xalqlari bedanani sayroqi qush sifatida qadimdan to‘rqovoqda boqishadi.

 

Bolalar ensiklopediyasidan. 


Orqaga qaytish