Bilasizmi?

4705 marta o'qildi
Begemot

Qadimgi rimliklar Afrikada Nil daryosining dengizga quyilish joyida bu qo‘pol, beo‘xshov begemotlarni ko‘rib, ularni suv ayg‘irlari, ya’ni «suv otlari» deb atashgan ekan. Agar begemotning otga o‘xshab kishnashi demasa, unga o‘xshash joyi yo‘q.

Qadimgi rimliklar Afrikada Nil daryosining dengizga quyilish joyida bu qo‘pol, beo‘xshov begemotlarni ko‘rib, ularni suv ayg‘irlari, ya’ni «suv otlari» deb atashgan ekan. Agar begemotning otga o‘xshab kishnashi demasa, unga o‘xshash joyi yo‘q.

Begemot terisi silliq, yaltiroq, tuksiz va suv­dan chiqqani zamon tez quriydi. Ko‘zi va burun teshiklari bo‘rtib chiqqan. Xuddi baqa yoki timsohnikiga o‘xshash, boshining yuqori qismida joylashgan. Bu hayvon xuddi suvosti kemalari durbinidek suvdan ko‘zi va burnini chiqarib yotaveradi. Begemotning kichkina qulog‘i ham hamisha ding. Oyoq panjalari orasida kichkina suzgich pardalari bor.

Begemotlar issiq kunlarda suvdan chiqmaydi. Bir nechta begemotdan iborat poda yoki kichkina begemot oilasi suvda erinchoqlik bilan u yoq-bu yoqqa yuradi, pishqiradi, ba’zida daryo uzra ularning o‘kirgan ovozlari eshitiladi. Ularga yaqinlashish anchagina xavf­li: begemotlar faqat odamga emas, hatto qayiqqa ham hujum qiladi, ularning baquvvat jag‘i qayiq bortini xuddi tuxum po‘chog‘idek chilparchin qilib tashlashi mumkin. Begemot jag‘ini ochganda xuddi chamadonga o‘xshaydi, qoziq tishining uzunligi 70 santi­metr­ga yetadi. Ayniqsa, uning pastki qoziq tishi katta bo‘lib, u shu tishi bilan xuddi ekskavator kovshiga o‘xshab suv­ostidan o‘tlarni yig‘ishtirib oladi.

Ba’zan, ko‘pincha tunda ular qirg‘oq bo‘yida o‘sgan barra o‘tlar bilan oziqlangani suvdan chiqadi. Goh-gohida daryo yaqinidagi dalalarga borishadi, ayniqsa, mak­kajo‘xorini xush ko‘rishadi. Yumshoq tuproqda ularning to‘rtta yo‘g‘on, kalta oyoqlarinigina emas, balki yo‘g‘on qornining izlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Chunki katta yoshdagi begemotning og‘irligi uch tonnadan ortiq bo‘ladi. Bolalari 35–40 kilogramm vaznda tug‘iladi.

Ikki-uch haftadan keyin begemot bolasi onasi ketidan ergashib yurib, o‘tlay boshlaydi, lekin begemotlarbaribir ko‘p vaqtini suvda o‘tkazadi.

Odamlar begemotlarni go‘shti, qalin terisi va qimmatbaho qoziq tishi uchun ovlashgan.

Shimoliy va Janubiy Afrikada begemotlar deyarli butunlay qirilib ketgan. Endilikda ularni Sharqiy va Markaziy Afrikadagina — faqat qo‘riqxonalarda uchratish mumkin.

 

Bolalar ensiklopediyasidan. 


Orqaga qaytish