Jahon mamlakatlari

4712 marta o'qildi
BANGLADESH

(BangladeshXalq Respublikasi)

Maydoni – 143988 kvadrat kilometr.

Aholisi – 127000000 kishi.

BANGLADESH

(BangladeshXalq Respublikasi)

Maydoni – 143988 kvadrat kilometr.

Aholisi – 127000000 kishi.

 

Osiyoning janubida Hindiston yarim oroli bo‘ylab Gang daryosi oqadi. U Hind okeaniga quyiladi. Gang va uning tog‘dan boshlana­digan  irmoqlari  ko‘pgina  loyqa  va  qum oqizib keltiradi. Ming yillar davomida dengiz­ning sayoz qismida cho‘kindilar to‘planaverib, yassi tekislik hosil qilgan. Daryo qirq kokildek taralib oqadigan mana shu yassi tekislikdaBangladeshdavlati joylashgan.Bangladesh«bengallar yurti» ma’nosini anglatadi. Bu davlat 1971-yilda tashkil etildi.

«Bengallar yurti»da yil bo‘yi havo iliq bo‘ladi. Bizda yoz bo‘lganda u tomonda okean shamollari esib, kecha-kunduz tinmay jala quyib turadi. Ana shu davrda daryolar suvga to‘lib toshadi, unumdor cho‘kindilar dalalarni o‘g‘itlab, oziqlantiradi.

«Bengallar yurti»ning maydoni uncha katta emas. Ammo aholisi Buyuk Britaniya, Fransiya yoki Italiyanikidan ko‘p. Bengallar butun mamlakatda zich joylashgan. Ularning ko‘pchiligi qishloq joylarda yashaydi. Uylarni bambuk, yog‘och yoki g‘ishtdan, albatta, tepa joyga qurishadi, tomini poxol yokipalmayaproqlari bilan, boyroq odamlar tunuka bilan yopishadi. Daryolar toshgan paytda odamlar bir-birinikiga ko‘pincha qayiqlarda borishadi. Xonadonlarning hamma tarafini ekinzorlar va mevali daraxtlar egallagan. Har bir qarich yerdan unum­li foydalanishadi.

Suv bosadigan dalalarda sholi yetishtiriladi. Guruch – bengallarning asosiy ovqati. Sabza­vot, banan, kokos palmasi ham yetishtirishadi. Issiq va namgarchilik ko‘p bo‘lgani uchun ekinzorlardan yiliga ikki, hatto uch marta hosil olish mumkin. Yerni ishlashda buyvoldan foydalanadilar, sholini esa qo‘lda ekadilar.

Bu yerda jut ko‘p yetishtiriladi. Uning uzun va pishiq tolasidan arqon, qop, sholcha to‘qiladi. Jut hosili va uni boshqa mamlakatlarga sotish jihatidanBangladeshdunyoda birinchi o‘rinda turadi. Chetga choy ham chiqariladi.Bangladeshmashhur yozuvchi Rabindranat Tagor­ning vatanidir.

Mamlakatda katta shaharlar, zavod va fabrikalar juda kam. Eng katta shahri Dakka —Bangladeshpoytaxti.

Bangladeshqo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda. Hindiston bilan tinchlik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzilgan.

Bangladeshbilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan.

 

(Bolalar ensiklopediyasidan) 


Orqaga qaytish