Jahon mamlakatlari

5346 marta o'qildi
BELORUSSIYA

(BelarusRespublikasi)

Maydoni – 207600 kvadrat kilometr.

Aholisi – 10300000 kishi.

 

BELORUSSIYA

(BelarusRespublikasi)

Maydoni – 207600 kvadrat kilometr.

Aholisi – 10300000 kishi.

 

Belorussiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan. Uning janubida, Polesyeda o‘rmonzor hamda och yashil suvo‘tlar, qamish va qiyoqzor botqoqliklar yuzlab kilometrga cho‘zilgan. Shimol tomonga borgan sari botqoq­lar kamaya boradi, ulkan tepaliklar oralig‘ida tiniq ko‘llar mavjlanib turadi. Qalin o‘rmonlar, yam-yashil o‘tloqlar, bug‘doyzorlar o‘rtasidan o‘tgan yo‘llar, ko‘m-ko‘k zig‘ir dalalari, yuzlab osoyishta daryolar. Ularning yirik­lari — Dnepr, G‘arbiy Dvina,Neman.

Belarusavtomobilsozlari bir yo‘la bir necha o‘n tonnalab yuk tashiy oladigan ulkan samosvallari bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Belorussiyaning zavod va fabrikalari ko‘p miqdorda traktor, mototsikl va velosiped, radiopriyom­nik va televizor, fotoapparat va elektr lampasi, pianino, soat, hisoblash mashi­nalari, poyabzal, gazlama ishlab chiqarmoqda.

Respublikaning turli mintaqalarida geolog­lar neft va tabiiy gaz, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, shuningdek yonuvchi slanes konlarini topishdi.

Botqoqlardan torf qazib olinmoqda. U elekt­r stansiyalari o‘txonasida yonyapti, dalalarni o‘g‘itlashda ishlatilyapti. Botqoqliklar quritilib, ekinzorga aylantirilmoqda.

O‘g‘itlangan yer mo‘l hosil manbayi bo‘lib qoldi. Belorussiyada ko‘plab go‘sht, sut, yog‘, kartoshka, zig‘ir, kanop, don ekinlari, sabzavot, meva yetishtiriladi.

Ikkinchi jahon urushi yillari fashistlar bosib olganbelarusyerida bosqinchilarga qarshi uch yildan ziyod partizanlar urushi olib borildi. Partizanlar yarim millionga yaqin gitlerchilarni hamda ularning juda ko‘p harbiy texnikasini yo‘q qilishdi.

Yovuz dushman quvib chiqarilgach, fashist­lar tomonidan vayron etilgan va kuydirilgan shahar va qishloqlar qayta tiklanib, yanada obod qilindi.

Milliondan ko‘proq aholi yashaydigan go‘zalMinskshahrida keng, shinam ko‘cha va maydonlar, yashil xiyobonlar, yirik fabrika va zavodlar, teatrlar, universitet, institutlar, muzeylar shahar husniga husn qo‘shib turibdi.

Belorussiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1993-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan.

 

(Bolalar ensiklopediyasidan) 


Orqaga qaytish