Jahon mamlakatlari

5663 marta o'qildi
BUYUK XITOY DEVORI

Ulug‘ shoir Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Chin (Xitoy) mamlakatida Ya’juz zulmidan Qirvon Navohisi aholisini qutqarish uchun Iskandar tomonidan mis, qalay, rux, temir va tog‘ toshlaridan mustahkam, baland devor qurilganligi hikoya qilinadi.

BUYUK XITOY DEVORI

 Ulug‘ shoir Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Chin (Xitoy) mamlakatida Ya’juz zulmidan Qirvon Navohisi aholisini qutqarish uchun Iskandar tomonidan mis, qalay, rux, temir va tog‘ toshlaridan mustahkam, baland devor qurilganligi hikoya qilinadi. Navoiyning asarida «Saddi Iskandariy» yoki «Saddi Chin» haqidagi ma’lumotlar afsonaviy tarzda bayon etilishiga qaramay, mazkur devorning juda qadimiyligidan va devor haqidagi fikrlar qadim zamonlardan boshlab mavjudligidan guvohlik beradi. Navoiy hikoya qilgan «Saddi Chin» devori tarixda «Buyuk Xitoy devori» nomi bilan mashhurdir.

Buyuk Xitoy devori qadimgi Xitoy me’morchiligining ulkan yodgorligi.

Qadim-qadim zamonlarda, miloddan avvalgi 43-asrlarda ko‘chmanchi qabilalar hujumidan bezigan imperator Sin Shi Xuandiy Xitoyning shimoli-g‘arbiy chegaralarida dushman o‘ta olmaydigan, karvon savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlaydigan baland va uzun mudofaa devorini qurish haqida buyruq beradi.

Imperatorning xizmatkorlari shimoliy chegaraga lak-lak askarlar-u, behisob qarollarni haydab kelibdilar. Qurilishda jami bo‘lib, 2 milliondan ortiq kishi jalb etilgan. Ular kechasi-yu kunduzi ishlashgan. Rivoyatda aytilishi­cha, dastlab qancha urinishmasin, tiklangan devor qulab ketavergan. Shunda imperator­ning boshi qotibdi. Nima qilish kerak?! U ko‘p donishmandlarni chaqirib maslahat qilibdi. Ular ichidan eng keksa donishmand imperatorga:

Menga ayon bo‘lishicha, devor qulamasligi uchun mamlakatimizda yangi turmush qurayotgan yigit yoki qizni qurbon qilib, devor ostiga ko‘mishimiz zarur, ana shundagina ish yurishib ketadi, deb maslahat beribdi.

Imperatorning xizmatkorlari donishmand aytganidek, darrov go‘zal bir qiz bilan to‘yi bo‘layotgan Van degan yigitni topib kelishibdi. Uni qurbon qilib, qurilayotgan devor ichiga mo‘miyolab ko‘mib qo‘yishibdi. Shundan keyin devor qulamaydigan bo‘libdi, asta-sekin uning uzunligi o‘n ming li (1 li 400 metrga teng) ga cho‘zilib boribdi.

Shu-shu ushbu devor xitoycha nom bilan «Vanli chongchang» deb atalib ketibdi. Bu «10 ming li uzunlikdagi devor» demakdir. Hozir Xitoyda Van ismi o‘zbeklardagi Ahmadga o‘xshash eng keng tarqalgan ismdir.

Bunga o‘xshash rivoyatlar ko‘p. Buyuk Xitoy devori haqiqatan juda uzoq tarixdan hikoya qiladigan ulkan inshoot. Uni xitoyliklar bir necha asrlar davomida qurishgan. Devor qurilishining bunday sekin borishiga sabab, bir tomondan, u vaqtlarda texnikaning rivojlanmagani bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ko‘chmanchi qabilalar tez-tez hujum qilib, devorni buzib ketishar, yog‘in-sochin va shamollar ham uni nuratib borardi. Shunga qaramay, Buyuk Xitoy devori miloddan avval 21-asrlarda G‘arbga tomon 500 kilometrga uzayti­rilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 1415-asrlarda) davom etgan. 1953-yilda Pekin yaqinidagi qismi ta’mirlangan. Sariq dengizdagi Lyaodun qo‘ltig‘idan boshlanib g‘arbga tomon ketgan bu devorning uzunligi besh-olti ming kilometrga yetadi, degan fikrlar ham bor. Buyuk Xitoy devori mamlakat poytaxti Pekin shahridan 4045 kilometr shimoli-g‘arbdan o‘tib, janubi-g‘arbga buriladi, so‘ngra Su’jou shah­ridan g‘arbda Gansu o‘lkasidagi Szya­yuyguan qal’asida tugaydi.

Devorning balandligi 6,6 metr, ikki qavatli, ayrim joylarda uch qavatli bino balandligidan oshadi.

Devorning past qismi, poydevori kengligi 6,5 metr, ustki sathi kengligi 5 5, 5 metr. U nihoyatda qalin bo‘lganidan ustidan jang aravalari, qo‘shinlar, hatto har qatorda 5—6 tadan otliq askarlar ham saf tortib bemalol harakat qilishi mumkin bo‘lgan.

Buyuk Xitoy devori yo‘nilgan granit toshlar, g‘ishtlar va loydan ko‘tarilgan. Shuning uchun ham uning umri uzoqdir. Devor bo‘ylab har 60—100 m masofada mustahkam burjlar (minoralar) va muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yerlarda, ayniqsa, tog‘ yo‘llar yoqasida istehkomlar barpo etilgan.

Aytishlaricha, Buyuk Xitoy devori kosmik kemadan ko‘rinadigan Yer yuzidagi ikki inshootdan biri emish.

Endilikda Buyuk Xitoy devori dunyo sayo­hatchilari — turistlarning uzluksiz intiladigan manzillaridan biriga aylangan. Uning ustida doimo sayr qilib yurgan turli millat kishilarini ko‘rish mumkin.

(Bolalar ensiklopediyasidan) 


Orqaga qaytish