Bilasizmi?

5659 marta o'qildi
Boshlangich meridian

Geografik uzunliklarni hisoblash va minta­qa vaqtini aniqlash uchun meridianlardan biri shartli ravishda boshlang‘ich yoki dastlabki deb qabul qilinadi.

Geografik uzunliklarni hisoblash va minta­qa vaqtini aniqlash uchun meridianlardan biri shartli ravishda boshlang‘ich yoki dastlabki deb qabul qilinadi. Uni nolinchi meridian deb ham ataydilar, geografik kengliklar o‘sha meridianga nisbatan hisoblab topiladi. Boshlang‘ich meridian Yer yuzasini har biri 1800 ga teng bo‘lgan ikkita yarimsharga:  g‘arbiy va sharqiy yarimsharlarga bo‘ladi.

1884-yili olimlarning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro geografik kongressidaLondonshahri yaqinidagi Grinvich observatoriyasidan o‘tgan meridian boshlang‘ich (nolinchi) meridian deb qabul qilindi. Bunga ko‘pchilik mamlakatlar qo‘shildi. Lekin bu kelishuvga qadar bir qancha mamlakatlar geografik uzunlikni Kanar orollari tarkibidagi Ferro orolidan, ayrimlari Parij vaBerlinobservatoriyalari meridianidan hisoblar edilar.

 Miloddan avvalgi 2-asrda yashagan astronom Gipparx Rodos oroli bilan Iskandariya shahridan o‘tgan uzunlikni boshlang‘ich meridian sifatida belgilagan. Suriya (Shom)ning Tir shahrida yashab ijod etgan Marin o‘zi tuzgan dunyo kartasida va keyinroq Ptolemey ham boshlang‘ich meridian qilib «Fortunate insulaye» («Saodat orollari»)ni olgan. Bu or­­ol­­­lar o‘sha Ferro meridianiga to‘g‘ri keladi. U Grinvich meridianidan qariyb 180 g‘arbda. Xorazmiy va Beruniy ham ayni shu uzunlikka amal qilganlar. Boshqa Sharq olimlari, jumladan, Mirzo Ulug‘bek Afrikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 1200 kilometr g‘arbda deb taxmin qilingan Xolidot orollaridan o‘lchov olganlar. Qadimgi hind geograflari boshlang‘ich meridianni hozirgi Madhya-Pradesh shtatidagi Ud-Jayn shahridan belgilaganlar.

 

Bolalar ensiklopediyasidan.

 


Orqaga qaytish