Ertaklar

4945 marta o'qildi
Sohibqiron Amir Temur hikoyatlaridan

Bir kuni padari buzrukvorimiz - Arnir Tarag'oy bahodir ko'p qo'ylarni menga berib, Samarqand bozoriga savdoga yo'lladilar. Qo'ylarning hammasini ming oltinga sotib,   pullarini belga bog'lab sayr qilib yurar edim.

SOHIBQIRON AMIR TEMUR HIKOYATLARIDAN

Bir kuni padari buzrukvorimiz - Arnir Tarag'oy bahodir ko'p qo'ylarni menga berib, Samarqand bozoriga savdoga yo'lladilar.

 Qo'ylarning hammasini ming oltinga sotib,   pullarini belga bog'lab sayr qilib yurar edim.

Bir yerda xushovoz qaJandar odamJarga so'zlab turg'on ekan: qo'lida qog'oz - she'r bitilgan, u der edi:

- Shul yozuvning qadriga yetib, kim ming oltinga olsa, dunyoning oxiriga yetadi...

Himmatim jo'shib, ming oltinni qalandarga tutqazdim. U menga tikilib turdida, so'ng nasl-nasabimni so'radi. Aytdim. So'ng tayin qildi:

- Otang oldig'a borg'il, buni otang oldida o'qi, borg'uncha ochma...

Qog'ozni keltirib, padari buzrukvorga berdim. Ochib o'qidilar. Forscha ruboiy ekan - ma'nosi quyidagicha: Zulm biJan dunyoda nom qoldirib bo'Imaydi. Jamshid, Sulaymon, Iskandarlar o'tib ketdi, navbat senga ham yetishi tayin. Dunyoga keidingmi yaxshiJik bilan nom qoidir...

Ruboiyning muallifi - o'shal qalandar-alloma shoir Kamol Xo'jandiy erkan. Ul zotni padari buzrukvorimiz ko'p hurmat qilar ekanlar.

- Barakalla, o'g'lim, ko'p dono ishga oltinlarni sarf etibsan. Endi, ming olting'a olg'on ushbu hikmatga qat'iy rioya qilmoq lozimdir...

Padari buzrukvorning aytganlarini bosh ustida tutdim.

HASSA

Qobil boboning ikki nabirasi — Shavkat bilan Shuhrat qo'shni xonada cfynab o'tirishar edi. Nima bo'ldi-yu, ikkovlari bashlashib qo-lishdi.

Shavkat yugurib bobosining oldiga chiqdi-da:

— Bobo! Kim odobli, menmi yoki Shuhrat-mi? — deb so'radi.

QobiJ bobo hovliga chiqmoqchi bo'lib tur-gan edi. Uning kumush halqa qadalgan hassasi Shavkat bilan Shuhrat o'ynab o'tirgan uyda edi.

—O'g'lim, avval menga hassamni keltirib   ber, keyin men o'ylab javob beraman, — dedi

nabirasiga.

—        Yo'q, avval aytasiz! — Oyoqlari bilan polni tepib turib oldi Shavkat.

—        Axir, o'ylab ko'rish kerak-da, — dedi Qobil bobo.

—    Bo'lmasam, hassangizni keltirib bermayman.

— Shavkat qaysarlik bilan polga o'tirib
oldi.

 — Keltirib bermayman.

Qobil bobo hassasini keltirish uchun o'rnidan endigina qo'zg'algan edi, shu payt xonaga, bobosiga salom berib, Shuhrat kirib keldi.

—       O'g'lim, hassamni sen keltirib ber! — dedi Shuhratga bobosi.

—       Xo'p bo'ladi, bobojon! — dedi Shuhrat bobosining gapi tugamasidanoq.

U kumush halqa qadalgan hassani darrov keltirib, bobosiga berdi. Keyin o'rnidan turayotganda bobosining qo'lidan ushlab, turishga yordamlashdi.

—       Rahmat, o'g'lim, — dedi Qobil bobo na-birasining peshanasini silab, — umring yzoq bo'lsin!

—       Bobo, kim odobli? Menmi yoki Shuhrat-mi, ayting axir! — der edi Shavkat yer tepinib.

Qobil bobo kumush halqali hassasini do'qillatganicha hovliga chiqarkan:

— Shuhrat odobli! — deb javob berdi.

TARKI ODAT

O'qituvchi Yodgorni doskaga chiqardi. U viqor bilan o'rnidan turib. Ioskaning oldiga keldi va she'r o'qiy boshladi.  Qaytib joyiga o'tirgach, partadoshiga pichirladi:

Ko'rdingmi, men qanday zo'r o'qidim. She'r o'qishni mendan o'rganingJar! Sinfdoshi kulib qo'ydi.

Tanaffus vaqtida hamma o'yin bilan mashg'ul bo'ldi.

Sizlar nomigagina o'yinchisizlar, -bolalarga ta'na qildi Yodgor. - Nahotki o'yinchi ham shunaqa bo'lsa? Bog'cha bolalari ham sizlardan yuz marta yaxshi. Men bo'lmaganimda o'yinda yutqazib, sharmanda bo'lardinglar.  Sizlar avval o'yinni o'rganinglar, keyin o'ynanglar!

Dars  tugab sinfdoshlar birga  uyga qaytishdi. Qishloqqa kiraverishda ariqcha bor edi. Ko'plar undagi ko'prikchadan o'tishdi.  Ammo Akbar ko'prik qolib ariqchadan sakrab o'tdi.

- Ko'rdinglarmi, qanday zo'rman, -Yodgorni masxara qilib dedi u. - Mendan o'rganinglar.

Bolalar ham orqaga qaytib ariqchadan sakrab o'tishdi. Yodgor ham qatordan qolishni  istamasdi.  Axir,  har ishda namuna bo'lishni istardi-da! U o'n-o'n besh metr orqaga yurib, yugurib kelib hammadan uzoqqa sakramoqchi bo'ldi. Ammo oyog'i ariqcha labidagi o'tJarga o'ralib, suvga yiqildi. Ust-boshlari ho'l bo'ldi. Lekin Yodgor bo'sh kelmadi:

- Hamma ham sakrashni biladi, Jekin yiqilish har kimning hunari emas, -odatiga ko'ra dedi u. - Ko'rdinglarmi, men o'zimni ariqqa qanday tashladim. Sizlar aqalli yiqilishni ham bilmaysizlar. Yiqilishni mendan o'rganinglar.

 

 

 


Orqaga qaytish