Rivoyatlar

4707 marta o'qildi
Boning kelib chiqishi

Dastlabki Boni Dain Derixe deb atashgan. U Napchik-Bumba, ya'ni Sariq dengiz-ning yuqori qismidagi hududda yashardi. Quvvatni ruhlardan olar, yer va osmondagi yaxshi ruhlar ham, yovuz ruhlar ham unga barobariga madad berardilar. Kunlarning birida Dain Derixe Dalay Lama bilan qarta o'ynadi.

Boning kelib chiqishi

      Dastlabki Boni Dain Derixe deb atashgan. U Napchik-Bumba, ya'ni Sariq dengiz-ning yuqori qismidagi hududda yashardi. Quvvatni ruhlardan olar, yer va osmondagi yaxshi ruhlar ham, yovuz ruhlar ham unga barobariga madad berardilar. Kunlarning birida Dain Derixe Dalay Lama bilan qarta o'ynadi. O'yin uch yilga cho'zildi va natijada Boning qarzi shu qadar ko'payib ketdiki, uni uzish amri-mahol edi. Orada tortishuv boshlanib, kim zo'r mavzusiga borib taqaldi. Ular o'z imkoniyatlarini kecha davomida kim ko'proq insonning hayotini saqlab qola olishida sinashga kelishdilar. Agar Dain Derixe bahsni boy bersa, bir umrga Dalay Lamaning xizmatini qiladigan, bordiyu, u yutsa, qimordagi qarzidan qutiladigan bo'ldi.

Kecha davomida Dalay-Lama 1000 ta o'limga mahkum odamni hayotga qaytardi, Dain-De-rixe esa 1300 nafar insonni ajal domidan qutqardi.

Shunda Dalay-Lama unga dedi:

— Bilishimcha, sen yaxshi odamsan. Mo'g'ullar yurtiga bor, u yerda senga o'xshaganlar juda kerak.

Bo e'tiroz bildirib o'tirmadi. U o'ziga kerakli narsalarni olib, otiga mindi va yo'lga ravona bo'l­di. Kun qiyomiga yetganda u charchab qoldi, biroq atrofda hatto boshni pana qiladigan darajada soya — salqin joy yo'q edi. Shunda Bo do'mbirasining yarmini havoga ilib qo'yib, soyasi bilan boshini pana qildi.Yanayo'lga ravona bo'layotib, u havoda osilib turgan do'mbiraning yarmini olishni unutdi va yarimta do'mbira bilan yo'lda davom etdi. Shu sababli «bo»lar do'mbira bilan emas, childirma bilan zikr tushadilar.

Dain Derixe Mo'g'ulistonga yetib kelganida Chingizxon uch qizidan birini Xangexonga uzata-yotgandi.

Mashhur Boning kelganini eshitgan xon, Dain Derixeni saroyga taklif qilishni buyurdi. Da­in Derixe shoshilayotganini bahona qilib ko'nmadi, ikkinchi taklifdan keyingina xon huzuriga bordi. Choydan keyin qaytishga chog'landi, lekin Chingizxon uni to'xtatdi. Shunda Bo otini sug'ormoqchi ekanini, biroq uni hech kimga ishonmasligi, zero ot ruhlardan biriga nazr qilinganini aytdi.

Bo otini sug'orib qaytayotganida, saroydagi kelinchakka ko'zi tushdi. Qizni yoqtirib qolib, otining egariga o'tqazgancha olib qochdi. Malika qarshilik ko'rsatmadi. Bu voqea ko'pchilikning ko'z o'ngida sodir bo'lgani sababli darrov xonga habar berishdi. Xon vaqtni qo'ldan boy bermay, qochoqlarning orqasidan ot surdirdi.

Bo orqasidan quvib kelayotganlarning tovushlarini eshitib, ularga qaratib idish, keyin tasbeh, oxiri o'tov uloqtirdi. Ushbu buyumlar yerga tushgan joylar ularning nomi bilan, ya'ni Aik-Xarula, Erixa-Xarula va Giri-Xarula deb atala boshlandi.

Ular bir necha tog' tizmalaridan o'tdilar. Nihoyat Oltoydagi Urmagayt dovonida Chingizxon qochqinlarga yetib oldi. Shunda Bo tosh ustunga aylanib qoldi, Malika esa, Derxin-Aguy qochib bordi va o'sha joyda u ham toshga aylandi. Tosh ostidan buloq oqib chiqdi va Segen-Nur ko'li paydo bo'ldi.

Toshga aylangan Boning boshini tanasidan judo qilmoqchi bo'lgan Chingizxon har safar qilichi bilan unga zarba berarkan, qilichi tobora o'tmaslashib boraverdi xolos.        Dain-Derixeni osish uchun bog'langan arqon esa, uzilib tushaverdi. Shunda toshga aylangan Bo xonga qarata dedi:

— Meni o'ldirma, senga doimo yordam berib turaman.

Xon uni barcha mo'g'ullarga yordam berish sharti bilan kechirdi. Dain-Derixe o'zining va o'ziga itoat etuvchi o'nlab duoxon, doshqot — azayimxonlarning ham yordamlarini va'da qildi. U tosh ustunga aylanib qolgan bo'lsa-da, so'zida turdi.

Dain-Derixedan yovuz ruhlarni chaqiruvchi «Bo»lar, doshqotlardan esa, osmon ruhlarini chaqiruvchi azayimxonlar paydo bo'ldi.

Oltoydagi Segen-Nur (hozirgi Dayn-Nur) ko'li yaqinida hozir ham tosh qotgan Dain Derixeni ko'rish mumkin. U katta hurmatga ega va har yili uni ziyorat qilish uchun turli mamiakatlardan shomonlar kelib turishadi.

Chingizxon qizining toshga aylangan haykali tagidan oqib chiqqan ikki irmoq ko'lga quyiladi. Bu suv shifobaxsh xususiyatga ega bo'lib, unda cho'milganlar dardlariga shifo topadilar, farzandsizlar farzand ko'radilar. Malika toshga aylanib qolgan joyga yetib borib bo'lmaydi, chunki u baland qoyada joylashgan. Shuning uchun odamlar toshga uning tasvirini tushirganlar hamda o'sha joyda qurbonlik qiladilar. Ayni shunday tasvir Dain-Nur ko'li qirg'og'ida, savdogarlar saroyi oldida ham bor. Toshga aylangan Dain-Derixe haykali bo'lsa, ko'lning qarama-qarshi qirg'og'ida turibdi.   


Orqaga qaytish