O`zbek mumtoz adabiyoti

5671 marta o'qildi
YUSUF XOS HOJIB

Yusuf Xos Hojib o'z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko'radi: Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron va Turon (Turkiston va umuman turkiy xalqlar yashaydigan o'lkalar) bo'ylab safar qiladi. U yerlardagi turli madaniy-adabiy, tarixiy yodgorliklarni o'rganadi. Shuning uchun ham u asarga o'z davri uchun nihoyatda ahamiyatli bo'lgan rang-barang mavzularni qamrab oladi.

YUSUF XOS HOJIB

(XI   asr)

QAYU  ERDA   UQUSH   BIRLA  O'G...

(«Qutadgu bilig»dan)

 

Qayu erda bo'lsa uqush bila o'g,

 Ani er atag'il, necha o'gsa o'g.

Uqush, o'g, bilig kimda bo'lsa tugal,

Yavuz ersa kaz te, kichig ersa — o'g.

 Mazmuni:

  Qaysi bir kishida aql va zakovat bo'lsa,

 Uni (haqiqiy) kishi deb atagin, qancha maqtasang

                                                                      maqta.

Zakovat, aql, bilim kimda yetuk bo'lsa,

Yomon bo'lsa (ham) yaxshi de, kichik bo'lsa (ham)

                                        katta deb bil  (ya'ni ulug'Ia).

 Biliglig uqushlug' tedukung uchun

 Ani arzuladim havaqa ochun

 

Biliglig uqushlug' kishi ul kishi

Aningda naru barcha yilqi tushi.

 

Biliglig uqushlug' bilir bilsa ish

Biliglig uqushlug' qilur qilsa ish.

 

Bilig birla yazlur qamug' ters tugun

Bilig bil uqush uq lirilgil ogun.

 

Bilig ishke tutg'il taqi bil kuni

Taqi ogrenu tur osanma bu kun.

 

 

Mazmuni:

 

Bilimli, zakovatli deganing uchun,

Havas qasdi bilan uni orzuladim.

Bilimli, zakovatli odam odamdir,

Undan boshqa barcha (kishi) yilqi tengidir.

Ishni bilsa, bilimli, zakovatli boiadi,

Ish qilsa, bilimli, zakovatli qiladi.

Hamma qattiq tugun bilim tufayli yechiladi,

Bilim bil, zakovat o'rgan, oqilona yashagin.

Bilimni ishga solgin, tag'in kunda o'rgan,

Tag'in o'rgana ber, bugun g'ofil bo'lma.

 

YUSUF XOS HOJIB VA UNING „QUTADG'U   BILIG" ASARI HAQIDA

 

XI asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkistonda (Koshg'ar) va Markaziy Osiyo hududida qoraxoniylar saltanati mustahkamlandi. Bu hokimiyatning markazi Koshg'ar (O'rdukent) bo'lib, uning shimolida Bolasog'un (Kuzo'rdu), g'arbida Samarqand kabi yirik siyosiy va madaniy markazlar bor edi. Yirik shoir va faylasuf Yusuf Xos Hojib xuddi mana shu davrda yashab ijod qildi.

Yusufning qachon va qayerda tug'ilgani, vafot clgan yili ma'Ium emas. Uning asaridan ma'lum bo'lishicha, vatani Bolasog'un bo'lgan. Uning qalamiga mansub, «Qutadg'u bilig» («Baxt-saodatga eltuvchi bilim») asari 1069 yilda Koshg'arda yozib tugallangan. Shoir o'z asarini qoraxoniylar hukmdori Tavg'och Bug'roxonga taqdim qiladi. Asar Bug'roxonga ma'qul keladi va u shoirga Xos Hojiblik lavozimini beradi.

Yusuf Xos Hojib o'z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko'radi: Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron va Turon (Turkiston va umuman turkiy xalqlar yashaydigan o'lkalar) bo'ylab safar qiladi. U yerlardagi turli madaniy-adabiy, tarixiy yodgorliklarni o'rganadi. Shuning uchun ham u asarga o'z davri uchun nihoyatda ahamiyatli bo'lgan rang-barang mavzularni qamrab oladi.

 Shoir qalaoiga  olgan  mavzularning barchasini  bu  o'rinda sanab  o'lishning  imkoni  yo'q.  Shu  sababdan  kitobda  ilgari surilgan  yetakchi  g'oya,  asarning  maqsadidan   kelib chiqib aytish mumkinki, davlatni idora etish usullari, oddiy kishilardan tortib davlatni bevosita idora etuvchi yuksak martabali mansabdorlar, boshqa turli tabaqa va toifa vakillarining fe'l-atvorlari qanday bo'lish, ularning vazifalarini bayon qilishdir.

 Ko'rinib  turibdiki,   «Qutadg'u   bilig»  pandnoma  janrining yirik va noyob namunasi. Shuning uchun shoir nima haqida, kim to'g'risida yozmasin faqat pand-nasihat berish, uni to'g'ri yo'lga solish, foydali maslahat berishni bosh maqsad qilib oladi.

 Yusuf  Xos   Hojib   o'z   zamonasining   donishmandi,   turli ilmlar   bo'yicha   bahs   yuritishga   qodir   olimi,   ilg'or   fikrli kishisi edi. Mana shuning uchun ham u o'z asarida ilm-fan, kasb-hunar   haqida,   ularning   kishiga   kcltiradigan   foydalari haqida juda ko'p ibratomuz fikrlar bayon qilgan.

Uning fikricha, aql-idrokli odamgina har ishning boshida bo'lishga loyiq. Johil yoki beg'am kishilarning ish boshidan yiroq turganlari ma'qul. Chunki aqlu idrok chegarasi yo'q ezgulikdir. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari uchun bir xilda ma'rifiy ahamiyat kasb etgan mana shu fikrni shoir nozik did bilan to'rtlikning dastlabki ikki misrasida bayon etgan, ya'ni:

                                                            

                                                     Uquvli — idrokli bo'lsa qay odam,

                                                     Kishi deb atagin, maqtagin har dam.

 

Shoshqaloqlik, yengil-yelpi ish qiluvchi kishilarni biror ishning boshiga qo'yib bo'lmaydi. Chunki ular aslida nodondirlar. Kishi zakovatli, aqlli, bilimli bo'lsa, u yomon bo'lsa ham, yaxshi degin, uning yoshi kichik bo'lsa ham, uni katta deb bil va ulug'la, deb yozadi shoir:

 

                                                         Yovuzni ezgu tut, kichikni ulug',

                                                         Uquv-idrok, bilim bo'lsa unda jam.

 

          Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig»ni zo'r shoirona iste'dod bilan yozgan. Shuning uchun ham u har bir so'zga, har bir ifodaga alohida  talabchanlik bilan ma'no yuklaydi. Yuqorida kcllirilgan to'rllik fikrimizning dalili bo'la oladi.

Ma'lumki, mazmunan bir fikrni izchil davom ettiruvchi yagona qofiya tarlibiga ega bo'lgan, to'rt misrad.an tashkii topgan she'riy asar to'rtlik deb yuritiladi. Agar she'riy to'rtlikdagi misralarni o'zaro birlashlirib turuvchi qofiyalanuvchi so'z shaklan bir xil, ammo mazmunan butunlay boshqa-boshqa ma'nolarni anglatsa, ya'ni omonim so'zlardan iborat bo'lsa, bunday qofiyalar lajnisli qofiya sanaladi.

Tajnis (shaklan bir xil, mazmunan butunlay boshqa so'zlar) sharq adabiyotida juda qadim zamonlardan keng qo'llanilib kelinadigan she'riy san'at bo'Iib, bu san'at she'rda nozik so'z o'yinlari, qochirimlar qilishga imkon beradi.

O'zbek mumloz adabiyotida shunday she'riy janrlar ham borki, ular faqat tajnis san'ati vositasida yaratiladi. Mana shunday janrlardan biri tuyuq janri bo'Iib, unda to'rtlikning birinchi, ikkinchi va to'rtinchi misralaridagi qofiyalar tajnisli so'zlardan iborat bo'ladi.

«Qutadg'u bilig»dan keltirilgan yuqoridagi to'rtlikda «o'g» so'zi «maqta», «katta yoshli kishi», «ulug'la» kabi ma'nolarni anglatadi. Dcmak, to'rtlik bir xil shakldagi, butunlay boshqa-boshqa ma'nolarni anglatuvchi tajnisli qofiyaga asoslangan va u XI asr o'zbek she'riyatidagi tuyuq janrining go'zal namunasi hisoblanadi.

Xullas, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari XI asr o'zbek pandnomalarining noyob namunasi bo'Iishi barobarida o'zbek mumtoz she'riyati janrlarining ilk namunalarini ham namoyish etuvchi qomusiy asar hisoblanadi.

  O’zbek adabiyoti  5 sinf

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Orqaga qaytish