Rivoyatlar

5316 marta o'qildi
Fusining odamlarga baliq ovlashni o'rgatgani

Fusi opasi bilan birgalikda insoniyatni yaratgandan so'ng yer yuzida kundan kun odamlar soni ko'payib boraverdi. O'sha davrdagi odamlar bilan hozirgilari aslo bir-biriga o'xshashmaydi. U paytlarda insonlar yerdan foydalanishni bilmaganlar.

   Fusining odamlarga baliq ovlashni o'rgatgani

Fusi opasi bilan birgalikda insoniyatni yaratgandan so'ng yer yuzida kundan kun odamlar soni ko'payib boraverdi. O'sha davrdagi odamlar bilan hozirgilari aslo bir-biriga o'xshashmaydi. U paytlarda insonlar yerdan foydalanishni bilmaganlar. Erta sahardan to qorong'u tungacha ular yovvoyi hayvonlarni ovlash bilan ovorai-sarson bo'lib, ularning go'shtini yeb kun kechirganlar. Qancha kam hayvon ovlasalar, shunc-halik qorinlari to'yib ovqat yemaganlar. Agarda umuman ov qilolmasalar — butunlay och qo-lardilar. O'sha vaqtlarda yegulik topish juda mushkul edi.

Fusi bularning hammasini ko'rib turar va ich-ichidan achinardi. «Agar ahvol shu tarzda ketaversa, qanchadan qancha odamlar ochlikdan nobud bo'ladi» — deb o'ylardi u. Bolaiari va nabiralarini qanday boqish to'g'risida unaqasiga ham, bunaqasiga ham o'ylayverib, uch kecha-yu uch kunduz o'y surib, o'yining oxiriga yeta olmadi. To'rtinchi kuni esa daryo bo'yiga borib, xayollarga berildi. Yura-yura bexos boshini ko'tardi — qarasaki, katta, semizgina karp balig'i suv yuzida sakrab, o'ynayapti. Undan keyin ikkinchisi, uchinchisi. Fusi biroz kuzatib turdi va o'yga berildi: «Katta, semiz karplarni ovlab yeyishning nimasi yomon?» O'ylab shu qarorga kel-di va baliq tutish uchun suvga tushdi. Ko'pam kuch sarflamay qo'llari bilan katta, semiz karp balig'ini tutib oldi. O'zida yo'q xursand bo'lib, uni uyga olib ketdi. Fusining baliq tutib kelganini bilib qolgan farzandlari va nabiralari, o'zlarida yo'q xursand bo'lishib, uni so'roqqa tuta boshlashdi. Shunda Fusi baliqni olib, bo'laklab, har biriga bittadan ulashib berdi. Tatib ko'rishdi — yoqdi. «Baliq juda totli ekan, kelinglar baliq ovlashni boshlay-miz, shunda ovqat tashvishini o'ylashga vaqt ham qolmaydi» — dedi Fusi.

Farzandlari va nabiralari daryo bo'yiga yugurishdi. Kun yarmidan to kechgacha kam de-ganda bittadan baliq tutdilar. Ayrimlari, hatto, uch-to'rttadan tutishga ulgurishdi. Odamlar xursandchiligining cheki yo'q edi. Ular uyga olib kelgan baliqlarini mazza qilib yedilar. O'sha zahotiyoq Fusi boshqa joylarda yashaydigan o'g'illari va nabiralariga xabarchi orqali xat yo'llab, ularga baliq ovlashni maslahat berdi.

Uch kun o'tmayoq Fusining barcha o'g'illariyu nabiralari baliq ovlashni o'rganib oldilar. Aytishlaricha, barcha xayrli ishning o'ziga yarasha tashvishlari ham bo'larkan. Uchinchi kuni ajdarholar podshohi Lun-van o'zining birinchi vaziri — toshbaqa bilan kelib, jahldor ohangda Fusiga dedi:

—   Kim seni baliq ovlashga chaqirdi? Ana, qara, siz odamlar qanchasizlar, bunaqada mening ajdarho o'g'illarim bilan nabiralarimni tutib, yeb tugatasizlar-ku! Darhol bu ishingni to'xtat!

Fusi Lun-vandan qo'rqmadi, xotirjamlik va mardlik bilan undan so'radi:

—   Sen bizlarga baliq ovlashni man etayapsanmi, unda bizlar nimani yeylik?

—   Nimani yeyishlaring bilan ishim yo'q. Men sizlarga ov qilishni man etaman! — dedi jahl bilan Lun-van.

—  Bo'pti! Baliq ovlashni man etarkansan, mayli tutmaymiz. Lekin bilib qo'y, yeyishga nar-samiz qolmasa — suv ichamiz, uni ichib tugatganimizdan keyin sening suv osti hayvonlaring bari o'z-o'zidan qirilib ketadi.

Umuman olganda, Lun-van bo'shanglarni alday oladi, botirlardan esa qo'rqadi. U Fusining gaplarini eshitib, qo'rqib ketdi. Mobodo, Fusi, uning bolalari va nabiralari haqiqatdan ham bor suvni ichib tugatsalar, joni omon qolishiga kafolat yo'qligi uni o'ylatib qo'ydi. Odamlarga baliq ovlashga ruxsat berish ham mumkinku-ya, aytilgan gapni orqaga qaytarib olish qiyin. Shun-day qilib, oldinga yurish ham qiyin, orqaga qaytish ham. Birinchi vazir — toshbaqa sekingina uning qulog'iga yaqin keldi va shunday deya pichirladi:

—  Qarang, bu odamlar-chi, baliqlarni qo'llari bilan tutishyapti. Ularga shunday shart qo'-ying: Agarda ular hamma suvni ichib qo'yishmasa, ularga baliq ovlashga ruxsat bering. Faqat ular baliqlarni qo'llari bilan tutishmasin. Qo'lsiz esa ular birorta ham baliqni tuta olmaydi-lar. Shunday qilsak, ajdarho bolalari va nabiralarini, shular qatorida o'zingizning joningizni ham saqlab qolish imkoni tug'iladi. Qo'yavering, ular kun buyi daryoga termulgancha ko'zlari charchab, tikilib o'tirsinlar, shunda ayni muddao bo'ladi.

Toshbaqaning gaplarini jon qulog'i bilan eshitgach, taklif unga ma'qul bo'ldi. Qah-qaha otib kulgancha u Fusi tomonga o'girildi va dedi:

-Agarda suvni oxirigacha ichib tugatmasalaring, baliq tutishlaring mumkin. Faqat bir nar-sani yodlaringizda saqlanglar, baliqlarni qo'llaring bilan ushlamaysizlar. Agar ko'nsalaring, shunga kelishib olamiz, sizlarda ham, menda ham dilxiralik bo'lmasin. Fusi uzoq o'ylanib, rozi bo'ldi: «Bo'pti!»

Fusi rostdan ham qarmog'iga ilinganiga ishongan Lun-van o'zida yo'q xursand bo'lib, vazi-ri — toshbaqa bilan orqaga qaytdi. O'z navbatida Fusi ham bolalari va nabiralarini olib uyiga ketdi. Uyga kelganida yana o'yga toldi, qanday qilib baliqlarni qo'lsiz oviash mumkin ekan? U kun bo'yi o'yladi, ertasi kun tushgacha ham o'yladi — o'ylay-o'ylay o'yining tagiga yetolmadi. Tushdan so'ng daraxt tagida, osmonga qarab yotib, yana xayol surdi.

Qarasa, ikki daraxt orasida o'rgimchak u tomondan bu tomonga o'tib, aylana to'r to'qi-moqda. O'rgimchak o'z ishi to'r to'qishni tugatgach, yashirindi va burchakka berkinib, poylay boshladi. Tez orada atrofda uchib yurgan pashshayu-chivinlar to'rga ilina boshlashdi. Shunda o'rgimchak sekingina berkinib olgan burchagidan chiqdi va ularni yeyishga tushdi.

O'rgimchakning to'r to'qishini tomosho qilib yotgan Fusining miyasiga bir fikr keldi. U tog'larga yugurib borib, chirmovuqlarni qidirib topdi va ulardan arqon tayyorladi. Keyin, xud-di o'rgimchak to'r to'qigani singari, yo'g'on aylanma to'r to'qidi. Undan keyin ikkita shoxni cho-pib, ulardan baliq oviash uchun moslama yasadi. Uni daryo bo'yiga olib kelib, suvga tashladi. O'zi daryo bo'yida turib, kuta boshladi. Bir oz vaqt o'tgach, Fusi to'rni suvdan tortdi, ne ko'z bi­lan ko'rsinki, to'rga bir qancha baliqlar ilinib, tipirchilab, sakrashyapti. Bu moslama haqiqatda ham juda antiqa va qulay edi. To'rda baliqlar shunchalik ko'p ediki, odamlarning suvda turib qo'l bilan baliq tutishlariga xojat qolmagandi. Fusi o'zining to'r to'qish va unda baliq oviash sirlarini o'z bolalari va nabiralariga o'rgatdi. O'sha paytdan boshlab uning barcha zurriyodlari to'rda baliq ovlashni o'rganib, ochlik nima ekanligini unutishdi. Hozirgacha odamlar baliqlar­ni to'r bilan tutadilar. Fusining aqliga qoyil qoldi, uning to'rda baliq tutayotganini ko'rgach esa g'azab otiga mindi, endi odamlarning qo'l bilan baliq tutmayotganlarini ko'rib, qattiq jahli chiqdi. Ajdarholar podshohi o'zining qilgan ishidan pushaymonlar bo'ldi, afsus nadomadlar ila ber-gan va'dasini orqaga qaytib olishning iloji yo'qligiga achindi. Biroq Fusining jahlini chiqarib qo'ysayu, uning bolalari va nabiralari haqiqatdan daryo suvini oxirigacha ichib qo'ysalar, ni-ma bo'ladi? Lun-van o'z koshonasida ko'zlari kosasidan chiqqudek bo'lib, jahli chiqib o'tirardi. Shuning uchun ham odamlar endi uni ko'zi kosasidan chiqib ketgudek holatda rasmini chizar-dilar. Lun-vanning birinchi vaziri — toshbaqa xojasining g'azab otiga minganini ko'rib, unga yana yordam bermoq uchun shaylandi. Toshbaqa-vazir xojasi Lun-vanning yelkasiga chiqib, qulog'iga yaqinlashib, o'zining yangi rejasini bildirmoqchi bo'lib turganida, xojasi uni turtib yuborib, stoli ustida turgan qora siyohdonga uloqtirib yubordi. Siyohdon ustiga ikki dumalab yiqilgan toshbaqa qop-qora rangga bo'yaldi qoldi. Shundan beri Lun-van dumalatib yuborgan toshbaqalar qop-qora rangda ekan.


Orqaga qaytish