Ertaklar

5462 marta o'qildi
Aql sotib olgan odam

Bir yili hosil bo'lmay, butun qishloq og'ir muhtojlikda qolibdi. O'sha oila ham qattiq qiynalibdi. Uy egasi pul topish maqsadida yo'lga chiqishga qaror qilibdi. U ko'p yo'llarni bosib o'tsada, ish topa olmabdi. Bir kuni u uzun soqolli bir kishini uchratibdi. Qimmatbaho kiyimdagi bu kimsa darvozasi oldidagi kursida o'tirgan ekan:

Aql sotib olgan odam

 Bir bor ekan, bir yo'q ekan, er-xotin yashagan ekanlar. Ularning yolg'izgina o'g'li bor ekan.

Bir yili hosil bo'lmay, butun qishloq og'ir muhtojlikda qolibdi. O'sha oila ham qattiq qiynalibdi. Uy egasi pul topish maqsadida yo'lga chiqishga qaror qilibdi. U ko'p yo'llarni bosib o'tsada, ish topa olmabdi. Bir kuni u uzun soqolli bir kishini uchratibdi. Qimmatbaho kiyimdagi bu kimsa darvozasi oldidagi kursida o'tirgan ekan:

—  Mehmon bo'lgin, — debdi u yo'lovchini taklif qilib. — Yo'lda toliqqan ko'rinasan, dam ol.

—   Ha, ko'p yurdim. Oz-moz pul topish uchun biron-bir ishga yollanmoqchiman. Hech qanday ishdan qaytmaganman, — debdi u, — yilqichi, podachi ham bo'lganman.

Bu gaplarni eshitgan soqolli kishi unga ishga yollanishni taklif qilibdi. Shunday qilib haligi odam o'ziga ish topibdi.

Oradan uch yil o'tibdi. Xizmatkor tez-tez oilasi to'g'risida xayol suradigan bo'lib qolibdi. Buni xo'jayin ham sezibdi.

—  Nimadan g'amginsan? — deb so'rabdi u.

—  Xotinim va o'g'limni sog'indim. Qishloqdan chiqib ketganimga ham uch yil bo'ldi. Yaxshi ishlayapman, meni to'ydirayapsiz, lekin buning o'zi yetmas ekan, xayolim hamisha yurtim va oilamda. U holda, — debdi uzunsoqol, — ertalab ish haqingni to layman, uyingga qaytaqol. Ertalab xo'jayin unga uch oltin tanga berib, yeguliklar tayyorlatib, uni yo'lga kuzatibdi

qini olib uyiga qaytayotgan xizmatkor yo'l bo'yi o'ziga kam haq to'langanligini o'ylab boi Yo'l nihoyatda olisligidan uning oziq-ovqati ham tugabdi. U bor pulini to'liqligicha uyga borishni niyat qilganidan, qorni ochganiga ham qaramay hech narsa sotib olmabdi. Qay qishloqdan o'tayotib, bozorga kiribdi. Xizmatkorning ochlikdan sillasi qurigan, biroq pul lagisi kelmasmish. Bir vaqt u baland bo'yli bir kishining quyidagi so'zlarini eshitib qolibdi

—   Sotaman, keb qoling, sotaman!

Xizmatkor bunday qarasa, sotuvchining qo'lida hech narsa yo'q. U nimani sotayo ekan-a?!

Xizmatkor uning oldiga borib, so'rabdi:

—   Nimani sotyapsan, qo'lingda hech narsa yo'qku?

—   Men aql sotaman.

—   Nahotki aql sotiladigan va sotib olinadigan narsa bo'lsa? — xizmatkor xayron bo'lib chetga o'tibdi.

Aql sotuvchisi esa bozorni boshiga ko'tarib baqiraveribdi:

—   Sotaman, keb qoling, sotaman!

—   Uning yoniga borib ko'raychi, — deb o'ylabdi xizmatkor.

—   Aqlni qanchaga sotasan? — so'rabdi u sotuvchidan.

—   Bir oltin tangaga.

Xizmatkor oltin tangalarning bittasini sotuvchiga uzatib:

—  Qani aqlni buyoqqa uzat, — debdi.

—  Yo'lda bo'lganingda, — debdi sotuvchi, — agar daryoga duch kelsang, uni kechuv jc bilmay turib suvga oyog'ingni qo'yma!

—   Bir oltin tangaga shugina xolosmi?

—   Senga aytganimning bari bir oltin tangaga teng.

«Bir yil ishlab topgan pulim yo'qqa chiqdi», — o'ylabdi xizmatkor va nariroq ketibdi. I yoqqa bormasin, hamma tomondan aql sotuvchisining ovozi eshitilaveribdi:

—   Sotaman, kelib qoling, aql sotaman!

—   Xizmatchi baland bo'yli kishiga yaqinlashib, unga ikkinchi oltinini beribdi: —   Menga yana nima sotmoqchisan? — so'rabdi u.

—   Biron ish bilan mashg'ul kishining oldiga yaqinlashganingda to uning o'zi senga biron narsa demaguncha, ishiga aralashma!

—   Nahotki bir oltin tangaga shuning o'zi kifoya bo'lsa?

—   Ha, shuning o'zi yetarli!

«Mana ikkinchi yil ishlagan daromadim ham ketib bo'ldi», — o'ylabdi xizmatkor va nari ketibdi. Uning cho'ntagida oxirgi tangasi qolgandi. U qattiq siqilibdi, ikki oltin tangani behuda sarflaganini o'ylab turganida yana haligi ovoz eshitilibdi:

—  Aql sotaman, keb qoling, aql sotaman!

Uchinchi bor sotuvchining oldiga borgan xizmatkor oxirgi pulini unga uzatibdi.

—   Menga yana aql sotgin, — iltimos qilibdi u.

—   Birovni urib yuborgudek darajada jahling chiqqanida ham, darrov birdan yuzgacha sana-gin. Yuzgacha sanaguningcha ancha o'zingni bosib, qanday qarorga kelishni hal qilib olasan.

CHo'ntagida bir tiyini ham qolmagan xizmatkor bozorni tark etibdi. U yurib-yurib daryo­ning bo'yiga kelib qolibdi. Daryo shunchalik keng ediki, narigi qirg'og'i ko'rinmasdi. Atrofga nazar solsa, yaqin atrofda ko'prik ham yo'q. Daryoning u qirg'og'iga qanday o'tishni bilmay turganida, yoniga bir yigit kelib qolibdi. Qimmatbaho kiyimdagi bu yigit g'oyat go'zal tulporga minib olgandi.

—  Bu yerda nima qilib turibsan? — so'rabdi u xizmatkordan.

—  Daryoning kechib o'tish joyini bilolmay turibman, qayerdan o'tsam ekan, deb o'ylayapman.

—   Agar sen chinakam erkak bo'lsang, daryoning hamma joyi kechuvdir.

Shu so'zlarni aytib, yigit otiga qamchin uribdiyu, otni daryoga buribdi. U bir lahzada suv tagida g'oyib bo'libdi. Keyin suvdan chiqib, o'sha zahoti to'lqinlar ostida ko'zdan yo'qolibdi. Daryoning tagi sirpanchiq ekanligi sababli otning oyog'i toyib, chavandoz ham, ot ham daryo­ga g'arq bo'lishgandi. Bularning hammasi xizmatkorning ko'z o'ngida sodir bo'libdi.

Shu orada daryo bo'yiga bir to'p otliqlar yetib kelishibdi. Ularning sardori yo'lovchini ko'rib, uning oldiga bir yosh yigitni yuboribdi.

—  Bu yerda nima qilib turibsan? — so'rabdi undan yigit.

—  Mana bu daryoning kechuvini bilolmay turibman, daryoni kechib o'tmoqchi bo'lgan bir yigit esa hozirgina oti bilan cho'kib ketdi, — debdi xizmatkor. Yosh yigit o'z safdoshlari yoniga kelib, xizmatkor bilan bo'lgan suhbatni aytib beribdi. C dan biroz vaqt o'tib, u yana xizmatkorning oldiga kelibdi:

—  Meni sardorimiz yubordi, u senga yordam bermoqchi. Xizmatkor sardorning oldiga borib, unga ta'zim qilibdi.

—   Sen turgan joyda kechuv yo'q, — debdi sardor. — Kechuv huv narigi qishloqning ro' rasida, — debdi u daryoning quyi oqimiga ishora qilib.

Xizmatkor uning so'zlariga quloq solib, daryoning o'sha yeridan kechib o'tibdi. U bir qishloqqa kirib boribdi va chiroyli, baland, hashamatli uyning oldida to'xtabdi. D voza oldida, kiraverishda bir kishi o'tirgan ekan.

—  Xush kelibsan, mehmonimiz bo'l, — debdi haligi odam xizmatkorga.

—   Men safardan qaytayotib, to'xtash uchun joy qidirayotgandim.

—   U holda yuraqol, — debdi xo'jayin. U yo'lovchini hovlidagi mehmonxonaga boshlab rib, joy solib, uni o'tqazibdi, so'ng o'zi ham o'tiribdi. Shu tarzda ular uzoq o'tirishibdi. Mehmc ham biror so'z aytmabdi, urf-odatga ko'ra shunday bo'lishi kerak ekan-da, mezbon ham xud mehmon kabi sukut saqlabdi. Oqshom tushganda mehmonxonaga yettita yasatilgan patnisl; da biri-biridan ajoyib yeguliklar keltirilibdi.

Xizmatkor bir patnis yaqiniga o'tirib, taomdan yebdi, lekin boshqa patnislarga qo'l urmab< Oradan ma'lum vaqt o'tib, xo'jayin mehmonxonaga kiribdi.

—   Sen mehmonimizsan, nima uchun ovqatlardan yeb ko'rmading? — deb so'rabdi u.

—   Bir o'zim yettita patnisda tortilgan ovqatlarni yeya olmayman-ku! — javob beribdi x matkor.

Xo'jayin eshik oldiga kelibdi va eng chetdagi patnisni olib, hovliga uloqtiribdi. Uning ke dan mehmonga biron so'z aytmay, qolgan patnislarni ham uloqtiraveribdi. Xo'jayinning o'g' lari idish-tovoqlarni indamay yig'ishtirib olishibdi.

Shundan keyin xo'jayin uxlash vaqti kelgunicha mehmonning oldida uzoq suhbatlashi o'tiribdi. Uxlaydigan vaqtda xonaga yettita, biri-biridan yaxshi to'shaklar to'shalibdi.

—   Xayrli tun, mehmon — debdi xo'jayin uyiga ketayotib. Xizmatkor to'shaklardan biriga yotib, qattiq uyquga ketibdi. Ertalab hamma uyqudan uyg'onganida xonaga xo'jayin kirib kelib:

—  Xayrli tong, mehmon, — debdi. — Nega bu o'rinlarda yotmay faqat bittasida uxladingiz? —   Hurmatli sohib, men bir o'zim qanday qilib yetti o'rinda yota olaman? — javob beribdi xizmatkor.

—   Bu gaping ham to'g'ri, — debdi xo'jayin va eshikni ochib, barcha to'shaklarni hovliga uloqtiribdi.

Xo'jayinning o'g'illari kelib, to'shaklarni yig'ishtirib olishibdi.

Xo'jayinning o'zini tutishi mehmonga g'alati ko'rinsada, u biron so'z ham aytmabdi, savol ham bermabdi.

Ertalab nonushta vaqtida xonaga yetti idishda yeguliklar bilan bir choynak choy keltirishibdi.

—  Yaxshilab ovqatlan va choydan ich, — debdi xo'jayin xonadan chiqib ketaturib. Mehmon bir idishdagi yeguliklardan taomlanib, choynakdagi choydan ichibdi-da, qanday

hoi yuz berishini kutib o'tiribdi. Oradan biroz vaqt o'tib, xonaga xo'jayin kirib kelibdi.

—  Mehmonimiz yana hech narsa yemabdi-ku? — debdi u va eshikni ochib, idishlarni hov­liga uloqtiribdi.

Mehmon nima qilsa ekan? Uyga qaytish vaqti ham kelgandi, lekin uy egasiga bu haqda ay-tishga botinolmasdi. Biroz sukut saqlagan xo'jayin gap boshlabdi:

—  Aziz mehmon, uyga qaytadigan vaqting kelmadimikan?

—  Keldi, — javob beribdi mehmon.

Xo'jayin unga oq yo'l tilabdi va ular xonadan chiqibdilar. Mehmon orqasiga qaramay hovli-ning yarmini bosib o'tgan ekan hamki, birdan xo'jayinning ovozi eshitilibdi:

—  Mehmon, bir daqiqa to'xtang!

—  Qo'rqib ketgan mehmon xonaga qaytibdi. Xo'jayin uni o'tqazib shunday debdi:

—  Endi mening gapimga quloq sol. Mening ota-onam bor edi. Uylanganimdan keyin alo-hida yashash uchun o'zimga uy qurdim. Uy bitganida, uni ko'rgani odamlar kela boshlashdi va kimdir deraza, kimdir eshik joyida emasligi haqida har biri o'zicha masiahat berdi. Jahlim chiqib, uyni buzib tashladim. Tez orada birinchi uyimni yoqtirmagan odamlar maslahatiga ko'ra yangi uy qurdim. Uyga ko'chib o'tish taraddudida yurgandim, yana odamlar ko'rgani kela boshlashdi va har kim o'ziga yoqmagan jihatini ayta boshladi. Bu uyni ham buzib tashladim va kimki mening ishlarimga aralashsa, u xoh o'z qishlog'imdagi odam bo'lsin, xoh chetdan kelgan mehmon bo'lsin, o'ldiraman, deb qasam ichdim. Ayni paytda, kimki mening ishlarimga ara-lashmasa bir hamyon tilla beraman, deb ont ichdim. Shundan keyin mana shu uyimni qurdim, lekin na o'z qishlog'imdan, na boshqa qish-loqdan hech kim mening uyimga kirmaydigan, men bilan gaplashmaydigan bo'ldi. Sen meni qasamimdan qaytarding, senga oltin to'la hamyon hadya qilaman.

Mehmon xo'jayinga rahmat aytib, yo'liga ravona bo'libdi.

Tun qorong'usida u uyiga qaytib kelibdi. Derazadan qarasa, xotini kuv oldida o'tirgan emish. Bir erkak bo'lsa, qaznoqdan dudlangan pishloq olib chiqmoqda ekan. Xotinim qaznoqqa orqa o'girib o'tirgani uchun o'g'rini ko'rmayotgan bo'lsa kerak, deb o'ylabdi xizmatkor. U miltig'ini o'qtalib, o'g'rini otishga shaylanibdi, lekin birdan aql sotuvchisining uchinchi maslahati yodiga tushib, yuzgacha sanay boshlabdi.

Yuzgacha sanab, xotirjam bo'lib olgan xizmatkor uy eshigini taqillatibdi. Xotini ishini to'x-tatib, haligi yigitga shunday debdi:

—  O'g'lim, eshikni och, otang qaytib keldi.

Xizmatkor safarda yurib, oradan ko'p yillar o'tib ketgan va ish qidirib uyidan ketayotganida hali yosh bola bo'lgan o'g'li, katta yigit bo'lib qolgan ekan-da. U sabr qilganidan xursand bo'lib ketibdi.

Shu kundan boshlab haligi odam o'z oilasi bilan piru badavlat hayot kechirgan ekan.


Orqaga qaytish