Bilasizmi?

5659 marta o'qildi
Los va antilopa

Siz bug'ularning insonga sadoqati haqida ko'p eshitgansiz. Los ana shu bug'ular oilasiga kiradi. Biroq u bug'ulardan ancha katta bo'lib, bo'yi 2 m dan ortadi, uzunligi esa 3 m ga yetadi. Quloqlari uzun, dumi kalta, rangi qishda qo'ng'ir, yozda qora bo'ladi.

Los va antilopa

Siz bug'ularning insonga sadoqati haqida ko'p eshitgansiz. Los ana shu bug'ular oilasiga kiradi. Biroq u bug'ulardan ancha katta bo'lib, bo'yi 2 m dan ortadi, uzunligi esa 3 m ga yetadi. Quloqlari uzun, dumi kalta, rangi qishda qo'ng'ir, yozda qora bo'ladi. Erkagi shoxli, urg'ochisining shoxi bo'lmaydi. Osiyo, Yevropa va Amerika o'rmon zonasida, ko'l va botqoqliklari bo'lgan o'rmonlarda yashaydi. Loslar katta-katta daryolardan bemalol suzib o'tadi, soatiga 50— 60 km gacha tezlik bilan yugura oladi. Asosan o'simlik bargi, novdasi va lishayniklar bilan ovqatlanadi. Qo'lga yaxshi o'rganadi.

Bilasizmi?

Los 500 m uzoqdan ovchining hidini sezadi. Dushmanlaridan oldingi oyoqlari bilan himoyalanadi. Los oldingi oyoqlari bilan tepib hatto ayiqni o Idirgan hollar ham ma 'lum. Losning suti sigir sutidan 3—4 marta yog'li va tarkibida oqsillar sigir sutidagidan 5 marta ko p bo 'ladi.

 Antilopa - kiyiklarning bir turi. Asosan Sharqiy Afrikada tarqalgan. Bir necha turlari bor. Eng yiriklaridan biri zangori antilopa bo'yi 1,5 m ga, vazni 270—280 kg ga yetadi. Poda bo'lib yashaydi. Erkagida ham, urg'ochisida ham shoxi bo'ladi.


Orqaga qaytish